International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 13 (59) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
35
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA TARBIYANING TUTGAN
O‘RNI
Ahmadova Nafisa Sardorbek qizi
Urganch Ranch texnologiya universiteti
Maktabgacha ta‘lim pedagogikasi va pisixologiyasi
yo‘nalishi 3- bosqich talabasi
Annotatsiya.
Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda tarbiyaning
rivojlanishi va o‘ziga xos jihatlarini yoritib boriladi. Maktabgacha yoshdagi
bolalarning yoshga doir bo‘lgan pedagogik va psixologik xususiyatlari, bolalarni
sog‘lom rivojlanishidagi ahamiyati, bolalarga insonparvarlik, mehnatsevarlik, odob –
axloq qoidalariga rioya qilish kabi hislatlar shakllanib borishi yoritilgan.
Kalit so‘zlar.
Tarbiya, pedagogik-psixologik xususiyatlar, mehnat tarbiyasi,
axloqiy tarbiya, estetik tarbiya, idrok etish, maktabgacha yosh davri, ijtimoiy muhit.
Shaxsni shakllantirish tarbiya jarayonida ro‘y beradi, inson tarbiyasi xalq baxt-
saodati yo‘lidagi bunyodkorlik mehnatida, ijtimoiy hayotda, sotsial-iqtisodiy
vazifalarni hal etishda amaliy ishtirokida yuzaga keladi. Shaxsni shakllantirishga uch
omil: tarbiya, ijtimoiy muhit va irsiyat ta’sir ko‘rsatadi. Shaxsni shakllantirishga
ijtimoiy va tabiiy muhit katta ta’sir ko‘rsatadi. Ijtimoiy muhit shaxsni rivojlantirishda
ustun ahamiyatga ega: ishlab chiqarishning taraqqiyot darajasi va ijtimoiy
munosabatlar xususiyati kishilar faoliyati va dunyoqarashi xususiyatini belgilab
beradi. U shaxsni shakllantirishda muhim omil hisoblanadi. Tabiiy muhit ham
shaxsning shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Bola shaxsini rivojlantirishda tarbiyaning
o‘rni. Bola shaxsining shakllanish jarayoni tarbiya va ta’lim sharoitida insoniyatning
ijtimoiy-tarixiy tajribasini o‘zlashtirish orqali amalga oshiriladi. Bu xilma-xil faoliyat
turlarida ro‘y beradi. Bolaning ijtimoiy tajribani o‘zlashtirishi uzoq davom etadigan
murakkab jarayondir. Shaxsni shakllantirish tarbiya jarayonida ro‘y beradi, inson
tarbiyasi xalq baxt-saodati yo‘lidagi bunyodkorlik mehnatida, ijtimoiy hayotda,
sotsial-iqtisodiy vazifalarni hal etishda amaliy ishtirokida yuzaga keladi. Shaxsni
shakllantirishga uch omil: tarbiya, ijtimoiy muhit va irsiyat ta’sir ko‘rsatadi. Shaxsni
shakllantirishga ijtimoiy va tabiiy muhit katta ta’sir ko‘rsatadi. Ijtimoiy muhit shaxsni
rivojlantirishda ustun ahamiyatga ega: ishlab chiqarishning taraqqiyot darajasi va
ijtimoiy munosabatlar xususiyati kishilar faoliyati va dunyoqarashi xususiyatini
belgilab beradi. U shaxsni shakllantirishda muhim omil hisoblanadi. Tabiiy muhit
ham shaxsning shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Bola shaxsini rivojlantirishda
tarbiyaning o‘rni Bola shaxsining shakllanish jarayoni tarbiya va ta’lim sharoitida
insoniyatning ijtimoiy-tarixiy tajribasini o‘zlashtirish orqali amalga oshiriladi. Bu
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 13 (59) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
36
xilma-xil faoliyat turlarida ro‘y beradi. Bolaning ijtimoiy tajribani o‘zlashtirishi uzoq
davom etadigan murakkab jarayondir.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda tarbiyaning quyidagi turlari farqlanadi;
1.Jismoniy tarbiya.
O‘sib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama jismoniy
tarbiyalash ta’lim-tarbiya muassasalari, oila, jamoat tashkilotlarining birgalikdagi
kuch-g‘ayratlari bilan amalga oshiriladi. Jismoniy tarbiya sog‘liqni yaxshilashga,
jismoniy sifatlarni rivojlantirishga, yoshlarni mehnatga va Vatanni himoya qilishga
tayyorlashga qaratilgandir.
2.Aqliy tarbiya
. Aql- keng ma’noda sezish va idrok etishdan boshlanib,
tafakkur va hayotni o’z ichiga oladigan bilish jarayinlari yig’indisidir. Maktabgacha
yoshdagi bolalarning aqliy tarbiyalash, bu bolani faol fikrlash faoliyatini
rivojlantirishga kattalarning ma’lum maqsad bilan ta’sir etishidir. U bolalarga
tevarak-atrofdagi olam haqida bilimlar berishni, ularni sistemalashtirishni, bolalarda
bilisha qiziqish uyg‘otishni, aqliy malaka ko‘nikmalarini tarkib toptirishni, bilish
qobiliyatlarini rivojlantishni o‘z ichiga oladi.
3.Axloqiy tarbiya.
Yosh avlodni jamiyatga, mehnatga, o‘ziga munosabatni
ochib beruvchi ma’naviy fazilatlarga muvofiq ravishda tarbiyalash tarbiyalanuvchi
shaxning axloqiy tarbiyaning pedagogik va psixologik asoslarini chuqur bilishni talab
qiladigan murakkab jarayondir. Axloqiy bilimlarni ongli ravishda o‘zlashtirib
olishgina bolalarga atrofdagi kishilar xatti-harakatidagi qaysi jihatlar yaxshi-yu,
qaysilari yomon ekanligini anglab olishga yordam beradi. Maktabgacha ta’lim
yoshdagi bolalarni axloqiy jihatdan tarbiyalash vazifasi va mazmuni bolaning
ma’naviy dunyosini, uning ongini, axloqiy tarbiya mazmunin amalga oshirishdan
iborat.
4.Mehnat tarbiya.
Mehnat shaxsni har tomonlama kamol toptirishning asosiy
omilidir. Shuning uchun har bir bola maktabgacha ta’lim yoshidan boshlab mehnat
jarayonida ishtirok etishi kerak. Bolalar bo‘gchasida, oilada bajariladigan, murakkab
bo‘lmagan har bir topshiriq bolaning kundalik vazifasiga aylanishi lozim. Bola
mehnatning ahamiyatini, mohiyatini tushunib yetishi uchun tarbiyachi kattalar
mehnati, bolalarning o‘zlari bajaradigan mehnat turlarini kuzatish bo‘yicha
ekskursiyalar uyushtiriladi. Mehnat bolalardan diqqat, o‘tkir zehnlilik, topqirlik,
ijodkorlik, qobiliyatlarini egallashni talab etadi. Mehnat jarayoni bola nutqini yangi
so’zlar bilan boyitadi.
5.Estetik tarbiya.
Estetik
tarbiya keng ma‘noli tushuncha bo‘lib unga tabiat,
mehnat, ijtimoiy hayot, turmush va san‘atga estetik munosabatni tarbiyalash kiradi.
Estetik tarbiya o‘z navabtida bolalarga har tomonlama tarbiya berishning bir qismi
hisoblanadi. U, ayniqsa, axloqiy tarbiya bilan uzviy bog‘liq. San’at va hayot
go‘zalligi bilan tanishtirib boorish bolaning aqlini, hissini tarbiyalab qolmay, shu
bilan bir qatorda uning xayol va fantaziyasini ham rivojlantiradi.
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 13 (59) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
37
Odam shaxsining rivojlanishi bir qancha bosqichlardan o‘tadi. Har bir
navbatdagi bosqich avvalgisi bilan mustahkam bog‘liq bo‘ladi, avval erishilgan
bosqich yanada yuqoriroq, bosqichning tuzilishiga uzviy tarzda qo‘shiladi. Ilk yosh
bosqichida shakllanadigan rivojlanish odam uchun vaqtincha emas, doimiy
ahamiyatga ega bo`ladi. Mazmun, metodlar, tashkil etish shakllari aloqadorligi
birinchi bosqichdan oxirigacha tarbiyaning o‘ziga xos xususiyati hisoblanadi. Bola
shaxsini rivojlantirishda tarbiyaning hal qiluvchi roli ko`zi ojiz va kar bolalar uchun
mo‘ljallangan jamoat muassasalarida ayniqsa, aniq namoyon bo‘ladi. Bunday bolalar
uchun ishlab chiqilgan tarbiya sistemasi ularni turmushga va mehnat faoliyatiga
tayyorlashni ta’minlaydi.
Xulosa qilib aytganda, bola tarbiyasida maktabgacha ta’lim, Oilaning ham
birdek xissasi bordir. Chunki,4 bola oilada ilk bor ta’lim-tarbiya olsa, uni
maktabgacha ta'limda yanada shakillantiradi, mustahkamlaydi va qisqa tushuntirish,
nasihat yoki o‘yinlar orqali tarbiya elementlarini egallaydi. Egallagan tarbiyani esa
albatta jamiyat va o‘zaro munosabatlarda qo‘llaydi. Bu esa bola tarbiyasining asosi
hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O.U.Hasanboyeva, M.X. Tojiyeva, N.M. Qayumova, M.M. Pirmuhamedova,
M.Sh. Nurmatova, N.N.Jamilova, X.Sariboyev, L.A.Kulay “Maktabgacha ta‘lim
pedagogikasi” Toshkent - 2019.
2.
Kushatova Maftuna Maxamadali qizi Mavzu: ''Farzand tarbiyasida oilaviy
munosabatlar va tarbiyaning ijtimoiy psixologik xususiyatlari. Bitiruv malakaviy ish.
Andijon- 2017.
3.
Bekov.Sh.J ''Maktabgacha yoshdagi bolalarda shaxslararo munosabatga
kirishning psixologik jihatlari'' mavzusidagi Xalqaro ilmiy amaliy anjuman. Farg‘ona,
2020.B.201- 203.
4.
Qodirova F.R, Toshpo‘latova SH.Q, Kayumova N.M., Agzamova M.N.
“Maktabgacha pedagogika” T.: Tafakkur, T- 2019. Darslik.
5.
Hasanboyeva O., Tadjieva М., Toshpulatova Sh. va boshq. Maktabgacha
ta’lim pedagogikasi. Т.: Ilm-ziyo, 2012.
