International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 13 (59) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
38
AKSIYADORLIK JAMIYATLARIDA KORPORATIV
BOSHQARUVNI TAKOMILLASHTIRISHNING DOLZARB
YO‘NALISHLARI
Tojialiyev Sherdorbek Elmurod o‘g‘li
Namangan Davlat Texnika Universiteti Korporativ boshqaruv yo‘nalishi
3-bosqich bakalavr talabasi
Annotatsiya.
O‘zbekiston aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv
tizimini takomillashtirish zarurati va yo‘nalishlari tahlil qilingan. Xalqaro G20/OECD
tamoyillariga asoslangan boshqaruv standartlariga moslashish, mustaqil direktorlar
instituti, shaffoflik va hisobdorlik mexanizmlarini joriy etish muhimligi asoslab
berilgan. Shuningdek, raqamli transformatsiyaning korporativ boshqaruvga ta’siri —
elektron ovoz berish, moliyaviy monitoring va avtomatlashtirilgan audit tizimlari
orqali — tahlil qilingan.
Kalit
so‘zlar:
korporativ boshqaruv, aksiyadorlik jamiyati, raqamli
transformatsiya, shaffoflik, mustaqil direktor, strategik rejalashtirish, audit, investor
ishonchi
Аннотация.
В данной статье проанализирована необходимость и
направления совершенствования системы корпоративного управления в
акционерных обществах Узбекистана. Обоснована важность адаптации
международных стандартов на основе принципов G20/OECD, внедрения
института независимых директоров, а также механизмов прозрачности и
подотчётности.
Рассмотрено
влияние
цифровой
трансформации
на
корпоративное управление через электронное голосование, финансовый
мониторинг и автоматизированный аудит.
Ключевые слова:
корпоративное управление, акционерное общество,
цифровая
трансформация,
прозрачность,
независимый
директор,
стратегическое планирование, аудит, доверие инвесторов
Abstract
. This article analyzes the necessity and directions for improving the
system of corporate governance in joint-stock companies in Uzbekistan. It
substantiates the importance of aligning with G20/OECD principles, introducing
independent directors, and strengthening transparency and accountability
mechanisms. The impact of digital transformation is examined through tools such as
electronic voting, financial monitoring, and automated audit systems.
Keywords:
corporate governance, joint-stock company, digital transformation,
transparency, independent director, strategic planning, audit, investor confidence.
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 13 (59) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
39
KIRISH
Korporativ boshqaruv zamonaviy aksiyadorlik jamiyatlarining barqaror va
raqobatbardosh faoliyat yuritishini ta’minlashda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. U aksi-
yadorlar, boshqaruv organlari va manfaatdor tomonlar o‘rtasidagi munosabatlarni
tartibga soluvchi institutsional asos hisoblanib, kompaniya faoliyatining shaffofligi,
hisobdorligi va investorlar ishonchini mustahkamlashga xizmat qiladi.Bugungi kunda
O‘zbekistonda korporativ boshqaruvni takomillashtirish, ayniqsa, 2024-yildan
boshlab raqamli transformatsiya strategiyalari bilan integratsiyalashgan holda,
aksiyadorlik jamiyatlari uchun strategik ustuvorlik darajasiga ko‘tarildi. Xususan:
•
2023-yil 24-mayda Raqamli Xizmatlar qamrovini kengaytirish va tarmoqlarni
raqamlashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha RP-162-sonli qaror qabul qilinib, 2023–
2024-yillarda 300 dan ortiq ustuvor loyiha, jumladan davlat boshqaruvi, iqtisodiyot
va hududlarda raqamli transformatsiya choralari rejalashtirildi.
•
Ta’lim – raqamli transformatsiyada eng ustuvor yo‘nalishlardan biridir.
Prezident qarorlariga muvofiq, yuqori ta’lim muassasalari — jumladan korporativ
boshqaruv yo‘nalishidagi universiteler — malakali IT-kadrlar tayyorlash va
boshqaruv tizimini raqamlashtirishda markaziy rol o‘ynashi rejalashtirilgan .
O‘zbekistonda korporativ boshqaruv raqamli transformatsiya bilan sinergiyada
rivojlanmoqda. Raqamli hukumat, “Raqamli hudud” va ta’limni digitalizatsiyalash
borasidagi chora-tadbirlar, shuningdek PQ-163-sonli korporativ boshqaruvni
takomillashtirish qarori birgalikda aksiyadorlik jamiyatlarini shaffof, samarali va
hisobdor boshqaruv bilan ta’minlashga yo‘naltirilgan.
Tadqiqot muammosi:
O‘zbekiston Respublikasi bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tishi bilan
aksiyadorlik jamiyatlari iqtisodiyotda asosiy subyektlardan biriga aylandi. Biroq
bugungi kunda ularning faoliyatida korporativ boshqaruv tizimi bilan bog‘liq bir
qator tizimli muammolar mavjud. Avvalo, ko‘plab aksiyadorlik jamiyatlarida xalqaro
G20/OECD tamoyillari asosida ishlab chiqilgan korporativ boshqaruv standartlari
to‘liq joriy etilmagan. Jumladan, nazorat kengashlari faoliyati yetarli darajada
mustaqil emas, mustaqil direktorlar tanlov asosida emas, balki tayinlash yo‘li bilan
belgilanadi. Bunday holat manfaatlar to‘qnashuviga olib keladi va aksiyadorlar
manfaatlariga putur yetkazishi mumkin.
Tadqiqotning dolzarbligi
O‘zbekiston sharoitida aksiyadorlik jamiyatlari iqtisodiyotda muhim o‘rin
egallayotgan bir paytda, ushbu tashkilotlarda zamonaviy, raqamli va shaffof
boshqaruv mexanizmlarini joriy etish dolzarb masalaga aylangan. Prezident Sh.M.
Mirziyoyev tomonidan so‘nggi yillarda qabul qilingan farmon va qarorlar, xususan,
2024-yil 3-dekabrda taqdim etilgan yangi “Korporativ boshqaruv kodeksi” (OECD
standartlari asosida) bu boradagi siyosiy irodani yaqqol ko‘rsatib bermoqda.
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 13 (59) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
40
Mazkur yo‘nalishning dolzarbligi, avvalo, milliy iqtisodiyotning ochiqlik va
investitsion jozibadorlik darajasini oshirish bilan chambarchas bog‘liqdir. Xalqaro
moliyaviy institutlar – Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (EBRD) va
boshqalar tomonidan O‘zbekistonga jalb qilinayotgan sarmoyalar, aynan korporativ
boshqaruvning samarali ishlashiga bevosita bog‘liq qilib qo‘yilmoqda. Bundan
tashqari, raqamli transformatsiya jarayonlarining jadallashuvi korporativ boshqaruvni
tubdan yangilashni taqozo etmoqda. 2024-yilda ICT sektor hajmi 56,17 trln so‘mga
yetib, o‘tgan yilga nisbatan 43,8% o‘sdi. IT Park rezidentlarining soni 2 500 dan
oshdi, ular tomonidan taqdim etilgan xizmatlar 90 dan ortiq mamlakatlarga eksport
qilinmoqda. Bu jarayonda elektron boshqaruv, masofaviy ovoz berish, bulutli
moliyaviy hisobotlar va sun’iy intellekt asosida tahlil qilish kabi raqamli
imkoniyatlardan foydalanish korporativ boshqaruv sifatini sezilarli darajada oshiradi.
Shu boisdan ham, davlat korxonalari va yirik aksiyadorlik jamiyatlarining raqamli
transformatsiyasini jadallashtirish “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasining
muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri etib belgilangan.
Takomillashtirish strategiyalari
- Raqamli boshqaruv tizimlari joriy etilishi: 2024-yilga kelib aksiyadorlik
jamiyatlarining 48,7 % avtomatlashtirilgan tizimga o‘tdi.
- Kadrlar salohiyatini oshirish: 2024-yilda 2 142 nafar rahbar o‘qitilib, ularning
78,4 % strategik qarorlar qabul qilishga jalb etilgan.
- ESG mezonlarini joriy etish: ekologik barqarorlik, ijtimoiy mas’uliyat va
boshqaruv sifatiga e’tibor oshdi.
XULOSA
O‘zbekiston Respublikasida aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatini takomillashtirish
va ularni xalqaro darajada raqobatbardosh qilish uchun zamonaviy, institutsional va
raqamli asoslarda shakllangan korporativ boshqaruv tizimini joriy etish bugungi
kunning dolzarb vazifalaridan biridir. Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, aksiyadorlik
jamiyatlarida mavjud boshqaruv amaliyotlari hali ham G20/OECD tamoyillariga
to‘liq mos kelmaydi, shaffoflik, hisobdorlik, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish,
mustaqil direktorlar instituti, zamonaviy audit va raqamli boshqaruv texnologiyalarini
keng joriy etishda tizimli muammolar mavjud.So‘nggi yillarda Prezident Farmonlari
va Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida ushbu sohani isloh qilish bo‘yicha
muhim qadamlar tashlandi. Jumladan, 2024-yilda qayta ishlab chiqilgan “Korporativ
boshqaruv kodeksi”, yirik aksiyadorlik jamiyatlarida mustaqil direktorlar, ichki
auditorlar va raqamli boshqaruv tizimlarini bosqichma-bosqich joriy etish bo‘yicha
huquqiy asoslar yaratildi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 13 (59) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
41
1.
OECD Corporate Governance Principles
, OECD Publishing, Paris,
2015.
2.
G20/OECD Principles of Corporate Governance
, OECD Publishing,
Paris, 2023
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-4609 va PF-4720
Farmonlari
, 2014–2015.
3.
Korporativ boshqaruv kodeksi
, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,
Toshkent, 2021
4.
Правила корпоративного управления для предприятий с
государственным участием
, Agentlik, 2023
5.
Statistika agentligi axboroti
, 2024-yil.
6.
Ipoteka bank Kodeksi korporativnogo upravleniya
, Ipoteka bank,
2015
7.
Aloqa bank Kodeksi korporativnogo upravleniya
, Aloqa Bank, 2016.
8.
Lex.uz: “
(O‘zbekistonda tijorat banklarida korporativ boshqaruv
to‘g‘risida
”
, qonun 943-son, 2000
