International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 13 (59) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
48
SUN’IY INTELLEKT VA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR:
INNOVATSIYALAR BILAN TEXNOLOGIK ERKINLIK SARI
Jumayev Yahyo Yoqub o‘g‘li
Qarshi davlat texnika universiteti Raqamli Texnologiyalari va Sun'iy Intellekt
fakultuteti 2-boshqich talabasi.
Annotatsiya.
Sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar hozirgi texnologiyalar
davrida juda ham dolzarb masalalardan biri boʻlib kelmoqda. Hozirgi vaqtda sunʼiy
intellekt oʻzi kirib borgan har bir sohada katta yutuqlar amalga oshirilmoqda. Bularga
taʼlim, sogʻliqni saqlash, robotatexnika, sanoat va ximat koʻrsatish kabi turli
sohalarda. Sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar bu innovatsiyalar bilan
texnologik erkinlikga, yuqori samaradorlikni amalga oshiruvchi gʻoya va
ishlanmalarning asosi boʻlib xizmat qilmoqda. Bugun ularning qoʻllanilishi
sohalardagi yutuqlari va kamchiliklari haqida malumotlar taqdim etiladi.
Kalit sozlar:
raqamli texnologiya, expert tizimlar, neyron tarmoqlar,
samaradorlik, innovatsiya, texnologik erkinlik, elektron hukumat, mashinali oʻqitish.
Abstract.
Artificial intelligence and digital technologies are among the most
relevant topics in today's technological era. At present, AI is achieving great success
in every field it enters. These include education, healthcare, robotics, industry, and
service sectors. Artificial intelligence and digital technologies serve as the foundation
for innovations, technological freedom, and the implementation of ideas and
developments aimed at achieving high efficiency. Today, information will be
presented about their application, achievements, and shortcomings in various fields.
Key words:
digital technology, expert systems, neural networks, efficiency,
innovation, technological freedom, e-government, machine learning.
Аннотация.
Искусственный интеллект и цифровые технологии являются
одними из самых актуальных тем в современную эпоху технологий. В
настоящее время искусственный интеллект достигает больших успехов в
каждой сфере, в которую он проникает. К ним относятся образование,
здравоохранение,
робототехника,
промышленность
и
сфера
услуг.
Искусственный интеллект и цифровые технологии служат основой для
инноваций, технологической свободы и реализации идей и разработок,
направленных на повышение эффективности. Сегодня будет представлена
информация о применении, достижениях и недостатках этих технологий в
различных отраслях.
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 13 (59) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
49
Ключевые слова:
цифровые технологии, экспертные системы, нейронные
сети, эффективность, инновация, технологическая свобода, электронное
правительство, машинное обучение.
Kirish.
Bugungi kunda sun’iy intellekt (SI) va raqamli texnologiyalar global
raqobatning asosiy vositasiga aylanmoqda. Bu texnologiyalar har bir sohada yangi
imkoniyatlar eshigini ochmoqda — sog‘liqni saqlashdan tortib, qishloq
xo‘jaligigacha, ta’limdan tortib sanoatgacha. Raqamli texnologiyalar, innovatsiyalar
va texnologik erkinlikka erishish yoʻlida olib borilgan chora tadbirlar “Raqamli
O‘zbekiston — 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida bo‘lib, raqamli transformatsiya va yangi texnologiyalar bo‘yicha
innovatsion o‘quv dasturlarini joriy etishni nazarda tutadi.
Sun’iy intellekt (SI), aniqroq aytganda — sun’iy ong, bu inson miyasidagi
neyronlar faoliyati asosida ishlovchi, unga taqlid qilgan holda yaratilgan kompyuter
tizimi yoki dasturiy yechimlar majmuasidir. Sun’iy intellekt tizimlari inson aql-
idrokiga xos bo‘lgan funksiyalarni bajarish qobiliyatiga ega bo‘lib, ular quyidagi
asosiy vazifalarni bajaradi. Muammolarni tahlil qilish va yechimini topish. Sunʼiy
intellekt tizimlari katta hajmdagi maʼlumotni tezda tahlil qilishga qodir. Masalan:
Maʼlumotlarni tahlil qilish algoritmlari (Data Analytics). SI foydalanuvchi harakatlari,
ijtimoiy tarmoqlardagi postlar yoki biznes ko‘rsatkichlari asosida muammoli
nuqtalarni aniqlaydi. Mashinali oʻqitish (Machine Learning). muammolarni ilgari
o‘rganilgan namunalar asosida tahlil qiladi va mos yechimlarni taklif etadi (masalan,
nosozliklarni bashorat qilish).
Qarorlar qabul qilish va ularni asoslab berish. SI tizimlari quyidagilar yordamida
asosli qarorlar qabul qiladi. Ekspert tizimlar: inson mutaxassislari bilimlari asosida
qoidalarga asoslangan holda qarorlar chiqaradi. AI qaror daraxtlari (Decision Trees),
Neyron tarmoqlar: muqobil variantlarni solishtirib, eng maqbulini tanlaydi. Masalan,
sog‘liqni saqlashda bemorga qanday davolash usuli kerakligini aniqlash. Mantiqiy
fikrlash va fikrlarni bayon eta olish. Bu borada berilgan malumot yuzasidan tahlil
natijasida umumiy xulosaviy matnni shakllantirish. Tabiiy tilni qayta ishlash (NLP):
sunʼiy intellekt inson tilini tushunadi, tahlil qiladi va fikr bildiradi (masalan,
ChatGPT). Avtomatlashtirilgan matn yozish: SI matnlardan mantiqiy xulosa
chiqaradi va izchil bayon qiladi (yordamchi maqola yozuvchilari, chatbotlar).
Raqamli texnologiyalar bilan integratsiyasi. Zamonaviy texnologiyalarni SI bilan
integratsiyasi natijasida qurilma va texnik vositalarni faolyatini aniq boshqaruv
dasturlarini ishlab chiqishda samaralidir. IoT (Internet of Things): sensorlardan
kelgan maʼlumotlarni SI tahlil qiladi va real vaqt rejimida qarorlar qabul qiladi. Big
Data texnologiyalari: katta hajmdagi raqamli maʼlumotlarni boshqarish orqali SI
aniqroq va tezroq ishlaydi. Mobil ilovalar va veb-platformalar: foydalanuvchi xatti-
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 13 (59) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
50
harakatlarini SI tahlil qiladi va shaxsiylashtirilgan tavsiyalar beradi (masalan, Google
Maps, Netflix, Amazon).
Inson nutqini tushunish, uni qayta ishlash va mos javoblar taqdim etish. Bunday
texnologiyalar, raqamli inqilobning bir qismi sifatida, bugungi kunda nafaqat
informatika va dasturlash sohalarida, balki tibbiyot, ta’lim, moliya, transport kabi
ko‘plab yo‘nalishlarda ham keng qo‘llanilmoqda.
Raqamli texnologiyalarning dolzarbligi — bu ularning hozirgi zamonaviy
hayotda naqadar muhim va zarur bo‘lib qolganini anglatadi. Bugungi kunda raqamli
texnologiyalar har bir sohada inqilobiy o‘zgarishlarni yuzaga keltirmoqda va global
raqobatdosh muhitda muvaffaqiyat kalitiga aylanib ulgurgan. Raqamli texnologiyalar
zamonaviy aloqa vositalarini tubdan o‘zgartirib yubordi. Endilikda axborot
almashinuvi soniyalar ichida, masofa va vaqt chegaralarisiz amalga oshirilmoqda.
Internet
— global aloqa infratuzilmasi Internet insonlar, tashkilotlar va
davlatlar o‘rtasidagi aloqani tezlashtirdi. Elektron pochta, veb-saytlar, onlayn
forumlar va turli xizmatlar har qanday ma’lumotni qisqa fursatda uzatish imkonini
bermoqda. Bu esa ish faoliyatida, ta’limda va shaxsiy hayotda samaradorlikni
oshiradi.
Ijtimoiy tarmoqlar
— tezkor xabar almashish va axborot tarqatish vositasi
Facebook, Instagram, Twitter (X), TikTok kabi platformalar nafaqat muloqot, balki
axborot tarqatish, marketing va jamoatchilik bilan aloqada bo‘lish vositasi sifatida
keng qo‘llanilmoqda. Ular real vaqt rejimida voqealardan xabardor bo‘lishga yordam
beradi.
Messenjerlar
— kunlik hayotning ajralmas qismi. Telegram, WhatsApp, Signal,
Viber kabi messenjerlar matnli xabarlar, ovozli va video qo‘ng‘iroqlar, fayllar,
rasmlar almashinuvi kabi imkoniyatlarni taqdim etadi. Ular: Guruhli muloqot uchun
qulay, Maxfiylik va xavfsizlikni ta’minlaydi, O‘quvchilar, o‘qituvchilar, ishchi
jamoalari orasida tezkor aloqa o‘rnatishga xizmat qiladi.
Videokonferensiyalar va onlayn uchrashuvlar
insonlar ish va hayotida
vaqtdan unumli foydalanishini amalga oshirishdagi xususiyatlari. Zoom, Google
Meet, Microsoft Teams kabi vositalar orqali: Uzoq masofadan turib uchrashuvlar
o‘tkazish, Onlayn ta’lim darslari o‘tkazish, Global kompaniyalar faoliyatini
muvofiqlashtirish mumkin.
Tahlil va natijalar: Buning barcha inson faoliyati va uning hayot tarzini
yengillashtirish qulay xizmatlar va texnik vositalarni tashkil qilish bilan bogʻlib. Shu
takidlab oʻtishimiz kerak “2022–2026-yillarda O‘zbekiston milliy innovatsion
tizimini modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni
belgilaydi. Bunda fuqarolar va davlat oʻrtasida “Innovatsiya va texnologik erkinlik”ni
elektron hukumat bilan zamonaviy davlat boshqaruvida raqamli yondashuvlar qanday
rol o‘ynayotganini chuqurroq anglashga yordam beradi.
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 13 (59) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
51
Innovatsiya — elektron hukumatning dvigateli
Innovatsiyalar, ya’ni yangi
texnologiyalar, yondashuvlar va g‘oyalar elektron hukumatning rivojlanishini
tezlashtiradi. Masalan: Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali barcha
xizmatlarni bir joyda to‘plash. Elektron raqamli imzo (E-imzo) — hujjat aylanishi
jarayonini avtomatlashtirib, ishonchli va huquqiy kuchga ega tizimni yaratdi.
Chatbotlar, sun’iy intellekt texnologiyalari yordamida avtomatik javob berish va
tezkor murojaatlarni ko‘rib chiqish.
Texnologik erkinlik — xizmatlardan erkin foydalanish imkoniyati
.
Texnologik erkinlik fuqarolarga va tashkilotlarga quyidagi imkoniyatlarni yaratadi:
Xizmatlardan istalgan joydan va istalgan vaqtda foydalanish (mobil ilovalar, veb-
platformalar orqali). Platformaga bog‘liq bo‘lmagan tizimlar: telefon, planshet,
kompyuter orqali bir xil qulaylikda kirish. Internet erkinligi va keng qamrovli aloqa
vositalari orqali monopoliyalarning oldi olinadi, raqobatbardosh muhit shakllanadi
Xulosa.
Aytib oʻtganimizdek sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar kirib
bormagan hech bir soha qolmadiki uning faoliyati kundan kunga oʻsib bormoqda.
Raqamli texnologiyalar bugungi kunda zamonaviy jamiyatning ajralmas qismiga
aylangan. Ular nafaqat qulaylik yaratadi, balki har bir sohada innovatsiyalar uchun
poydevor bo‘lib xizmat qiladi. Bularning natijasida insonlar hayotida texnologik
erkinlik tushunchasi shakllanishi bilan birga Raqamli aloqa vositalari tufayli dunyo
yanada “kichikroq” va bog‘liqroq holga keldi. Endi odamlar istalgan joydan tezkor,
arzon va ishonchli muloqot olib borish imkoniyatiga ega bo‘lib, bu jamiyat
taraqqiyotining muhim omilidir.
Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:
[1].O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi –
https://lex.uz/docs/5030957
[2].Russell, S., & Norvig, P. (2021). Artificial Intelligence: A Modem Approach
(4th ed.). Pearson Education,
[3]. Davenport. T. H., & Ronanki, R. (2018). Artificial Intelligence for the Real
World. Harvard Business Review, 96(1), 108-116.
[4].. F.K.Achilova. “E-grafik” mobil ilovasini ishlab chiqish yordamida xizmat
korsatish samaradorligini oshirish. “Ozbekistonda fanlararo innovatsiyalar va ilmiy
tadqiqotlar” jurnali, ISSN: 2181-3302, 35-son, 2024 yil, 163-166 b.
