YANGI TILNI O‘ZLASHTIRISHDA PSIXOLOGIK YONDASHUVLAR

Annotasiya

  1. Tadqiqot maqsadi: maqolada nutq til o‘zlashtirish jarayonini psixolingvistika bilan izohlash, uning asosiy belgilari bo‘yicha muallif qarashlarini bayon qilish; 2. Tadqiqot metodlari: tahlil, tarixiylik, umumlashtirish; 3. Tadqiqot natijalari: til o‘zlashtiruvchining lisoniy o‘ziga xosligi; 4. Xulosa. Psixolingvistikani o‘rganish til o‘zlashtirishda muhim ekanligini aniqlashdir.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2023
inLibrary
Google Scholar
doi
Bilim sohasi

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Zulaypoyeva , G. . (2025). YANGI TILNI O‘ZLASHTIRISHDA PSIXOLOGIK YONDASHUVLAR. Interpretation and Researches, (13(59). Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/international-scientific/article/view/121959
Gulmira Zulaypoyeva , FDTU
o‘qituvchisi
0
Iqtibos
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

  1. Tadqiqot maqsadi: maqolada nutq til o‘zlashtirish jarayonini psixolingvistika bilan izohlash, uning asosiy belgilari bo‘yicha muallif qarashlarini bayon qilish; 2. Tadqiqot metodlari: tahlil, tarixiylik, umumlashtirish; 3. Tadqiqot natijalari: til o‘zlashtiruvchining lisoniy o‘ziga xosligi; 4. Xulosa. Psixolingvistikani o‘rganish til o‘zlashtirishda muhim ekanligini aniqlashdir.


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 13 (59) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

67

YANGI TILNI O‘ZLASHTIRISHDA PSIXOLOGIK YONDASHUVLAR

Zulaypoyeva Gulmira Ubaydulloyevna

FDTU o‘qituvchisi

gulmiraxon2019@gamail.com


Annotatsiya:

1. Tadqiqot maqsadi: maqolada nutq til o‘zlashtirish jarayonini

psixolingvistika bilan izohlash, uning asosiy belgilari bo‘yicha muallif qarashlarini
bayon qilish; 2. Tadqiqot metodlari: tahlil, tarixiylik, umumlashtirish; 3. Tadqiqot
natijalari: til o‘zlashtiruvchining lisoniy o‘ziga xosligi; 4. Xulosa. Psixolingvistikani
o‘rganish til o‘zlashtirishda muhim ekanligini aniqlashdir.

Аннотация

: 1. Цель исследования: объяснить процесс овладения речью и

языком в статье с помощью психолингвистики, изложить взгляды автора на его
основные особенности; 2. Методы исследования: анализ, историчность,
обобщение; 3. Результаты исследования: языковая личность изучающего язык;
4. Резюме. Изучение психолингвистики направлено на определение важности
овладения языком.

Annotation

: 1. The purpose of the research: to explain the process of speech

and language acquisition in the article with psycholinguistics, to state the views of the
author on its main features; 2. Research methods: analysis, historicity, generalization;
3. Research results: linguistic identity of the language learner; 4. Summary. The study
of psycholinguistics is about determining the importance of language acquisition.

Kalit so‘zlar:

lingvistika, psixolingvistika, til o‘zlashtirish, niyat, kodlash,

bayon etish.

Ключевые слова:

лингвистика, психолингвистика, овладение языком,

интенция, кодирование, выражение.

Keywords:

linguistics, psycholinguistics, language acquisition, intention,

encoding, expression.


Ma’lumki, madaniyat, ijtimoiy xulq va tafakkur tushunchalarini tilsiz tasavvur

etib bo‘lmaydi. Til, nutq va tafakkur birligi munosabati qadim zamon
tilshunoslaridan boshlab bugungi kun olimlarining ham dolzarb masalalaridan biriga
aylandi.

XIX asr boshlarida nutq mustaqil fan darajasiga erishgan tilshunoslikda

o‘rganila boshlandi. Tilning psixologik tabiatini o‘rgangan, uni inson ruhiyatining
namoyon bo‘lishi, deb baholagan mualliflardan biri V.fon Humboldt edi. U tilni o‘lik
mahsulot emas, balki doimiy tug‘ilish natijasi deb qaraydi.

V.fon Humboldt tadqiqotlari til-nutq tafakkuri muammolari-tilni tushunish,

mantiqiy va til kategoriyalarini shakllanishi, material (tovushli) substrakt bilan


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 13 (59) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

68

fikrlash jarayonining munosabati masalalarini o‘rganish imkonini beradi. V.fon
Humboldtning psixologik tadqiqotlari uning shogirdi tilshunoslikda psixologik
yo‘nalish asoschisi G.Shteyntal tomonidan rivojlantirildi.

10

Bu tushunchalarning ijtimoiy muhitdagi munosabatini o‘rganar ekanmiz, avvalo,

til va tafakkur haqidagi fikrlarni oydinlashtirib olsak. Til ham, tafakkur ham o‘z
mohiyatiga ko‘ra falsafiy, ruhiy va ijtimoiy hodisadir. Shuning uchun ham bu
masalaga falsafa, psixologiya, sotsiologiya kabi fanlar turlicha yondashadi. Masalan,
Amerika bixevioristik psixologiyasi asoschisi J.Uotsonning fikricha, “fikrlash
jarayoni - bu ovozning motor mashqi” (1913), boshqacha qilib aytganda, tafakkur -
bu ichki nutqdir. Bu masalaga rus psixologlari o‘ziga xos yondashadi. Rus
fiziologiyasining asoschisi I.M.Sechenov 1863-yilda quyidagi ilmiy qarashni ishlab
chiqdi: kuzatuvlardan ma’lum bo‘lishicha, fikrlash jarayonida bola bevosita gapiradi
ham. 5 yoshli bolaning fikrlayotganini biz uning so‘zlari yoki pichirlashi orqali bilib
turamiz, chunki bu vaqtda bolaning og‘zi va lablari harakatda bo‘ladi. Xuddi shu
holat ba’zan katta yoshli odam fikrlayotganida ham kuzatiladi.

Demak, rus psixologlarining fikricha, bolalikda tafakkur va nutq bir biriga

chambarchas bog’liq, keyinchalik, inson rivojlana borishi bilan tafakkur ma’lum
ma’noda tildan ajrala boradi, mustaqil ko‘rinishga ega bo‘ladi (u yoki bu darajada
ichki nutqiy reaktsiyalardan xoli bo‘la boradi). Bu masala mashhur psixolog L.S.
Vigotskiy ishlarida keng tadqiq etiladi. U o‘zining “Tafakkur va nutq” (1934) asarida
filogenez jarayonida ham, ontogenez jarayonida ham noverbal tafakkur elementlari
mavjudligini qayd etadi (masalan, amaliy masala yechimida “amaliy” tafakkur).
Shuningdek, nointellektual nutq belgilari ham (misol uchun, his-hayajonli qiyqiriqlar)
mavjud bo‘ladi. Olim bu belgilar munosabatini tekshirar ekan, uning maqsadi qachon
nutq tafakkurga xizmat qiladi, qachon tafakkur nutqda aks etishini aniqlashdan iborat.

Hozirgi zamon tilshunoslikning grammatika sohasidagi tadqiqotlari o‘z

navbatida psixologiyaga katta ta’sir ko‘rsatdi. Ular nazariy eksperimental jihatdan
o‘rganish psixologiyasini boyitib, psixolingvistikaning keyingi taraqqiyotida muhim
omilga aylandi.

Psixolingvistika til o‘rganish va undan foydalanish asoslarini belgilovchi

fikrlash jarayonlarini tahlil qilishda, psixologiya va tilshunoslikka tegishli nazariy va
empirik usullardan foydalanadi. Bu jarayon o‘z faoliyati davomida o‘zida bir necha
fanlarni jamlaydi. Tilshunoslarni doimo inson bilimining muhim belgisi bo‘lgan til
tuzilishining formal ta’rifi qiziqtirib kelgan. Bu tuzilma o‘zida nutq tovushlari va
ularning mazmunini shu bilab birga tovush va mazmunni birlashtiruvchi murakkab
grammatik tizimlarni jamlaydi. Psixologlar esa bolalar bu tizimlarni qay tarzda

10

Xudaybergenova G.

«

Eksperimental psixologiyasi

»

bo`yicha o`quv uslubiy majmuasi. Nukus 2012.


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 13 (59) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

69

o‘zlashtirishini va bu tizimlarning so‘zlashuv jarayonidagi o‘rini haqida bilishni
istaydilar.

Qisqa qilib aytganda, psixolingvistlarni inson yoshligidan tilni o’zlashtirib va

keyinchalik foydalanilishini belgilovchi katta va teran bilim hamda qobiliyatlar
qiziqtiradi. Katta, teran bilim va qobiliyatlar deganda - bu til va inson bilimining
boshqa tizimlari yuzasidan tegishli hukm chiqarishdan oldin, uni chuqur tahlil
qilamiz. Shu sababdan psixolingvist oldida boshqa bir olim singari, bitta muammo
turadi, bu esa kuzatilayotgan faoliyatning belgilovchi omillarini tushuntiradigan teran
tuzilma va jarayonlarni asoslaydi.

Kuzatilayotgan faoliyat va yashirin tuzilmalar o‘rtasidagi farqni yana bir marta

ta’kidlamoq lozim. Ingliz tilida, boshqa tillar singari, bu farq til va nutq
tushunchalarida o’z ifodasini topgan: “nutq” (speech) so‘zi o‘rniga to‘g‘ri keladigan
fe’lga ega. “til” (language) esa- yo‘q. Bu so‘zlaganda : “He speaks the English
lanquage” (U ingliz tilida so‘zlaydi) deyilgan. So’zlamoq- bu biron bir ma’noga ega
tovushlarni ifoda qilmoq. Bu tovushlarning ma’nosi, ularning haqiqatan ham ingliz
tili bilan bog’liq ekanligi bilan belgilanadi. Nutq – bu faoliyat. Uni eshitish mumkin,
uni magnitafon lentasiga yozib olish mumkin. Ammo magnitafonga ingliz tilini yozib
olib bo’lmaydi. Faqat ingliz nutqini yozib olib bo‘ladi. Bu bir-birimizning nutqimiz
ingliz tilini bilganimiz uchun tushunamiz. Til – bu tilimizning ma’lum bir tarmog‘i.
Ingliz tili – bu ingliz tilida so‘zlovchi inson bilimlarining ma’lum yig‘indisi.
Bilimning bunday tizimlari ta’rifi tilshunoslikni an’anaviy xususiyati hisoblanadi,
psixologiya esa, muntazam ravishda “inson faoliyati haqidagi fan”, deb baholanadi.
Ammo bu ikki fan o‘rtasida chegara o‘tirish juda murakkab ishdir.

Biz faoliyatni, uning tuzilish nazariyasini bilmasdan turib, o‘rgatib bilmaymiz va

aksincha, tuzilmani ham faoliyatdan chetlab tahlil qilolmaymiz. Transformatsion
grammatika bo‘yicha asarlari bilan hozirgi zamon tilshunosligiga katta ta’sir
ko‘rsatgan N.Xomskiy tilshunoslikning vazifasini bilish va insoniyatning umumiy
xususiyati atamalari orqali ifodalaydi.

Uning yozishicha: “Tilshunoslik bunday tahlilda fikrlashni ma’lum aspektlarini

o’rganuvchi psixologiyani oddiy bir bo‘limi” degan.

Psixologiya ko‘pdan beri mana shu aspektlar ma’nosi bilan qiziqib kelgan. Shu

borada psixologiyaning turli sohalari bo‘yicha ko‘plab tadqiqotlar mavjud. Xatto
Kalamushlarni labirintdagi faoliyati ham “o‘rganish” va “harakat qilish” atamalari
borasida ko‘plab munozaralar olib keldi. Psixologlar bahslari asosini kalamushning
labirintdagi faoliyati va uning u yerda nimani o‘rganishi borasidagi farqi tashkil qildi.
Xuddi shu muammoga bu til qobiliyati, til haqida bilim (linguistic competence) va til
faoliyati (linguistic perfomance) tegishli psixolingvistik muammolarni ko‘rib
chiqqanda duchor bo‘lamiz. Buning asosini ham insonning nazariy jihatdan


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 13 (59) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

70

so‘zlashish va tushunish qobiliyatiga ega bo‘lishi va konkret vaziyatlarda nimani
so‘zlagani va tushunishi o’rtasidagi farq tashkil qiladi.

Psixologlarni tilshunoslikda o‘ziga charlovchi narsa shundaki, bu fan inson

bilimlarini muhim sohalaridan birini mukammal ravishda va ilmiy jihatdan
ta’riflaydi. So‘nggi yillarda psixologlarga N.Xomskiy va uning Massachuset
texnologik institutidagi hamkasblari tomonidan ishlab chiqilgan tilshunoslikka
mutlaqo yangi yondashishni uslubi katta madad bo‘ldi.

Har bir tilda o‘rganuvchining ayol yoki erkakligi, yosh-qariligidan qat’iy nazar,

birinchi navbatda, faol leksik-semantik qatlamni o‘zlashtirish asosiy vazifa sanaladi.
Har bir til egasi yoshlikdan asosiy e’tiborini tilning faol qo‘llanuvchi birliklariga
qaratishi shu til bo‘yicha amaliy va nazariy tasavvurning tez va to‘g‘ri shakllanishiga
xizmat qiladi.


ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Худайберганова Г. “Экспериментал психология” Нукус 2012.

2.

Rafiyev A. Mahmudov N. Yuldashev I. Nutq madaniyati va davlat tilida ish

yuritish. Toshkent, 2013.

3.

И.Павлов. Об уме воопще, о русском уме в частности. -М,2014

4.

Xudaybergenova G. «Eksperimental psixologiyasi» bo`yicha o`quv uslubiy

majmuasi. Nukus 2012.

5.

http://library.ziyonet.uz/ - ta’lim portali




Bibliografik manbalar

Худайберганова Г. “Экспериментал психология” Нукус 2012.

Rafiyev A. Mahmudov N. Yuldashev I. Nutq madaniyati va davlat tilida ish yuritish. Toshkent, 2013.

И.Павлов. Об уме воопще, о русском уме в частности. -М,2014

Xudaybergenova G. «Eksperimental psixologiyasi» bo`yicha o`quv uslubiy majmuasi. Nukus 2012.

http://library.ziyonet.uz/ - ta’lim portali