MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA MASHG‘ULOTLARNI TASHKIL QILISH

Annotasiya

Ushbu maqolada, ta’lim tizimining asosiy bo‘g‘ini bo‘lmish maktabgacha ta’lim tizimidagi mashg‘ulotlar ularning foydasi, bolalar kelajagi uchun ta’siri yoritilgan. Bolalarga mashg‘ulotlarni o‘zlari erkin holda tanlashlariga imkon yaratish ularning kelajakda o‘zlarining mustaqil fikri, o‘zlarining shaxsiy qarori shakllanishiga zamin yaratishiga poydevor bo‘lishini har bir ota – ona, nainki, farzand tarbiyasi uchun mas’ul hisoblangan har bir shaxs anglagan bo‘lmog‘i lozim.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2023
inLibrary
Google Scholar
doi
Bilim sohasi

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Mayliyeva , N. . (2025). MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA MASHG‘ULOTLARNI TASHKIL QILISH. Interpretation and Researches, (13(59). Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/international-scientific/article/view/121961
Nasiba Mayliyeva , Urganch Ranch texnologiya universiteti
“Maktabgacha ta’lim pedagogikasi va psixologiyasi” yo‘nalishi 3-bosqich talabasi
0
Iqtibos
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu maqolada, ta’lim tizimining asosiy bo‘g‘ini bo‘lmish maktabgacha ta’lim tizimidagi mashg‘ulotlar ularning foydasi, bolalar kelajagi uchun ta’siri yoritilgan. Bolalarga mashg‘ulotlarni o‘zlari erkin holda tanlashlariga imkon yaratish ularning kelajakda o‘zlarining mustaqil fikri, o‘zlarining shaxsiy qarori shakllanishiga zamin yaratishiga poydevor bo‘lishini har bir ota – ona, nainki, farzand tarbiyasi uchun mas’ul hisoblangan har bir shaxs anglagan bo‘lmog‘i lozim.


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 13 (59) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

77

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA MASHG‘ULOTLARNI

TASHKIL QILISH

Mayliyeva Nasiba Axmedovna

Urganch Ranch texnologiya universiteti “Maktabgacha ta’lim pedagogikasi va

psixologiyasi” yo‘nalishi 3-bosqich talabasi

Annotatsiya.

Ushbu maqolada, ta’lim tizimining asosiy bo‘g‘ini bo‘lmish

maktabgacha ta’lim tizimidagi mashg‘ulotlar ularning foydasi, bolalar kelajagi uchun
ta’siri yoritilgan. Bolalarga mashg‘ulotlarni o‘zlari erkin holda tanlashlariga imkon
yaratish ularning kelajakda o‘zlarining mustaqil fikri, o‘zlarining shaxsiy qarori
shakllanishiga zamin yaratishiga poydevor bo‘lishini har bir ota – ona, nainki,
farzand tarbiyasi uchun mas’ul hisoblangan har bir shaxs anglagan bo‘lmog‘i lozim.

Kalit so‘zlar

: pedagog - tarbiyachi, xalq ta’limi, maktabgacha ta’lim

tashkilotining tarbiya dasturi, informatsiya, frontal mashg‘ulot, ekskursiya, gigiyenik
tarbiya, xulq madaniyati, didaktik o‘yinlar, fikr yuritish malakasi.


Maktabgacha ta’lim tashkilotida faoliyat yuritayotgan xar bir pedagog -

tarbiyachi bolalar uchun avvalo ona, do‘st va albatta ota kabi bo‘lishi lozim. Chunki,
ona kabi – mehribon, g‘amxo‘r va jonkuyari bo‘lmasa kerak. Do‘st esa insonni chin
qalbdan va samimiy tushuna oladi. Har qanday sharoitda chin do‘stga suyansa
bo‘ladi. Ota – xayotdagi har bir farzand atalmish shaxsning, xox u katta bo‘lsin, xox
kichkina bola bo‘lsin xaqiqiy va beminnat suyanchimiz, qalqonimizdir. Maktabgacha
ta’lim tashkiloti tarbiyachilari ham har bir bola uchun ana shunday ma’suliyatli
vazifani zimmasiga olgan holda faoliyat yuritadilar. Maktabgacha ta’lim
tashkilotidagi oylik, yillik, haftalik mavzular Xalq ta’limi tomonidan aniq va ravshan
tuzilgan bo‘lishiga qaramay, mohir tarbiyachi uni to‘ldira oladi. Chunki bolalar bir
xillikdan zerikadilar. Shunga muvofiq tarbiyachi har bir kun uchun yangilik qilishi,
bolalarni mashg‘ulotga jalb qila olishi lozim.

Albatta, bolalarning qiziqishlarini xam inobatga olgan holda faoliyat boradi.

Chunki, har bir bolaning alohida qiziqishlari, alohida dunyosi bor. Shunga muvofiq,
bolalarga rivojlantiruvchi markazlarni tanlashiga imkon yaratish lozim.

Mashg‘ulot ta’lim muassasida bolalarga ta’lim berishning asosiy shaklidir.

Mashg‘ulot – pedagogning bolalarni kerakli bilim va malakalardan frontal holda
xabardor qilishidir. Tarbiyachi bolalarga ta’lim berishni kun davomida amalga
oshiradi: ularning bilimlarini boyitadi, madaniy, gigiyenik, xulq madaniyati,
gaplashish nutqi, sanoq-hisob harakatlari kabi turli tuman malaka va ko‘nikmalarini
shakllantirib boradi. Ammo ta’lim berishda bosh rolni mashg‘ulot egallaydi.
Mashg‘ulotlar maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’limni tashkil etish shaklidir. Ta’lim


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 13 (59) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

78

shakli deganda ta’lim beruvchi pedagog va bolalarning maxsus tashkil etilgan
faoliyati tushuniladi va kun tartibida ma’lum bir vaqtda o‘tkaziladi. Ta’lim shakli
bolalar soni, pedagog va bolalar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir xususiyatiga, o‘tkazish
joyiga shuningdek, kun tartibida egallagan o‘rniga qarab bir-biridan farq qiladi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’limning frontal (umumiy), jamoaviy va yakka
tartibdagi shakllaridan foydalaniladi. Bundan tashqari, bolalarga ta’lim berish ishlari
ekskursiya,
didaktik o‘yinlar orqali, kun davomida bolalarning mashg‘ulotdan
tashqari har xil faoliyatlarida, ularning o‘yinlariga rahbarlik qilish jarayonida amalga
oshirilib boriladi. Mashg‘ulot maktabgacha ta’lim yoshidagi hamma bolalar uchun
majburiydir: unda dastur mazmuni belgilab berilgan, kun tartibida unga ma’lum o‘rin
va vaqt ajratilgan. Mashg‘ulot tarbiyachi rahbarligida o‘tkaziladi, tarbiyachi
mashg‘ulotda bolalarni yangi bilimlardan xabardor qiladi, bolalarning amaliy
mashg‘ulotlarini tashkil etadi. O‘quv materialining mazmuni asta-sekin
murakkablashtirilib boriladi. Mashg‘ulot bolalarni maktabga tayyorlashda katta
ahamiyatga ega. Mashg‘ulot orqali bolalar o‘quv malakasini egallab oladilar. Ularda
barqaror diqqat, irodani, diqqatni jalb eta olish kabi qobiliyatlar rivojlanadi. Izchillik
bilan ta’lim berish natijasida bilimga qiziqishlar rivojlana boradi. Bolalarga bilim
berishning jamoa usulida olib borish katta ahamiyatga ega: birgalikdagi faoliyatda
bolalar bir-birlariga faol ta’sir etishadi, o‘z tashabbusi, topog‘onligini namoyon qilish
imkoniyati tug‘iladi. Bolalar oldiga umumiy zo‘r berishning talab etuvchi vazifa
qo‘yilganda birgalikda qayg‘urishadi, jamoatchilik xissi shakllanadi. Ekskursiyalar,
rasm qirqib yopishtirish, qurish yasash ishlarini birgalikda bajarish, umumiy raqs-
o‘yinlarini ijro etish, badiiy asarlarni eshitish, o‘qishda paydo bo‘lgan birgalikdagi
kechinmalar bolalarning birlashgan do‘stona jamoasini yaratishga yordam beradi.
Mashg‘ulotda ta’lim berish orqali bolalarda maktabdagi o‘qishga qiziqish
tarbiyalanadi, javobgarlik xissi, o‘zini tuta olish, mehnat qilishga intilish odati,
topshirilgan ishni bajarish kabi to‘g‘ri sifatlar hosil qilinadi. Bolalarni maktab
ta’limiga ruhiy jihatdan tayyorlashni ularning boshlang‘ich sinflarda dastur
materialini yaxshi o‘zlashtirib olishlarini ta’minlovchi bilim va malakalar
mashg‘ulotlar jarayonida hosil qilinadi. Mashg‘ulotlarda bolalarda mustaqil fikr
yuritish malakasi tarkib toptiriladi, tarbiyachilarga quloq solish, ularning fikriga
ergashish, hikoya qilinayotgan hikoyalardan voqeadagi asosiy g‘oyalarni ajrata olish,
qisqacha umumlashtirish kabi malakalarni rivojlantirishga katta e’tibor beriladi.
Mashg‘ulotda tarbiya vazifalari hal etiladi. Mashg‘ulot bolalarning yosh va o‘ziga
xos xususiyatlarini e’tiborga olib ma’lum izchillikda olib boriladi. Maktabgacha
ta’lim tashkiloti ta’lim-tarbiya dasturida har bir yosh guruhda hafta davomida
o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar soni va vaqti belgilab qo‘yilgan. Tayyorlov guruhlarida
mashg‘ulotlar orqali bolalarda tashabbuskorlik va mustaqillik, bilimga
qiziquvchanlik, faol tafakkur qilish, taqqoslash, umumlashtirish, xulosalar chiqarish


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 13 (59) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

79

kabi malakalar tarbiyalab boriladi. Bolalarda kuzatuvchanlik, javobgarlik xissi
takomillashtirilib boriladi, ularda mehnat qilish malakasi va xohishi tarbiyalanadi.
Bolalarni mustaqillikka o‘rgatish ishi muntazam amalga oshirib boriladi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotida kichkintoylarni tevarak-atrofdagi hayot, tabiat bilan
tanishtirish, ularning nutqini, eng oddiy matematik tasavvurlarini o‘stirish
mashg‘ulotlari, musiqa mashg‘ulotlari, qurish-yasash, jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari
olib boriladi. Ilk yoshdagi bolalar bilan olib boriladigan mashg‘ulotlar katta yoshdagi
kishilarning har bir bola bilan rejali suratda muomalada bo‘lishidan iborat bo‘lib, bu
mashg‘ulotlarning maqsadi bolalarning nutqi va harakatini rivojlantirib borishdir; bu
esa bolalarni mashg‘ulotlarga tayyorlash bosqichidir; go‘daklar ixtiyoriy diqqat o‘sib
borgani sari, bunday mashg‘ulotlar bir necha bola bilan, keyinchalik esa butun guruh
bolalari bilan bir yo‘la olib boriladi. Mashg‘ulot jadvalini tuzish talablari :

1.

Mashg‘ulotlarni dasturning hamma bo‘limlari bo‘yicha xaftaga teng

taqsimlash

2.

Haftaning biribchi va oxirgi kunlariga osonroq mashg‘ulotlarni rejalashtirish

3.

Kun davomida birinchi bo‘lib bolalardan aqliy zo‘r berishni talab etadigan

mashg‘ulotlarni rejalashtirish (matematika, оna tili, tevarak atrof bilan tanishtirish),
ikkinchi

bo‘lib yengilroqlarini rejalashtirish (tasviriy faoliyat, musiqа)

Mashg‘ulotlarda ta’lim berish bolalardan aqliy va jismoniy zo‘r berishni talab etadi,
ya’ni u bolani aktiv faoliyati bilan bog‘liq bo‘lib bola ma’lum natijaga erishish uchun
intiladi, bu esa boladan uzoq va davomli ixtiyoriy diqqatni talab etadi. Shuning uchun
mashg‘ulotga tayyorlanishda bolalar yoshini, imkoniyatini e’tiborga olish zarur:
mashg‘ulotning vaqtini, kun tartibidagi o‘rnini dasturning har xil bo‘limlarini to‘g‘ri
almashtirib turishni oldindan o‘ylab, aniq belgilab olish zarur. Mashg‘ulotlarni
kuning birinchi yarmida o‘tkazish maqsadga muvofiqdir, chunki, birinchidan bola
ertalabki soatlarda aqliy vazifani yaxshi bajara oladi, xona tabiiy yorug‘lik bilan
yaxshi ta’minlangan bo‘ladi. Har bir yosh guruhida necha marta mashg‘ulot
o‘tkazilishi, uning mazmuni va har bir mashg‘ulot yosh guruhlari bo‘yicha necha
daqiqa davom etishi maktabgacha ta’lim tashkilotining tarbiya dasturida ularning
yosh xususiyatlarini e’tiborga olgan holda belgilab berilgan. Birinchi kichik guruhda
mashg‘ulot bolalarni ikki guruhga bo‘lgan holda o‘tiladi. Guruhlardagi bolalar soni
har doim bir xil bo‘ladi. Mashg‘ulot jadvalini tuzganda haftada bolalarning ish
qobiliyati yuqoriroq bo‘ladigan kun tanlanadi. Ma’lumki, xaftaning o‘rtalarida
(seshanba, chorshanba, payshanba) bolalarning ish qobiliyati yuqori bo‘lar ekan, bu
kunlarga bolalarning aktiv faoliyatini talab etuvchi murakkabroq mashg‘ulot
tanlanadi, elementar matematika, nutqni rivojlantirish, savodga o‘rgatish kabilar.
Jadval tuzganda bu mashg‘ulotlarni birinchi qo‘yish kerak, bolalardan ko‘p harakat
qilishni, xissiy zo‘riqishni talab etuvchi mashg‘ulotlar (musiqa, jismoniy tarbiya,
tasviriy faoliyat) ikkinchi qilib qo‘yildi. Bolalar o‘zlashtirib oladigan bilimlar


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 13 (59) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

80

mazmuni tarbiyalovchi bo‘lishi kerak. Maktabgacha tarbiya tashkiloti dasturi
maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda tabiat haqidagi bilimlarning (bular tabiatga
muhabbat uyg‘otadi, o‘simliklar va hayvonlarga g‘amxo‘rlik bilan qarash xissini
tarbiyalaydi), tarkib toptirishni nazarda tutadi: bilimlarni o‘zlashtirib olish asosida
bolalarda jonajon shahriga, o‘z vataniga, xalqiga muhabbat, ulug‘ kishilarga
muhabbat va hurmat, o‘lkaning ijtimoiy hayotiga qiziqish paydo bo‘ladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda ijtimoiy xodisalar, voqealar to‘g‘risida,
umumlashgan tasavvurlar tarkib topadi. Masalan, qo‘shni o‘lkalardagi bolalarning
hayoti, oddiy kishilarning mehnati, boshqa xalqlarning hayoti va do‘stligi haqidagi
dastlabki tasavvurlar vujudga keladi. Tarbiyachi yangi mashg‘ulotlarning mazmunini
belgilar ekan, ular u yoki bu mashg‘ulotlarda o‘zlashtirilgan bilimlar bilan qanday
bog‘lanishini o‘ylab ko‘radi.

Aynan maktabgacha yoshdagi bolalarda jamoa bo‘lib ishlagan ma’qul. Sababi

ular do‘stlari orasida o‘zini erkin tutadi. Ulardan ko‘rib bilmagan narsalarini
o‘rganadi. Jamoadoshlarini oldida uyalmasdan ishtirok etadi. Shuning uchun ham
ko‘p mashg‘ulotlar jamoa bo‘lib ishlash uchun mo‘ljallangan. Mashg‘ulot jarayonini
o‘tkazib olib ularga erkin mashqlar qilsak bo‘ladi. Chunki ko‘pincha bola bo‘sh
qolmasligi uchun u bilan turli o‘yinlar ham o‘ynashadi, yoki jismoniy harakatlar
qilishadi. Mashg‘ulotni ham o‘tib oldik, mashq bajardik albatta ularni energiyasi
kamayadi, ularni ovqatlantirib, uhlash uchun yotqizsak ham bo‘ladi. Dam olib miya
faoliyati energiyaga to‘lganidan keyin yana kunning yarim qismida turli o‘yinlarni
bola bilan harakatda kunimizni o‘tkazsak bo‘ladi.

Xulosa.

Shuni ta’kidlash joizki, maktabgacha ta’lim tashkilotidagi o‘tayotgan

har bir kun unda tarbiyalanayotgan tarbiyalanuvchi uchun qiziqarli va ta’limiy –
tarbiyaviy ruhda o‘tmog‘i darkor. Bunda tarbiyachining shaxsiy kompetensiyasi va
malakaviy kompetensiyasi muxim ro’l o’ynaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Qodirova F.R., Qodirova R.M. Bolalar nutqini rivojlantirish nazariyasi va

metodikasi. – Toshkent: «Istiqlol», 2006.

2.

“Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha

ta’lim vazirligining 2018-yil 7-iyuldagi 4-sonli hay‟at yig‘ilishi qarori bilan
tasdiqlangan va nashr etilgan dasturi.

3.

Г.И.ХАСАНОВА “Таълим жараёнида дастурлаштирилган ўқитиш

технологиясидан фойдаланишнинг афзалликлари” Жиззах: 2020. 420 бет. 223-
225 б

4.

Хасанова, Г. (2021). Олий таълим муассасалари педагогларининг

Креатив қобилиятларини ривожлантиришнинг мазмуни. Academic Research in
Educational Sciences, 2(1), 778-782 5. М.Усмонова. Ўқувчи шахсига
йўналтирилган педагогик технологиялар Таълим технологиялари. 2016 йил. 4-
co

Bibliografik manbalar

Qodirova F.R., Qodirova R.M. Bolalar nutqini rivojlantirish nazariyasi va metodikasi. – Toshkent: «Istiqlol», 2006.

“Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining 2018-yil 7-iyuldagi 4-sonli hay‟at yig‘ilishi qarori bilan tasdiqlangan va nashr etilgan dasturi.

Г.И.ХАСАНОВА “Таълим жараёнида дастурлаштирилган ўқитиш технологиясидан фойдаланишнинг афзалликлари” Жиззах: 2020. 420 бет. 223- 225 б

Хасанова, Г. (2021). Олий таълим муассасалари педагогларининг Креатив қобилиятларини ривожлантиришнинг мазмуни. Academic Research in Educational Sciences, 2(1), 778-782 5. М.Усмонова. Ўқувчи шахсига йўналтирилган педагогик технологиялар Таълим технологиялари. 2016 йил. 4-co