O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA ATMOSFERA HAVOSINING HOLATI VA UNING MUSAFFOLIGINI SAQLASH CHORA-TADBIRLARI

Annotasiya

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida, ayniqsa Toshkent shahrida atmosfera havosining ifloslanish holati, uning asosiy sabablari va oqibatlari ilmiy-geografik va pedagogik yondashuv asosida tahlil qilinadi. Transport vositalari, sanoat chiqindilari, urbanizatsiya jarayonlari va ob-havo sharoitlarining havoning sifatiga ta’siri chuqur o‘rganiladi. Shuningdek, ekologik xavfsizlikni ta’minlash, monitoring tizimini takomillashtirish va aholining ekologik madaniyatini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar taklif etiladi.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2023
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
Bilim sohasi
f
3-5

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Tukhtamuratova , D. (2025). O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA ATMOSFERA HAVOSINING HOLATI VA UNING MUSAFFOLIGINI SAQLASH CHORA-TADBIRLARI. IQRO Jurnali, (16), 3–5. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/iqro/article/view/136333
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida, ayniqsa Toshkent shahrida atmosfera havosining ifloslanish holati, uning asosiy sabablari va oqibatlari ilmiy-geografik va pedagogik yondashuv asosida tahlil qilinadi. Transport vositalari, sanoat chiqindilari, urbanizatsiya jarayonlari va ob-havo sharoitlarining havoning sifatiga ta’siri chuqur o‘rganiladi. Shuningdek, ekologik xavfsizlikni ta’minlash, monitoring tizimini takomillashtirish va aholining ekologik madaniyatini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar taklif etiladi.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 17, issue 01, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Tuxtamuratova Dilnoza Dilmurodovna

Buxoro davlat pedagogika instituti talabasi

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA ATMOSFERA HAVOSINING HOLATI VA

UNING MUSAFFOLIGINI SAQLASH CHORA-TADBIRLARI

Annotatsiya:

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida, ayniqsa Toshkent shahrida

atmosfera havosining ifloslanish holati, uning asosiy sabablari va oqibatlari ilmiy-geografik va

pedagogik yondashuv asosida tahlil qilinadi. Transport vositalari, sanoat chiqindilari,

urbanizatsiya jarayonlari va ob-havo sharoitlarining havoning sifatiga ta’siri chuqur o‘rganiladi.

Shuningdek, ekologik xavfsizlikni ta’minlash, monitoring tizimini takomillashtirish va aholining

ekologik madaniyatini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar taklif etiladi.

Kalit so‘zlar

:Atmosfera havosi, ifloslanish, PM2.5, harorat inversiyasi, transport emissiyasi,

ekologik xavfsizlik, monitoring, urbanizatsiya, yashil hududlar.

Abstract:

This article analyzes the state of air pollution in the Republic of Uzbekistan,

particularly in the city of Tashkent, examining its main causes and consequences through

scientific-geographical and pedagogical approaches. The impact of vehicle emissions, industrial

waste, urbanization processes, and weather conditions on air quality is thoroughly studied. In

addition, the paper proposes measures to ensure environmental safety, improve the air quality

monitoring system, and enhance public environmental awareness.

Keywords:

Atmospheric air, pollution, PM2.5, temperature inversion, vehicle emissions,

environmental safety, monitoring, urbanization, green areas.

Аннотация:

В данной статье анализируется состояние загрязнения атмосферного воздуха

в Республике Узбекистан, особенно в городе Ташкент, его основные причины и

последствия на основе научно-географического и педагогического подхода. Подробно

изучается влияние выбросов автотранспорта, промышленных отходов, процессов

урбанизации и погодных условий на качество воздуха. Также предлагаются меры по

обеспечению экологической безопасности, совершенствованию системы мониторинга и

повышению экологической культуры населения.

Ключевые слова:

Атмосферный воздух, загрязнение, PM2.5, температурная инверсия,

выбросы транспорта, экологическая безопасность, мониторинг, урбанизация, зелёные

зоны.

Atmosfera havosi inson salomatligi, ekologik barqarorlik va iqtisodiy taraqqiyot uchun muhim

omil hisoblanadi. O‘zbekiston hududida urbanizatsiya, sanoatlashuv va transport vositalari

sonining ortishi bilan havoning ifloslanish darajasi ham oshib bormoqda. Ayniqsa, Toshkent

shahri so‘nggi yillarda havo sifati bo‘yicha jahon reytinglarida yuqori o‘rinlarni egallab

kelmoqda. Bu holat ekologik xavfsizlik, sog‘liqni saqlash va barqaror rivojlanish nuqtai

nazaridan jiddiy e’tibor talab qiladi. Atmosfera havosining ifloslanishi nafaqat ekologik, balki

ijtimoiy va sog‘liqni saqlash tizimiga ham tahdid solmoqda. Ushbu maqolada atmosfera

havosining hozirgi holati, asosiy ifloslantiruvchi omillar va ularni kamaytirish bo‘yicha chora-

tadbirlar ilmiy asosda tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi – O‘zbekistonda atmosfera


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 17, issue 01, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

havosining sifatini baholash, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha

ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqishdan iborat.

Toshkent shahrida atmosfera havosining ifloslanishiga olib kelayotgan asosiy omillar qatoriga

transport vositalari, sanoat chiqindilari, qurilish faoliyati, yashil hududlarning kamayishi va

noqulay ob-havo sharoitlari kiradi. 2025-yil 23-yanvar kuni Toshkent shahri AQI indeksida 317

ko‘rsatkich bilan dunyodagi eng ifloslangan shaharlar qatoriga kirdi. Bu holat havodagi PM2.5

zarrachalarining yuqori konsentratsiyasi bilan bog‘liq bo‘lib, ayni vaqtda harorat inversiyasi,

shamolning yo‘qligi va tumanli ob-havo kuzatilgan. Makrosinoptik sharoitga ko‘ra, Toshkent

shahri antisiklon periferiyasi ta’sirida qolgan. Radiatsion sovish natijasida yer sirtiga yaqin

qatlamda havo harorati -10°C...-15°C oralig‘ida bo‘lib, suv bug‘lari muz zarrachalariga aylanib,

tuman va bulduruq hosil qilgan. Bu esa ko‘rinuvchanlikni pasaytirib, PM2.5 zarrachalarining

havoda to‘planishiga olib kelgan. Harorat inversiyasi vertikal havo harakatlarini cheklab,

ifloslantiruvchi moddalar konsentratsiyasining ortishiga sabab bo‘lgan. Rasmiy ma’lumotlarga

ko‘ra, bu davrda havodagi zararli gazlar ruxsat etilgan me’yorlardan oshmagan. Biroq, azot ikki

oksidi miqdori 0,2–0,3 barobar yuqori chiqqani qayd etilgan.

Statistik hisob-kitoblarga ko‘ra, 1 ta yengil avtomobil yiliga 0,709 tonna, 1 ta yuk avtomobili esa

0,525 tonna zararli moddani atmosferaga chiqaradi. Toshkentda 638 mingdan ortiq transport

vositasi mavjud bo‘lib, har kuni yana 150–300 ming avtomobil shaharga kirib keladi. Bu esa

havoga chiqarilayotgan zararli gazlar miqdorini keskin oshiradi. Qor yog‘ishi va transport

harakatining kamayishi havoning sifatini vaqtincha yaxshilagan. Qor oppoq yuzasi quyosh

nurlarini aks ettirib, havodagi zarrachalarni yuvib tushiradi. Transport vositalarining kamayishi

esa emissiyalarni qisqartiradi. Biroq bu qisqa muddatli ta’sir bo‘lib, muammoni tubdan hal

etmaydi.

Atmosfera havosining monitoringi O‘zgidromet tomonidan olib boriladi. Toshkentda 23 ta

statsionar kuzatuv punktlari mavjud bo‘lib, ulardan 10 tasi zamonaviy “Horiba” avtomatik

stansiyalari bilan jihozlangan. Bu stansiyalar har daqiqada havodagi chang, gazlar va

meteorologik ko‘rsatkichlarni o‘lchaydi. Monitoring natijalari https://monitoring.meteo.uz

platformasida e’lon qilinadi. JSST standartlariga ko‘ra, PM2.5 zarrachalarining yillik me’yori 5

mkg/m³, kunlik me’yori esa 15 mkg/m³ bo‘lishi kerak. O‘zbekistonda esa bu ko‘rsatkichlar mos

ravishda 35 va 60 mkg/m³ etib belgilangan. Toshkentda esa ba’zi kunlarda PM2.5

konsentratsiyasi 196 mkg/m³ gacha yetgan. Bu JSST me’yoridan 13 baravar yuqori

ko‘rsatkichdir. Ilmiy-pedagogik yondashuv asosida tahlil qilinganda, atmosferani muhofaza

qilishda aholining ekologik ongini oshirish, yoshlar ta’limiga ekologik fanlarni integratsiyalash,

barqaror yashash madaniyatini shakllantirish zarur. Ekologik xavfsizlikni ta’minlashda

jamiyatning barcha qatlamlari – davlat, xususiy sektor va fuqarolik jamiyati ishtiroki muhim

ahamiyatga ega. Ekologik ta’limni maktabgacha bosqichdan boshlab oliy ta’limgacha bo‘lgan

barcha darajalarda joriy etish, yoshlarni ekologik loyihalarga jalb qilish va amaliy mashg‘ulotlar

orqali ularning mas’uliyatini oshirish mumkin. Shuningdek, ekologik qonunchilikni kuchaytirish,

ifloslantiruvchi korxonalar uchun qat’iy cheklovlar joriy etish va ekologik soliqlarni kengaytirish

orqali muammoni bartaraf etish mumkin. Yashil hududlarni kengaytirish, daraxt ekish

kampaniyalarini ommalashtirish va shaharsozlikda ekologik me’yorlarga amal qilish orqali

havoning sifatini yaxshilash mumkin. Qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish,

ayniqsa quyosh va shamol energetikasini rivojlantirish orqali sanoat va transport sohalaridagi

emissiyalarni kamaytirish mumkin. Ekologik monitoring tizimini takomillashtirish, real vaqt

rejimida kuzatuvni kuchaytirish va xalqaro standartlarga mos texnologiyalarni joriy etish zarur.

Aholining ekologik madaniyatini oshirish, ekologik axborot vositalarini kengaytirish va

ommaviy axborot vositalarida ekologik mavzularni yoritish orqali ijtimoiy ongni shakllantirish

mumkin. Ekologik tadbirlar, seminarlar, treninglar va ko‘rgazmalar orqali aholining ekologik

savodxonligini oshirish mumkin.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 17, issue 01, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Ekologik muammolarni hal qilishda xalqaro tajribalarni o‘rganish, xorijiy mamlakatlar bilan

hamkorlikda ekologik innovatsiyalarni joriy etish O‘zbekistonning ekologik barqarorlik sari

intilishini kuchaytiradi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, BMT atrof-muhit dasturi va boshqa

xalqaro institutlar bilan birgalikda atmosfera havosini yaxshilashga qaratilgan loyiha va

dasturlarni amalga oshirish mamlakatda ijobiy natijalarni ta’minlaydi. Shuningdek, ekologik

monitoring va baholash standartlarini xalqaro mezonlar darajasiga olib chiqish, zamonaviy

laboratoriyalar va mobil stansiyalar bilan jihozlash orqali aniq va tezkor ma’lumotlar olish

imkoniyati kengayadi. O‘zbekiston hukumati tomonidan qabul qilingan “Yashil o‘sish

strategiyasi” va barqaror energetikani rivojlantirishga qaratilgan davlat dasturlari atmosfera

ifloslanishini kamaytirishga qaratilgan muhim qadamlardan biridir. Energiya iste’molini

kamaytirish, binolarda energiya samaradorligini oshirish, qayta tiklanuvchi energiya

texnologiyalarini joriy qilish orqali iqtisodiy o‘sish bilan ekologik muvozanatni uyg‘unlashtirish

mumkin.

Havoning sifatini saqlab qolishda pedagogik yondashuv alohida o‘rin tutadi. Yosh avlodni

ekologik tarbiya orqali ongli va mas’uliyatli fuqaro etib voyaga yetkazish uchun maktabgacha

ta’lim muassasalaridan boshlab barcha ta’lim bosqichlarida ekologik fanlarni tizimli o‘rgatish

zarur. Ekologik targ‘ibot, interfaol treninglar va ekologik mavzularga bag‘ishlangan loyiha-

tadbirlar orqali o‘quvchilarda atrof-muhitga nisbatan ijobiy munosabat shakllanishi mumkin.

Ta’lim jarayoniga dala mashg‘ulotlari, amaliy tajribalar, ekskursiyalar, ekologik

observatsiyalarni kiritish orqali nazariy bilimni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish tavsiya

etiladi.Tahlil natijalariga ko‘ra, O‘zbekistonda atmosfera havosining ifloslanish darajasini

pasaytirish bo‘yicha ko‘plab chora-tadbirlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Biroq bu

jarayonni tezlashtirish va yanada samarali qilish uchun aholining ekologik savodxonligini

oshirish, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish va ijro intizomini qat’iylashtirish lozim.

Shuningdek, shaharsozlikda ekologik me’yorlarni ustuvor qilish, texnogen loyihalarni

baholashda ekologik ekspertizalarning mustaqil va shaffof bo‘lishini ta’minlash zarur.

Mamlakatning har bir fuqarosi ekologik muhitni asrab-avaylashda o‘z o‘rnini his qilishi va

shaxsiy mas’uliyatni chuqur anglab yetishi muhimdir. Ana shundagina atmosfera havosini

himoya qilish yakkama-yakka tashkilotlarning emas, balki butun jamiyatning dolzarb vazifasiga

aylanishi mumkin. Zero, sog‘lom havo – sog‘lom jamiyat asosidir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (WHO) havo sifati bo‘yicha hisobotlari.

2. Ö'zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi

materiallari.

3. Milliy statistika qo‘mitasi ekologiya bo‘yicha chop etgan ma’lumotlar.

4. Jahon bankining Ö'zbekistondagi ekologik holat bo‘yicha tadqiqotlari.

5. JST tomonidan chop etilgan atmosfera havosi bo‘yicha xalqaro maqolalar.

6. "Atrof-muhit va inson salomatligi" ilmiy jurnali.

7. Ö'zbekiston Milliy universiteti ekologiya bo‘yicha tadqiqot ishlari.

8. Global Environment Facility (GEF) va BMT ekologik dasturlari

Bibliografik manbalar

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (WHO) havo sifati bo‘yicha hisobotlari.

Ö'zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi materiallari.

Milliy statistika qo‘mitasi ekologiya bo‘yicha chop etgan ma’lumotlar.

Jahon bankining Ö'zbekistondagi ekologik holat bo‘yicha tadqiqotlari.

JST tomonidan chop etilgan atmosfera havosi bo‘yicha xalqaro maqolalar.

"Atrof-muhit va inson salomatligi" ilmiy jurnali.

Ö'zbekiston Milliy universiteti ekologiya bo‘yicha tadqiqot ishlari.

Global Environment Facility (GEF) va BMT ekologik dasturlari