O’ZBEKISTONDA AYOLLAR FUTBOLINING BUGUNGI KUNDA RIVOJLANISHI

Шохсанам Ешпоʻлатова
Mazkur ilmiy maqola O‘zbekiston Respublikasida ayollar futbolining bugungi kundagi rivojlanish jarayonini atroflicha yoritishga bag‘ishlangan. Unda ayollar futbolining shakllanishi, tarixiy bosqichlari, jamiyatdagi qabul qilinishi va rivojlanish dinamikasi chuqur tahlil qilinadi. Mavzu doirasida O‘zbekistonda bu sport turiga bo‘lgan davlat e’tibori, qonunchilik asoslari, hamda sport infratuzilmasining kengayib borayotganligi haqida fikr yuritiladi. Shuningdek, O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi (OFA), Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda xalqaro tashkilotlar, xususan FIFA va Osiyo Futbol Konfederatsiyasi (AFC) bilan olib borilayotgan hamkorlik natijalari tahlil qilingan. Ayollar jamoalarining soni ortib borayotganligi, musobaqalarning tizimli tashkil etilishi, yoshlar futboli va professional futbolni uyg‘unlashtirishdagi muvaffaqiyatli tajribalar bayon etilgan.

Просмотров

0

Загрузок

hh-index

0

Цитаты