JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 17, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Normatov Jamoliddin
Guliston davlat universiteti, O'zbek adabiyotshunosligi yo'nalishi 1 - kurs magistranti
HUSAYNIY IJODINING O‘RGANILISHI
Annotatsiya:
Mazkur maqolada Temuriylar sulolasi vakili, davlat arbobi va shoir Husayn
Boyqaroning (taxallusi – Husayniy) hayoti va adabiy merosi tahlil etiladi. Vosifiy, Roqimiy va
boshqa tarixiy manbalardagi ma’lumotlar asosida Husayn Boyqaroning shaxsiy fazilatlari,
ma’naviy olami va adabiy ijodining tahlili amalga oshirilgan.
Kalit so‘zlar:
Husayn Boyqaro, Husayniy, “Devoni Husayniy”, Alisher Navoiy, Vosifiy,
“Badoye’ ul-vaqoye’”, “Tarixi kasira”, Roqimiy, Hirot, Temuriylar
ИЗУЧЕНИЕ ТВОРЧЕСТВА ХОССЕЙНИ
Аннотация:
В статье анализируется жизнь и литературное наследие Хусейна Байкара
(псевдоним - Хусайни), представителя династии Тимуридов, государственного деятеля и
поэта. На основе сведений Васифи, Ракими и других исторических источников проведен
анализ личных качеств, духовного мира и литературного творчества Хусейна Байкара.
Ключевые слова:
Гусейн Байкара, Гусейн, «Дивани Гусейн», Алишер Навои, Васифи,
«Бадое ул-вакойе», «Тарихи Касира», Ракими, Герат, Тимуриды.
STUDY OF HOSSEINI'S WORKS
Abstract:
The article analyzes the life and literary heritage of Hussein Baykara (pseudonym -
Husseini), a representative of the Timurid dynasty, a statesman and a poet. Based on the
information of Wasifi, Raqimi and other historical sources, an analysis of the personal qualities,
spiritual world and literary works of Hussein Baykara was carried out.
Keywords:
Huseyn Baykara, Huseyn, "Divani Huseyn", Alisher Navoi, Wasifi, "Badoe ul-
vakoye", "Tarihi Katira", Raqimi, Herat, Timurids.
Kirish
.Husayn Boyqaro – o‘zbek mumtoz adabiyoti tarixida o‘zining betakror, ravon uslubda
yozilgan g‘azallari bilan alohida o‘ringa ega bo‘lgan ijodkorlardan biridir. Husayniy
taxallusibilan ijod qilgan Husayn Boyqaro (1438-1506 ) Sohibqiron Amir Temur Ko‘ragon
naslidan bo‘lib, Mirzo Mansur binni Mirzo Boyqaroning o‘g‘lidir. U 1438-yilda Hirot shahrida
tavallud topgan. Husayn Boyqaro uzoq davom etgan kurash va olishuvlardan keyin 1469-yilda
Hirot taxtini egallaydi. Sulton Husayn Boyqaro davrida Hirot butun sharqda ilm, san’at va
adabiyotning yashnagan markaziga aylandi. Alisher Navoiy boshchilik qilgan, Husayn Boyqaro
xayrixohlik bilan qaragan Hirot madaniy muhitida mashhur tilshunoslar va tarixchilar, xattot
vakotiblar, bastakor va xonandalar, musavvirlar va naqqoshlar, sozanda va hofizlar, faylasuf
vamusiqashunoslar, shoir va adiblar ijod qilardilar. Zahiriddin Muhammad Bobur tili bilan
aytganda, “Sulton Husayn Mirzoning zamoni ajab zamone edi, ahli fazl va benazir eldin
Xuroson,bataxsis Hiriy shahri mamlu edi. Har kishiningkim, bir ishga mashg‘ullug‘i bor edi,
himmati va g‘arazi ul erdikim, ul ishni kamolg‘a tegurgay. [1: 239-240 ] Biz ushbu
maqolamizda Husayn Boyqaroning hayoti va ijodining o‘rganilishi xususida so‘z yuritishni joiz
deb topdik.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 17, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Adabiyotlar tahlili va metodlar
Husayn Boyqaro hayoti va ijodi bugungi kunda ko‘plab tarixiy, adabiy, shuningdek,
manbashunoslik asosida olib borilgan tadqiqotlarda keng yoritilgan. Jumladan, Zayniddin
Muhammad Vosifiyning “Badoye’ ul-vaqoye’” asari – bu davr adabiy va madaniy muhitining,
xususan, Husayn Boyqaro shaxsiyatining jonli guvohidir. Asarda Husayn Boyqaroning sadoqatli
do‘sti Alisher Navoiy bilan bo‘lgan munosabatlari, sultoning madaniyat va san’atga bo‘lgan
e’tibori, odob-axloqi, tafakkuri va shaxsiy fazilatlari batafsil tasvirlangan. Bu manba tadqiqotchi
uchun beqiyos axborot beradi, ayniqsa, sultonning ichki dunyosi va madaniy siyosatini
o‘rganishda muhim rol o‘ynaydi.Shuningdek, tarixchi Sayyid Sharif Roqimiyning “Tarixi
kasira” (yoki “Tarixi tomm”) asari ham Husayn Boyqaro haqida muhim manba sifatida e’tirof
etiladi. Bu asar faqatgina tarixiy voqealar ketma-ketligi emas, balki shaxslararo munosabatlar,
siyosiy harakatlar va madaniy muhitni o‘rganishda manbashunoslik asosida tahliliy material
hisoblanadi. Biroq ushbu asarning tarjima va nashrga tayyorlangan nusxasi ba’zi hollarda
nomukammal bo‘lib, matnshunoslik nuqtayi nazaridan ehtiyotkorlik bilan foydalanishni talab
etadi.“Devoni Husayniy” esa Husayn Boyqaroning shoir sifatidagi iste’dodini ifoda etuvchi
badiiy manbadir. Uning g‘azallari orqali sultonning nafaqat siyosiy, balki ichki kechinmalar,
muhabbat, hijron, go‘zallikni anglash kabi lirik motivlari ochib beriladi. Qo‘lyozmaning
bezaklari, xattotlik uslubi va badiiy qiymati uni o‘z davrining yuksak san’at namunasi sifatida
ko‘rsatadi. Mazkur devon Sankt-Peterburgdagi qo‘lyozma asosida faksimile shaklida nashr
etilishi orqali O‘zbekiston madaniy merosini asrash va ommalashtirishda muhim qadamlardan
biri bo‘ldi.Ushbu maqolani yozishda tarixiy-tahliliy, manbashunoslik, adabiy-tanqidiy hamda
taqqosloviy metodlardan foydalanildi. Avvalo, Husayn Boyqaro hayoti va ijodi bilan bog‘liq
tarixiy manbalar, xususan “Badoye’ ul-vaqoye’” va “Tarixi kasira” asarlari asosiy tadqiqot
obyekti sifatida tanlandi. Bu asarlarda keltirilgan ma’lumotlar ichki izchillik asosida saralandi,
voqealar ketma-ketligi o‘rganildi.
Shuningdek, “Devoni Husayniy”dagi g‘azallar poetik jihatdan tahlil qilinib, ularning mazmuniy
yo‘nalishi, badiiy uslubi va leksik jihatlari o‘rganildi. Qo‘lyozma nusxasining bezaklari, xattotlik
san’ati va tarixiy ahamiyatini o‘rganishda matnshunoslik va kodikologiya yondashuvi
qo‘llanildi.Bundan tashqari, Alisher Navoiy bilan bo‘lgan munosabatlar Vosifiy va boshqa
tarixiy manbalar asosida taqqoslab tahlil qilindi. Bu metodlar orqali Husayn Boyqaroning
shaxsiyati ko‘p qirrali va kompleks tarzda ochib berilishi maqsad qilindi.
Natijalar va muhokama.
Mashhur shoir va adib Zayniddin Muhammad Vosifiyning "Badoye’
ul-vaqoye’" [2 ] asarida Sulton Husayn davridagi adabiyot, madaniyat va ilm-fan arboblari
haqida qiziqarli ma’lumotlar keltirilgan. Kitobning ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi boblarida
Husayn Boyqaroning hayoti va faoliyati, Sulton Husayn hukmronligi yillarida Hirotning
ulug‘vorligi, Pahlavon Muhammad va Husayn Boyqaro munosabatlari, Shayboniyxon bosqini
davrida Husayn Mirzo oilasining ahvoli, Navoiy va Husayn Boyqaro o‘rtasidagi sadoqatli
do‘stlik haqida qiziqarli hikoyalar ko‘p. Xususan, Zayniddin Vosifiy Husayn Boyqaroning o‘z
hayotini xavf ostiga qo‘yib, nabiralari va xazinani dushmandan qutqarganini, ularni suvdan olib
chiqqanini tasvirlaydi.
Xuroson hukmdorining tadbirkorligi, sezgirligi, donishmandligi,
insonparvarligini o‘rganishda yozuvchining xotiralari - "Husayn Boyqaro va aldoqchi
kimyogar," "Husayn Boyqaro va uning Shotiri," "Husayn Boyqaro va Pahlavon Muhammad"
hikoyalari katta ahamiyatga ega.
Husayn Boyqaro va Alisher Navoiy do‘stligi qirq yillik tarixga ega. Husayn Mirzo eng
og‘ir vaziyatlarda ham o‘z manfaatlariga zid ravishda Navoiy sha’nini himoya qildi. "Badoye’
ul-vaqoye’"dagi "Husayn Boyqaro va uning Shotiri" hikoyati bunga dalil bo‘la oladi.
Pahlavon Muhammad Husayn Boyqaro qabulidan chiqib, Shotir huzuriga ketadi. Sulton Husayn
yarim kechada saroy ayonlari bo‘lgan o‘g‘illarini yig‘ib, pahlavonni saroy oldida masxaraboz
sifatida otboqar shotir kiyimida yurishga buyuradi. Odatda, shoir maxsus bosh kiyimda yurar,
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 17, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
soqol-mo‘ylovini qirib, maxsus poyabzal kiyib, ishtonining beliga qo‘ng‘iroqchalar bog‘lab
yurardi. Shu payt saroyga otda Navoiy ham keladi. Voqeadan xabar topib, Husayn Boyqarodan
so‘raydi: - Podshohim! Pahlavon Muhammad bilan umr bo‘yi bir xil kiyimda yurishga qasam
ichganmiz. Buyuring, menga ham shotira kiyimlarini olib kelishsin. Hayron bo‘lgan Husayn
Boyqaro o‘z farmonini bekor qiladi, hamma tarqaladi. Pahlavon Muhammad sharmandalikdan
qochadi. Bularning barchasi Xuroson hukmdorining sodiq do‘sti sha’nini o‘z sha’nidan ustun
qo‘yganligidan dalolat beradi.
Husayn Boyqaro haqida qo‘shimcha ma’lumot beruvchi yagona manba bugungi kunda shoir va
tarixchi Sayyid Sharif Roqimiy tomonidan yaratilgan "Tarixi kasira" yoki "Tarixi tomm" asaridir.
[3 ] XVI asr oxiri va XVII asr boshlarida yashab ijod etgan olim va adib Sharafiddin Roqimiy
asli andijonlik bo‘lgan. Yoshligida Samarqandga o‘qishga kelgan, keyinchalik Toshkentda
yashagan.
Bizgacha yetib kelgan "Tarixi kasir" asari 1998-yilda "Fan" nashriyotida sharqshunos olimlar
Haydarbek Bobobekov va Naimjon Norqulovlar tarjimasida "Tarixi tomm" nomi bilan chop
etilgan. Unda Kassir, Movarounnahr, qisman Hindistondagi tarixiy voqealar sanalari, u yoki bu
shohning hukmronlik davrlari, Amir Temurdan Abdullaxongacha bo‘lgan davrda uning tug‘ilishi
va vafoti, Mir Arab madrasasi kabi mashhur binolar tarixi keltiriladi. Beruniy nomidagi
Sharqshunoslik instituti fondlarida kitobning o‘ndan ortiq qo‘lyozma nashrlari saqlanadi.
Ularning hajmi 190 dan 281 betgacha. Barcha qo‘lyozmalar yaxshi saqlangan. Uning eng
mukammal nusxasi XVII asr oxirida yaratilgan 9980 inventar raqamli qo‘lyozmadir [4 ].Biz o‘z
ishimizda "Tarixi kasir"ning aynan shu nusxasiga tayandik, chunki tarjimada Amir Temur
farzandlari, boshqa temuriylar, xususan, Husayn Boyqaro va uning farzandlari tarixi haqida
ma’lumot yo‘q. Ko‘rinadiki, tarjimonlar asarning nomukammal nusxasi bilan ishlagan.
Bundan tashqari 1995 yili adabiyotshunos olim, filologiya fanlari doktori Aftondil Erkinov va
tarix fanlari doktori SHodmon Vohidovlar «SHoh va shoir Husayn Boyqaro» kitobini chop
etishdi. Undan Husayn Boyqaroning falsafiy mavzudagi “Risola”si hamda devoni o'rin olgan.
Tadqiqotchilar bu kitobga Husayn Boyqaro devonining 1968 yilda Qobulda Muhammad YA'qub
Juzjoniy tomonidan nashr qilingan nusxasini asos qilib olishgan.«Devoniy Husayniy»ning yani
bir nusxasi ayni paytda Rossiya Fanlar akademiyasining Sankt-Peterburg shahridagi SHarq
qo'lyozmalari institutida saqlanmoqda. 284-raqam ostidagi ushbu qo'lyozma nasta'liq xatida,
sifatli qog'ozda ko'chirilgan va shohona bezaklar berilgan. Sahifalariga oltin zarralari
sepilgan.Devonda o'ta mahorat bilan bilan ishlangan to'rtta miniatyura, nafis naqshlardan hosil
qilingan ikkita zarvaraq, Husayn Boyqaroning turli davrlarda bitilgan 154 ta g'azali (shundan
ikkita g'azali to'liq emas) o'rin olgan.Ushbu to'plam garchi «Devoni Husayniy» deb nomlangan
bo'lsa-da, u devon talablariga to'la-to'kis javob bermaydi [5 ].Zero, devon uning umumiy
mazmuni, muallifi, yaralish sabablari haqida qisqacha ma'lumot beruvchi debocha, arab alifbosi
asosida tartibga solingan turli janrga oid she'riy asarlardan iborat bo'lishi lozim
edi.Ma'lumotlarga ko'ra, kitob Husayn Boyqaro va Alisher Navoiyning hayotlik chog'larida,
1490 yillarda bitilgan. Ayrim g'azallar to'la yozilmaganiga qaraganda, ushbu to'plam tuzilgan
chog'da bu g'azalar hali tugallanmagan bo'lgan. Qolaversa, 1968 yili Qobulda nashr qilingan
devondagi ellikka yaqin g'azal bu to'plamdan o'rin olmagan.Bundan xulosa qilish mumkinki,
to'plam hali Husayn Boyqaro devon tartib qilib ulgurmagan bir paytda, nedir munosabat bilan
shoshilinch tarzda tuzilgan. G'azallar matnidagi ayrim imloviy xatolar, ba'zi so'zlar va baytlar
(ehtimol ular keyinchalik qo'shilgandir)ning tushirib qoldirilgani ham shundan dalolat beradi.
Xulosa
.Husayn Boyqaro nafaqat mohir siyosatchi, balki yuksak iste’dodli shoir sifatida ham
o‘zbek adabiyoti tarixida muhim o‘rin egallaydi. Uning “Devoni Husayniy”da jamlangan
g‘azallari orqali shaxsiy kechinmalar, muhabbat, go‘zallik va hijron kabi lirik motivlar ifodasi
topgan. Sulton Husaynning Alisher Navoiy bilan bo‘lgan do‘stligi, adabiyot va madaniyatga
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 17, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
bergan e’tibori Vosifiy va Roqimiy asarlarida yorqin aks etgan. Mazkur maqola orqali Husayn
Boyqaroning hayoti, adabiy merosi va tarixiy shaxsiyati ilmiy asosda tahlil etilib, u haqida
tadqiqot olib borishda ishonchli manbalar va zamonaviy metodlar qo‘llanilgan. Bu esa uni
nafaqat tarixiy, balki badiiy-madaniy meros nuqtayi nazaridan ham chuqur o‘rganishga xizmat
qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.Bobur. ”Boburnoma”. Toshkent,1960,239-240 -betlar
2. Васифий. Бадоеъ ул-вақое: Изд. Г.Гуляма. Ташкент: 1987.
3.Тарихи томм (Истинная история) инв. № 9980. Рукописный фонд института
востоковедения имени Бируни.
4. Роқимий. Тарихи томм. Ташкент: Маънавият. 1998.
5.Zohidov I. Husayn Boyqaro – shoir va davlat arbobi. – Toshkent: Fan, 1999. – 260 b.
