II JAHON URUSHIDAN KEYINGI YILLARDA O‘ZBEKISTONDA OLIY TA’LIM TIZIMI

Annotasiya

Mazkur maqolada II jahon urushidan keyingi yillarda O‘zbekistonda Oliy ta’lim tizimidagi Oliy o‘quv yurtlarining tashkil topishi, muammolari va yutuqlari hamda O‘zbekiston ta’lim tizimiga qo‘shgan hissasi haqida so‘z yuritiladi.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2023
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
f
12-17
32

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
To‘xtasinov Toxirjon Mo‘minjonovich. (2025). II JAHON URUSHIDAN KEYINGI YILLARDA O‘ZBEKISTONDA OLIY TA’LIM TIZIMI. IQRO Jurnali, 14(01), 12–17. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/iqro/article/view/69388
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Mazkur maqolada II jahon urushidan keyingi yillarda O‘zbekistonda Oliy ta’lim tizimidagi Oliy o‘quv yurtlarining tashkil topishi, muammolari va yutuqlari hamda O‘zbekiston ta’lim tizimiga qo‘shgan hissasi haqida so‘z yuritiladi.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 01, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

To‘xtasinov Toxirjon Mo‘minjonovich

Andijon davlat tibbiyot instituti,

Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi

o‘qituvchi tadqiqotchisi

tohirtoxtasinov81@gmail.com

II JAHON URUSHIDAN KEYINGI YILLARDA O‘ZBEKISTONDA OLIY TA’LIM TIZIMI

Annotasiya:

Mazkur maqolada II jahon urushidan keyingi yillarda O‘zbekistonda Oliy ta’lim tizimidagi

Oliy o‘quv yurtlarining tashkil topishi, muammolari va yutuqlari hamda O‘zbekiston ta’lim tizimiga

qo‘shgan hissasi haqida so‘z yuritiladi.

Kalit so‘zlar

: Oliy ta’lim, Oliy o‘quv yurtlari, Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash, ko‘chirib

keltirilgan ziyolilar, ta’lim.

Аннотация:

В данной статье рассказывается о создании, проблемах и достижениях высших

учебных заведений Узбекистана в годы после Второй мировой войны, а также их вкладе в систему

образования Узбекистана.

Ключевые

слова:

Высшее

образование,

высшие

учебные

заведения,

подготовка

высококвалифицированных специалистов, переведенные интеллигенция, образование.

Abstrakt:

This article describes the creation, problems and achievements of higher educational institutions

in Uzbekistan in the years after the Second World War, as well as their contribution to the education

system of Uzbekistan.

Keywords:

Higher education, higher educational institutions, training of highly qualified specialists,

transferred intelligentsia, education.

Bugungi kunda O‘zbekiston tarixini xolisona, ilmiy asosda o‘rganishga aloxida e’tibor qaratildi.

O‘zbekiston prezidenti Sh.M.Mirziyoev 2018 yil 28 dekabrda Oly Majlisga qilgan murojaatnomasida

ta’kidlab o‘tganidek, “milliy o‘zligimizni anglash, Vatanimizni qadimiy va boy tarixini o‘rganish, bu

borada ilmiy tadqiqot ishlarini kuchaytirish, gumanitar soha olimlar faoliyatini har tomonlama qo‘llab-

quvvatlashimiz lozim. O‘tmishga berilgan baho albatta xolisona, eng mihimi, turli mafkuraviy qarashlardan

xoli bo‘lishi zarur.”

O‘zbekiston tarixini o‘rganishda Sovet davri tarixi muhim ahamiyat kasb etadi. 1946-1991 yillarda sovet

hukumati O‘zbekistonda ziyoli mutaxassislarni yetishtirishga bel bog‘ladi. Oliy va o‘rta maxsus o‘quv

yurtlari malakali mutaxassislar tayyorlash maskaniga aylandi.

Urush yillari O‘zbekistonda Oliy o‘quv yurtlari og‘ir sinovlardan o‘tdi. Ko‘pchilik professor-o‘qituvchilar,

talabalar frontga safarbar etildi. Samarqand kooperativ instituti bilan Toshkent moliya–iqtisodiyot instituti,

Toshkent va Samarqand tibbiyot institutlari, O‘zbek va O‘rta Osiyo davlat universitetlari birlashtirildi

[1]

.

Ularning bo‘shagan binolariga harbiy muassasalar, gospitallar joylashtirildi.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 01, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

O‘z professor-o‘qituvchilari bilan ko‘chirib keltirilgan Oliy o‘quv yurtlarining faoliyati respublikada Oliy

ta’limning yanada rivojlanishiga ijobiy ta’sir etdi. Moskvalik va Leningradlik olimlar talabalarga yangi

kurslar bo‘yicha ma’ruzalar o‘qidilar, mahalliy millat vakillaridan ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashga

ko‘maklashdilar, yangi mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo’yildi. Ular xalq xo‘jaligi va

harbiy ahamiyatga molik mavzularda tadqiqot ishlarini olib bordilar. Toshkent industriya instituti ilmiy

jamoasi Bekobod metallurgiya zavodini qurish, mis va boshqa mahalliy rudalarni eritish usullarini ishlab

chiqish, metallar korroziyasiga qarshi kurashishning samarali yo‘llarini topish, yangi zavodlar loyihasini

ishlab chiqish va qurish borasida faol qatnashdilar.

O‘zbekiston hukumati Oliy o‘quv yurtlaridagi qiyinchiliklarni bartaraf etish, moddiy ba’zasini

mustahkamlash, o‘qituvchilar bilan ta’minlash masalalarida ko‘maklashdi. Ayniqsa ko‘chib kelgan tajribali

pedagoglar, olimlar 1943-1944-yillarda o‘z shaharlariga qayta boshlagan, urushning dastlabki davrida

yopilgan yoki birlashtirilgan institutlar qayta tiklanayotgan, yangidan Chimboy va Urganch pedagogika

institutlari, Toshkent teatr san’ati instituti ochilgan, ilmiy-pedagogik kadrlarga muhtojlik ortgan bir paytda

pespublika hukumatining Oliy o‘quv yurtlariga ko‘magi sezilarli bo‘ldi. Yirik Oliy o‘quv yurtlarida

aspirantura va doktoranturaga qabul kengaytirildi

[1]

. Respublika miqyosida ishlab turgan rahbar xodimlar

Oliy o‘quv yurtlariga ishga yuborildi.

1945-yilda Oliy o‘quiv yurtlari soni 1940-yilga qaraganda 3 taga ko‘payib. 33 tani tashkil qildi, talabalar

soni esa 19,1 mingdan 21,2 ming kishiga ortdi. Urursh yillarida xammasi bo‘lib 10 mingdan ko‘proq oliy

malakali va 3,7 mingga yaqin o‘rta maxsusu ma’lumotli mutaxassis tayyorlandi

[1]

.

Moskva, Leningrad, Kiyev, Xarkov, Voronej, Odessa va boshqa shaharlardan 1941-1943 yillarda ko‘chirib

keltirilgan 35 ta Oliy o‘quv yurti va 7 ta akademiya qabul qilib olindi, ularning ba’zilari o‘zaro yoki

O‘zbekiston Oliy o‘quv yurtari bilan birlashtirildi

[1]

.

Ushbu qiyinchiliklariga qaramasdan O‘zbekistonda Oliy va o‘rta maxsus yurtlari va maorif

muassasalarining faoliyati ham to‘xtab qolmadi. O‘zbekistonda 29 ta Oliy va 52 ta o‘rta maxsus o‘quv

yurti ishlab turdi, ularning soni markazdan ko‘chirib keltirilgan 31 ta Oliy o‘quv yurti va 7 ta harbiy

akademiya hisobiga yanada ortib bordi. Bu o‘quv yurtlarida urush yillari mobaynida 11.750 nafar yuqori

malakali mutaxassis kadrlar tayyorlandi

[2]

.

Ikkinchi jahon urushidagi katta yoqotishlar Oliy ma’lumotli xodimlarning son va sifat jihatidan kamayib

ketishiga olib keldi. Bu esa o‘z navbatida urushdan keyingi yillardayoq Oliy ta’limni rivojlantirish zarur

ekanligini taqozo etardi.

Shu yillar mobaynida o‘rta maxsus va Oliy ta’lim tarmoqlari ham rivojlandi. 1940–1941-o‘quv yilida

O‘zbеkistonda 98 ta o‘rta maxsus o‘quv yurtlari mavjud bo‘lsa, 1960–1961-o‘quv yilida ularnining soni 75

taga tushib qoldi, 1988-yillarda esa 248 tani tashkil etdi. Shu yillar mobaynida ularda o‘quvchilar soni ham

o‘sdi: O‘rta maxsus o‘quv yurtlarida o‘quvchilar soni 1940–1941-o‘quv yilida 25,1 ming, 1960– 1961-

o‘quv yilida 292,0 ming kishini tashkil etdi. Oliy o‘quv yurtlari tarmog‘i ham o‘sdi. 1940–1941 o‘quv

yilida O‘zbеkistondagi 30 ta Oliy o‘quv yurtida 19,1 ming talaba tahsil ko‘rgan bo‘lsa, 1960–1961-o‘quv

yilda 30 ta Oliy o‘quv yurtida 1001,3 ming va 1987–1988-o‘quv yilida 43 ta Oliy o‘quv yurtida 300,3 ming

talaba o‘qidi. RSFSR Ukrainadagi pеdinstitutlarda rus tili va adabiyoti fakultеtlariga O‘zbеkistondan

ko‘plab talabalarning qabul qilinishi va o‘qitilishi ham ruslashtirishning bir vositasi sifatida namoyon

bo‘ldi

[3].

Shu yillar mobaynida rеspublikada hunar-tеxnika bilim yurti tarmoqlari ham kеngaydi. Umumta’lim, o‘rta

maxsus va Oliy o‘quv yurtlarida ta’lim tarbiya bеruvchi o‘qituvchi-pеdagog kadrlar soni ham bir qadar

o‘sdi. Ammo sovet hukumati o‘zining mustamlaka o‘lkasi hisoblangan O‘zbеkistonda mustaqil davlat

manfaati va talablariga javob bеradigan ta’lim-tarbiya siyosatini olib bormadi. Asosiy e’tibor

mustamlakachilarga tеz obro‘ kеltiradigan qorni shishirilgan raqamlarning o‘sishiga qaratildi, ta’lim-


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 01, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

tarbiya jarayonining asosiy o‘zagini tashkil etuvchi mazmun esa mustamlakachilar manfaatiga xizmat

qilardi. Milliy manfaat ikkinchi rеjaga surildi. Bu borada andak bo‘lsada o‘z fikr-xulosalariga ega bo‘lgan

maorif xodimlari qatag‘on qilindilar. Bu sovetlar hukumatining milliy mustamlaka va qaram o‘lkalarda

yurgizgan siyosati mohiyatining tarkibiy qismidir

[1]

.

1950 yilda respublika xalq xo‘jaligi uchun kadrlar tayyorlashda 26 ta Oliy o‘quv yurtlari, shuningdek, 2 ta

universitet faoliyat ko‘rsatdi. Shu bilan birga 92 ta texnikum o‘rta maxsus ta’lim tizimida ish olib bordi.

1950—1953 yillarda respublika Oliy o‘quv yurtlarida 16.600, o‘rta maxsus bilim yurtlarida 19 ming

mutaxassis tayyorlandi. Biroq, o‘zbek qishloqdari va shaharlaridagi og‘ir iqtisodiy ahvol maxalliy aholi

yoshlarini Oliy maktablarda o‘qishga imkon bermas, ulardan yuqori malakali mutaxassis xodimlar

tayyorlash ishiga to‘sqinlik qilardi. Xususan, 1950—1953 yillarda Oliy o‘quv yurtlarini bitirganlarning

atigi 30 foizini, o‘rta maxsus o‘quv yurtlari bitiruvchilarning esa 33 foizini o‘zbeklar tashkil qildi, xolos.

O‘zbek millatiga mansub yoshlarni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim maskanlariga bunchalik kam jalb

etilishining yana boshqa o‘ziga xos sabablari ham bor edi, albatta. Bulardan birinchisi,

O‘quv yurtlariga kiruvchi yoshlar o‘rta maktablarda ommaviy-siyosiy tadbirlarga, qishloq xo‘jaligi va

boshqa ishlarga (ayniqsa, qishloq yoshlari) asossiz ravishda ko‘plab jalb qilinishi oqibatida ular Oliy o‘quv

yurtlariga kira olishlari uchun talab qilinadigan bilimni olish imkoniyatiga ega bo‘lmasdilar. 60-yillardan

boshlab Oliy o‘quv yurtlari qoshida maxsus tayyorlov kurslarining tashkil qilinishi va ularga asosan

qishloq yoshlaridan jalb qilinishi fikrimizning to‘g‘riligidan dalolatdir. Yana muhim sabablardan biri, Oliy

o‘quv yurtlariga kirish uchun sinov sifatida xorijiy tillardan imtihon qo‘yilishi va talabalarga rus tilida (80-

yillardan boshlab) dars o‘tilishi edi. Natijada respublika Oliy o‘quv yurtlarida qishloq yoshlarining

salmog‘i kamayib ketdi. Chunki, qishloq maktablarida na xorijiy tillar, na rus tili (bu soxa

o‘qituvchilarining yetishmasligi yoki ularning qishloq maktablarida ishlashni xohlamasliklari natijasida)

yetarli darajada, ayrim maktablarda esa umuman o‘qitilmas edi. Bu hol Oliy maktablarda shaharlik

yoshlarning ko‘payib borishiga, qishloqlarda esa Oliy ma’lumotli mutaxassislar muammosining yuzaga

kelishiga olib keldi.

Ayni paytda, qayd etish lozimki, respublikada yildan yilga Oliy o‘quv yurtlari soni ham ortib bordi. Yangi

institutlar — 50-yillarda 3 ta Oliy o‘quv yurti — Andijon tibbiyot instituti, Toshkentda Elektrotexnik aloqa,

Fizkultura institutlari, 60-yillarda yana 8 ta yangi Oliy o‘quv yurtlari — Andijon paxtachilik instituti,

Farg‘ona politexnika instituti, Samarqand arxitektura-qurilish instituti, Termiz, Sirdaryo, Toshkent viloyat

pedagogika institutlari, Andijon tillar pedagogika instituti, Toshkent rus tili va adabiyoti pedagogika

instituti tashkil etildi. 70-yillarda yana 5 ta Oliy o‘quv yurti — Nukus davlat universiteti, Toshkent

avtomobil yo‘llar instituti, Pediatriya instituti ochildi. Shuningdek, yangi fakultetlar, viloyatlarda yirik Oliy

o‘quv yurtlarining filiallari ochidi. Yangi mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi.

1959 yilda respublika Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimida 31 ta Oliy o‘quv yurtlari mavjud bo‘lib,

ularda 88 ming kishi ta’lim olgan bo‘lsa, 1985 yilga kelib Oliy o‘quv yurtlari soni 42 taga, talabalar soni

esa 285,5 ming kishini tashkil kildi. Shuningdek, respublikadagi 249 o‘rta maxsus bilim yurtlarida 281,7

ming o‘quvchi bilim oldi

[2]

.

1961—1985-yillardan respublika Oliy o‘quv yurtlari 828 mingga yaqin muhandislar, iqtisodchilar,

agronomlar, huquqshunoslar, o‘qituvchilar, madaniyat va san’at xodimlarini yetishtirib berdi

[1]

.

Shuningdek, o‘rta maxsus o‘quv yurtlari tarmog‘i ham kengaydi. 1960-yilda 75 ta o‘rta maxsus o‘quv

yurtlari faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa, 1965-yilda ularning soni 249 taga yetdi. 1961—1985-yillarda 1 mln. 135

mingga yaqin o‘rta maxsus ma’lumotli mutaxassis kadrlar tayyorlandi

[4]

.

Biroq bular miqdor ko‘rsatkichlardagi ayrim siljishlar edi. Lekin masalaning asosiy jihati — Oliy ta’lim

muassasalarini bitirib chiqayotgan mutaxassislarning sifati va saviyasi masalasida ko‘plab muammolar

mavjud edi. «Sosializmning afzalligi»ni «ko‘z-ko‘z» qilish maqsadida asosiy e’tibor Oliy ma’lumotli

mutaxassislar tayyorlashning son ko‘rsatkichlariga qaratildi. Bu esa mutaxassislarning jahon talablaridan


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 01, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

jiddiy ortda qolishiga, xalq xo‘jaligi uchun keraksiz mutaxassislarning tayyorlanishiga, mablag‘larning

bexuda sarflanishiga, mutaxassislardan ishlab chiqarishda samarasiz foydalanishga olib keldi

[5].

Shu bilan birga, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimida o‘quv-tarbiyaviy ishlarni mafkuraviy andozalarga

solish kuchaydi; mutaxassislik bo‘yicha asosiy fanlarni o‘qitishni takomillashtirish o‘rniga barcha Oliy

o‘quv yurtlarida kommunistik mafkurani shakllantiruvchi KPSS tarixi, marksizm-leninizm falsafasi,

siyosiy iqtisod, ilmiy kommunizm, jamiyatshunoslik fanlarini oqitishni yanada yaxshilash to‘g‘risida

tadbirlar ishlab chiqildi va amalga oshirildi.

Respublikada Oliy va o‘rta maxsus ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash iqtisodiy va madaniy qurilish

ishlari, taraqqiyot istiqbollari bilan bog‘langan holda olib borildi.

Maorifni rivojlantirishda mahalliy millatlarga past nazar bilan qarash sovet tuzumi siyosatining pinhona

faoliyatiga yashiringan edi. Keyingi yillarda ochilgan arxiv ma’lumotlarida sobiq ittifoqdagi

respublikalarda ongli, madaniyatli, hurfikrli kishilarni bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik haqidagi mahfiy

ko‘rsatmalar bejiz emas edi.

1965-66 o‘quv yilida Oliy o‘quv yurtlarida talabalar soni 21.190 dan 168.800 taga yetdi. Bu miqdor

“mahalliy millat yigit qizlari bilim uchun emas, diplom uchun qiziqsin” degan aqidaga asoslanganligini

ko‘rsatadi. Shunday bo‘lishiga qaramay O‘zbekistonliklarni, xususan o‘zbeklarni ilmga chanqoqligi har

qanday sun’iy to‘siqlarni yenga boshladi

[6].

O‘zbekistonda fan va texnikaning hamma sohalarida yirik olimlar yetishtirilib, fan nomzodlarini va

doktorlarini tayyorlash bo‘yicha sobiq SSSRda oldingi qatorlarga chiqdi.

Ta’lim infratuzilmasining ancha kengayishi mutaxassis kadrlarni tez ko‘payishiga yordam berdi.

Respublikada mavjud bo‘lgan bir necha Oliy o‘quv yurtlari O‘zbekiston SSR xalq xo‘jaligi uchun hizmat

qiladigan mutaxassislarni ham yetishtirib berdi.

Lekin kommunizmga intilishda sinfiylik, partiyaviylik ruhidagi tarbiya maktablardagi milliylikni siqib

chiqardi, Oliy ta’lim tizimida mas’uliyatsiz, tashabbussiz, loqayd, “o‘rtamiyona” mutaxassislar tayyorlash

mexanizmi yuzaga keldi.

To‘g‘ri, sovet hukumati 70 - 80-yillarda ta’lim dargohlari va bu dargohlarda tahsil olayotgan yoshlar

sonining ko‘payishiga yo‘l ocha boshladi. Bu holatni quyidagi raqamlardan ham ko‘rish mumkin: 1987-88-

o‘quv yilida 8111 umumta’lim maktablarida ta’lim olayotgan o‘quvchilar soni 4 million 406,3 ming kishini

tashkil etayotgan edi. 1988-yilda o‘rta maxsus ta’lim o‘quv yurtlari soni 248 taga yetib, ulardagi

o‘quvchilar soni o‘z navbatida 292.0 ming kishiga etgan edi. 1987-88-o‘quv yilida respublikaning 43 Oliy

o‘quv yurtida 300.3 ming talaba ta’lim olayotgan edi

[3].

Hunar-texnika bilim yurtlari tarmoqlari ham kengayib, pedagog kadrlarni tayyorlashda birmuncha ijobiy

ishlar qilingan edi. Biroq, ta’lim-tarbiyadagi asosiy e’tibor mustamlakachilik manfaatlariga bo‘ysundirilib,

milliy manfaatlar esa ikkinchi o‘ringa surib qo‘yildi. O‘rta maxsus va Oliy ta’lim uchun yetarli

mablag‘ ajratilmadi, “Qoldiq tamoyili” asosida ta’lim tarmoqlari moddiy texnika bazasi nochor bo‘lib

qolaverdi. Bu esa o‘z navbatida butun ta’lim-tarbiya jarayonini davr talabi asosida yuqori saviyada tashkil

qilish imkonini bermadi. Ta’lim-tarbiyaning barcha jarayonlari “markaz” tomonidan boshqarildi.

Bu yillarda barcha ta’lim-tarbiya maskanlarida o‘qituvchilarning obro‘-e’tibori tushib, ularning mehnatiga

to‘lanadigan haq ham jiddiy kamayib bordi. Maktab o‘quvchilari, o‘rta hunar, o‘rta maxsus va Oliy o‘quv

yurtlarining talabalari har yili bir necha oylab o‘qish hisobiga majburiy holda qishloq xo‘jaligi

yumushlariga safarbar qilinardilar

[7].


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 01, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Mavjud Oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida har yili o‘rta hisobda yuz mingdan ortiq mutaxassis

tayyorlangan. 1984 yilga kelib, O‘zbekistonda 1 million 300 ming nafar Oliy va o‘rta maxsus ma’lumotli

mutaxassislar bo‘lgan holda, 5-6 yil o‘qib Oliy ma’lumot olgan kadrlarning anchagina qismi o‘zlari

mutaxassis bo‘lgan sohalarda ishlamadi. Sirtqi o‘quv tizimida chuqur bilimga intilishdan ko‘ra diplom

olish uchun harakatlar kuchayib ketdi. Masalan, 1982 yil O‘zbekiston SSR Xalq Nazorat Qo‘mitasi va

O‘zbekiston SSR Prokuraturasi o‘tkazgan tekshiruvlardan ma’lum bo‘lishicha, Qashqadaryo viloyatidagi

251 hunar-texnika bilim yurtini bitirib chiqqan 117 mutaxassis viloyatning Chiroqchi tumanidagi Moskva

sovhozi va Ohunboboyev nomli kolxozlariga yuborilgan. Lekin ularning atigi 6 nafari o‘z sohasi bo‘yicha

ishlagan, 73 nafari bo‘lsa tayinlangan joyiga kelmagan.

Mutaxassis kadrlarni tayyorlashda jiddiy kamchiliklarga ham yo‘l qo‘yildi. Mutaxassislar tayyorlashda

ekstensiv metod, ya’ni son jihatdan ko‘p kadrlar tayyorlash birinchi o‘rinda bordi. Kadrlar tayyorlash

sifatini ko‘tarish sohasidagi sa’y-harakatlar kutilgan natija bermadi. Buning sabablari anchagina:

— o‘quv yurtlarining moddiy texnik bazasi talabalarning o‘sish darajasidan ancha past darajada bo‘ldi,

zamonaviy texnika vositalari bilan yetarli darajada ta’minlanmadi;

— Respublika partiya va sovet organlari tomonidan Oliy o‘quv yurtlari uchun har bir viloyatdan talabalar

qabul qilish rejasi belgilangan bo‘lib, bu rejani qanday qilib bo‘lsa ham bajarish majburiy edi. Bu o‘z

navbatida bilim saviyasi nihoyatda past bo‘lgan yoshlarning ham Oliy o‘quv yurtlaridan o‘rin olishiga olib

keldi;

— Oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida fan-texnika taraqqiyoti ta’sirida o‘quv rejalari va dasturlari 60—

70-yillarda uch marta o‘zgardi, har safar o‘qitiladigan fanlar yangilari hisobiga ko‘payib, o‘quv materiallari

hajmi oshib bordi, talabalarning mustaqil o‘qib o‘rganishlari uchun vaqt tobora kamayib bordi.

Talabalarning uzoq muddatli qishloq xo‘jalik ishlariga jalb etilishi o‘quv jarayonlariga salbiy ta’sir

ko‘rsatdi.

O‘quv yurtlarida keng tarqalgan foizbozlik, bir necha fanlardan o‘zlashtirmaganlarni kursdan kursga shartli

ravishda o‘tkazish kadrlar tayyorlash sifatining pasayishiga olib keldi;

— xalq xo‘jaligining mutaxassislarga bo‘lgan talabi yaxshi o‘rganilmadi, natijada kadrlar tayyorlashni

rejalashtirishda jiddiy xatolarga yo‘l qo‘yildi, ba’zi sohalarda keragidan ortiqcha mutaxassislar tayyorlandi,

boshqa sohalarda, ayniqsa texnika taraqqiyotining hal qiluvchi tarmoqlarida kadrlar tanqisligiga yo‘l

qo‘yildi;

— o‘quv yurtlari faoliyatida tanish-bilishlik, oshna-og‘aynigarchilik, poraxo‘rlik kabi salbiy holatlarning

tarqalishi ham kadrlar tayyorlash sifatini pasaytirdi, son ketidan quvish ustunlik qildi. Bunday vaziyatda

yosh mutaxassislarning ma’lum qismi olgan bilimlarini turmush bilan bog‘lay olmadilar, g‘oyaviy-

professional va axloqiy jihatdan yetuklik va qat’iylik ko‘rsata olmay, ko‘zbo‘yamachilik, qo‘shib yozish

yo‘liga kirib qoldilar. Respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida keng tarqalgan salbiy holatlarning ildizi

mutaxassislar tayyorlashdagi nuqsonlarga borib taqaladi, albatta

[8].

Xulosa qilib aytganda, O‘zbekistonda urushdan keyingi yillarda Oliy ta’lim tizimi rivojlanishda davom etdi.

Abbatta kommunistyik mafkura Oliy ma’lumotli ziyolilrni o‘z g‘oyalari bilan tayyorlay boshladi. Oliy

o‘quv yurtlari soni yildan yilga ko‘payib turli xil soxalar bo‘yicha mutaxassislar yetishib chiqdi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 01, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

1.

Q. Usmonov, M. Sodiqov. O‘zbekiston tarixi. “Sharq” T., 2010. 160, 161, 226-b.

2.

N.Oblomurodov, A.Hazratqulov, F.Tolipov, N.Tursunov. O‘zbekiston tarixi. -T.: “Fan va

texnologiya”, 2011. 258-b.

3.

R.Shamsuddinov, Sh. Karimov. Vatan tarixi. (O‘zbekiston sovet mustamlakachiligi davrida).

Uchinchi kitob. “Sharq”, 2010. 391-b.

4.

Q. Usmonov, M. Sodiqov, S. Burxonova. O‘zbekiston tarixi. “Iqtisod-mOliya” T., 2006. 326-b.

5.

O‘zbekistonning yangi tarixi. 2-kitob. O‘zbekiston sovet mustamlakachiligi davrida.- “Sharq”, 2000.

575-b.

6.

R.Murtazayeva va boshqalar. O‘zbekiston tarixi. II-Jild. Toshkent. “Vneshinvestprom”. 2019. 385-b.

7.

Q.Ergashev. H.Hamidov. O‘zbekiston tarixi. II-kitob. T., “G‘ofur G‘ulom nomidagi nashriyot-

matbaa ijodiy uyi”. 2015. 394-b.

8.

B.Eshov, A.Odilov. O‘zbekiston tarixi. I-jild. T., “Sharq”. 2010. 227-b.

Bibliografik manbalar

Q. Usmonov, M. Sodiqov. O‘zbekiston tarixi. “Sharq” T., 2010. 160, 161, 226-b.

N.Oblomurodov, A.Hazratqulov, F.Tolipov, N.Tursunov. O‘zbekiston tarixi. -T.: “Fan va texnologiya”, 2011. 258-b.

R.Shamsuddinov, Sh. Karimov. Vatan tarixi. (O‘zbekiston sovet mustamlakachiligi davrida). Uchinchi kitob. “Sharq”, 2010. 391-b.

Q. Usmonov, M. Sodiqov, S. Burxonova. O‘zbekiston tarixi. “Iqtisod-mOliya” T., 2006. 326-b.

O‘zbekistonning yangi tarixi. 2-kitob. O‘zbekiston sovet mustamlakachiligi davrida.- “Sharq”, 2000. 575-b.

R.Murtazayeva va boshqalar. O‘zbekiston tarixi. II-Jild. Toshkent. “Vneshinvestprom”. 2019. 385-b.

Q.Ergashev. H.Hamidov. O‘zbekiston tarixi. II-kitob. T., “G‘ofur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi”. 2015. 394-b.

B.Eshov, A.Odilov. O‘zbekiston tarixi. I-jild. T., “Sharq”. 2010. 227-b.