Maqolada zamonaviy tibbiyotning dolzarb va muhim masalalaridan biri - metrologik xizmatni toʻgʻri tashkil etish, sogʻliqni saqlash tizimida oʻlchashlar va ularning ishonchliligini ta’minlash haqida soʻz boradi. O‘zbekiston Respublikasida sog‘liqni saqlash sohasida tashxislashda qoʻllaniladigan o‘lchash va boshqa tibbiy asbob-uskunalar hamda jihozlardan to‘g‘ri foydalanish, sog‘liqni saqlash tizimida metrologik xizmat ko‘rsatishni tashkil etish bilan bog‘liq hal etilishi zarur bo‘lgan muammolarni yoritib beradi va tahlil qiladi.