Shahar atrof uchastkalarining zonalari soni va o‘tkazuvchanlik qobiliyatini aniqlash

O‘tkir Xusenov, Mafratxon Toxtaxodjayeva
Temir yo‘l transportida shahar atrof yo’lovchi poyezdlarining harakatlanish zonalari soni va ulardan foydalanish tartiblari bir nechta modellashtirilgan formulalar asosida asosida tahlil qilindi. Shahar atrof yo’lovchi poyezdlarning zonalar bo’yicha tuzilishi va zonalardagi yo‘lovchilar oqimlari inobatga olinib, matematik modellashtirish usullaridan foydalanildi. Shahar atrof yo’lovchi poyezdlar harakatlanish zonalari soniga shahar atrof yo‘lovchi poyezdlar tuzish rejasi va zonalardagi yo’lovchilar oqimi zichliklar asosida aniqlik kiritildi. Ishlab chiqilgan formulalar asosida texnik zonalar soni, shahar atrof yo’lovchi poyezdlari harakatlanish zonalari o’tkazuvchanlik qobiliyatiga aniqlik kiritildi.
131

Koʻrishlar

0

Yuklashlar

hh-index

0

Iqtibos