“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 3, ISSUE 03, 2025. MARCH
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
18
Ayollar jinsiy a’zolarining o’sma kasalliklari .
Kenjayev Yodgor Mamatqulovich ,
Berdiyeva Sevinch Abdulloyeva
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Tibbiyot fakulteti katta o’qituvchisi
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Davolash ishi yo’nalishi 23/ 13 guruh
talabasi
Annotatsiya:
Jinsiy a’zolar xavfli o’smalarining keng tarqalganligi va ayollar
onkologik kasalliklari tizimida yetakchi o’rin egallaganligi bachadon tanasi ,
bo’ynining fon va rak oldi kasalliklari muoammolarining dolzarbligidan darak
beradi . Reproduktiv yoshdagi ayollar onkologik kasalliklari orasida bachadon
bo’yni o’sma jarayonlari ulushi 10% dan 15,7% gacha tashkil qiladi Ma’lumki ,
ayollar onkologik kasalliklari tizimida bachadon bo’yin raki birinchi o’rinlardan
birini egallab kelmoqda , u noqulay fonda rivojlanib rak oldi kasalliklarining
so’nggi bosqichi bo’lib hisoblanadi .
Kalit so’zlari:
O’sma , bachadon bo’yni eroziyasi , polip, vaksinasiya ,
displaziya , atipizm , Shiller sinamasi kolposkopiya rak-cancer, ektropion.
Muommoning dolzarbligi:
Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti (JSST)
ma’lumotlarig a ko’ra , har yili dunyo miqyosida 370 mingdan ziyod ayolda
bachadon bo’yni saratoni birinchi bor qayd etiladi , shulardan 190 ming nafari ushbu
kasallik oqibatida vafot etadi .
Bachadon bo’yni saratoni O’zbekistonda eng ko’p uchraydigan saraton
kasalliklari orasida ikkinchi o’rindadir. Kasalliklar orasida xavflilik ko’rsatkichi
bo’yicha esa bachadon bo’yni saratoni barcha yoshdagi ayollar o’rtasida ko’krak
bezi va oshqozon saratoni xastaliklaridan keyin uchinchi o’rinda va tug’ish
yoshidagi ayollar orasida bachadon bo’yni saratonidan o’lim ko’rsatkichi ikkinchi
o’rinda turadi . Shunday qilib , papilloma virusi kasalliklarining salmog’I yuqori
bo’lib , uning oldini olish uchun samaradorligi yuqori va xavfsiz bo’lgan odam
papillomasi virusli vaksinasi bilan emlash orqali bachadon bo’yni saratoni bilan
kasallanishning kamayishiga erishish mumkin .
Chin o’smalar a’zo va organlarning xususiy to’qimalaridan iborat
tuzilmalardir. Shishsimon o’smalar esa biron bir bezlarning secret chiqarish yo’li
bekilib qolishi hisobiga suyuqlik to’planib kattalashuvi ular tovuq tuxumidan ayol
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 3, ISSUE 03, 2025. MARCH
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
19
kishi mushtidek o’lchamda bo’ladi. O’smalar morfologik tuzilishi va klinik jixatdan
o’tishiga qarab xavfsiz va xavfli o’smaga bo’linadi. Xavfsiz o’smalar qaysi a’zoga
yuzaga keladigan bo’lsa o’sha a’zo doirasidan tashqariga chiqmaydi. Xavfli
o’smalar quyidagi xususiyatga ega bo’ladi.
1.
Taraqqiy etish jarayonida tevarak atrofdagi to’qimalarni o’rab
o’sadi, ularni yemirib boradi.
2.
Birlamchi o’sma olib tashlangandan keyin retsidiv va metastaz
beradi.
3.
Bemorning umumiy ahvoliga va modda almashinuvida yomon
ta’sir qilib ko’pincha kaxeksiyaga olib keladi.
Xavfsiz o’smalar esa shu organning to’qimalaridan tashqariga qo’shni
a’zolarga tarqalmaydi, ularning qisqarishi, funksiyasiga ta’sir etish mumkin. Bazi
sifatli o’smalar ham bemorni umumiy axvoliga ta’sir qilishi mumkin. Masalan,
fibromiomalarda uzoq vaqt qon ketish tufayli anemiyaga olib keladi. Yaxshi sifatli
o’smaga o’zgarib yomon sifatli o’smaga aylanishi malignizatsiya deyiladi. O’smaga
o’xshaydigan tuzilmalarga retsion kistalar kiradi. Ular biron bir bez sekretini
to’xtalib qolishi yoki patalogik produktlarning bo’shliqlarida saqlanib qolishidan
hosil bo’ladi. Retension kistalar tevarak atrofga tomon o’sib bormaydi, ichidagi
suyuqlik ko’payib borishi hisobidan kattalashadi oyoqchali bo’lishi mumkin.
Bunday o’smalarga follikulyar kista, sariq tanacha kistalari paraovariol,
intraligamentar kistalar va qindagi Gartner, Folli yo’li kiradi.
Bachadon miomasi;
deb, mushak to’qimasidan fibrimioma deb, biriktiruvchi
to’qimalardan tashkil topgan gormonlarga moyil bo’lgan xavfsiz o’smaga aytiladi.
Mioma keng tarqalgan kasallik bo’lib, genikologik bemorlarning 10-27% dan, 30
yoshga yetgan bemorlarning 20% da, 40 yoshdan katta bemorlarning esa 40% da
uchraydi. Ayollar organizmda bachadon miomasining kelib chiqishi asosan
gormonal o’zgarishlar tufayli ya’ni gipotalamus gipofiz buyrak usti bezi,
tuxumdonlar orasidagi munosabatning biron bir qismining shikastlanishi hamda
bachadondagi o’zgarishlar natijasida xuxusan miometriyning giperplaziyasi tufayli
vujudga kelishi mumkin. Gipofizning gonadatrop gormoni tekshirilganda, hayz sikli
davomida organizmga progestron gormoning miqdori kamligi be esa, o’z navbatida,
hayz siklining ikkinch davri yetishmovchiligiga olib kelishi aniqlangan. 70-80%
hollarda bachadon miomasi bemorlarda patologik hayz sikli mavjudligini ko’rsatadi.
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 3, ISSUE 03, 2025. MARCH
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
20
Klinik va ekspremental tadqiqotlarga tayanib ayollar organizmida ro’y beradigan
gormonlar o’zgarishi, xususan, estrogen gormonlarning ko’p ishlashi bachadon
miomalari paydo bo’lishida muhim rol o’ynaydi, deb taxmin qilinadi.
Ayrim hollarda bachadon miomasi hech qanday belgilarsiz kechadi , ayollarda
shikoyatlar bo’lmaydi , ammo profilaktika maqsadida ayol tekshirilganda aniqlanadi
.60-80% hollarda asosiy belgilardan biri bemorda qon ketishi hisoblanadi . Qon
ketishi alomatlari turli bemorlarda turlicha kechadi .Ba ‘zilarida hayz sikli uzayishi
yoki hayz vaqtida qon miqdorining biror ko’payishi-menorragiya kuzatilsa ,
ba’zilarda tartibsiz ,juda ko’p to’xtovsiz qon ketishi, og’ir turdagi kamqonlik
kasalligiga sabab bo’lishi mumkin .Hayz 10-12 kungacha davom etib , juda ko’p
miqdorda qon ketadi , bunga giperpolimenoreya deyiladi . Miomalarda ko’p
uchraydigan belgilardan yana biri og’riqdir . Og’riq xuddi dard tutganga , sanchiqqa
o’xshash bo’lib , ayniqsa hayz ko’rishdan oldin va hayz ko’rish vaqtida kuchayadi
, pastga tortganga o’xshab zo’rayishi yallig’lanishdan keying bitishmalar borligidan
darak beradigan belgi hisoblanadi .Og’riq,asosan ,o’smaning o’lchamiga va uning
qayerda joylashganligiga bog’liq . Agar o’sma butun kichik chanoq bo’shlig’ini
to’ldirib turgan bo’lsa , o’sma qo’shni a’zolar faoliyatini buzadi. Bachadon shilliq
qavati ostida joylashgan o’smalarda hayz ko’rish vaqtida yig’ilgan qonni hamda shu
bilan birga shilliq qavat ostidagi o’smani ham bachadondan tashqarida chiqarishda
kuchli dardsimon og’riq paydo bo’ladi. O’smaning infeksiyalanishi kichik chanoq
bo’shlig’idagi a’zolarning yallig’lanishi bachadonmiomasi bilan uchraganda 2/3
hollarda bemorlarda og’riq paydo bo’ladi. Og’riq subreroz o’sma oyoqchasi buralib
qolgan vaqtda ham sodir bo’ladi, chunki, bunda o’sma oyoqchasi tarkibidagi qon
tomirlar buralib siqiladi, o’smaning oziqlanishi buziladi. Miomasi bo’lgan hamma
ayollar dastlab umumiy davolanadilar konservativ davolash usuli samara bermasa
operatsiya yo’li bilan bachadon olib tashlanadi.
Endometrioz deb bachadon shilliq qavati hujayrasining bachadondan
tashqariga joylashib taraqqilib uqiy qilishida aytiladi. Endometrioz joylashgan
o’choqda prolife ratsiya, sekretsiya yoki hayz ko’rganda ajraladigan qonga o’xshash
qon quyilish belgilari, yani bachadon shilliq qavatidagi tuxumdondan ajralib
chiqadigan steroid va gonadatrop gormonlar ta’sirida bo’ladigan siklik
o’zgarishlarga o’xshash alomatlar kuzatiladi. Endometriozlar o’z atrofida
joylashgan to’qimalarda o’sib kirish xususiyatiga ega. Bu bilan to’qimalarda
proteolitik tasir qilib ularni parchalab undan ham chuqurroqdagi qismlarni
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 3, ISSUE 03, 2025. MARCH
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
21
zararlansizlantirish mumkin. Endometrioz chegarasi notekis bo’lib, u seroz mushak
va shilliq qavatga, teriga, suyakusti pardasiga, hatto suyak to’qimasiga ham o’sib
kiradi. Endometrioz pufakchasi yorilganda a’zoning hamma qismlariga qon, limfa
yo’llari orqali tarqalishi kuzatiladi. Ginekologik kasalliklar orasida endometrioz 8-
30% hollarda uchraydi. Klinikasi endometriozning qaysi sohada joylashganligiga
bog’liq. Endometriozning asosiy va doimiy belgilaridan biri- og’riqdir. Bemor
qorinning pastki sohasida va belida kuchsiz, uzoq davom etadigan og’riqdan, hayz
sikli davrida og’riqlar kuchayganligidan shikoyat qiladi. Og’riq hayz kunlaridan
oldin paydo bo’lib, kuchayib hayz kunlari va unan keyin ham bemorni bezovta
qiladi. Bu og’riqlar endometrioz o’chog’idagi bez to’qimalarning bo’rtishi
to’qimalarning ichi berk bo’shliqlarida suyuqlikning to’planishi natijasida kelib
chiqadi. Bachadon endometriozi hayz siklining buzilishiga, qo’shni a’zolardan
to’g’ri ichak siydik chiqarish yo’llari faoliyatining buzilishiga olib keladi. Shunga
ko’ra ayol siydik vaqtida og’riqlar bo’lishidan olib keladi. Shunga ko’ra ayol siyish
vaqtida og’riqlar bo’lishidan tez tez siyishidan shikoyat qiladi. Endometrioz bilan
kasallangan azo hayz ko’rish oldidan kattalashganini va hazdan so’ng yana dastlabki
hajmda bo’lishi kuzatiladi. Bemorda evolutsiya jarayoni bo’lmasligi tufayli secretor
fazaning yetarlicha rivojlanmaganligi sababli chandiqlar paydo bo’ladi,
bepushtlikka sabab bo’ladi.
Davosi: bemorning Yoshi, lokalizatsiya, tarqalish darajasi, atrof to’qimaning
yallig’lanish alomatlari bor yo’qligiga qarab konservativ yoki operativ davolanadi.
Tuxumdon o’smalari ayolning turli yosh davrlarida uchrab ginekologik
kasalliklarning 6-8 % ni tashkil etadi. Bu kasallik juda xavfli chunki asta-sekin o’sib,
hech qanday belgi bermaydi asoratlar qo’shilgandan keyin belgilar paydo bo’ladi,
afsuski bu paytda davolashning foydasi bo’lmaydi. Ko’pincha tuxumdon o’smalari
20 dan 40 yoshgacha uchraydi, 20-25 % hollarda xavfli o’smalarga aylanadi.
Tuxumdonning chin o’smasi ‘’kistoma’’ retsion yoki shishsimon o’smalar ‘’kista’’
deb yuritiladi. Retsion kistalar secret tutib qolishi bo’lib bu o’smasimon kistalar
bezlarining ishlab chiqargan sekretlari to’planib qolishi natijasida paydo bo’ladi va
kistalarnng 34% ni tashkil etadi. Follikulyar kista (75)sariq tana kistalari (5%)
tuboovarial intraligamentar kistalar (10%) tashkil etadi. Tuxumdonda endometrioz
kistalar ham uchraydi. Follikulyar kistalar ko’pincha mioma bo’lganda lyutein
kislotalar esa yelbo’g’oz vs xerionepiteliomada uchraydi. Follikulyar yorilmay qolib
sariq so’nmasdan rivojlanadi, yani hayz siklining izdan chiqishi kuzatiladi. Bu
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 3, ISSUE 03, 2025. MARCH
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
22
kistalar yumaloq shaklli diametric 6-8 sm dan oshmaydi va ko’pincha klinik
belgilarsiz kechadi. Kistalar oyoqchalari buralishi tufayli kamdan kam hollardan
o’tkir qorin belgilari kuzatiladi. Retension kistalar odatda konservativ usulda
davolanadi. Blastomaoz kistomalar chin o’smalar bo’lib tuxumdon o’smalarining
66% ni tashkil etadi. To’qimalar proliferatsiyasi bo’shliqlarining suyuqlik bilan
to’lishi tufayli o’smalar o’sishi kuzatiladi. Turli tuman to’qimalardan o’sishi
bo’yicha epiteal, biriktiruvchi to’qimalardan tuzilgan teratoid va garmonal
tuxumdon o’smalariga ajratiladi. Chin o’smalar o’z navbatida xavfsiz va xavfli
o’smalarga bo’linadi. Xavfsiz o’smalar tuxumdondan tashqariga chiqmasdan o’sib
boradi. Oddiy seroz kistomalarda eng ko’p uchraydigan tuxumdon o’smalaridan biri
hisoblanadi. Uning hajmi 8 sm dan 30-40 smgacha kattalashishi hatto butun qorin
bo’shlig’ini egallashi mumkin. Kistoma odatda bir kamerali, po’stlog’I yupqa, tekis
shar shaklida, elastic konsistensiyali bo’ladi. Uning bo’shlig’ida seroz suyuqligi
yig’iladi. O’sma ko’pincha bir tomonga chap yoki o’ng tomonga joylashadi va qorin
ichida harakatchan bo’ladi, chunki uning tuxumdon boylamlari bachadon naylaridan
iborat anatomik oyoqchasi bor. Kistoma o’sgan sari bu boylamlar cho’ziladi bir-
biriga yaqinlashib o’smaning oyoqchasini paydo qiladi. Ayol yumush qilganda
egilganda yonboshi bilan yotganda o’sma chapdan o’ngga yoki o’ngdan chapga
siljib turadi va ko’pincha 180-360 gradusga buralib qolishi mumkin. Bemor bunda
qorin pastida bexostan qattiq og’riq sezadi, ko’ngil aynishi, qayt qilishi mumkin,
tomir urishi tezlashib qorin pastiga Shyotkin-Blyumberg belgisi paydo bo’ladi.
Bunday holatda ‘’o’tkir qorin ‘’ deb aytiladi. Bunday hollarda bemor tezda
ginekologiya bo’limiga yoyqizilib darhol operatsiya qilinishi kerak. Tuxumdon
fibromasi shu a’zoing biriktiruvchi to’qimasidan kelib chiqqan o’sma deb qabul
qilingan. Tuxumdon fibromasi kam(7-5 %) ko’pincha bachadon miomasi bilan birga
uchraydi. Teratomalarning eng tipik shakllari dermoidlardir.
