RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TARJIMASHUNOSLIK VA LINGVISTIKA: ZAMONAVIY YONDASHUVLAR TADQIQI” nomli ilmiy
maqolalar to‘plami May – 2024
4
TARJIMADA KONSEPTLARNI KONVERSIV USULDA
IFODALASHNING PRAGMATIK ASOSLARI:
ANTROPOSENTRIK YONDASHUV
Qo‘ldoshov O‘ktam
Samarqand davlat chet tillar instituti,
Tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi dotsenti
Taylakok Ulug‘bek
Samarqand davlat chet tillar instituti,
Tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi magistri
Annotatsiya
—
Ushbu maqolada tarjimada konseptlarni konversiv usulda ifodalashning pragmatik asoslari tahlil qilingan.
Tarjimaga antropotsentrik yondashuv matnlarni bir tildan ikkinchi tilga tarjima qilish jarayonida inson madaniyati, idroki va tiliga
e’tibor qaratishni anglatishligi asoslangan. Konseptlarning kognitiv harakatlar doirasida shakllanishi tavsiflangan. Tarjima
jarayonining kognitiv xususiyatlari tahlili tarjima faoliyatini konseptlar bilan ishlashga chorlashligi ko’rsatib o’tilgan.
Kalit so‘zlar
—
konversivlar, konseptlar, pragmatik asoslar, antropotsentrik yondashuv, kognitiv harakatlar, tarjima strategiyasi.
Abstract—
This article analyzes the pragmatic basis of rendering concepts with the help of converse method in translation. The
anthropocentric approach in the process of translating texts from one language to another means paying attention to human culture,
perception and language. The formation of concepts within the framework of cognitive actions is explained. It is shown that the
analysis of the cognitive features of the translation process encourages translation activity to work with concepts.
Keywords
— converses, concepts, pragmatic foundations, anthropocentric approach, cognitive actions, translation strategy.
1.
KIRISH
Har bir millat konseptosferasida milliy mentalitetning asosini tashkil etuvchi va yorqin milliy o‘ziga xoslikka ega bo‘lgan muayyan
asosiy konseptlar majmui mavjud. Ko‘pincha bunday konseptlarni boshqa tilda yetkazilishi qiyin yoki hatto mumkin emas – bu
holat bunday konseptlarning o‘ziga xosligi, mental noyobligining birinchi dalilidir. Konseptning badiiy matnda voqelanishi
deganda biz inson, uning axloqiy va ma’naviy dunyosining badiiy manzaralarini nazarda tutamiz. Tarjimada uni qayta yaratish
aynan o‘sha yozuvchining ma’naviy dunyosini anglashdir.
Tarjimaga antropotsentrik yondashuv matnlarni bir tildan ikkinchi tilga tarjima qilish jarayonida inson madaniyati, idroki va tiliga
e’tibor qaratishni anglatadi. Ushbu yondashuv til va madaniyatni shakllantirishda inson omili katta ahamiyat kasb etishini nazarda
tutadi va matnlarni tarjima qilishda inson nuqtai nazari, tajribasi va qadriyatlarini hisobga olish muhimligini ta'kidlaydi.
2.
ASOSIY
QISM
Maʼlum konseptlar kognitiv harakatlar doirasida shakllanadi va ular shaxsning bilim zaxirasidan oʻrin oladi. Nisbiylik
nazariyasining asoschisi E. Sepirning yozishicha [2000, 130-131], tasvir qilinishi lozim boʻlgan olam barcha tillar uchun bir xil,
shuning uchun ham maʼlum bir mazmun ifodalanishi kerak.
Masalan, ingliz tilidagi simmetrik konversiv xususiyatga ega “to marry” fe’li ha erkak ham ayol jinsga nisbatan turmush
munosabatini bir xil shakl bilan ifodalaydi. Ammo o’zbek tilida biz bu so’zni erkak jinsga nisbatan “uylanmoq” shaklida tarjima
qilsak, ayol jinsga nisbatan “tursmushga chiqmoq” shaklida o’giramiz. Demak, turli tillarda ushbu konsept oʻziga xos shakli
topadi. Ikkita til yagona voqelikni bir xilda ifodalay olishi qiyin masala.
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TARJIMASHUNOSLIK VA LINGVISTIKA: ZAMONAVIY YONDASHUVLAR TADQIQI” nomli ilmiy
maqolalar to‘plami May – 2024
5
Tarjimonlar muallif maqsadi va asliyat matnining auditoriyaga ta'sirini saqlab qolishga intilishlari lozim. Bu nafaqat so'zlarni
tarjima qilishni, balki asliyat matnining ohangini, uslubini va hissiy ta'sirini ham o'z ichiga oladi. Tarjimonlar ushbu maqsadga
erishish uchun madaniy moslashuv, mahalliylashtirish va ijodiy talqin kabi turli usullardan foydalanishlari mumkin.
Harakat yoki holatning turli tomonlari idroki tarjimonni voqelikni turlicha ifoda etishga undaydi. Masalan, quyidagi sheriy
satrlarda asliyatda Rim Samarqandning ukasi ekanligi orqali uning qadimiyligi ta’kidlansa, tarjima matnida Samarqand Rimning
akasi shaklini olib, o’zaro aloqador qarama-qarshi so’zlar (aka-uka) vositasida ma’no uyg’unligi va she’riy vazn ohang hamda
ritmi saqlanmoqda. Bu, albatta, tarjimonning teran kognitiv harakatidan dalolat beradi:
Dovrug’i ketgan qadim,
Uka ekan unga Rim [V. Abdullayev, 2004:20 ]
It is a great ancient glorious dome
An elder brother of famous Rome [V. Abdullayev, 2004:7].
Tarjimaning maqsadi soʻz yoki grammatik shaklning emas, balki matn mazmunining qayta yaratilishi ekanligi koʻp bora qayd
etildi. Ammo ushbu tavsifni poetik tarjimaga nisbatan toʻliq tatbiq etib boʻlmaydi. Chunki she’riy matnning botiniy va sirtqi
tuzilishi oʻrtasidagi munosabat murakkab koʻrinishga ega. Bunda mazmun va badiiy obrazni ifodalovchi birliklarning mutanosib
boʻlishi holati kuzatiladi. Bu esa tarjimondan nafaqat ma’no birliklari bilan ishlash, balki poetik model ya’ni matnning shakliy
tuzilishi bilan ham ishlashni talab qiladi. She’riy matnni tarjima qilishda poetik model mazmunni yaratish uchun qolip xizmatini
oʻtaydi. Ayni paytda invariant vazifasini oʻtaydigan modelni toʻligʻicha qayta yaratishning imkoni chegaralangan.
Idrokning turlicha kechishi faqat milliy-madaniy xususiyatga emas, balki kishining voqelikni qanday “koʻrishiga” ham bogʻliq.
Idrok jarayonida harakatga tushadigan mental atamalar tarjima jarayonida yuzaga keladigan turli koʻchimlar oʻzgarishlarga
kognitiv asos tayyorlaydi. Tarjima jarayonida til birliklarini tanlab ishlatish ham kognitiv jarayondir. Tarjima faoliyati ijodkorlik,
yaratuvchanlik bilan bogʻliq. Shu sababli, nazoratsiz favqulodda va intuitsiyaga asoslanib qabul qilinadigan qarorlar ba’zan tarjima
jarayoni qonuniyatlaridan samarali boʻlib chiqishi koʻp marotaba kuzatilgan [Safarov, 183].
Tarjima jarayonining kognitiv xususiyatlari tahlili tarjima faoliyatini konseptlar bilan ishlashga chorlaydi. Bu uzoq davr mobaynida
to‘plangan sohaga oid faktlarni sharhlash imkoniyatini kengaytiradi. Tarjima faoliyati tarjimonning bilim zaxirasiga bog‘liq. Bilim
esa tajriba zamirida bosqichma-bosqich to‘planadi. Shu o’rinda ta’kidlashimiz joizki, badiiy asar tarjimasi bilan shug’ullanishni
xohlagan kishi ikkinchi bir madaniyat zamiriga chuqur kirib borishi, buning uchun esa o’sha madaniyat vakillari orasida yashab,
ularning hayot tarzi bilan yaqindan tanishgan bo’lishi katta ahamiyat kasb etadi. Bunga yaqqol misol sifatida Abdulla Qodiriy
tomonidan yozilgan “O’tkan kunlar” asarini ingliz tiliga tarjima qilgan amerikalik tadqiqotchi, shoir va yozuvchi Mark Riz
faoliyatini olishimiz mumkin. Tarjimon ushbu asarni ingliz tiliga tarjima qilish uchun 15 yil umrini sarflaganligini ta’kidlaydi, shu
davr mobaynida u o’zbek va uyg’ur tillarini chuqur o’rganib, qadimiy turkiy tilining qadimgi shakllaridan biri bo’lgan O’rxun
yozuvini o’rgangan hamda chig’atoy tilini ham o’zlashtirgan. U “Gazeta.uz” ga bergan intervyusida tarjimadagi qiyinchiliklar,
nima uchun asar shunchaki muhabbat hikoyasi emas, avvalo islohotlar g‘oyasi haqida ekanligi va qanday qilib Qodiriy asar orqali
muhim ijtimoiy muammolarni olib chiqqanligi haqida so‘z yuritib, jadidlar va ularning g‘oyalari bugun qanchalik hayotga tadbiq
etilganligi haqida ham fikr bildirib o’tadi.
“O‘tkan kunlar” tarjimasi uchun asos sifatida Mark Riz 1926 yilda nashr etilgan matnning asl nusxasidan foydalanar ekan, Qodiriy
“ko‘cha tili”ni ifodalagan joylar ko’p ekanligini aniqlagan holda, roman ustida ishlay turib, Qodiriy romanga asl tilni singdirish
uchun qishloqma-qishloq kezgani kabi Mark Riz ham Qo’qon xalqining hayot tarzi bilan yaqindan tanishganligini ma’lum qilgan.
Mark Riz o’z tarjimasida “bread” emas, balki “non”, “wedding” emas “toi, kizlar majlisi” shaklida soz’larni transliteratsiya usulida
ifodalashining sababini O‘zbekistonning o‘ziga xos muhitini saqlab qolish uchun qilganligini qayd etib o’tadi.
“Badiiy tarjimon bo‘lish uchun, avvalo, inson ma’lum bir jamiyat madaniyatini iloji boricha aniq aks ettirish uchun yetarlicha
tushunchalarga ega yozuvchi bo‘lishi kerak.” – deydi Mark Riz [gazeta.uz/uz/2021/06/19/mark-reese/].
Hozirda keng targ‘ib qilinayotgan kognitiv qolipli tahlil metodi tushunchalarning konseptuallashuvi bilan bog‘liq. Freymli tasvir-
ma’lum bir obyektni, uning turli qismlari va jihatlarining o‘zaro bog‘liqligi, tizimli aloqalari qamrovida konseptuallashuvi
natijasidir. Kognitiv tahlil va tavsif asosida bir hodisaning turli jihatlarini yagona bir jumlada ifodalash mumkin. Masalan, “He is
married” jumlasi jamirida U bo’ydoq emas, U oilali, U uylangan kabi tavsiflar mavjud.
Tarjimada Freymli tahlildan foydalanish yoki uni tatbiq qilish hodisaning mohiyatini yorqinroq namoyon qiladi. Tarjimaning
muvaffaqiyati matnning idrok etilishi bilan bog‘liq. Jumla tarjimasida tarjimon ixtiyorida turli variantlar turishi mumkin. Masalan:
1) After he had finished his job, he went home.
a) U ishini tugatgandan so‘ng, uyiga ketdi.
b) U ishini tugatib, uyiga ketdi.
c) Ish tugagandan so‘ng u uyiga ketdi.
d) U ishini tugatdi va uyiga ketdi.
e) Ish tugadi, keyin u uyiga ketdi.
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TARJIMASHUNOSLIK VA LINGVISTIKA: ZAMONAVIY YONDASHUVLAR TADQIQI” nomli ilmiy
maqolalar to‘plami May – 2024
6
To‘g‘ri variantning tanlovi uchun, avvalo, tarjimonning bilim zaxirasi boy bo’lishligi talab etilsa, keying bosqichda uning didi
turadi. Didli tarjimon madaniy muhitga, kontekstga mos keladigan shakldan foydalanadi. Biroq, tarjimonning didi ijtimoiy-
madaniy, kognitiv-ruhiy, lisoniy va madaniy, g‘oyaviy va individual talablar bilan nazorat manbalari, ularning uyushuvi bilimning
freymli ko‘rinish olishini belgilaydi. Freym – umumiy bilimning ma’lum qismini qamrab oluvchi struktura.
Relevantlik nazariyasining mualliflari Shperber va Vilson aytganlaridek, matn mazmunining talqini turli muhitdagi o‘quvchilar
uchun bir xilda emas. Matnning badiiy saviyasi yuqori bo‘lgani sari uning relevantlik mohiyati ham o‘sib boradi. Relevantlik
nazariyasi tafakkur va idrok etishning harakatdagi mexanizmlarini tushunishga chorlaydi. Tarjima mufassal bo‘lishi uchun
tarjimon tafakkur faoliyatining botinida turgan harakat manbalaridan foydalanish imkoniyatlarini aniqlay bilishi lozim. Masalan,
qуйидаги жумлада аслиятда Самарқанд боғлари тасвиридан келиб чиқиб “макон бўлмоқ” сифатида ифодаланган фикр
таржима матнида қарама-қарши нуқтадан “макон қурмоқ” сифатида тавсифланмоқда. Зеро, булбулга макон бўлган
масканда булбулнинг ин қурган бўлиши эҳтимолдан йироқ эмас. Ҳар иккала ҳолатда ҳам боғларнинг булбул яшайдиган
даражада сўлим ва чаманзор эканлигини осонгина англаб етишимиз мумкин:
Булбулга макон экан,
Бағри бепоён экан. [4]
The nightingales do build their nests there
The land is hospitable, they say, there. [4]
Unutmaslik kerakki tarjimadagi beixtiyor harakatlar nazoratdagilaridan tamoman ayri holda yuzaga kelmaydi. Masalan: Tarjima
faoliyatida xotiradagi bilim asliyatdagi ma’lumot bilan kirishadi. Mazmuniy bog‘lanishlarning buzilishi va tarjima strategiyasining
noto‘g‘ri qo‘llanishi salbiy oqibatga olib keladi:
Мисолга мурожаат қиламиз:
Ойим... Ойим!... – деди ҳожи. – Қўзғалманг, ойим... қўзғалманг! [А.Қодирий, 2019: 405]
My ayim… my child … – he said. – Don’t be alarmed, ayim, please … [К. Ермакова, 240].
Oh, my daughter, my daughter – Khoji said. – Don’t stand up, my daughter … [И. Тухтасинов, 377].
My mother, my mother! Said Hajji. - Don’t move, my mother… [M. Reese, 2018: 413].
Юқоридаги мисолда таржима тилида my child, my daughter функционал муқобил бирликларини танлаш ушбу мурожаат
тури учун мақбул ечим бўлмоқда. “Ойим”нинг “mother” сифатида нотўғри ўгирилиши натижасида аслият тилида отанинг
қизига нисбатан мурожаати таржима тилида фарзанднинг онасига нисбатан мурожаатига айланиб қолган ҳолатига ҳам
гувоҳ бўлдик. Назаримизда, ойим мурожаат сўзи my sweetie тарзида таржима қилинганда лингвокультурологик жиҳатдан
маъно уйғунлиги сақланган бўларди:
My sweetie … my sweetie … – said Hajji. – Don’t be alarmed, my sweetie, please … [таржима муаллифники].
3.
XULOSA
Xullas, konseptlar tarjima jarayonida markaziy oʻrin tutadi, ular tarjimonlarga maʼnoni toʻgʻri yetkazish, ekvivalentlikni saqlash,
madaniy farqlarga moslashish, uslub va ohangni saqlash, muloqotni osonlashtirish, niyatlarni talqin qilish va tarjima sifatini
taʼminlashga intilishlarida muhim o’rin tutadi. Til va madaniy chegaralar orqali samarali muloqotni ta’minlovchi tarjimalarni
yaratish uchun tarjimonlar asliyat va tarjima tillaridagi konseptlarni chuqur tushunishlari kerak.
4.
FOYDALANILGAN
ADABIYOTLAR
RO‘YXATI
[1]
Abdullayev V. Samarkand Saily. Doston. (novel in verses). Translation by Dinara Sultanova. Samarkand: “Zarafshan” edition,
2004. – 30 p.
[2]
Sperber D. And Wilson D. Relevance: Communication and cognition. – Oxford: Blackwell Publishing, 1986/1995. – 331 p.
[3]
Chesterman A. Memes of translation. John Benjamins Publishing Company https://benjamins.com. 1997. - 225 p.
[4]
Lyons J. Structural Semantics. An Analysis of Part of the Vocabulary of Plato (Publ. of the Philological Society, 20). Oxford,
Blackwell, 1963. - 237 p.
[5]
Palmer F. Semantics. A new outline. Semantics. M.: VSh, 1976, - 170 c.
[6]
Сафаров Ш.С. Таржимашуносликнинг когнитив асослари. Монография. – Тошкент: “Наврўз” нашриёти, 2019. – 300 б.
[7]
Тухтасинов И.М. Таржимон тайёрлашда касбий компетенцияларни эквивалентлик ҳодисаси асосида ривожлантириш.
Пед. фан. док. (DSc) дисс. –Т.: 2018. – 242 б.
[8]
gazeta.uz/uz/2021/06/19/mark-reese/.
[9]
Khayrieva MI, qizi Ochilova SQ, qizi Nurillayeva MR. THE SCIENTIFIC AND PRACTICAL FEATURES OF THE
RIDDLES IN LINGUISTICS. GOLDEN BRAIN. 2024 Apr 25;2(10):174-8.
[10]
Khayrieva MI, qizi Ochilova SQ, qizi Nurillayeva MR. SEMANTIC ANALYSIS OF FLORA REPRESENTATIONS IN
ENGLISH, AFRICAN AND CHINESE RIDDLES. GOLDEN BRAIN. 2024 Apr 25;2(10):163-8.
[11]
Қозоқова Чарос Абдивалиевна (2023). ХХ АСР ИНГЛИЗ АЁЛЛАР НАСРИНИНГ БАЪЗИ НАЗАРИЙ
МАСАЛАЛАРИХХ АСР ИНГЛИЗ АЁЛЛАР НАСРИНИНГ БАЪЗИ НАЗАРИЙ МАСАЛАЛАРИ. Research Focus, 2 (12),
47-51. doi: 10.5281/zenodo.10404307
