It atamalarini ingliz tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilishdagi muammolar

Annotasiya

Globallashuv jarayoni ko‘plab tillarning ichki va tashqi manbalar orqali boyish imkoniyatini oshirmoqda. Jahon va milliy tillar maydoniga ko‘plab yangi so’zlar, atamalar va so‘z birikmalari kirib bormoqda. Ayniqsa, axborot-telekommunikatsiya tizmidagi yangiliklar bunday birliklaming yanada keng ildiz otishiga sabab bo‘lmoqda. Shu jumladan IT sohasidagi yangi atamalarning kelib chiqishi ulami tarjima qilish borasida qator yechilishi lozim masalalar borki, ularga o’z o’mida hal etilishi joiz. Maqolada ayni muammolar va ularga olimlarning yechimlari haqida so‘z yuritamiz.

Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2024
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
CC BY f
168-170
44

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Nasrullayeva, T., & Ungalova, D. (2024). It atamalarini ingliz tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilishdagi muammolar. Raqamli Texnologiyalar Davrida Tarjimashunoslik Va Lingvistika: Zamonaviy Yondashuvlar Tadqiqi, 1(1), 168–170. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/linguistics-digital-age/article/view/35013
Tozagul Nasrullayeva, Samarqand davlat chet tillar instituti
Tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi o‘qituvchisi
Dilnoza Ungalova, Samarqand davlat chet tillar instituti
Magistratura talabasi
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Globallashuv jarayoni ko‘plab tillarning ichki va tashqi manbalar orqali boyish imkoniyatini oshirmoqda. Jahon va milliy tillar maydoniga ko‘plab yangi so’zlar, atamalar va so‘z birikmalari kirib bormoqda. Ayniqsa, axborot-telekommunikatsiya tizmidagi yangiliklar bunday birliklaming yanada keng ildiz otishiga sabab bo‘lmoqda. Shu jumladan IT sohasidagi yangi atamalarning kelib chiqishi ulami tarjima qilish borasida qator yechilishi lozim masalalar borki, ularga o’z o’mida hal etilishi joiz. Maqolada ayni muammolar va ularga olimlarning yechimlari haqida so‘z yuritamiz.


background image

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TARJIMASHUNOSLIK VA LINGVISTIKA: ZAMONAVIY YONDASHUVLAR TADQIQI” nomli ilmiy

maqolalar to‘plami May – 2024

www.samdchti.uz

168

IT ATAMALARINI INGLIZ TILIDAN O‘ZBEK TILIGA

TARJIMA QILISHDAGI MUAMMOLAR

Nasrullayeva Tozagul

Teacher, the Department of Translation theory and practice,

Samarkand State Institute of Foreign Languages

Ungalova Dilnoza

Master degree student of Samarkand State Institute of Foreign Languages

Annotatsiya

— Globallashuv jarayoni ko‘plab tillarning ichki va tashqi manbalar orqali boyish imkoniyatini oshirmoqda. Jahon va

milliy tillar maydoniga ko‘plab yangi so’zlar, atamalar va so‘z birikmalari kirib bormoqda. Ayniqsa, axborot-telekommunikatsiya
tizmidagi yangiliklar bunday birliklarning yanada keng ildiz otishiga sabab bo‘lmoqda. Shu jumladan IT sohasidagi yangi
atamalarning kelib chiqishi ularni tarjima qilish borasida qator yechilishi lozim masalalar borki, ularga o’z o’rnida hal etilishi joiz.
Maqolada ayni muammolar va ularga olimlarning yechimlari haqida so‘z yuritamiz.

Abstract —

The process of globalization is increasing the possibility of many languages to be enriched through internal and

external sources. Many new words, terms and phrases are entering the field of world and national languages. In particular,
innovations in the information and telecommunication system are causing such units to take root more widely. Including the origin
of new terms in the field of IT, there are a number of issues that need to be resolved in terms of their translation, which should be
resolved in their place. In the article, we will talk about these problems and scientists’ solutions to them.

Keywords

—iction, online workshop, foundation, depiction, nostalgically, evocative details, common folk, triannually.

1.

KIRISH

IT sohasiga oid atamalar xususida to‘xtalib o‘tishdan avval atama nima degan savolga oydinlik kiritib olish zarur. Atamalar
etimologik jihatdan o‘zbek tilida “ot” so‘zidan kelib chiqqan bo‘lsa, uning ingliz tilidagi tarjimasi “termin” so‘zi lotincha
‘terminus’ so’zidan olingan bo‘lib, chegara degan ma’noni bildiradi va u bilan terminologiya fani shug‘ullanadi. Atamalarning
o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat: 1) terminlar sistematik xususiyatga ega; 2) terminologik sohasida ular odatda
monosemantikdir; 3) atamalar odatda hech qanday his-tuyg‘uni ifodalamaydi; 4) atamalar stilistik jihatdan neytraldir. Termin
tushunchasi va uning tarjimasini bilish uchun uning morfologik tuzilishi va umumiy so‘zdan farq qiluvchi leksik o‘ziga xosligini
bilishimiz kerak. Ta’kidlab o‘tishimiz joizki, IT sohasida ham atamashunoslik yuqorida tilshunoslik, xususan, tarjimashunoslikning
bir bo‘g‘inini tashkil etadi va bu tarjimon va tilshunos oldiga katta ziyraklik va mas’uliyatni talab etadi.

2.

ASOSIY QISIM

Maqola mavzusi doirasida qator materiallar va ularni qayta ishlash va mazmun va mohiyatan muhokoma qilish uchun qator usullar
tadbiq etiladi. Mavzuga murojaat qilgan tadqiqotchi borki, u tilshunoslik va tarjimashunoslik, uning bo‘limlari va unda ish olib
boradigan mutaxassislar xususida muayyan bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi zarur. Xususan, atamalar bilan bog‘liq
tarjimashunoslikda, so‘z, leksema, morfema, lekskologiya, leksikografiya va lekisgroflar singari tushunchalarga duch keladi.
Xo‘sh, bu qanday bo‘limlar va ular bilan shug‘ullanuvchilar o‘zi aslida kim hamda ularning IT terminologiyasi va
tarjimashunosligidagi o‘rni qanday degan savol har doim diqqat markazida bo‘lmog‘i zarur. Leksikograflar “bu so'z nimani
anglatadi” degan savolga javob berishadi. Terminograflar esa “qaysi atama ma’lum bir sohadagi kontseptsiyani munosib tarzda
ifodalaydi?” degan savolga duch kelishadi, deydi Magner Brekke [8, 551]. Jennifer barcha an'anaviy va pragmatik
terminologlarning fikrlarini umumlashtirganda, matnni tarjima qilish yoki tushunish uchun o‘qish paytida ushbu qarashlar duch
keladigan muammolarni ko'rsatadi. Atamani so'zdan ajratish eng qiyin vazifadir. Sinonimiya, omonimiya yoki polisemiya ularning
ma‘nosini berishda rol o‘ynaydi va ma’no ajratib olish bunday jarayonda biroz mushkul sanaladi [2, 338]. Shvetskova tasnifiga
ko'ra, barcha terminologik birliklar quyidagi guruhlarga bo'linadi: a) bir so‘zli atamalar deb tushuniladigan, asoslari ildiz bilan mos
keladigan oddiy atamalar, b) bir so‘zli atamalar bo‘lgan murakkab atamalar, asoslari bir nechta ildiz morfemalarini o‘z ichiga
oladi; c) terminologik birikmalar, ya’ni ikki yoki undan ortiq terminologik komponentlarning birlashishi natijasida hosil bo'lgan
atamalar. So'zning morfemik tuzilishiga ko'ra, atamalarning yana bir turi qisqartmalar bilan ajralib turadi [1, 5].
Muhokama. “Tarjimada morfologik jihat” Verhaar (1996) morfologiya tilning asosiy birliklarini grammatik birliklar sifatida
belgilaydigan tilshunoslik bo‘limi ekanligini ta’kidlagan bo‘lsa, Samsuri (1988) morfologiyani tilshunoslikning so‘zlarning
tuzilishi va shakllarini o‘rganuvchi bo‘limi deb ta’riflaydi. Tarjimada morfologik jihatga e'tibor berish kerak bo'lgan muhim
qismdir. Tarjimada so'zlar adekvat ekvivalentlikka erishish uchun zarurdir [3, 127]. Armstrong (2005) ta'kidlashicha, so'zlar


background image

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TARJIMASHUNOSLIK VA LINGVISTIKA: ZAMONAVIY YONDASHUVLAR TADQIQI” nomli ilmiy

maqolalar to‘plami May – 2024

www.samdchti.uz

169

muhim rol o'ynaydi, chunki ular band yoki jumla tarkibida harakatlanishi mumkin. Bundan tashqari, manba matn sifatida ingliz va
indonez tilidagi so'z qurilishi morfologik naqshlardagi farqlar tufayli turli xil talqinlarni berishi mumkin [4, 13]. Morfologiya
tarjimonlar uchun lingvistik tajribaning muhim jihati hisoblanadi. Bundan tashqari, morfologiya va manba matn va maqsad matn
o'rtasidagi so'zlarning qanday yasalishini tarjimashunoslikda tekshirish mumkin. Ikki matn o'rtasida talab qilinadigan ekvivalentni
tanlashda manba matn va maqsadli matn o'rtasidagi morfologik tuzilishdagi farqni hisobga olish kerak.
Hozirgi o‘zbek tilidagi tarjima lug‘atlarda ham qator muammoli masalarga duch kelamiz. Masalan, “to count” va “calculate”
so‘zlariga e’tibor beraylik. Inlizcha-o‘zbekcha tarjima lug‘atlarda ularning har ikkisi “hisoblamoq” deb tarjima qilinadi. Lekin
aslida ushbu atamalarda anglashilgan manoviy mazmun biroz boshqacharoq. “To count” bu aslida mantiqiy hisoblashni nazarda
tutadi. Olaylik, boshlang‘ich maktab sinflarda tahsil olayotgan o‘quvchilarga o‘qituvchi barmoqlar yoki muayyan predmetdlar
(sanoq tayoqchalari, mevalar yoki hayvonlar soni)ni mantiqan keltirgani holda ularda mantiqiy hisoblash ko‘nikmasini
shakllantiradi. “Calculate” esa, boshqacharoq, ya’niki ushbu atama zamirida muayyan hisob-kitobni ilmiy tarzda, nisbatan tez va
puxta amalga oshirish ma’nos anglashiladi. Demakki, bu ikki so‘zni o‘zbek tilidagi IT terminologiyada ayni bir so‘z –
“hisoblamoq” bilan tarjima qilish tarjimashunoslikdagi g‘alizlik va tushunmovchilikka sabab bo‘ladi.
IT tarjimashunoslikdagi yana ikki ma’no va mazmunga ega ikki so‘z “managment” va “adminstration”ning bir so‘z – “boshqaruv”
tarzida o‘zbek tiliga tarjima qilinishi jarayoniga e’tiborimizni qarataylik. Bu yerda ham ingliz tilida ushbu so‘zlar zamiriga
jamolangan mazmun ko‘p hollarda o‘zbek tilidagi tarjimasida o‘z ifodasini topmaydi. Yana shunday hollarni ham uchratamizki,
adminstratsiya tashqi manba orqali tilning boyish manbasi deya talqin etiladida “adminstratsiya boshqarmasi” deb yoziladi. Boshqa
o‘rinlarda managment o‘zlashma so‘z sifatida talqin etilib, undan yasalgan shaxs oti “menejer” ni o‘zlashma so‘z tarzida ko‘proq
qabul qilganimiz holda, “managment” goh o‘zlashma so‘z sifatida, ko‘p hollarda esa tarjimaga tortiladigan so‘z sifatida talqin
etiladi. Biz solishtirayotganimiz “management” va “adminstration” so‘zlaridagi ma’noga e’tibor beraylik. To‘g‘ri, ikkalasida ham
boshqaruvga xos ma’no ifodalanishi mumkin, lekin birinchisida ma’muriyat ma’nosi yo‘q. Ya’niki “management”da ko‘proq
iqtisodiy ma’no bor. Ya’ni unda biror xizmat yoki mahsulotni iqtisod qilish, tejash ma’nosidagi boshqaruv ma’nosi hukmron.
Bizning tarjima borasidagi terminologiyamiz nafaqat IT sohasida, sh bilan birga fanning boshqa sohalarida ham ayni shunday
jumboqlarga boy atamalar borki, bu tarjimonlardan zarur bilim va yetarlicha ziyraklikni talab etadi. Biz o‘zbek tilida haligacha
Google tarjimon imkoniyatlardan foydalangan holda kamchiliksiz tarjimaga erisha olmayapmiz. Aniqki, atama va uning turli
tillardan o‘zbek tiliga, o‘zbek tilidan turli tillarga tarjimasi tuzatmay, uni mukammallashtirmay turib bunga erisha olmaymiz. O‘z
mavzuyim doirasi bo‘lganligi uchun Google tarjimon” dasturining kamchiliklarini ham o‘rgandim. Unga nafaqat terminologiya,
shu bilan birga punktuatsiya bilan ham bog‘liq zarur o‘rinlarni kiritish lozimligini tushundim. Masalan, olaylik ingliz tilidagi
matndan to‘g‘ridan to‘g‘ri Google tarjimon sahifasiga yo‘naltirilgan matnda “%”, “/” belgilari bo‘lsa, u bo‘sh matn tarzida o‘tib
qolmoqda. Shuningdek, bog‘lovchilar, kirish so‘zlar, qo‘shma gaplar, undalmalarni ajratishga xizmat qiladigan “,” belgisi ham
Google tarjimon tomonidan yaxshi tanib olinmaydi va bu ham so‘zlarning ikki gap orasida ortiqcha tarzda ifodalanishiga sabab
bo‘lmoqda. Qolaversa, Google tarjimonga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘naltirilgan matnda so‘zlar orasida ortiqcha joy (probel) qolib ketadi
va bu ham gap ichidagi so‘zlarning o‘zaro bog‘lanishiga, halaqit bergani holda gapning mazmun uyg‘unligiga halaqit bermoqda.

3.

XULOSA

Shuni aytishimiz mumkinki, terminologiya va tarjimashunoslik masalasi uyg‘un va ajralmas. IT terminologiya sohaning alohida
sohasi hisoblanmay o‘zbek va ingliz tillaridagi tilshunoslik ilmi bilan chambarchas bog‘langan. IT sohasidagi terminologiya
tarjimondan ko‘proq mas’uliyat va ziyraklik talab qiladi. Negaki, undagi terminlar soat sayin rivojlanib boratoygan IT uchun
barqaror tarzda iste’mol qilinish zaruratiga xizmat qilmog‘i lozim. Bu esa tarjimondan har ikki tilni bilishi, tilning tor doiradagi
yetuk mutaxassislari bilan bilan yaqin hamkorlikka kirishishi, IT tarjimashunosligi borasidagi jahon tajribasini puxta o‘rganishni
taqoza etadi.

4.

R

EFERENCES

[1]

Luu, T.T. (2011). Strategies to Translate Information Technology (IT) Terms. Theory and Practice in Language Studies, 1(1),

1-7.

[2]

Khayrieva M.I. Guidelines for completing tasks in independent work for students of linguistic universities // Galaxy

International Interdisciplinary Research Journal 12 (1), 336-339.

[3]

Khayrieva M.I. The problem of interference in learning and teaching languages // Web of Teachers: Inderscience Research 1

(8), 126-130.

[4]

Khayrieva M.I. & KL Eshkuvatovna The specific features of translation of the poetry and prose from English into Uzbek //

American Journal of Social and Humanitarian Research 2 (9), 11-14.

[5]

Khayrieva M.I. & KL Eshkuvatovna. Linguistic problems of literary translation // Galaxy International Interdisciplinary

Research Journal 10 (1), 864-867.

[6]

English-uzbekdictionary. Inglizcha-o'zbekcha lug'at - T: «Niso Poligraf», 2013. – 816-b.

[7]

Asror, Y. (2023). DICTIONARY OF LINGUOCULTURAL UNITS AS A TYPE OF DICTIONARY. TA'LIM VA

RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI, 3(3), 251-253.


background image

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TARJIMASHUNOSLIK VA LINGVISTIKA: ZAMONAVIY YONDASHUVLAR TADQIQI” nomli ilmiy

maqolalar to‘plami May – 2024

www.samdchti.uz

170

[8]

Bahodir Abdimital Ughli Abdirasulov, & Mohinur Salokhiddin Kizi Qayimova (2024). DIVERSE LITERATURE IN

EDUCATING A CHILD. Science and innovation, 3 (Special Issue 19), 434-436. doi: 10.5281/zenodo.10817466.

[9]

Kushbakova, M., Shahram, A., & Zarina, R. INTERULTURAL TRAINING AT EARLIER STAGES–AS AN

INNOVATIONAL PROJECT AT EFL TEACHING.

Zbiór artykułów naukowych recenzowanych.

, 72.

[10]

Shahram, A., & Zarina, R. MODERN LANGUAGE TEACHERS IN FOREIGN LANGUAGES (US EXPERIENCE).

Zbiór

artykułów naukowych recenzowanych.

, 277.

[11]

Шамахмудова, А. (2022). Pragmatic possibilities of interrogative sentences in a stable form.

Современные

лингвистические исследования: зарубежный опыт, перспективные исследования и инновационные методы преподавания
языков

, (1), 17-19.

[12]

Furkatovna, S. A., Jurabekovna, T. M., & Mamurjonovna, T. P. (1962). Gender aspects of politeness strategy in speech acts.

Linguistics and Culture Review, 5 (S2), 1488-1496.

[13]

Шамахмудова, А. Ф. (2022). ҲУРМАТ ТАМОЙИЛЛАРИНИНГ ГЕНДЕР АСПЕКТЛАРИ.

МЕЖДУНАРОДНЫЙ

ЖУРНАЛ ИСКУССТВО СЛОВА

,

5

(3).

Bibliografik manbalar

Luu, T.T. (2011). Strategies to Translate Information Technology (IT) Terms. Theory and Practice in Language Studies, 1(1), 1-7.

(2) Khayrieva M.I. Guidelines for completing tasks in independent work for students of linguistic universities // Galaxy International Interdisciplinary Research Journal 12 (1), 336-339.

| Khayrieva M.I. The problem of interference in learning and teaching languages // Web of Teachers: Indcrscicncc Research 1 (8), 126-130.

Khayrieva M.I. & KL Eshkuvatovna The specific features of translation of the poetry and prose from English into Uzbek // American Journal of Social and Humanitarian Research 2 (9), 11-14.

|5| Khayrieva M.I. & KL Eshkuvatovna. Linguistic problems of literary translation // Galaxy International Interdisciplinary Research Journal 10(1), 864-867.

|6| English-uzbckdictionary. Inglizcha-o'zbckcha lug'at - T: «Niso Poligraf», 2013. - 816-b.

Asror, Y. (2023). DICTIONARY OF LINGUOCULTURAL UNITS AS A TYPE OF DICTIONARY. TA’LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI, 3(3), 251-253.

(8| Bahodir Abdimital Ughli Abdirasulov, & Mohinur Salokhiddin Kizi Qayimova (2024). DIVERSE LITERATURE IN EDUCATING A CHILD. Science and innovation, 3 (Special Issue 19), 434-436. doi: 10.5281/zenodo. 10817466.

Kushbakova, M„ Shahram, A., & Zarina, R. INTERULTURAL TRAINING AT EARLIER STAGES-AS AN INNOVATIONAL PROJECT AT EFL TEACHING. Zbior artykuldw naukowych recenzowanych., 72.

(10) Shahram, A., & Zarina, R. MODERN LANGUAGE TEACHERS IN FOREIGN LANGUAGES (US EXPERIENCE). Zbior artykulow naukowych recenzowanych., Til.

(11) Шамахмудова, A. (2022). Pragmatic possibilities of interrogative sentences in a stable form. Современные лингвистические исследования: зарубежный опыт, перспективные исследования и инновационные методы преподавания языков, (1), 17-19.

Furkatovna, S. A., Jurabckovna, Т. М., & Mamurjonovna, Т. Р. (1962). Gender aspects of politeness strategy in speech acts. Linguistics and Culture Review, 5 (S2), 1488-1496.

Шамахмудова, А. Ф. (2022). ҲУРМАТ ТАМОЙИЛЛАРИНИНГ ГЕНДЕР АСПЕКТЛАРИ. МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ ИСКУССТВО СЛОВА, 5(3).