RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TARJIMASHUNOSLIK VA LINGVISTIKA: ZAMONAVIY YONDASHUVLAR TADQIQI” nomli ilmiy
maqolalar to‘plami May – 2024
82
INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDAGI QISHLOQ
XO‘JALIGIGA
OID MATNLARIDA KO‘RSATISH HODISASINING
XUSUSIYATLARIGA DOIR
Bozorova Munisa
Samarqand Davlat Chet Tillar Instituti doktoranti
Annotatsiya —
Ilmiy matnda muallif o‘zining nutqini qisqa ravon va izchil bayon etishi lozim. Ilmiy matnlarga xos bo‘lgan
atamalardan foydalanish matnni to‘liq shakllantirsada, ba’zi holatlarda ulardan foydalanishni ham kamaytirish lozim bo‘ladi,
mazkur holatda ularni ko‘rsatish vositalaridan foydalangan holda bayon qilish matnni mazmunini boyitadi. Mazkur maqola qishloq
xo‘jaligiga oid inlgiz va o‘zbek tilidagi matnlarda ko‘rsatish xususiyatining ba’zi holatlarini ko‘rib chiqadi va ular o‘rtasidagi
o‘xshashliklar va farqlarni ko‘rsatib beradi.
Kalit so‘zlar
— deyksis, anafora, qishloq xo‘jaligiga oid matn, ilmiy matn, ko‘rsatish, diskurs.
1.
KIRISH
Har bir nutq ijodkori (matn muallifi) voqelikda kechayotgan hodisani o‘zicha idrok etadi, uni ma’lum makon, zamon hududida
tasavvur qilib, hosil bo‘lgan mantiqiy tasavvurga lisoniy libos beradi. Lisoniy voqelanish va mazmun shakllanishi nutq muallifi
tanlagan “sanoq boshi”, ya’ni kechayotgan hodisani zamon-makon maydoniga joylashtirish bilan bog‘liqdir. Demak, nutqiy
faoliyatda doimo lisoniy shaklni voqelik bilan bog‘lash hamda unga nisbatan shaxsiy munosabat bildirish ehtiyoji tug‘iladi. Xuddi
shu vazifalar ijrosi deyktik vositalar zimmasidadir [6, 174].
2.
ASOSIY QISM
“Deyksis” so‘zining asl yunoncha ma’nosi “ko‘rsatish”, “ishora” bo‘lib, ilmiy qo‘llanishda lison vositasida “voqelikka ishora,
ko‘rsatish” mazmunini olgan. Ko‘rsatish, ishora vazifasini ado etuvchi birliklarni deyktik ibora deb atashadi. Bu iboralarga
nisbatan ayrim faylasuf va tilshunoslar “indeksikallar” (indexicalls) atamasini ham qo‘llab kelishmoqda. Ushbu turdagi iboralar
nutqiy muloqot tizimi mazmundorligini ta’minlovchi doimiy vositalardan biridir. Masalan, biror bir notanish narsani ko‘rib qolib,
“Bu nima?” savoli bilan suhbatdoshga murojaat qilinganda, deyktik ibora (“bu”) vositasida shu muhitda mavjud bo‘lgan narsa-
predmetga ishoradir [1, 24].
Bu jihatdan rus olimi B.A.Serebrennikovning deyksis haqidagi quyidagi fikrlari o‘rinli: “Deyksis inson nutqiy faoliyatining o‘ziga
xosligidir. Jonsiz narsalar olamida hech qanday deyktik vositalar uchramaydi va bunga ehtiyoj ham mavjud emas. Bir predmetning
boshqa predmetlardan ajratib ko‘rsatilishi, uning o‘rniga ishora qilinishi bilan predmet o‘z xususiyatini o‘zgartirmaydi. Insonga
deyksis nutq mo‘ljalini olish uchun zarur. Deyktik birliklardan mahrum etilgan nutq tinglovchi uchun umuman tushunarsiz bo‘lib
qolishi mumkin” [7,24].
Har qanday qo‘shimcha jiloli so‘zlardan holi tarzda tarkib topuvchi ilmiy matnlar o‘zlarida kerakli ma’lumotni to‘plab o‘quvchiga
yetarli ma’lumotni taqdim qilsada, ilmiy matnlarni faqatgina atamalardan iborat deyish ham noo‘rindir. Ya’ni ilmiy matn tarkibida
ham muallif o‘quvchiga yetkazmoqchi bo‘lgan masalar bayonini deyktik belgilar ko‘magida berishi mumkin.
Deyksis nutqda til birliklarning ishoraviylik xususiyatini namoyon qiluvchi hodisadir. Ishoraviylik vazifasini lingvistik va
ekstralingvistik vositalar orqali bajaruvchi deyksis tilning belgilar tizimi sifatida shakllanishida muhim o‘rin tutadi [4, 12].
Qishloq xo‘jaligiga oid ilmiy matnlarda shaxsni deyktik vositalar bilan ko‘rsatish vazifasini ingliz tilida kishilik va egalik
olmoshlari bajaradi: By observing individual fields over years, we can understand the effects of crop rotation, tillage practices, soil
amendments, and removal of harvested material on soil properties. (Crop ecology 14)
O‘zbek tilida bu vazifani nafaqat kishilik olmoshlari vositasida balki egalik qo‘shimchalarining o‘zi ham belgilab kela oladi: O‘z
tajribalarimizda nuxatning Yulduz, O‘zbekistanskiy-32 va Umid navlarini har xil (25-fevral, 5-mart, 15-mart, 25-mart,5-aprel,15-
aprel) muddatlarda va 60x6 ekish sxemasida ekilganda ekin ildizining biomassasini tuproq gorizontlari bo‘yicha tarqalishini
o‘rgandik. 899
Ingliz tilida uchinchi shaxsni birlik shakli turlicha kela olsa, o‘zbek birlikdagi uchinchi shaxs yagona shaklda ifodalanadi: u.
Mazkur kishilik olmoshi o‘zbek tilida jonli va jonsiz, inson yoki predmetni ajratmaydi, ya`ni ularning barchasi uchun referent
bo‘lib kela oladi: Johannsen observed that the Princess cultivar in common bean had seeds that differed in their weight. He then
developed 19 lines by saving progeny from each of 19 single seeds from the original seed lot. (Essentials of plant breeding 78.).
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TARJIMASHUNOSLIK VA LINGVISTIKA: ZAMONAVIY YONDASHUVLAR TADQIQI” nomli ilmiy
maqolalar to‘plami May – 2024
83
I.V.Michurin bilan bir vaqtda Amerika seleksioneri Lyuter Ber-bank duragaylash va tanlash usullari ustida ilmiy tadqiqotlar
o‘tkazadi. U har bir chatishtirish juftlari bo‘yicha juda ko‘p nihollar o‘stirib, ular ichida qat’iy tanlash olib bordi va turli
ekinlarning bir qator mashhur yangi navlarini yaratish imkoniyatiga ega bo‘ldi ((X.Otaboyeva. O‘simlikshunoslik, Toshkent-
Mehnat 2000. B. 205).
Voqelik bayonida zamon – makon – ijtimoiy mavqe markazlari muloqot shaxsi tomonidan belgilanadi [6, 178]. Ilmiy matnlarda
makon deyksisining qo‘llanilish miqyosi badiiy uslubdan yoki muloqot jarayonidan farqlanadi. Bunga sabab esa uning bevosita
muloqot jarayonida emas, balki matn tarkibida kelishidir. So‘zlovchi- muallif iodalayotgan makon ko‘rsatkichlari faqatgina matn
komponentlari aloqasidan kelib chiqadi. Ingliz tilidagi qishloq xo‘jaligiga oid matnlarda makon tushunchasi bevosita matn ichidagi
vosita sifatida kelib ularga ishorani belgilaydi Ingliz tilidagi ilmiy matnlarda makon deyksisi sifatida this/that here/there kabilar
qo‘llanilishi mumkin: Here, it was worth noting that during the chelation process, the chelating agent properties, such as ionic
diameter, ring size, hardness or softness and deformability of the electron donors and the acceptors, are of great importance.(
Journal of agriculture and food research 12 2023 100552. P.4)
O‘zbek tilida qishloq xo‘jaligiga oid matnlarda makon deyksisini ifodalashda bu, yuqoridagi quyidagi kabi so‘zlardan
foydalaniladi. Bunda berilgan “yuqoridagi” so‘zi matndan kelib chiqqan holda anglashiladi va makonning ma`nosini berish
faqatgina matn doirasi bilan cheklanadi: Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan yerlardan unimli foydalanish uchun melioratsiya tadbirlari
zaruriy omillardir (Qishloq xo‘jalik melioratsiyasi T.2007 B4).
G.Yul aytganidek, “deyktik iboralar, chegaralangan miqdorda bo‘lishlariga qaramasdan, keng ko‘lamda qo‘llanadilar va ular har
bir alohida qo‘llanilishiga nisbatan ko‘proq kommunikativ mazmun ifodalaydilar” [1, 16].
Ilmiy matnlar uchun harakterli bo‘lgan holatlardan yana biri bu diskurs deyksisidan foydalanishdir. Diskurs deyksisi ingliz tilidagi
va o‘zbek tilidagi qishloq xo‘jaligiga oid matnlarda uchraydigan mahsuldor deyksis turi deya qayd etish ham mumkin.Sababi, matn
tarkibida kelgan holda ishorani belgilab bera olishi bilan u anaforadan farqli tarzda oz’dan oldingi referentning bo‘lishini talab
qilmaydi. Ingliz tilida bu kabi so‘zlar this, that bilan ifodalanadi: This short review aims to provide theoretical guidance to design
and prepare hydrogels for applications in water treatment. (Journal of agriculture and food research 12 2023 100552.P.1).
O‘zbek tilida qishloq xo‘jaligiga oid matnlarda diskurs deyksisi vazifasini bu, mazkur, bu o‘qinda kabi so‘zlar bajaradi: Bu qoida
hozirgi vaqtda mavjud adabiyotlarda ham, chet el adabiyotida ham qabul qilingan. (S.A. Azimboev Dexqonchilik, tuproqshunoslik
va agrokimyo asoslari Toshkent 2006. B-36).
Deyksis nazariyasi tahliliga oid ko‘plab tadqiqotlarda asosiy e’tibor deyksis va anafora munosabati masalasiga qaratiladi. Bunday
ishlarda real muloqot jarayonida nutq ishtirokchilariga ishorani anglatuvchi deyksis sof, asl deyksis sifatida tavsiflansa, matn
qismlariga ishora qilish orqali ularning semantik-sintaktik jihatdan bog‘lanishiga xizmat qiluvchi deyksis anafora sifatida e’tirof
etiladi [5, 18].
Albatta, ilmiy uslubdagi obrazlilik bilan badiiy uslubdagi obrazlilik farq qiladi. Ilmiy uslubda obrazli nomlar faqat nominativ atash
funksiyasini , badiiy adabiyotda esa o‘quvchiga estetik ta`sir ko‘rsatish vazifasini bajaradi. Obrazlilik (emotsionallik) kategoriyasi
agar ilmiy uslubda “so‘ngan, nursiz” holda ko‘rinsa, badiiy adabiyotda esa jonli tarzda namoyon bo‘ladi. Ilmiy texnik bayon
ilmiy- tabiiy bayondan yoki qat`iy ilmiy bayon ilmiy- ommabop bayondan ma`lum darajada farqlanadi. Bu tafovutlar bayon qilish
situatsiyasi va bayon qilish “material” idan kelib chiqadi. Binobarin, tabbiy- ilmiy, ilmiy- ommabop va ilmiy- matematik bayonlar
ilmiy uslubning ko‘rinishlari bo‘lganligi uchun, ular ilmiy stilga xos umumiy, yaxlit xususiyatlarga ega bo‘ladi [10, 47].
Deyktik so‘zlar mazmuni bevosita muloqot sharoitida shakllanishi hamda suhbatdosh yoki o‘quvchiga ushbu muloqot vaziyati
haqida to‘liq ma`lumotga ega bo‘lishiga imkon yaratuvchi omilllardir [9, 11]. J.K.Milner kishilik va ko‘rsatish olmoshlarining
deyktik referensiya yohud anaforik refensiya shaklida qo‘llanilganda ularning mustaqil ma`noga ega bo‘la olmasligini ta’kidlaydi
[8, 62]. Ular o‘zlarining asl ma`nolarini bunday ifoda usulida namoyon eta olmaydilar va shu sababli Milner ularni avtonom
referent sifatida ko‘rish kerak deb aytadi. Mazkur sabab tufayli ularni aktual referent sifatida ko‘rib bo‘lmaydi , ular faqatgina
o‘zidan oldingi yoki keyingi bildirilayotgan so‘zning o‘rindoshi sifatidagina kela oladi deb aytib o‘tgan. Bu kabi fikrlarni E.
Benvenist, P.Riker ham qayd etgan edi. Benvenistning fikriga ko‘ra, kontekstdan olingan olmosh “na obyekt na tushunchani
ifodalaydigan bo‘sh shakl hisoblanadi (forme vide)”. [2, 186] P.Riker kishilik olmoshlarini “asemantik” deb ataydi, ya`ni ular o‘z
ma’nolariga ega bo‘lmagan holda qo‘llanadilar [3, 14]:
Qishloq xo‘jaligiga oid ilmiy matnlarida anaforaning qo‘llanilishi odatiy hol sifatida qaraladi. Ilmiy matn tarkibida anafora
hodisasi matnning zerikarli va tushunarsiz bo‘lishdan saqlaydi. Ingliz tilida uchinchi shaxs olmoshi “it” anaforik holatda
qo‘llaniluvchi eng mahsuldor so‘zdir.boisi, bunda “it” olmoshi birginia so‘z emas, balki so‘z birikmasi yohud butun bir gapning
referenti bo‘lib kelishi mumkin: A breeding program refers to the overall organization of a breeding process. It encompasses not
only specific methods used for cultivar development, but also how resources allocated and how phenotyping and marker based
selection are conducted to achieve breeding objectives. ( Essentials of plant breeding.205)
O‘zbek tilida “u” va “bu”, olmoshlari eng ko‘p anaforik holatda qo‘llaniluvchi olmoshlardir: Donli-boshoqli ekinlar rivojlanishi
uchun shimoliy va g‘arbiy qiyaliklarda tuproqning mo‘tadilroq gidrotermik rejimi yaratiladi, chunki ular bahorning oxirgi
davrigacha janubiy va sharqiy qiyaliklarga qaraganda ko‘proq namlikka ega bo‘ladilar va saqlab turadilar. (Iqlim o‘zgarishi
sharoitida yer resurslarini barqaror boshqarish respublika ilmiy-amaliy seminar b. 89). [3]
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TARJIMASHUNOSLIK VA LINGVISTIKA: ZAMONAVIY YONDASHUVLAR TADQIQI” nomli ilmiy
maqolalar to‘plami May – 2024
84
3.
XULOSA
Yuqorida berilgan misollardan kelib quyidagi xulosaga kelish mumkin. Ingliz va o‘zbek tillaridagi qishloq xo‘jaligiga oid
matnlarda ko‘rsatish xususiyati ko‘plab holatlarda deyktik iboralar vositasida beriladi. Ilmiy matnlarga xos bolgan izchillik va
matnni ortiqcha hissiy bo‘yoqlarsiz tasvirlash sharoitida deyktik vositalar muallifni yoki boshqa manbalarni berishda shaxs
deysksisi ko‘mak beradi. Matn ichidagi bog’lanishlarni berishda esa makon va diskurs deyksisi o‘quvchiga kerakli yo‘nalishni
bera oladi. Ko‘rsatish xususiyati haqida gap ketganda anaforaning qishloq xo‘jaligiga oid matnlarda o‘z o‘rniga ega ekanligini ham
ko‘rib chiqdik. Ular muallif fikrining takror va takror qo‘llanilishidan va matnning zerikarli bo‘lishidan asraydi.
4.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
[1]
Yule G. Pragmatics. – Oxford: Oxford University Press, 1996. – 138p.
[2]
Бенвенист Э. Общая лингвистика. – М.: Прогресс, 1974. – 447 с.
[3]
Волков Н.Н. Семантика и дейктические функции личных местоимений в современном английском языке: автореф.
дис. канд. филол. наук / Н.Н. Волков. – М., 1984. – С.23.
[4]
Давлатова Р.Х. Ўзбек тилининг дейктик бирликлари: Филол. Фанл. Докт (DcS)….автореф. Тошкент: Ўзбек тили,
адабиёти ва фольклори институти. 2020. – 33 б.
[5]
Кибрик А.А. Об анафоре, дейксисе и их соотношении. // Разработка и применение лингвистических процессоров:
сб.науч.тр. ‒ Новосибирск: Вычислительный центр СО АН СССР, 1983. ‒ С.107-129; Муковский О.Л. Дейксис и анафора в
русском, английском и испанском языках. Дисс. ... канд.филол.наук. ‒ Санкт-Петербург, 2015. ‒ С.14-47.
[6]
Сафаров Ш. Прагмалингвистика. – Т.: «Ўзбекистон миллий энциклопедияси» давлат илмий нашриёти, 2008. – 285 b.
[7]
Серебренников Б. А. Роль человеческого фактора в языке: Язык и мышление. ‒ М.: Наука, 1988. – С.146.
[8]
Сребрянская Н.А. Дейксис в единицах языка: монография / Н.А.Сребрянская. Воронеж: Изд-во ВГПУ, 2003. – 136 с.
[9]
Шерматов А.А. Инглиз илмий – техник матнда дейксиснинг ифодаланиши: Филол. Фанл. Номз….автореф. – Тошкент:
ЎзМУ, 2008. – 22б.
[10]
Ўзбек тили стилистикаси (ўқув қўлланма) / Тузувчилар: А.Шомақсудов, И.Расулов, Р.Қўнғуров, Ҳ.Рустамов. –
Тошкент, 1983.- 248б
[11]
Asror, Y. (2023). LINGUISTIC AND LEXICOGRAPHIC DESCRIPTION OF JOURNALISTIC TEXTS. Журнал: Союз
Hауки и Oбразования, 5(1), 6-8.
[12]
Kuldoshov U.U. (2022). MODERN TRANSLATION STUDIES: PROCEDURES, PRINCIPLES AND STRATEGIES.
Вестник магистратуры, (11-5 (134)), 111-115.
[13]
Bakiev, F. (2024, February). LEXICAL CORRESPONDENCE ISSUES IN UZBEK-ENGLISH TRANSLATION STUDIES.
In
Conference Proceedings: Fostering Your Research Spirit
(pp. 478-481).
[14]
Nuritdinova, P., & Shermatova, B. (2024). THE IMPACT OF CHATGPT ON THE TRANSLATION
INDUSTRY.
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
,
4
(2), 345-347.
[15]
SHERMATOVA, B., ALIMOVA, S., & SHOKHRUKH, O. Simultaneous Translation and Its Issues.
International Journal of
Innovations in Engineering Research and Technology
,
7
(09), 37-39.
[16]
Fazlidinovich, M. S. (2022). THE LINGUISTIC AND STYLISTIC COMPARATIVENESS OF LANGUAGES IN
LINGUISTIC TRANSLATION.
Science and innovation
,
1
(JSSR), 169-176.
[17]
Fazlidinovich, M. S., & Nargiz, S. (2024). TRANSLATION FEATURES OF TEXTS RELATED TO PUBLICIST
STYLE.
Science and innovation
,
3
(Special Issue 19), 93-95.
[18]
Муладжанов, Ш. (2023). Methods of transference stylistic units to the target language in literary texts.
Общество и
инновации
,
4
(11/S), 284-291.
[19]
Muladjanov, S. (2023). THE INTERRELATION OF STYLISTIC DEVICES AND PHRASEOLOGICAL UNITS IN
ENGLISH-UZBEK TRANSLATION.
Modern Science and Research
,
2
(10), 633-638.
[20]
Ilhomovna, K. M. (2024). GUIDELINES FOR COMPLETING TASKS IN INDEPENDENT WORK FOR STUDENTS OF
LINGUISTIC UNIVERSITIES.
Galaxy International Interdisciplinary Research Journal
,
12
(1), 336-339.
[21]
Ilhomovna, K. M., & Bakberganovna, M. M. (2024). TRANSLATING METONYMIES INTO UZBEK LANGUAGE USING
VARIOUS TRANSLATION STRATEGIES (‘THE GREAT GATSBY’BY F. SCOTT FITZGERALD'S).
ОБРАЗОВАНИЕ
НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
,
46
(1), 212-216.
[22]
Khayrieva, M. I., & qizi Akhmedova, S. F. (2024). COHESION AND PRAGMATICS: INVESTIGATING (IM)
POLITENESS STRATEGIES IN EMAIL COMMUNICATION.
GOLDEN BRAIN
,
2
(11), 57-63.
[23]
Ziyadullaev, D., Muhamediyeva, D., Teshaboyev, M., To'ychiev, S., Kamolov, M. O., Bakhramova, Y., & Ziyodullaeva, G.
(2023). Mathematical modeling and numerical calculation of an epidemic with medical vaccination in account. In
E3S Web of
Conferences
(Vol. 419, p. 02004). EDP Sciences.
[24]
Odilov, B. B., & Ziyadullayeva, M. (2023). SPECIFIC FEATURES OF THE ADDRESSING.
Евразийский журнал
социальных наук, философии и культуры
,
3
(3), 77-83.
