Авторы

  • Botirjon Baxromov
    Buxoro viloyati Buxoro shahridagi xususiy amaliyot bilan shug ‘ullanuvchi “Bozorova Shahlo Karim qizi” notarial idorasi notarius yordamchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mmms.52525

Аннотация

Ma’lumki butun dunyoda global muammoga aylangan diniy ekstremizm, terrorizm, odam savdosi, narkobiznes, qurol-yaroq savdosi kabi xalqaro jinoyatchilikning avj olishi natijasida millionlab fuqarolar jismoniy, ma’naviy-ruhiy va moddiy jihatdan zarar  ko’rmoqda.


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

78

VOYAGA YETMAGANLAR O‘RTASIDA VIKTIMOLOGIK

PROFILAKTIKA CHORA-TADBIRLARINING O‘ZIGA XOS JIHATLARI

Baxromov Botirjon Ismoilovich

Buxoro viloyati Buxoro shahridagi xususiy amaliyot bilan shug ‘ullanuvchi

“Bozorova Shahlo Karim qizi” notarial idorasi notarius yordamchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.12644611

Ma’lumki butun dunyoda global muammoga aylangan diniy ekstremizm,

terrorizm, odam savdosi, narkobiznes, qurol-yaroq savdosi kabi xalqaro
jinoyatchilikning avj olishi natijasida millionlab fuqarolar jismoniy, ma’naviy-
ruhiy va moddiy jihatdan zarar ko’rmoqda. Xalqaro ekspertlarning
ma’lumotlariga ko’ra, birgina odam savdosi bo’yicha har yili dunyo miqyosida 3
milliondan ortiq kishi jabrlanuvchiga aylanmoqda. Ushbu jinoyatdan
jabrlanganlarning 72%ni ayollar va yosh qizlar tashkil etmoqda

1

. Shu bois ham

so‘ngi yillarda mamlakatimizda shaxsni turli tajovuzlardan himoya qilish
maqsadida viktimologik profilaktikaning samaradorligini oshirishga, uni tashkil
etishning yangi mexanizmlarini ishlab chiqishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Bu borada, ayniqsa, zamonaviy axborot texnologiyalari imkoniyat¬laridan
kengroq foydalanish, shuningdek davlat organlari, jamoat tashkilotlarining
o’zaro hamkorligini tashkil etish hamda fuqarolar faolligini oshirishga, qolaversa
aholi o’rtasida o’zlarini jinoiy tajovuzlardan himoya qilish usul va shakllarini
keng targ’ib qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amaliyotga
joriy etish alohida ahamiyat kasb etmoqda.

Voyaga yetmaganlar o‘rtasida amalga oshiriladigan huquqbuzarliklar

viktimologik profilaktikasini nazariy ta’minlash, eng avvalo, jinoyat sodir etilish
sabab va sharoitlar zanjirida jabrlanuvchining tutgan o‘rnini ilmiy jihatdan
tadqiq etish orqali amalga oshiriladi. Kriminologiya va viktimologiyaga oid
adabiyotlarda voyaga yetmagan shaxslarning g‘ayriijtimoiy xulq-atvori, hayot
tarzi, atrofdagilarga bo‘lgan salbiy munosabatlari muayyan bir vaziyatda
huquqbuzarlik sodir etilishini taqozo etuvchi kriminogen omil sifatida, boshqa bir
holatda esa huquqbuzarlikdan jabrlanishini taqozo etuvchi viktimogen omillar bo‘lib
har qanday joydagi kriminogen vaziyatga to‘g‘ridan- to‘g‘ri ta’sir etadi.

Shu bois, voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar viktimologik

profilaktikasini nazariy ta’minlash, birinchi navbatda, jamiyat ijtimoiy hayotining
turli sohalarida mavjud bo‘lgan kriminogen omillar qatori viktimogen omillarni
o‘rganishni taqozo etadi.

Jamiyatda har qanday shaxsning, shu jumladan voyaga yetmaganlarni

1

ООН: 72 процента жертв торговли людьми - женщины и девочки. https://uz.sputniknews.ru/20190730/OON-72-

protsenta-zhertv-torgovli-lyudmi-zhenschiny-i-devochki-12122757.html


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

79

huquqbuzarliklar sodir etishini taqozo etuvchi kriminogen xususiyatlarga ega
bo‘lgan voqea, hodisa va jarayonlar[3] mavjudligi kabi huquqbuzarlikdan
jabrlanish ehtimolini vujudga keltiruvchi va jabrlanishini taqozo etuvchi
viktimogen xususiyatli sub’ektiv (inson xulq-atvorida namoyon bo‘ladigan) va
ob’ektiv (viktimlikni shakllantiruvchi muhit bilan bog‘liq) omillar ham borligi
tadqiqotlarda ilmiy taxlil qilingan.

Shuni alohida qayd etish joizki, tadqiqotlarda huquqbuzarliklarning sodir

etilish sabablari zanjirida jabrlanuvchi shaxsiga va hayot tarziga xos individual
viktim (yoshga doir) xususiyatlar o‘rni yuqoriligini inobatga olgan holda mazkur
xislatlarga xos bo‘lgan toifadagi shaxslar bilan viktimologik profilaktik ishlarni
muntazam amalga oshirib borish zarurligini kuzatish mumkin.

Shuningdek, subyektiv va obyektiv omillar bir-birini taqozo etuvchi,

kuchaytiruvchi xususiyatga ega bo‘lishi bilan bir qatorda, ular jamiyatdagi barcha,
ayniqsa kriminogen xususiyatga ega bo‘lgan voqea, hodisa va jarayonlar bilan
sababiy va korrelyatsion bog‘liqlikda ekanligini hech qachon unutmaslik kerak.

Yuqoridagilarga asoslanib, sodir etilgan jinoyatlarning kriminologik va

kriminalistik jihatlarini o‘rganish, bizga voyaga yetmagan jabrlanuvchilardagi
jinoyat sodir etilishiga turtki beruvchi omillarni aniqlash imkonini berdi.

Tadqiqot jarayonida o‘tkazilgan anketa so‘rovi natijalariga ko‘ra jinoyatlarning

sodir etilishida voyaga yetmagan jabrlanuvchilarlarga turtki beruvchi xulq-atvori
o‘rganilganda jabrlanishni yuzaga keltiruvchi omil sifatida: a)

qasddan odam

o‘ldirishda

jismoniy ojizligi (12 foiz), qo‘rqoqligi (1 foiz), axloqsizligi (23 foiz),

huquqbuzar bilan o‘zaro salbiy munosabatlarning mavjudligi (10 foiz), davomiy
zo‘ravonligi (11 foiz);

o‘g‘rilikda

jabrlanuvchilarning mulkni ochiq qoldirishga

odatlanganligi (22 foiz), xonadonlarning qo‘riqlash pultiga ulash bo‘yicha
tavsiyalarga amal qilmasligi (27 foiz), transport vositasini qarovsiz qoldirishga
odatlanganligi (29 foiz), mol-mulkini va boyliklarini ko‘z- ko‘z qilishni yoqtirishi
(16 foiz), beparvoligi (5 foiz); d)

nomusga tegishda

jabrlanuvchilarning ojizligi

(42 foiz), axloqsizligi (30 foiz), ishonuvchanligi (13 foiz), soddaligi (15 foiz); ye)

qasddan tan jarohati yetkazishda

jabrlanuvchilar xulq-atvoridagi turmushidan

nolishi (15 foiz), tarbiyadagi kamchiliklar (40 foiz), huquqbuzar bilan o‘zaro
munosabatlarining nosamimiyligi (19 foiz), sha’ni va qadr-qimmatining
kamsitilishi (10 foiz), oilaviy maishiy nizolarga sababchi bo‘lganligi (45 foiz)
qayd etilgan.

O‘g‘irliklar sodir etilishi sabab va sharoitlari zanjirida ham viktim omillarning

yuqori ekanligini sudlar tomonidan ko‘rilgan jinoyat ishlari bo‘yicha materiallar
tahlillarida ham ko‘rishimiz mumkin. 2021 yil davomida Qashqadaryo viloyatida


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

80

o‘g‘irlik jinoyatlarining sodir etilishiga turtki bergan omillar o‘rganilganda
jabrlanuvchilarning 70,5 foizi beparvolik, 10,8 foizi qo‘riqlash

tovush

chiqaruvchi vositalari imkoniyatlaridan foydalanmaslik, 9,9 foizi uzoq muddat
xonadonini nazoratsiz qoldirganligi, 8,8 foizi kalitlar hisobini yuritmaslik yoki uni
boshqa shaxslarga ishonib topshirganligi aniqlangan. Bundan tashqari, to‘g‘ridan-
to‘g‘ri shaxsga nisbatan sodir etilgan jinoiy tajovuzlar o‘rganilganida faqatgina 12
foiz jabrlanuvchilar o‘zlarini himoya qilishga qat’iy turgan bo‘lsa, qolgan 88 foizi
esa passiv harakat qilganligi kuzatilgan. Bunday holatlarda jinoyat sodir etgan
shaxslar jabrlanuvchilarning keyingi xatti-harakatlariga ham alohida e’tibor
qaratib kelishgan.

O‘tkazilgan anketa so‘rovida ishtirok etganlarning o‘ziga nisbatan tazyiq va

zo‘ravonlikdan jabrlanganligi haqida zudlik bilan tegishli organga xabar
bermaganligining sababi so‘ralganda respondentlarning 11,9 foizi har doim
jinoyatchi tomonidan tazyiq o‘tkazilib kelinganligi, 4,6 foizi ko‘proq o‘zi
qo‘rqqanligi, 13 foizi biron joyga murojaat qilgan taqdirda uldirish bilan po‘pisa
qilinganligi keltirilgan.

Tadqiqotlarda maishiy-turmush sohasida, ayniqsa, oilada voyaga

yetmaganning hayoti va sog‘lig‘iga qarshi qaratilgan jinoyatlar sodir etilishida
viktim omillarning ta’siri yuqori ekanligi qayd etilgan[6].
Xulosa o‘rnida ta’kidlash joizki, jamiyatda voyaga yetmaganlarning viktimlashuvini
shakllantiruvchi va uni yanada jonlantiruvchi turli xil muammolarni chuqurroq
o‘rganish va tahlil qilgan holda bu kabi shaxslarning huquqbuzarlikdan
jabrlanishni keltirib chiqaruvchi omillarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish
ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladigan huquqbuzarliklar
viktimologik profilaktikasi faoliyati oldida turgan asosiy vazifalardan biri desak
mubolag‘a bo‘lmaydi. Ularni o‘z vaqtida aniqlash hamda bartaraf etish bilan
bog‘liq masalalarni ijobiy hal etish ichki ishlar organlari tomonidan aynan voyaga
yetmaganlar o‘rtasida amalga oshiriladigan huquqbuzarliklar viktimologik
profilaktikasi samaradorligiga bog‘liq.