MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
10
IJTIMOIY INTELLEKT MUAMMOSINING NAZARIY TAHLILI
Mustafayeva Mehriniso Shaxriyorovna
Osiyo xalqaro universiteti magistranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.12525827
Annotatsiya:
Ushbu maqolada ijtimoiy intellekt tushunchasining
psixologik tahlili, uning shakllanish bosqichlari va intellektga nisbatan mavjud
psixologik yondashuvlarning umumiy holati tahlili haqida ma’lumotlar
yoritilgan.
Kalit so'zlar:
Ijtimoiy intellekt, bilim-baholash, kommunikativ-qiymatli,
refleksiv-tuzatish, fan, ta'lim-ta'lim.
Ma’lumki, ijtimoiy psixologiya fanida aynan ijtimoiy intellekt muammosiga
bag‘ishlangan va uning barcha omillarini batafsil bayon etishga qodir ilmiy
adabiyotlar etarli bo‘lmasada, bugungi kunda fan olamida va jamiyat
taraqqiyotida ijtimoiy intellekt muammosini zarurligini ko‘rsata oluvchi va
uning metodologik ildizlarini asoslab bera oluvchi ilmiy tadqiqotlarni alohida
qayd etish mumkin. Mazkur adabiyotlarni tahlil qilar ekanmiz, ulardagi ijtimoiy
intellekt metodologiyasiga taalluqli ayrim umumiy jihatlarni ijtimoiy psixologiya
fani nuqtai nazardan tadqiq qilishimizga to‘g‘ri keldi.
CHunonchi, barcha tadqiqotchilar ham ijtimoiy psixologiyaning
metodologik tamoyillarga amal qilgan holda ijtimoiy intellekt uchun muhim
bo‘lgan u yoki bu jihatni nazariy-ilmiy tarzda asoslab beradilar. Bular ichida
ijtimoiy intellekt uchun muhim nazariy-ilmiy ahamiyat kasb etuvchi ijtimoiy
psixologik vazifalarni aniqlashga qaratilgan bir qancha psixologik
yondashuvlarni keltirib o‘tish mumkin.
Ijtimoiy intellektning tabiatini yoritishda intellekt bo‘yicha mavjud
psixologik yondashuvlarning umumiy holatini tahlil etar ekanmiz, bugungi
kunga qadar mavjud yondashuvlarning quyidagi tartibdagi intellekt
yondashuvlari sifatida qayd etish mumkinligiga yana bir bor amin bo‘ldik.
Intellektning tarkib topishi va shakllanishi bo‘yicha muayyan
yondashuvlar mavjud bo‘lib, ular bir qator ilmiy manbalarda o‘z aksini topgan.
Jumladan, intellektga fenomenologik yondashuv: intellekt ong mazmunining
asosiy shakli sifatida qaralsa, (V.Keller; K. Dunker; M. Vertgey-mer; Dj. Kempion
va boshqalar) intellektga genetik yondashuvda esa intellekt insonning tashqi
olam bilan o‘zaro ta’sirlashuvining tabiiy sharoitidagi o‘rab turgan muhit
talablariga qiyin moslashuvi oqibati sifatida talqin etiladi (U.R. CHarlzvort; J.
Piaje). Ayni paytda, intellektga sotsio-madaniy yondashuv tarafdorlari intellekt
insonning ijtimoiylashuvi, shuningdek, madaniyatning maqsadli ta’siri natijasi
degan g‘oyani ilgari sursa, (Dj. Brunner; L. Levi-Bryul; A.R. Luriya; L.S.
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
11
Vigotskiy va boshqalar.) intellektga jarayonli-faoliyatli yondashuvda, intellekt
inson faoliyatining asosiy shakli sifatida bayon qilingan (S.L. Rubinshteyn; A.V.
Brushlinskiy; L.A. Venger; K.A. Abul-xanova-Slavskaya va boshqalar.).
Intellektga ta’limiy yondashuv vakillari esa, intellekt maqsadga yo‘naltirilgan
ta’limning mahsuli deb e’tirof etsalar, (A. Staats; K. Fisher; R. Feyershteyn va
boshqalar.) intellektga axborot yondashuvi namoyondalari, intellektga
axborotlarni qayta ishlashning elementar jarayonlari majmui sifatida qaraydilar
(G. Ayzenk; E. Xant; R. SHternberg va boshqalar.). Intellektning funksional-
darajaviy yondashuvida, intellekt har xil darajadagi bilish jarayonlarining tizimi
sifatidako‘rsatilsa,(B.G.Ananev; E.I. Stepanova; B.M.Velichkovskiy va boshqalar)
intellektning regulyasion yondashuvi: intellekt psixik faollikni o‘zini o‘zi regulya-
siya qilish omilidir deya ta’kidlaydi (L.L. Terstoun va boshqalar.
Bizning maqsadimiz intellektning umumiy yondashuvlari tabiatiga xos
jihatlarni va ular borasidagi ilgari surilgan ilmiy g‘oyalarni chuqur tahliliga
emas, balki intellektning umumiy psixologik tabiatini yoritish uning ijtimoiy
rivojlanish, ijtimoiy shart-sharoitlarsiz mavjud bo‘lmasligi to‘g‘risidagi
yondashuvlarni o‘zida aks ettirishi mumkinligidan dalolat bermoqda. Mabodo
fenomenologik yondashuv vakillari M. Vertgeymer, K. Dunkerning izlanishlari
mazmuni tahlilida ham intellekt rivojlanishi; genetik yondashuv vakili U.R.
CHarlsvorzning ilgari surgan qarashlari oqibati; J.Piajening operatsional
yondashuvi tabiati: aynan ijtimoiy intellekt tabiatini yoritishga eng yaqin
keladigan ijtimoiy-madaniy yondashuv va maqsadga yo‘naltirilgan ta’limiy
yondashuv ham ijtimoiy omillar ta’sirini chetlab o‘tolmaydi. O‘z navbatida biz
shaxsning ijtimoiy intellekti muammosini o‘rganish barobarida intellektning
boshqa qirralariga xos yondashuvlarni chetlab o‘ta olmaymiz.
Bizning yuqoridagi ilmiy yondashuvlar va izlanishlar borasidagi
tahlillarimiz ijtimoiy intellektni ijtimoiy foydali moslashuvning namoyon bo‘lishi
tarzda talqin etishimizga olib kelmoqda. Masalan, ushbu fikrimizga mos
V.Shternning intellektga xos bo‘lgan quyidagi xulosasi, ya’ni intellekt «yangi
hayotiy sharoitlarga moslashishga umumiy qobiliyatlilik» tarzda qarashi va
«moslashuv akti-hayotiy masalalarni intellekt yordamida hal etish, fikrlashda
ongning ongsizlik ustidan ustunlik qilishi barobarida amalga oshiriladi» degan
mulohazasini keltirib o‘tishimiz mumkin.
Ilmiy manbalarni o‘rganishimizda e’tibor qaratiladigan yana bir jihat
ijtimoiy intellektning tarkibiy qismlariga aniqlik kiritishdan iborat. Ushbu
masala bizning keyingi paragraflarda tadqiqotning metodikalarini tanlashimizga
aniqlik kiritishi hamda ularni tatbiq etishdan olingan empirik materiallarni
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
12
psixologik tahliliga yordam berishidan iborat bo‘ladi. Ijtimoiy intellekt tarkibiy
qismlari bo‘yicha ham bir qancha izlanishlar olib borilgan (N.A. Menchinskaya
(1989), Albuxanova-Slavskaya (1991), N.I. CHuprikova (1995), V.D. SHadrikov
(1997) va boshqalar. Intellektning individual-shaxslilik xususiyatidan kelib
chiqib, ijtimoiy intellektning ikki tomonlama shartlanganlik asosida uning
tarkibiy qismlarini izohlashimiz mumkin bo‘ladi.
Yuqorida
keltirilga
tadqiqotlarga
ko‘ra,
psixologik-pedagogik
adabiyotlarning nazariy tahlili ijtimoiy intellektni quyidagi tarkibiy qismlarga
ajratishni taqozo etadi: bilish-baholash, kommunikativ-qadriyatli, refleksiv-
korreksion. Endi ushbu tarkibiy qismlarning qisqacha mazmuniga to‘xtalib
o‘tamiz. Bilish-baholash tarkibiy qismi ijtimoiylashuv jarayonida, shaxslararo
o‘zaro ta’sirlashuv mazmunini aniqlashda atrofdagilarning real yordami, faoliyat
natijalarining erishganligi uchun individual imkoniyatlarni aniqlashda namoyon
bo‘ladi. Shunga ko‘ra ijtimoiy intellekt faoliyat natijalarini bashorat qilish uchun
zarur axborotlarni qayta ishlashni ta’minlaydi. Bir tomondan shaxs boshqa
insonlar faoliyatlari xarakteri haqidagi axborotlarni oladi, uni anglaydi va uning
aqliy operatsiyalarni bajarishida bo‘ysundiradi. Boshqa tomondan esa
axborotlarni qayta ishlash jarayonida sodir bo‘layotgan voqealarning ahamiyati
haqidagi xulosalarning shakllanishiga olib keladi.
N.A. Mechinskaya (1989)ning qayd etishicha axborotlar ijobiy bo‘lishi va
qabul qilinishi, yoki aksincha salbiy bo‘lishi va inkor etilishi mumkin. Har ikki
holatda ham biz axborotlarni qayta ishlashning ma’lum tempi bilan bog‘liq aqliy
faollikni namoyon etishimizga to‘g‘ri keladi. Olingan axborotlar undan
foydalanish imkoniyati haqidagi, natijalarga real erishish darajasi haqidagi
baholash xulosalarini namoyon etishni ta’minlaydi. Bu esa insonni o‘z-o‘zini
anglash jarayonida o‘zini o‘zi va o‘z mavjudligini tushunishiga olib keladi. Bu
jarayonda shaxs o‘quv-bilish faoliyat sub’ekti sifatida o‘zini namoyon etadi.
Intellektual imkoniyatlari va tajribani o‘zlashtirishning ijtimoiy shart-sharoitlari
maqsadga muvofiq egallanadi. SHunday qilib, bu tarkibiy qismni amalga oshirish
sub’ekti sifatida o‘zini namonyon etishi uchun (bilish jabhasidan) shart-
sharoitga mos axborotni tanlash, maqsad qo‘yish jarayonida (baholash jabhasi)
o‘quvchini biriktirgan holda sodir bo‘layotgan voqealar haqidagi baholovchi
mulohazalarni shakl-lantiradi. Biroq bu tarkibiy qism navbatdagi tarkibiy qismni
amalga oshirishda yuz beradigan, uning erishganlilik qimmati aniqlashga imkon
bermasligi mumkin ekan.
Ijtimoiy intellektning navbatdagi kommunikativ-qadriyatli tarkibiy qismni
atrofdagilarni tushunishga ehtiyoj, o‘z navbatida, ular bilan tushunarli bo‘lishiga
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
13
bog‘liq. Boshqa odamlar bilan doimiy muloqotda o‘zini anglashi, insonning
o‘zaro munosabat etalonlarini va me’yorlarini faol ajratish va o‘zlashtirish
jarayonidan boshlanadi. N.I. CHuprikova (1995)ning qayd etishicha, muomala
o‘z holatini ifodalashi haqida, suhbatdoshga va tinglovchiga munosabati,
oqibatda xabarning maqsadli ustanovkasini namoyon etish haqidagi mazmunni
uzatish qobiliyatida ruyobga chiqadi. Bundan tashqari bir tomondan
kommunikatsiyaga inson bilan ijtimoiy muhit o‘rtasidagi aloqani o‘rnatish usuli
sifatida, boshqa tomondan hayotning qadriyatli muhiti mazmunini izlash
jarayoni sifatida qaraymiz. Mos tarzda kommunikativ-qadriyatli tarkibiy
qisimning ikki asosiy jihati namoyon bo‘lishiga ajratamiz.
Ideal mazmundagi reja tuzish (komunikatsiyaning mazmuni) ushbu
insonni tushunishga moslashuvnining ijtimoiy harakat vaziyatini aniqlash bilan
bog‘liq. Inson bekordan bekorga munosabat o‘rnatmaydi va axborotni idrok
etmaydi, balki ijtimoiy munosabatga daxldor masalalarni ilgari suradi,
harakatida insonlarning ijtimoiy−psixologik va shaxslilik pozitsiyasini idrok
etish, tushunish va uning o‘rniga o‘zini va o‘z o‘rniga uni qo‘yib tasavvur qilish
orqali amalga oshiradi.
Abulxanova-Slavskayaning mulohazasiga ko‘ra (1991), ichki faoliyat
o‘zining ifodasini ma’lum munosabat, fikrni, aniq odamlarning yoki guruhning
bahosini kutishda topiladi. Bu o‘zining imidjini, inson aqlining realligi, boshqa
insonlar bilan qanday munosabat o‘rnata olish qobiliyati va xolisona idrok eta
olish qobiliyati, har xil insonlarning bahosi, belgilangan qadriyatlar asosida o‘z
timsolini shakllantira olishi bilan bog‘liq. Bu esa ijtimoiy intellektning bilish-
baholash tarkibiy qismi va kommunikativ-qadriyatli qismi o‘zaro
aloqadorligidan dalolat beradi.
Kommunikatsiya ijtimoiy muhit haqida ishonchli axborot olishga olib
keladi va u to‘g‘risida qadriyatli tasavvurlar shaklida teskari aloqani amalga
oshirishga xizmat qiladi. Kommunikativ-qadriyatli tarkibiy qism ijtimoiy
intellektning refleksiv korreksion qismi bilan o‘zini o‘zi anglash, o‘quv
faoliyatidagi kamchiliklar va qadriyatlarni anglashda, o‘zaro ta’sirlashuv
jarayonida o‘zgarishlar kiritishni ta’minlaydi, ichki nizolarni kamaytirishga
yo‘nalgan ehtiyoj, emotsiyani nazorat qiladi
Refleksiya ijtimoiy muhit bilan aloqani ta’minlaydi. U insonni boshqa
kishilarni idrok etishi, ma’naviy dunyosining ichki tuzilishini o‘zi tomonidan
anglash faoliyati, borliq va tafakkur chegarasi asosida, inson madaniyatida
to‘lig‘icha aks etadi.
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
14
V.D. SHadrikov (1997) intellektga ma’naviyat bilan ma’naviy
qobiliyatlarning birgalikdagi komponenti tarzida qaraydi. Bunga muvofiq, bu
tarkibiy qism o‘rab turgan voqelikni oddiy baholash emas, balki insonning
ma’naviy jihatlari bilan solishtirishi va shaxsning ichki o‘zgarishlarini belgilovchi
ijtimoiy muhit bilan o‘zaro ta’sirlashuvini muvofiqlashtiradi.
Ijtimoiy intellektning korreksion jabhali qismi ichki olamning
barqarorligini ta’minlash, ijtimoiy muhit bilan o‘zaro munosabatida o‘z ifodasini
ta’minlaydi. Bunda ijtimoiy intellekt ijodga yo‘naltiruvchi, ma’no hosil qiluvchi
jarayon sifatida ishtirok etadi.
Korreksiyalash qismining ijtimoiy jihatdan namoyon bo‘lishi faqat fikrlash
jarayoni sohasidagi emas, balki shaxsning intellektual va emotsional sohalari
o‘rtasidagi dinamik muvozanatni ta’minlashga xizmat qiladi. Ijtimoiy intellekt
salbiy emotsiyalarni tutib qoladi, stress holatlardan chiqishga yordam beradi,
psixologik o‘zini o‘zi himoya qilish mexanizmini ta’minlashga, o‘zini o‘zi hurmat
kilishga xizmat qiladi. Buning natijasida shaxsning xulq-atvori aniqlanadi.
SHuningdek, korreksiya harakatlari va xatti-harakatlarni belgilash, shaxsiy
poziyasini o‘rnatish jarayonda namoyon bo‘ladi.
Yuqorida sanab o‘tilgan ijtimoiy intellekt tarkibiy qismlarini faoliyat
mazmuniga ko‘ra biror-biri namoyon bo‘ladi. Maqsad qo‘yish jarayonida
bilish−baholash qismi etakchilik qilganda, qolgan ikkitasi shart−sharoit
yaratuvchi
hisoblanadi.
Maqsad
yo‘nalishini
belgilashda
esa
kommunikativ−qadriyatli tarkibiy qismi shartlovchi hisoblanadi. O‘z
imkoniyatlarini amalga oshirishda individual temp o‘rnatishda boshqa tarkibiy
qismlar ustidan refleksiv-korreksiyalash qismi ustunlik qiladi.
Adabiyotlar:
1.
Артифексова
А.А.
Медико-биологические
аспекты
вредных
привычек:
Информационно-методическое
пособие.
Н.Новгород,
Нижегородский гуманитарный центр, 1995. – 298 с.
2.
Базылевич
Т.Ф.
Введение
в
психологию
целостной
индивидуальности. – М., Институт психологии РАН, 1998. – 124 с.
3.
Рамазонов, Д. Ж. (2022). Моделирование механизмов самоуправления
студентов. Science and Education,3(4), 1003-1011.
4.
Ramazonov, J. (2022). ШАХСДА РЕФЛЕКСИЯ ДАРАЖАЛАРИНИНГ ЎСИБ
БОРИШ ДИНАМИКАСИНИНГ ИЖТИМОИЙ ПСИХОЛОГИК ХУСУСИЯТЛАРИ.
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz),10(10).
5.
Рамазонов, Ж. Д. Талабалар таълим жараёнида ўзини ўзи идора
қилишининг ижтимоий-психологик механизимлари. Международный
научно-образовательный электронный журнал. Выпуск, (14), 794-800.
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
15
6.
Djalolovich, R. J., & qizi, U. M. S. (2024). Pedagogical-Psychological
Problems in School Educational Problems. Excellencia: International Multi-
Disciplinary Journal of Education (2994-9521), 2(5), 331-334.