MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
156
SINONIMIYA, ABSOLYUT SINONIMIYA VA DUBLET HODISALARI
Rajabov Nizomiddin Namoz o‘g‘li
Buxoro Davlat Universiteti
Oʻzbek tilshunosligi va jurnalistika kafedrasi doktaranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.13883991
Annotatsiya:
Ushbu maqolada tilshunoslikdagi sinonimiya, absolyut
sinonimiya va dubletlar bilan bog‘liq muammolar yoritilgan bo‘lib, ularning
paydo bo‘lish o‘rni, hodisalarning bir-biri bilan aloqador va farqli jihatlari
xususida fikrlar yuritilgan.
Аннотация:
В данной статье освещаются проблемы, связанные с
синонимией, абсолютной синонимией и дублетами в лингвистике,
обсуждаются место их возникновения, родственные и разные стороны
явлений.
Abstract:
In this article, the problems related to synonymy, absolute
synonymy and doublets in linguistics are highlighted, the place of their
occurrence, the related and different aspects of the phenomena are discussed.
Kalit so‘zlar
: Sinonimiya, absolyut sinonimiya, dominanta, dubletlar,
leksik munosabat, leksik-lugʻaviy munosabat, leksik-shakliy munosabat, o‘z
qatlam, o‘zlashma qatlam, ijtimoiy maqbullik, donor til, vositachi til, qabul
qiluvchi til, parallellik
Key words:
Synonymy, absolute synonymy, dominant, doublets, lexical
relation, lexical-lexical relation, lexical-form relation, own layer, assimilated
layer, social acceptability, donor language, intermediate language, receiving
language, parallelism
Ключевые слова:
Синонимия, абсолютная синонимия, доминанта,
дублеты, лексическое отношение, лексико-лексическое отношение,
лексико-формное отношение, собственный слой, ассимилируемый слой,
социальная
приемлемость,
язык-донор,
язык-промежуточный,
принимающий язык, параллелизм.
O`zbek tili leksikasida shakl va ma’no munosabatlari haqida so‘z
yuritishdan oldin, dastlab, so‘z va uning mohiyati haqida fikr yuritish zarurdir.
Leksikologiya leksikani o`rganadi, leksika esa so‘zlardan (so‘zlar majmuidan)
iborat bo‘ladi, shunday ekan birinchi navbatda so‘zning o‘zi haqida, uning
mohiyati haqida to‘xtab o‘tishga to‘g‘ri keladi. Ayrim ishlarda "asosiy til birligi",
"til va nutqning eng muhim elementlaridan biri", "tilning eng kichik asosiy
birligi" deb umumiy tarzda va oddiygina ta`riflanadigan so‘z aslida juda
murakkab xususiyatga ega. Uch-to‘rt og‘iz so‘z, hatto uch-to‘rt jumla bilan ham
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
157
so‘zga to‘la ta`rif berib bo‘lmaydi. Shu vaqtga qadar lingvistik adabiyotlarda
so‘zga uning boshqa hodisalardan farqini belgilovchi aniq, mukammal ta`rif
yo‘qligining boisi ham ana shunda. So‘z til birligi sifatida juda murakkab
xususiyatga ega ekan, so‘zga qandaydir umumiy yoki konkret ta`rif berishdan
ko‘ra, uning o‘ziga xos tomonlarini, boshqa til birliklaridan farqli belgi-
xususiyatlarini yoritish muhimdir. Oddiy nazar tashlashdayoq so‘zning
tovushdan, tovushlar kompleksidan tuzilishi aniq seziladi. Barcha tillarda ham
so‘z, asosan, birdan ortiq tovushdan tuziladi. Bir tovushdan iborat so‘zlar juda
kam miqdorni tashkil etadi (so‘roq bildiruvchi “a”, achinish, afsuslanish
bildiruvchi “e” so‘zlari). Shuningdek, har qanday so‘zning ma`lum bir ma`no
ifodalashi ham shu tilda so‘zlashuvchilar uchun sir emas. Ma`lum bir ma`noga
ega bo`lmagan har qanday tovush yoki tovushlar kompleksi hech vaqt so‘z bo‘la
olmaydi. Har qanday so‘z paydo bo‘lishidayoq o‘z ma`nosi va tovush qiyofasiga
(tovush qobig‘iga) ega bo‘ladi. Demak, har qanday so‘z, avvalo, tovush va ma`no
birligiga ega bo‘ladi. Bu narsa so‘zning fonetik va semantik tomoni. So‘zning
tovush tomoni uning ma`nosini reallashtiruvchi (yuzaga chiqaruvchi)dir. Xuddi
shu tovush tomoni (tovush qiyofasi) bilan so‘zning ma`nosi tinglovchiga yetadi,
tushuniladi. Demak, u so‘zning ma`nosi uchun, uning reallashuvi uchun xizmat
qiladi. So’zning ikki tomoni mavjud bo’lib, bu uning shakliy hamda ma’noviy
tomonlari hisoblanadi. Aynan. Mana shu ikki tomon leksikologiya bo’limining
asosini tashkil etadi. Demak, leksemaning birinchi tomoni uning shakliy jihati
bo’lsa, ikkinchi muhim belgisi ma`lum ma`noga egaligidir. Biz hozir aynan mana
shu ikkinchi jihat xususida fikr yuritmoqchimiz.
: σύν va ὄνυμα — bir nomli) — bir umumiy
maʼnoga ega boʻlgan (denotativ maʼnosi bir xil), qoʻshimcha (konnotativ)
maʼnosi (ekspressiv,) uslubiy va boshqa munosabat kabilarni ifodalovchi
xususiyatlari) bilan oʻzaro farqlanadigan til birliklari —
ibora, sintaktik
birlik va boshqa, boshqatdan, qayta, qaytadan, yangidan, yana, takror kabi
soʻzlari sinonim soʻzlar hisoblanadi. Bazi manbalarda: ”til birliklarining bir xil
maʼnoga ega boʻlish hodisasi sinonimiya deyiladi”- kabi qarashlar ham yo’q
emas. Bu hodisa qanday til birliklariga xosligiga qarab, lugaviy (leksik)
sinonimiya, frazeologik sinonimiya, sintaktik sinonimiya kabilarga boʻlinadi.
Oʻzaro sinonim boʻlgan soʻzlar guruhi sinonimik qator deyiladi. Sinonimik qator
ikki va undan ortiq soʻzlardan tashkil topadi. Masalan, buloq — chashma, ikki
soʻzdan; yuz, aft, bashara, bet sinonimik qator esa koʻp soʻzlardan tuzilgan. Koʻp
maʼnoli soʻzlar muayyan maʼnosi yoki maʼnolari bilan bir yoki birdan ortiq
sinonimik qatorga kirishi mumkin. Bitirmoq soʻzi bir maʼnosi bilan tugatmoq,
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
158
tugallamoq, tamomlamoq soʻzlari qatoriga, boshqa maʼnosi bilan esa ado qilmoq,
yoʻqotmoq, yoʻq qilmoq so'zlari qatoriga kiradi. Sinonimik qatordagi birinchi
soʻz dominanta (bosh soʻz ) hisoblanadi. Bosh soʻz, odatda, hozirgi adabiy tilga
mansubligi, emotsional boʻyoq, uslubga koʻra betarafligi va shu kabi
xususiyatlari bilan shu qatordagi boshqa soʻzlardan farqlanadi, hamda, xuddi
shu xususiyatlariga koʻra tilda boshqalariga nisbatan keng qoʻllanadi. Chiroyli,
goʻzal, husnli, husndor, xushroʻy, koʻhli, zebo, suluv, sohibjamol sinonimik
qatorda chiroyli soʻzi shunday belgilarga ega va bosh soʻz hisoblanadi. Qolgan
soʻzlar esa har biri oʻziga xos belgi-xususiyati bilan boshqalaridan farqlanadi:
goʻzal soʻzi belgini kuchli (yuqori) daraja bilan ifodalaydi; barno, zebo soʻzlari
koʻproq kitobiy uslubga ega, suluv soʻzi esa nisbatan kam qoʻllanadi va hokazo.
Nutqda sinonimlarning har biridan ularga xos belgi, xususiyatlarni hisobga olgan
holda foydalanish muhim ahamiyatga ega.
So‘zlar sinonimligida ularning ma’nosida bir xillik kuzatilsa-da, ulardagi
mazmuniy o‘ziga xoslik nutq jarayonida yoxud matn ichida ko‘zga tashlanadi:
Mukammal
ko‘rmoqchi bo‘ldik dunyoni,
Yetuk
bo‘lmadik o‘zimiz biroq.
O, yillar armoni, yllar armoni,
Armon ko‘rmadim men sizdan
buyukroq
.
So‘zlarning, ya’ni birdan ortiq so‘zning ma’no munosabati aynan bir
xillikka asoslangan sinonimlar tilshunoslikda absolyut sinonimlar deb ham
yuritiladi. Ularni ayrim tilshunoslar dublet deb ataydilar. Ba’zi ishlarda esa
ma’nolari ayni bir xil sinonimlar mavjudligini aytish bilan cheklanilgan; uni
absolyut sinonimlar deb ham, dublet deb ham atamagan. Aslini olganda,
absolyut sinonimlar va dublet terminlari bir xil ma’noga ega. Bu terminlar ostida
ifodalangan sinonimlar birdan ortiq so‘zning semantik tarkibi ayni bir xil
bo‘lishini bildiradi.
Hamma tilshunoslar tilda absolyut sinonimlar borligini birday qayd
etishmaydi. Rus semasologi D.N. Shmelov hatto “…tilda absolyut sinonimlar
bo‘lmaydi”,- degan fikrni bildiradi. (Fransuz tilshunosi Sharl Balli ham “Tilda
absolyut sinonim yo‘q”,-deb ta’kidlaydi).
O‘zbek tilida uchraydigan
lingvist-tilshunos, banker-hisobchi, qarsak-chapak,
shoti-narvon, sinchalak-chittak, o‘qituvchi-muallim, askar-soldat
kabi so‘z
juftliklari borki, ular ma’no jihatdan bir-biridan mutlaqo farq qilmaydi. Ular ayni
bir xil leksik ma’noga ega leksemalardir. Bu masalada A.P. Hojiyev o‘z fikrlarini
har tomonlama o‘ylab, ancha ehtiyotkorlik bilan bildiradi. “Agar hech qanday
farqli belgi bo‘lmasa, bunday sinonimlik (absolyut sinonim) o‘tkinchi holat…”,-
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
159
deydi. Uningcha absolyut sinonim tarkibidagi bir so‘z yo arxaiklashadi, yo
sherigiga nisbatan semantikasini bir jihati bilan farqlanadi. Bu so‘zlardagi
taraqqiyotni o‘zbek tili nuqtayi nazaridan ham aytish mumkin. O‘zbek tilida
tilshunosh va lingvist so‘zlari absolyut sinonimlar deb ko‘rsatib kelinadi. Lekin
hozirgi kunda
tilshunos
so‘zi umumso‘zlashuv tilida qo‘llanilsa,
lingvist
so‘zi
deyarli kitobiy leksikaga xoslanib bo‘lgan. Shu boisdan ham, hodisani absolyut
sinonim deb nomlashdan ko’ra, dublet termini maqbulroq ko’rinadi. Sababi
shundaki, malum bir qatordagi so’zlarning vaqt o’tishi biri ikkinchisiga nisbatan
xoslanishi yoki eskirishi mumkin, ammo tilda yashayveradi. Bu esa, tildagi
ijtimoiy maqbullilik bilan aloqadordir. Ijtimoiy maqbullilik tushunchasi tilning
rivojlanishi, uning yashashi uchun muhim omil hisoblanib,uning imkoniyatlarini
baholashga yordam beradi. Va bu hodisa, bizning nazarimizda, absolyut
sinonimiyaga qaraganda kengroq tushunchadir. Tilshunoslikdagi dublet hodisasi
xuddi sinonimlar yoki boshqa lisoniy munosabat turlari singari lisonimizda o’z
o’rniga va tayyor holda mavjud. Dublet hodisasi ham boshqa lisoniy munosabat
turlari kabi alohida tadqiq qilishga muhtoj.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Азим Ҳожиев. “Тилшунослик терминларининг изоҳли луғати”
Тошкент. «Ўзбекистон миллий енсиклопедияси» Давлат илмий нашриёти.
2.
Ҳозирги ўзбек адабий тили Ўзбекистон ССР “ФАН” нашриёти
Тошкент-1996. Абдураҳмонов Ғ. умумий таҳрири остида.
3.
Qo‘chqortoyev I. Lug‘aviy sinonimik vositalar va ularning asosiy turlari.
4.
Rahmatullayev Sh. “Hozirgi o’zbek adabiy tili” darslik. Toshkent. 2006.
5.
Arifdjanov
Zokir
Toxirovich.
Tilshunoslikda
variantdoshlik
hodisasi.T.2015.
6.
Jamolxonov H. “Hozirgi o’zbek adabiy tili” Toshkent. –Talqin. 2005