Авторы

  • Anvar Abulqosimov
    Guliston davlat universiteti Adabiyotshunoslik yo`nalishi 2-bosqich magistri

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mmms.52707

Ключевые слова:

badiiy mahorat obraz qissa poetik til obrazli tafakkur novatorlik.

Аннотация

Ushbu maqolada Abduqayum Yo`ldoshning “Timsohning ko`z yoshlari” qissasi tahlil qilingan bo`lib, undagi obrazlar poetikasi o`rganilishi davomida yozuvchining badiiy mahorati hamda asarda aks ettirgan obrazli tafakkur haqida mufassal va muxtasar tushuncha beriladi. Bundan tashqari, qissa janrining o`ziga xosligiga va obraz tushunchalarining paydo bo`lishiga ham birmuncha to`xtab o`tilgan.


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

105

ABDUQAYUM YO`LDOSH QISSALARIDA OBRAZLAR POETIKASI

Abulqosimov Anvar Abror o`g`li

Guliston davlat universiteti

Adabiyotshunoslik yo`nalishi

2-bosqich magistri

https://doi.org/10.5281/zenodo.14138215

Annotatsiya

. Ushbu maqolada Abduqayum Yo`ldoshning “Timsohning

ko`z yoshlari” qissasi tahlil qilingan bo`lib, undagi obrazlar poetikasi o`rganilishi
davomida yozuvchining badiiy mahorati hamda asarda aks ettirgan obrazli
tafakkur haqida mufassal va muxtasar tushuncha beriladi. Bundan tashqari,
qissa janrining o`ziga xosligiga va obraz tushunchalarining paydo bo`lishiga ham
birmuncha to`xtab o`tilgan.

Abstract.

In this article, Abdukayum Yoldosh's short story "Crocodile

Tears" is analyzed, and during the study of the poetics of the images in it, a
detailed and concise understanding of the writer's artistic skills and figurative
thinking reflected in the work is given. In addition, the uniqueness of the short
story genre and the emergence of image concepts are also discussed.

Kalit so`zlar:

badiiy mahorat, obraz, qissa, poetik til, obrazli tafakkur,

novatorlik.

Key words:

artistic skill, image, story, poetic language, figurative thinking,

innovation.

Badiiy adabiyotning salmoqli o`rnini egallagan qissa janrining paydo

bo`lishi o`zbek adabiyotining tarixiy ildizlariga borib taqaladi. “Qissayi
Sayfulmuluk”, “Qissayi Rabg`uziy” kabi namunalar bilan bir qatorda zamonaviy
qatlamda ham shu janrda yozilgan ko`plab asarlarni keltirish mumkin. Qissa
arabcha so‘z bo‘lib, «voqeiy hodisa yoki afsonalar bayon qilingan epik asar;
syujetning murakkabligi jihatidan romandan kо'ra soddaroq badiiy asar» XXI
asr qissachiligiga sezilarli hissa qo`shib kelayotgan yozuvchilardan biri
Abduqayum Yo`ldoshdir. Uning asarlaridagi obrazlilik shunisi bilan ajralib
turadiki, deyarli har birida sodda, ishonuvchan insonning qadr-qimmati, or-
nomusi va shular ketidan taqdiri qil ustiga olib boriladi. “Timsohning ko`z
yoshlari”, “Yulduzning yo`li”, “To`y”, “Sunbulaning ilk shanbasi” kabi qissalar
obrazlari yuqoridagi fikrning yaqqol dalili bo`la oladi.

Obraz so`zining lug`aviy ma`nosi “aks” bo`lib, biror narsaning aksi

tushunchasini ifodalaydi. Biroq badiiy obraz dunyodagi mavjudlikning yozuvchi
ko`zi va so`zi fokusidan o`tib qog`ozda aks etishidir. Unda ko`p narsa
borliqdagidek ko`rinishi yoki aksincha bo`lishi mumkin va bu yozuvchining
mahoratiga bog`liq bo`ladi. Asar o`quvchini qanchalik o`z domiga torta olsa,


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

106

unda aks etgan obrazlarda o`zining bir qismini his eta olsa, demak, badiiy
mahorat yetarli darajada ifodalangan bo`ladi. “Badiiy obraz borliqning (undagi
narsa, hodisa v.h.) badiiy asardagi aksi. Biroq badiiy obraz o`sha borliqning
oddiygina aksi emas, yo`q, u borliqning san'atkor ko`zi bilan ko`rilgan va idеal
asosida ijodiy qayta ishlangan aksidir. Bu aksda borliqning ko`plab tanish
izlarini topasiz, biroq bu endi biz bilgan borliqning ayni o`zi emas, balki
tamoman yangi mavjudlik — badiiy borliqdir” .
Abduqayum Yo`ldosh ham boshqa ijodkorlar qatori o`z borlig`ini o`z tili – poetik
tili bilan yaratadi. Poetik til deyilganda esa ko`pchilik tashbeh-u istioralar, ramz,
metafora, o`xshatish, har xil bezakdor va jimjimador so`zlar va iboralar orqali
so`zlashni tushunadi. Biroq aslida, poetic til deyilganda u umumxalq tiliga
asoslangan, obrazlilik va emotsionallik kabi xususiyatlarni o`zida
mujassamlashtirgan tushunchani anglashimiz zarur . “Timsohning ko`z yoshlari”
qissasida ham yozuvchi xalq tilidagi so`zlarni shu qadar obrazli ifodalaydiki, asar
personajlari bilan birga yig`lash, ularga achinish kabi tuyg`ularni beixtiyor
o`zingizda his qilasiz.
Asarda bir joyda ishlab, bir davrda yashaydigan va ikki xil dunyo bo`lgan ikki
ayol konfliktni yuzaga keltirgan. Haddan tashqari sodda, kamsuqum,
ishonuvchan Munisaning turli bid`atlarga ishonib, umrini boshqalarning
hayotlariga aralashish bilan o`tkazishga odatlanib qolgan Salomat opaga duch
kelishi yozuvchining shu kabi insonlarni xayol chig`irig`idan o`tkazib, qalam
charxi bilan yaratgan “borlig`i” deyishimiz mumkin. Asarning “Timsohning ko`z
yoshlari” deb nomlanishiyoq yozuvchining qandaydir chuqur maqsadni
ko`zlaganidan darak beradi. Chunki bu nshu jumla ko`pchilik tillarda mavjud
ibora bo`lib, “timsohlar oʻljasini tanovul qilayotganda yigʻlaydi, degan qadimgi
ishonchdan kelib chiqqan. Plutarx asarlaridan birida timsohning xatti-harakati
kimnidir oʻldirishga qasd qilib, keyin qurboniga motam tutadigan odamlarning
qilmishiga qiyoslanadi” .
“XVII asrdagi alifbo kitobida (lugʻatda) shunday deyiladi: “Timsoh suvda
yashovchi hayvondir. Qachonki insonni yesa, yigʻlaydi va qattiq boʻzlaydi, lekin
yeyishdan toʻxtamaydi. Tanasini boshidan uzar ekan, boʻzlab yigʻlaydi”.” Bundan
tashqari, tibbiyotda shu nomdagi kasallik ham mavjud bo`lib, u bir a`zoning
noto`g`ri davolanishi natijasida boshqalarining shikastlanishiga olib keladigan
sindromni anglatadi. Har ikkala ta`rif ham qissadagi obrazlarga mos va eng
to`g`ri tanlangan sarlavha ekanini bildiradi.
Asarda Salomat opa obrazi uning nazarida “baxti ochilmayotgan” qizlarga “yo`l”
ko`rsatish orqali ularni botqoqqa itarayotgan, lekin buni o`zi ham tushunib


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

107

yetmagan “timsoh” timsolidir. U Munisaning bir tashvishdan qutilishiga yordam
berish uchun bir umrlik dardga duchor qiladi. Bechora qizning boshiga tushgan
ishlardan xulosa chiqarmay, keyingi kelganlarga ham yana shu kabi
maslahatlarini kanda qilishdan qaytmaydi. Ya`ni timsoh kabi “yig`laydi,
bo`zlaydi…lekin yeyishdan to`xtamaydi…”
Munisa esa Cho`lpon tili bilan aytadigan bo`lsak, “bir somon parcha” va shunday
hayot yo`liga rozi bo`lgan og`ir-vazmin, dardga chidamli, oilaparvar, kattalarni
hurmat qiladigan, ishchan qiz. “Ingichka barmoqlari shu qadar nozik ediki,
qalamni sal qattiqroq qissa bas, ular duv tо‘kilib tushadigandek edi… Faqat
qizning katta-katta kо‘zlari odamga juda samimiy fikri ojizimcha, andakkina
g‘ussa aralash mayinlik bilan boqardiki, о‘lay agar, salgina fahm farosatdan
qisilmagan istalgan erkak qarshisida ma’suma ishonuvchan bir qushcha
turganini darhol his qilar – qо‘yar, inchunun, aynan ushbu taassurot tufayli
Munisaga nisbatan yomonroq xayolga borish imkoniyati deyarli yо‘qqa
chiqardi”. Yozuvchining Munisaning hislarini ifodalagan o`rinlari kam bo`lishiga
qaramay, uning xafaligi, hijolatli holatlari hamda yuqoridagi kabi portret
chizgilari orqali ifodalab beradi.
Qissada tushunish mumkin bo`lgan yana bir asosiy jihat – ijtimoiy turmush
tarzining qoralanayotgani; erkaklarning hodisalarga nisbatan befarqligi,
hammaning o`y-tashvishlari ish(hatto qora kun;ari uchun 3-4 so`m jamg`arib
qo`yolmaydigan)-yumush dangina iborat bo`lib qolayotgani masalasi ham
ko`ndalang qo`yilganidir. Hamma davrlarda tilga olinadigan ayollarning nolishi
va erkaklarning bepisandlik holatlari ham chetda qolmagan. Salomat opaning
pul topish, narx-navoning balandlab ketishi haqida qayg`urishlari, har xil
bashoratlar-u, tushlarga ishonib, ko`pincha kaltafahmlik bilan chiqaradigan
xulosalari shu toifa o`zbek ayollarining asarlardagi qiyofasiga aylanib ulgurgani
natijasidir. Demak, Salomat opa obrazi sinkretik shaklda namoyon bо‘lgan. Bu
xarakterga nisbatan bir vaqtning o`zida ham qoralash, ham achinish hissi paydo
bo`ladi. Ya`ni uning salbiy jihatlari deb sanayotganlarimiz u tomonidan ijobiy
deb baholanadi va bu sinkretizmni yuzaga keltiradi. Sinkretiklik bu
xarakterlardagi ijobiy va salbiy belgilarni bir-biridan ajratmay, ularni о‘zaro
uyg‘un va aralashib ketgan holda tasvirlashdir. Bu holat xalq og`zaki ijodida xalq
qahramonlarini tasvirlashda ko`plab uchraydi.
Xulosa qilib aytadigan bo`lsak, qissa Abduqayum Yo`ldoshning nafaqat badiiy
tafakkurini, balki ham ilmiy, ham ijtimoiy tafakkurini ham tajalliysi sifatida
paydo bo`lgan. Undagi har bir obraz kundalik hayotda uchraydigan kishilar
xarakterlarining umumlashma obrazini o`zida mujassamlashtirgan. Xususan,


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

108

bo`layotgan voqealarga qarshilik ko`rsatishni istaydigan, biroq o`z tinchligi
uchun ayrim o`rinlarda ko`z yumib ketishni afzal ko`radigan “muallif”, o`zining
tashvishlaridan ortib birovlarnikiga aralashadigan “timsoh”lar, doimiy ichki
qo`rquv bilan, haddan tashqari sodda, kamsuqum bo`lib yuradigan “qurbon”lar
asarda akslantirilgan.

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati:

1.Адабий тур ва жанрлар. 1-том, Тошкент, “Фан” н-ш., 1991 йил
2.Йўлдошев А. Тимсоҳнинг кўз ёшлари. Тошкент. Янги аср авлоди. 2003-
йил.
3.D.Quronov. Adabiyotshunoslikka kirish. www.ziyouz.com
4. Adabiyotshunoslik nazariyasi: Oliy o‘quv yurtlari uchun darslik/Mas’ul
murarrar: B. Valixo‘jayev. —Т.: A.Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 2004.
— 264 b.

Библиографические ссылки

Адабий тур ва жанрлар. 1-том, Тошкент, “Фан” н-ш., 1991 йил

Йўлдошев А. Тимсоҳнинг кўз ёшлари. Тошкент. Янги аср авлоди. 2003- йил.

D.Quronov. Adabiyotshunoslikka kirish. www.ziyouz.com

Adabiyotshunoslik nazariyasi: Oliy o‘quv yurtlari uchun darslik/Mas’ul murarrar: B. Valixo‘jayev. —Т.: A.Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 2004. — 264 b.