Авторы

  • Gulira’no Teshayeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mmms.52711

Ключевые слова:

1402 “anqara jangi” usmoniylar oltin o’rda

Аннотация

1402-yil 20-iyul kuni hozirgi Turkiya davlati hududida joylashgan Anqara shahri yaqinida asrning eng dahshatli muhorabalaridan biri bo‘lib o‘tadi. Zamonasining ikki buyuk davlati — Usmoniylar va Temuriylar saltanati qo‘shini shu yerda to‘qnashadi. 


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

50

AMIR TEMUR VA BOYAZID YILDIRIM O’RTASIDAGI

“ANQARA JANGI”

Teshayeva Gulira’no Asomiddin qizi

https://doi.org/10.5281/zenodo.13758038

Annotatsiya

1402-yil 20-iyul kuni hozirgi Turkiya davlati hududida joylashgan Anqara

shahri yaqinida asrning eng dahshatli muhorabalaridan biri bo‘lib o‘tadi.
Zamonasining ikki buyuk davlati — Usmoniylar va Temuriylar saltanati qo‘shini
shu yerda to‘qnashadi.

Kalit so’zlar:

1402, “anqara jangi”, usmoniylar, oltin o’rda

XV asrda Osiyoda ikki buyuk turkiy davlat tarix sahnasiga chiqadi. G‘arbda

buyuk

Saljuqiylarning

davomchisi

hisoblanuvchi

Usmon

I

asos

solgan Usmoniylar davlati kuchayib Kichik Osiyo va Bolqon yarimoroli ustidan
o‘z hukmronligini o‘rnatadi. Sultonlik juda tez yuksalib Yevropa va Vizantiya
hukmdorlarini tashvishga solib qo‘yadi. Sulton Boyazid I o‘zining Serbiya,
Bolgariya Qoraxoniylar ustidan qozongan shiddatli g‘alabalari tufayli
Yildirim (Yashin)

nomini

oladi.

Sultonning

Vizantiya

poytaxti Konstantinopolni qamal qilishi butun xristian dunyosini larzaga soldi.

Bu davrda Markaziy Osiyoda mo‘g‘ullar bosqinidan so‘ng yangi kuch —

Amir Temur boshliq Temuriylar davlati qad rostlagan edi. Sohibqiron deya
ulug‘langan Amir Temur o‘sha davrning eng kuchli davlatlaridan biri
bo‘lmish To‘xtamishxon boshliq Oltin O‘rda xonligini mag‘lub etgan, uning
hujumidan keyin bu ulkan davlat amalda parchalanib ketgandi. Amir Temurning
Gurjiston va Suriyani egallab olishi natijasida ikki buyuk turkiy davlat chegarasi
bevosita kesishadi.

Amir Temur Oltin O‘rda yurishini boshlayotgan paytda sulton Boyazid

I Yildirimga elchi yuborib, birga harakat qilishni taklif qiladi. Sharqona odob-
axloq qoidalariga amal qilgan amir sultonni “islomni g‘ayridinlardan himoya
qiluvchi, Ollohning qilichi” deya alqaydi. Amir Oltin O‘rdaga Usmoniylar
Bolqondan, o‘zi esa Kavkazdan hujum tashkillashtirmoqchi edi, ammo sulton
Boyazid I Amir Temurga qo‘pol va keskin javob xati yuboradi. Keyingi maktub
almashinuvlari ham shu tarzda yakun topadi.
Oltin O‘rda va mamluklarni mag‘lub etgach Amir Temur o‘zining keyingi raqibi
Boyazid I bo‘lishini biladi. Sohibqironga qarshi urush olib borgan Qora
Yusufning Boyazid I saroyidan panoh topishi aloqalarning so‘nggi iplarini ham
uzadi. Amir Temur sultondan Qora Yusufni unga topshirishni so‘raydi, rad


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

51

javobini olgan Amir Temur 1402-yilda Usmoniylar saltanati tomon yurish
boshlashga qaror qiladi.
Islom va turk olamining ikki buyuk sarkardasi, o‘z davrining eng qudratli
hukmdorlari Sohibqiron Amir Temur va Boyazid Yildirim (Yashinchaqnar)
qo‘shinlari 1402 yilning iyun oyi tongining birida Stella tog‘ yon bag‘rida
to‘qnash keldi. Jang Temur tomonidan qamal qilingan Anqara shahri uchun
kechdi...
XIV asr so‘nggiga kelib, usmonli turklar sultoni Boyazid Yildirim, Bolqonbo‘yi va
Kichik Osiyoning o‘lkan hududlarini o‘ziga bo‘ysundirib, o‘lkan saltanatga egalik
qila boshladi.
Boyazid o‘z saltanatini kengaytirayotgan bir vaqtda, O‘rta Osiyoda Amir Temur
o‘zining ulkan saltanatiga asos soldi. Ular o‘z zamonining yirik hukmdorlari,
qardosh millat va yagona din vakillari edi. Ikki yetakchi o‘rtasida o‘zaro hurmat
va do‘stona aloqalar o‘rnatilishiga hech narsa xalaqit qilmasdi. Biroq
Yaratganning hukmi boshqacha edi.
Temur Boyazid bilan jang maydonida to‘qnash kelguniga qadar unga bir necha
bora xat yozgani va javob olgani ma’lum. Temur har bir xatida usmonlilar
sultonini fikr-mulohazali siyosat yuritishga chaqirgan. Ikkala hukmdor ham bir
din va qardosh millat vakili ekanliklarini, Boyazid tomonidan o‘z himoyasiga
olingan Temur dushmanlarini unga qaytarilishini va ikki qudratli davlatlar
o‘rtasida do‘stona munosabatlar o‘rnatilishi zarurligini ta’kidlagan. Lekin dastlab
Temur fikrlariga xayrixoh fikrlar yozib javob yo‘llagan usmonlilar sultoni so‘nggi
xatlarida Temurga qarshi qo‘pol va nafsoniyatga teguvchi mazmundagi javoblar
yo‘lladi.
Sulton Boyazidni halokatga yetaklovchi eng asosiy xatolaridan biri – bu uning
Temur tobesi Qora Yusuf hukmronlik qilayotgan Erzinjon hududiga bostirib
kirgani bo‘ldi. Bunday holatdan g‘azablangan Temur Boyazidning yoniga elchi
yubordi va undan uzr so‘rashini talab qildi. Ammo kibrli va o‘ziga ishongan
Sulton Boyazid qudratli Temurga haqoratli javob qaytardi. Boyazid tahdidli
xatlari bilan diplomatik yozishmalarning barcha chegaralarini buzdi.
G‘azab otiga mingan Temur zudlik bilan usmonlilar ustiga yurish boshlashga
buyruq berdi. Tez orada Sohibqiron qo‘shini Kichik Osiyo hududlariga bostirib
kirdi. Ilk jang 1399 yilda Sivas shahri yonida bo‘lib o‘tdi. Ushbu jangda
Boyazidning o‘g‘li Sulaymon Temur qo‘shini bo‘linmalari bilan to‘qnashdi, Sivas
zabt etildi.
Boyazid Sivasdan 150 kilometr g‘arbda, otliq qo‘shinlari uchun noqulay bo‘lgan
o‘rmonzor va tog‘ yonbag‘rida Temur qo‘shinini kutib turdi. Sohibqiron


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

52

usmonlilar qo‘shini bilan u yerda jang qilishdan voz kechib, o‘z qo‘shinini Qizil
irmoq daryosining o‘ng sohilidan aylanib o‘tib, Boyazid qo‘shinining orqa
tomoniga o‘tib oldi va Anqarani orqa tomondan qamal qildi. Usmonlilar ortga
qaytishga va o‘zlari uchun noqulay sharoitda jang qilishga majbur bo‘ldi. Anqara
uchun bo‘lib o‘tgan jang 1402 yil iyun oyining tongida, Stella tog‘i yonida, Sulton
Boyazid qo‘shinining hujumi bilan boshlandi.
Jangda ikki tomondan har birining 200 mingdan ortiq jangchilari ishtirok etdi.
Usmonlilar Amir Temur qo‘shinining o‘ng qanotidan hujum qildi va uning orqa
tarafiga o‘tib, asosiy kuchlarini zaxira qismlardan ajratib qo‘ymoqchi bo‘ldi.
Lekin bu hujumni Temurning otliq bo‘linmasi qaytara oldi. Shundan so‘ng
Temurning o‘ng qanotdagi qo‘shini to‘xtovsiz qarshi hujumga o‘tib,
usmonlilarning asosiy kuchlarini zaxira qismlardan ajratib qo‘ydi va uni qurshab
oldi. Temurning o‘rta va chap qanot qismlari ham hujumga o‘tib, sulton
qo‘shinining ikkala qanotini tor-mor etdi. Boyazidning markazdagi sara,
Yanichar askarlari ham yanchib tashlandi. Sulton Boyazidning omon qolgan
askar va sarkardalari har tarafga qarab qocha boshladi. Usmonlilarning uch
shaxzodasi ham otalarini tashlab qochishni afzal ko‘rdilar.
Boyazidning sodiq sarkardalari sultonga, jang taqdiri hal bo‘lganini va unga
qochishni maslahat berdi. Biroq sulton qochishdan bosh tortdi. Dushman
qurshovida qolib ketgan Sulton Boyazid yarim tungacha dushman bilan ayovsiz
jang olib bordi. Yarim tunda uning oti yiqildi va Temur jangchilari Boyazid
Yildirimni asir oldi. Murosasiz va shafqatsiz kechgan jang usmonli turklarning
mag‘lubiyati bilan yakunlandi. Usmonli turklar davlati to‘liq Amir Temur
ixtiyoriga o‘tdi. Boyazid qo‘shinining uchdan ikki qismi jang maydonida yo‘q
qilindi. Sohibqiron esa qo‘shinining sakkizdan bir qismini yo‘qotdi.
Asirlikka chiday olmagan, mag‘rur Boyazid ko‘p o‘tmay vafot etdi. Amir Temur
Boyazid saltanatini uning o‘g‘illari o‘rtasida bo‘lib berib, ortga qaytdi.
Anqara uchun bo‘lib o‘tgan ushbu jang o‘z davrining eng yirik ikki qo‘shini
to‘qnashuvi edi. Mazkur jang ikki turkiy qavmning to‘qnashuvi edi. Jang
natijasiga ko‘ra, Yevropa mamlakatlari kuchayib borayotgan usmonli turklar
tahdididan qutulib qoldi va o‘zlarini o‘nglab olish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Boyazid Yildirim mag‘lubiyati usmonlilar tomonidan Konstantinopolning
(hozirgi Istambul) zabt etilishini 50 yilga kechiktirdi

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Ibn Arabshoh, Ajoyib al-maqdur fi tarixi Taymur, T., 1992;

2.

Shomiy Nizomiddin, Zafarnoma, T., 1996;

3.

Dadaboyev H., Amir Temurning harbiy mahorati, T., 1996.

4.

Hamidulla Dadaboyev.

Библиографические ссылки

Ibn Arabshoh, Ajoyib al-maqdur fi tarixi Taymur, T., 1992;

Shomiy Nizomiddin, Zafarnoma, T., 1996;

Dadaboyev H., Amir Temurning harbiy mahorati, T., 1996.

Hamidulla Dadaboyev.