MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
31
TOG‘AY MURODNING „OYDINDA YURGAN ODAMLAR”
QISSASIDAGI GRADUONIMLAR
Narbayeva Xosiyat
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Turkiy tillar fakulteti O‘zga
tilli guruhlarda o‘zbek tili ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.11542260
Annotatsiya:
Tilshunoslikni adabiyot bilan integratsiya qilgan holda
tadqiqi qilish sohada katta muvaffaqiyatlar eshigini ochadi. Ushbu maqolada
Tog‘ay Murodning „Oydinda yurgan odamlar” qissasida uchraydigan
graduonimlarga misollar keltirildi.
Kalit so‘zlar:
Tilshunoslik, sinonimlar, darajalanish, graduonimlar, Tog‘ay
Murod, „Oydinda yurgan odamlar” qissasi.
Abstract:
Research integrating linguistics with literature opens the door
to great success in the field. In this article, examples of graduonyms appearing in
Togai Murad’s story „People walking in the moon” are given.
Key words:
Linguistics, synonyms, gradation, graduonyms, Togai Murad,
the story „People walking in the moon”.
Til va adabiyot bir-biri bilan chambarchas bog‘liq. Badiiy asarda tilning
barcha jihatlari aks ettiriladi. Asarda barcha uslublarga xos so‘zlarni, sheva
so‘zlarini va neologizmlarni ham uchratamiz. Shuningdek asarni yozish
jarayonida ijodkor bir xil so‘zlardan foydalanishdan qochadi va ko‘proq
sinonimlardan, ibora va maqollardan hamda ko‘chma ma’noli so‘zlardan
foydalanadi. Tilshunoslikka oid tadqiqotlarni adabiyot bilan bog‘lab tadqiq
qilinsa, ko‘plab muvaffaqiyatlarga erishiladi. Tilning qanchalik boyligi
sinonimlarning ko‘pligi bilan o‘lchanadi. Sinonimlar bir xil ma’no anglatuvchi
so‘zlar hisoblanadi. Lekin, sinonimlar ma’nolarning kuchayib borishi ya’ni
darajalanishi jihatidan bir-biridan biroz farq qiladi. Masalan: Yurmoq,
yugurmoq, chopmoq; jilmaymoq, kulmoq, xoxolamoq kabi. Shuningdek
sinonimlar bir xil ma’no anglatsa ham uslublarda birdek qo‘llanilmaydi.
So‘zlarning darajalarga egalariga graduonimlar deyiladi. Graduonimiya —
leksemalarning ma’no guruhlari a’zolarida u yoki bu belgining darajalanishi.
Bunday darajalanish oppozitsiyaning (zidlanishning) bir turi deb qaraladi va shu
qatordagi bosh soʻzga nisbatan belgilanadi. Masalan: «yosh» belgisiga koʻra
(bosh soʻz ajratib koʻrsatilgan): buzoqtana-gʻunajin-sigir; qiz-juvon-ayol,
“Belgi”dagi darajalanish asosida: chiroyli-suluv-ko‘rkam-zebo; «siljish sur’ati»
belgisiga koʻra: yurmoq-chopmoq-yugurmoq-yelmoq kabi.
1
1
1
H. Jamolxonov “Hozirgi oʻzbek adabiy tili” Toshkent “Talqin” - 2005
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
32
Togʻay Murodning „Oydinda yurgan odamlar” asaridagi graduonimlarni
koʻrib chiqamiz. Togʻay Murodga yangilik kashf etuvchi, yangi yoʻl ochuvchi deb
ham ta’rif beriladi. Togʻay Murod 1948-yil Surxondaryo viloyatining Denov
tumanida joylashgan Xoʻjasoat qishlogʻida tugʻilgan. Togʻay Murod „Yulduzlar
mangu yonadi”, „Ot kishnagan oqshom”, „Oydinda yurgan odamlar” hamda
„Momo yer qo‘shigʻi” nomli qissalari hamda „Otamdan qolgan dalalar” nomli
romanlar muallifidir. Bu asarlar kitobsevarlarning sevimli asarlari qatoridan joy
olgan. Togʻay Murod „Oʻzbekiston xalq yozuvchisi” unvoniga sazovor boʻlgan.
„Otamdan qolgan dalalar” romani uchun Abdulla Qodiriy nomidagi Davlat
mukofoti bilan taqdirlangan
2
Bu romanda uch avlod hayoti tasvirlangan. Togʻay
Murodning yana bir mashhur qissasi „Oydinda yurgan odamlar” qissasidir. Bu
qissada Qoplonbek va Oymomoning hayoti tasvirlangan. Asarda Oymomo va
Qoplonbekning farzandsizlikda oʻtkazgan yillari haqida soʻz boradi. Quyida shu
qissada keltirilgan graduonimlarga misollar keltirildi. Masalan:
qahqah(a)lamoq-
xaxolamoq-miyigʻida kulmoq-qiqirlamoq-hiringlamoq-tirjaymoq-iljaymoq.
Bu
sozlar asarda quyidagicha keltirilgan: Boʻzbolalar gʻolibona
qah-qah urdi
[3:19b].
Nurmat kosa yelkasiga qarab, oʻzi-da
xaxolab
kulib yubordi[3:90b].
Qayinsinglisiga tikildi-tikildi,
miyigʻida kuldi
-
kuldi
[3:11b]. Ana shunda
chimildiqdan
qiqir-qiqir kulgi
keldi [3:18b]... Bola yer sapchidi,
hiringlab kuldi
[3:30b]. Nimaga
tirjayasizlar
, - dedi kosa, - koʻrgan boʻlsalaringiz aytingizlar-
da[3:90b]! U Yunus Rajabiy ashula aytganda
iljayuvchi
odamni otishga oʻqi
bolmaydi [3:7b].
Bugun-erta.
Ayoling bugun u deydi,
ertaga
bu deydi[3:49b]...
Katta-mimit(kichkina). Keyin, Xushvaqtni katta qilamiz[3:32b]. Kenja, mimit
qoʻllarini choʻza berdi-choʻza berdi[3:11b].
Tirqish-daricha-deraza-eshik-
darvoza
. Keyin, darvoza
tirqishidan
moʻraladi [3:90b]. Shu vaqt
daricha
gʻiyqillab
ochildi[3:78b]. Uy
derazalarini
ochdi[3-85b].
Eshik
-orani supurdi[3:85b].
Oymomo onamiz
darvoza
tabaqalarini qars-qars yopdi[3:94b].
Joʻja-tovuq.
Makiyon ketida olam-jahon
joʻja
odimladi[3:40b]. Hovli toʻla oq
tovuq
boʻldi[3:53b]!
Bahor-yoz-kuz-qish
. Fasllar ranglarga moʻl boʻldi:
bahor
gulzor,
yoz
oftob,
kuz
munis, qish marmar[3:21b]...
Yigʻlamoq-bigʻillamoq-hoʻngramoq.
Yigʻlab-yigʻlab uxlab qoldi[3:94b]. Robiya hamsoyasi goʻdagi bigʻ-bigʻ
yigʻladi
[3:108b]. Peshonasini bilaklariga qoʻydi-da...
hoʻngrab
yigʻlab
yubordi[3:47b]!
Odimlamoq-yurmoq-chopqillamoq
. Qimmat momo Olapardan
hadiksirab
odimladi
[3:94b]. Ayollar uyma-uy
yurib
, sumalak tarqatdi[3:84b].
Zarb bilan
chopqillab
bordi
[3:31b].
Qozon-doshqozon
.
Qozon
toʻla osh boʻlsin,
yostiq toʻla bosh boʻlsin, deyapmiz[3:49b]. Maysazor adirlarda
doshqozonlar
2
Sh. Sariyev Adabiyot (Metodik qo
‘llanma) Toshkent „Yangi kitob” 2018
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
33
osildi[3:66b].
Yomgʻir-sel
. - Jumada kelsa,
yomgʻir
moʻl-koʻl boʻladi[3:67b]. Bu
yogʻi, Lokkasoydan
sel
chiqqan[3:46b].
Dushanba-seshanba-chorshanba-
payshanba-juma-shanba-yakshanba.
Navroʻz
dushanba
kuni kuni kelsa-da yaxshi
boʻladi[3:67b]. Inshoollo, Navroʻz bu yil
seshanba
kuni kelar boʻlibdi-da, aqllar?
dedi Umarxon eshon[3:66b]. - Navroʻz
chorshanbada
kelsa, yil qimmatchilik
boʻladi[3:67b].
Payshanbada
kelsa, dardmanlik koʻp boʻladi[3:67b].
Jumada
kelsa, yomgʻir moʻl-koʻl boʻladi[3:67b]. - Navroʻz
shanba
kuni kelsa... oʻgʻri-
muttahamlar yili boʻladi, mushtumzoʻrlar yili boʻladi[3:67b].
Yakshanba
kuni
kelsa, koʻp binoyi boʻladi[3:67b].
Qoʻy-sovliq-qoʻzi.
Qoʻy
sogʻaman qoʻshoqda,
turey-turey[3:100b].Onamiz
sovliq
sogʻib boshladi[3:100b].
Qoʻzini
koʻtarib
borib, qoshida quchoqlab oʻtirdi[3:100b]. Barmoqday ilon-bilakday ilon.
Barmoqday ilonlar, bilakday ilonlar, yoʻgʻon odam soniday ilonlar[3:60b]!
Qaramoq-alanglamoq-termilmoq-tikilmoq
.
Biz
u
tikilmish
tarafga
qaraymiz
[3:6b]. Ot orib-orib, tevarakka
alanglaydi
[3:7b]. Bobotogga
termilib
-
termilib
aytadi[3:7b]. Bir nuqtaga
tikiladi
[3:5b].
Chayla-uy-hovli
. Sargʻaydi-
sargʻaydi, yolvordi-yolvordi boshi yetmish shu joy shu
chayla
boʻldi[3:120b].
Boʻlak
uyda
oʻtirmish boʻlak domla oldiga keldilar[3:16b]. Ota-ona kuyov-qayliq
uchun boʻlak
hovli
solib berdi[3:38b].
Nevara-chevara
. Uylantiramiz-
joylantiramiz,
nevara-chevara
koʻramiz[3:32b].
Nimqorongʻi-qorongʻi
.
Nimqorongʻi
uyga kirib bordi[3:53b].
Qorongʻi
tushdi[3:23b].
Uzum-mayiz
.
Oqibat
uzumi
mayda-mayda boʻladi[3:50b]. Kuzda
mayiz
qilinajak oʻchoq oldiga
olib borib osdi[3:50b].
Novda-terak
.
Novda
toʻrtinchi boʻgʻindan qaychi
soldi[3:50b]. Gʻojir
terak
boʻyi koʻtarildi[3:41b].
Salqin-sovuq-qahraton.
Yellar
salqin
boʻldi, yellar sokin boʻldi[3:39b]. Qishda iliq boʻldi, yozda
sovuq
boʻldi[3:59b]. Aybi,
qahraton
sovuq boʻladi[3:67b].
Ogʻrimoq-zirqiramoq
. Qoplon
oyogʻida
ogʻriq turdi
[3:39b]. Iliklari qizidi, iliklari
zirqiradi
[3:39b].
Issiq-iliq.
Nafaslaringizni
issiq
qilingizlar[3:49b]... Qishda
iliq
boʻldi, yozda sovuq
boʻldi[3:59b].
Kun-hafta-oy-yil-asr.
Mana, necha yilkim, mungayib
kun
koʻradi[3:44b].
Bir haftalarda
bugʻdoy koʻm-koʻk maysa boʻlib undi[3:79b].
Quyosh har burjni
bir oy
mobaynida aylanib otadi[3:64b]. Qorabuloq
yillar
mobaynida oʻzanini katta oldi[3:59b]. Mana, ikki
asrdirkim
, Qorabuloq quyidan
yuqorilab oqdi[3:59b].
Asarlarni oʻqish jarayonida turli xil soʻzlarni, ibora, maqol va matallarni
ham uchratishingiz tabiiy. Asarlarni oʻqish orqali soʻz boyligi ham ortadi hamda
soʻzlarni oʻz oʻrnida qoʻllash koʻnikmalari shakllanadi. Graduonimlarni asarlarda
oʻrganish juda ham zavqli va samaralidir. Bunday tadqiqotlar bilan har birimiz
tilimiz rivoji uchun oʻz hissamizni qoʻshishimiz lozim.
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
34
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Jamolxonov H. Hozirgi o‘zbek adabiy tili Toshkent - „Talqin” - 2005
2.
Sharif Bobojonov Ikrom Ismoilov O‘zbek tilining so‘zlar darajalanishi
o‘quv lug‘ati „Yangi asr avlodi” Toshkent -2007
3.
Sh. Sariyev Adabiyot (Metodik qo‘llanma) Toshkent „Yangi kitob” 2018
4.
Tog‘ay Murod „Oydinda yurgan odamlar” Toshkent: Nurafshon-kitob-
ta’minot, 2022.