MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
54
O‘ZBEKISTONDA QISHLOQ XO‘JALIGI SOHASINI
MOLIYALASHTIRISH AMALIYOTI (Toshkent viloyati kesimida)
Usmonov Jasur Anvar o‘g‘li
O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi magistranti
tel: 90 167-87-75;
e-mail: usmonovj511@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.14554880
Qishloq xo‘jaligi sohasi — bu mamlakatda dehqonchilik, chorvachilik,
o‘rmonchilik, baliqchilik, meva-sabzavotchilik, paxta va boshqa agroqishloq
mahsulotlarini yetishtirishga qaratilgan faoliyat hisoblanadi. Qishloq
xo‘jaligi — iqtisodiyotning muhim sohalaridan biri bo‘lib, u xalq xo‘jaligida
oziq-ovqat ishlab chiqarish, xom ashyo bilan ta‘minlash, ish o‘rinlari yaratish,
yashash sharoitlarini yaxshilash va boshqa ko‘plab ijtimoiy va iqtisodiy
masalalarni hal qilishda katta rol o‘ynaydi.
Bugungi kunda Toshkent viloyati mahalliy budjetidan quyidagi qishloq
xo‘jaligi tashkilotlari moliyalashtiriladi:
- Toshkent viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi va uning hududiy
bo‘linmalari;
- o‘rmon xo‘jaligi tashkilotlari;
- suv xo‘jaligi tashkilotlari;
- Toshkent viloyati Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish
boshqarmasi va uning hududiy bo‘linmalari;
- O‘simliklar karantini va himoyasi agentligining Toshkent viloyati chigirtka
va tut parvonasiga qarshi kurashish xizmati;
- Toshkent viloyati O‘simliklar karantini hududiy inspeksiyasi;
- Toshkent viloyati Hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat
mahsulotlari xavfsizligi davlat markazi;
- Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasi Toshent viloyati
hududiy boshqarmasi;
- Toshkent viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish
boshqarmasi;
- Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari huzuridagi
fermer xo‘jaliklarida buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish markazlari.
2024-yilda Toshkent viloyati mahalliy budjetidan moliyalashtiriladigan
budjet tashkilotlari soni jami 102 tani tashkil qilib, 2024-yil uchun
247 113 mln.so‘m mablag‘ ajratilgan. Jumladan, qishloq xo‘jaligi tashkilotlari
uchun 2022-yilda 2 270 mln.so‘m manlag‘ ajratilgan bo‘lsa, 2024-yilga kelib bu
mablag‘ miqdori 14 894 mln.so‘mga yetkazilib, 6,5 baravarga oshgan. 2022-yilda
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
55
veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish sohasi uchun 4 715 mln.so‘m,
mablag‘ ajratilgan bo‘lib, 2024-yilda 3,2 baravarga oshib 15 383 mln.so‘mni
tashkil etgan (1-jadval).
1-jadval
Toshkent viloyati mahalliy budjetidan 2022-2024-yillarda qishloq
xo‘jaligi tashkilotlariga ajratilgan mablag‘lar to‘g‘risida ma’lumot
(
ming.so‘mda
)[1]
№ Tashkilot nomi
2022-yil 2023-yil
2024-yil
1
Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi
2 270
2 673
14 894
2
O‘simliklar karantini hududiy
inspeksiyasi
17 626
19 816
22 181
3
Irrigatsiya
tizimlari
havza
boshqarmasi
118 244 161 437
69 453
4
Pillachilik
va
qorako‘lchilikni
rivojlantirish
qo‘mitasining
hududiy
bo‘limlarini
saqlash
xarajatlari
153
171
206
5
Ekologiya va atrof muhitni himoya
qilish
Boshqarmasi
7 776
8 712
9 523
6
O‘rmon xo‘jalik boshqarmasi
72 979
102 139
107 108
7
Veterinariya va chorvachilikni
rivojlantirish boshqarmasi
4 715
7 406
15 383
8
Agrosanoat
majmui
ustidan
nazorat qilish
inspetsiyasining
hududiy
boshqarmasi
7 117
7 804
8 365
Jami
230 880 310 158
247 113
Yuqoridagi jadval ma’lumotlaridan ma’lumki, 2022-yilda Irrigatsiya
tizimlari havza boshqarmasi uchun mahalliy budjetdan ajratilgan mablag‘lar
118 244 ming so‘mni tashkil etib, 2023-yilda 161 437 ming so‘mni tashkil etgan
va 1,4 baravarga oshgan. Lekin 2024-yilda 69 453 ming so‘m mablag‘ ajratilgan.
Buning asosiy sababi sifatida 2024-yildan suv resurslaridan foydalanganlik
uchun soliqdan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga tushgan
tushumlarning 40 foizi suv yetkazib berish xizmatlari faoliyatini
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
56
moliyalashtirish, ularga tegishli obyektlarni saqlash va texnik holatini yaxshilash
xarajatlariga yo‘naltirilganligini ko‘rishimiz mumkin.
Oxirgi yillarda qishloq xo‘jaligi sohasida ko‘plab islohotlar amalga
oshirilmoqda, jumladan, 2024-yilda mamlakatimizda suv resurslaridan unumli
foydalanish, suvdan foydalanish madaniyatini oshirish yo‘li bilan fuqarolar
tasavvuridagi “suv-tekin” tushunchasidan voz kechish, shuningdek suvni
tejaydigan xalqaro sdandartlarga mos sug‘orish texnologiyalarini joriy etishni
kengaytirish maqsadida:
- suv xo‘jaligi tashkilotlari tomonidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab
chiqaruvchilarga suv yetkazib berish xizmatlari uchun to‘lovlar bekor qilindi;
- Suv xo‘jaligi vazirligining tuman irrigatsiya bo‘limlari hamda maxsus
xizmatlari negizida Suv yetkazib berish xizmati davlat muassasalari tashkil
etildi;
- suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqdan Davlat budjetiga
tushgan tushumlarning 40 foizi Suv yetkazib berish xizmatlari faoliyatini
moliyalashtirishga yo‘naltirilishi belgilandi.
Shuningdek, suv tejaydigan sug‘orish texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha
loyihalarni amalga oshirish uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab
chiqaruvchilarga suvkredit.uz platformasi orqali 5 yil muddatga, shundan 2
yillik imtiyozli davr bilan yillik 14 foiz stavkada kreditlar ajratilishi, suvni
tejaydigan sug‘orish texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha xarajatlarning bir
qismini qoplash uchun subsidiyalar qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab
chiqaruvchilarga ushbu texnologiyalar joriy qilingan yilning o‘zida to‘liq
miqdorda ajratilishi suv xo‘jaligi sohasini rivojlantirish yo‘lida xalqimizga
bo‘lgan yengilliklar hisoblanadi.[2]
2025-yilda qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirish doirasida bir qator
ishlar amalga oshirilishi ko‘zda tutilmoqda:
- 100 ming gektar maydonda tezpishar, hosildorligi va tola sifati yuqori
bo‘lgan yangi g‘o‘za navlarining joylashtirilishi va har bir hududda 500 gektar
yer maydonida Xitoy texnologiyasining joriy etilishi hisobiga qishloq xo‘jaligi
samaradorligini oshirish;
- yirik kanallarni betonlashtirish orqali suv yo‘qotishlarni qisqartirish;
- 2022-2023-yillarda aholiga uzoq muddatli ijara asosida auksion
savdolarida ajratilgan 200 ming gektar yer maydonlarida “bir kontur-bir
mahsulot” dasturida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish orqali tarmoqda
o‘sish sur’atlarini ta’minlash;
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
57
- JST talablaridan kelib chiqib, qorako‘lchilik subyektlariga ular tomonidan
eksport qilingan qorako‘l va qorako‘lcha teri uchun subsidiya ajratish
amaliyotini bekor qilish;
- meva-sabzavotchilik klasterlarga (kooperatsiyalarga) xorijdan malakali
agronom, entomolog va laboratoriya mutaxassislarini jalb qilish xarajatlarining
50 foizini qoplash uchun budjetdan ajratilayotgan subsidiyalar 2022-2024-yillar
davomida umuman o‘zlashtirilmaganligi sababli ushbu amaliyotni bekor
qilish.[3]
Xulosa qilib aytganda qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirish
mamlakatimiz iqtisodiyotining asosiy tarmoqlaridan biri bo‘lib, uning
samaradorligini oshirish va barqaror rivojlanishini ta’minlash muhim
ahamiyatga ega. Qishloq xo‘jaligi sektorini rivojlantirish mamlakatning oziq-
ovqat xavfsizligini ta’minlash va qishloq hududlarida yashovchi aholining
faravonligini oshirish uchun muhim hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashining 2022-yil 8-yanvardagi
“Toshkent viloyatining 2022-yilgi mahalliy budjetini tasdiqlash to‘g‘risida”gi
2.
VI-44-4-10-0-K/22-son, 2023-yil 6-yanvardagi “Toshkent viloyatining
2023-yilgi mahalliy budjetini tasdiqlash to‘g‘risida”gi VI-67-1-10-0-K/23 son va
2023-yil
3.
29-dekabrdagi “Toshkent viloyatining 2024-yilgi mahalliy budjetini
tasdiqlash to‘g‘risida”gi VI-85-121-10-0-K/23-sonli qarorlari.
4.
www.kun.uz – veb sayti ma’lumotlari.
5.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil
uchun davlat budjeti hamda soliq siyosati loyihasi.