Авторы

  • Sultonposhsha Jovliyeva
    Shahrisabz davlat pedagogika Instituti tillar fakulteti 1-kurs 2-24 guruh talabalari
  • Madina Imomqulova
    Shahrisabz davlat pedagogika Instituti tillar fakulteti 1-kurs 2-24 guruh talabalari

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mmms.82949

Ключевые слова:

Maks Sheler Filosof Estetika Etika Tafakkur Aristotel Platon Mantiq Kant Suqrot Demokrit

Аннотация

Ushbu maqolada inson falsafasi va falsafiy antropologiya haqida so‘z yuritiladi. Inson falsafasi, insonning mavjudligi, mohiyati, maqsadi va uning dunyo bilan munosabati haqidagi asosiy savollarni o‘rganadi. Bu yo‘nalish nafaqat insonning biologik jihatlarini, balki uning ma'naviy, axloqiy va intellektual tomonlarini ham tahlil qilinadi.


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

5

INSON FALSAFASINING YOSHLAR MA’NAVIYATIGA TA’SIRI

(FALSAFAVIY ANTROPOLOGIYA)

Jovliyeva Sultonposhsha

Imomqulova Madina

Shahrisabz davlat pedagogika Instituti tillar fakulteti

1-kurs 2-24 guruh talabalari

Email:Jovliyevasultonposhsha@gmail.com

Email:madinaimomqulova70p550db@

https://doi.org/10.5281/zenodo.15321057

Anotatsiya

Ushbu maqolada inson falsafasi va falsafiy antropologiya haqida so‘z

yuritiladi. Inson falsafasi, insonning mavjudligi, mohiyati, maqsadi va uning
dunyo bilan munosabati haqidagi asosiy savollarni o‘rganadi. Bu yo‘nalish
nafaqat insonning biologik jihatlarini, balki uning ma'naviy, axloqiy va
intellektual tomonlarini ham tahlil qilinadi.

Kalit so’zlar

: Maks Sheler, Filosof, Estetika, Etika, Tafakkur, Aristotel,

Platon, Mantiq, Kant, Suqrot, Demokrit,

Аннотация

В данной статье рассматриваются философия человека и философская

антропология. Философия человека исследует основные вопросы
существования, сущности, цели человека и его отношения с миром. Это
направление изучает не только биологические аспекты человека, но и его
духовные, этические и интеллектуальные стороны.

Ключевые слова:

Макс Шелер, философ, эстетика, этика, мышление,

Аристотель, Платон, логика, Кант, Сократ, Демокрит.

Abstract

This article discusses philosophy of human beings and philosophical

anthropology. The philosophy of human beings explores the fundamental
questions of human existence, essence, purpose, and its relationship with the
world. This field examines not only the biological aspects of humans but also
their spiritual, ethical, and intellectual dimensions.

Keywords:

Max Scheler, Philosopher, Aesthetics, Ethics, Thinking, Aristotle,

Plato, Logic, Kant, Socrates, Democritus.

Kirish

: Inson borlig‘i tabiiy rivojlanishning butunlay yangi, yuqoriroq

bosqichi ham tegishli va uning tabiiy jismoniy, biologik asosi hisoblanadi. Falsafa
tarixida inson individualligining ichki, yashirin holatini aks ettiruvchi «jon» va
«ong» tushunchalarining tahliliga alohida etibor qaratilgan edi.Suqrotning
shogirdi Aflotun insonning ruhi o’lmaydi,u har gal yangi tanaga ko’chib o’tadi,


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

6

deb tahmin qilgan edi. Insonning o’zini o’rab turgan atrof dunyoni o’rganishga
urinishi bu ruhning tanga korguniga qadar mushohada etgan abadiy g’oyalar
olami haqidagi xotiralardir.Aflotun uchun inson ideali donishmand faylasuf
bo’lib uning ruhi ko’p sayr qilgan va shu sabali uning bilimlari eng to’g’ri va
qimmatlidir. Bunday komil faylasufi Arastu ,,O’zini tafakkur etuvchi” deb atalgan
edi. Inson haqidagi ta’limotni rivojlantirishdagi antik antik materalistik
Demokrit, Epikur, Lukretsiy Kar va boshqalar salmoqli hissa qo’shdilar.
Ularning qarashlariga ko’ra inson hayotining maqsadi ongli lazatlanish azob
uqubatlarga chap berish ruhning sokin vat inch holatga erishishdir. Shu sabali
ular falasfaning asosiy vazifasi insonga baxtli bo’lish yo’lini ko’rsatishdan iborat
deb hisoblaganlar. Ularning fikricha. Jon ayrim atomlardan tashkil topgan va
o’limiga mahkum, tana halokatga uchraganda so’ng atomlar yemiriladi. Inson
o’limidan qo’rqmasligi kerak, zero toki u hayot ekan o’lim yo’q, o’lim kelganda
esa inson yo’q bo’ladi.Umuman olganda antik falsafa ,,Inson nima “ degan
savolga javob bermadi, balki ana shu kuntartibga qo’ydi.[1]

Tahlil va natijalar.

Ilmiy falsafa esa tabiatning mavjudligi insonga, uning

ongi va sezgisiga bogiiq emas, deb uqtiradi. 0‘tmishda Yer shunday bir holatda
boiganki, unda o'zining sezgilari va ongiga ega boigan inson u yoqda tursin,
hatto boshqa har qanday jonli mavjudotlaming ham yashashi uchun hech bir
imkoniyat boimagan. Yer, Quyosh sistemasi, umuman, tabiat har qanday ongdan
tashqarida va unga bogiiq boimagan holda mavjuddir. Kishi ongi tabiat
taraqqiyotining faqat muayyan bosqichi-dagina uning mahsuli sifatida vujudga
kelgan.[2] Ongdan tashqarida va unga bogiiq boimagan holda mavjud boigan
tabiatning na boshi, na oxiri, na ibtidosi va na intixosi bor. Hozirgi zamon fanlari
olamning, tabiatning cheksiz, benihoyaligi to'g'risidagi yangidan-yangi dalillar
bermoqda. Fan sohasidagi yutuqlarning ko'rsatishicha, bizning galaTabiat, butun
moddiy olam doimiy harakatda, to'xtovsiz o'zgarish va rivojlanishdadir.
Mavjudotdagi barcha jismlar Oy, Quyosh, sayyoralar, meteoritlar fazoda doimiy
ravishda harakatda. Tabiatning, materiyaning fazoda cheksiz va vaqtda abadiy
bo‘lgan tinimsiz harakati jarayonida ba’zi bir narsalar emiriladi, yangilari paydo
bo‘ladi. Tabiatning milion yillar davomidagi tadrijiy taraqqiyoti jarayonida
jonsiz dunyodan jonli dunyo kelib chiqqan. Jonli dunyoning paydo bo'lishi
tabiatning, materiyaning cheksiz koinotdagi taraqqiyotidan kelib chiqishi
mumkin bo'lgan oqibatlardan biridir. Jonli materiya keyinroq yuz bergan
hodisalar, uzoq davom etgan taraqqiyot samarasidir. Jonli tabiat ham jonsiz
tabiat ham doimiy harakatdadir. Lekin harakat ulaming har ikkalasida ham biroz
boshqacharoq shaklda amalga oshadi.[3] Hayot tabiat taraqqiyotining ma’lum


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

7

bosqichidagi ko'rinishidir. Jonli tabiat moddiy olamning kichik bir qismini
tashkil etgani uchun unga xos xususiyatlarni jonsiz olamga mexanik ravishda
yoyib bo'lmaydi. Ilmiy falsafa jonli tabiat bilan jonsiz tabiat o'rtasida o'tib
bo'lmaydigan to'siq yo'q, deb ta’lim beradi. Ular bir-biridan sifat jihatdan farq
qilishiga qaramay, bir-biri bilan bog'liq hamdir. Jonli tabiat abadiy mavjud
bo'lgan emas, balki jonsiz tabiat taraqqiyotining ma’lum bir bosqichida, ma’lum
obyektiv sharoitlar asosida vujudga kelgan. Jonli tabiat bilan jonsiz tabiat
asosida ham yagona moddiy substansiya - materiya yotadi. Demak, jonli tabiat
bilan jonsiz tabiat o'rtasidagi

bog'lanish ulaming birligida yaqqol ko'rinadi.Jonli tabiat bilan jonsiz tabiat

o'rtasidagi moddiy birlik ulaming kimyoviy tarkibida ham juda aniq ko'rinadi.
Odam organizmidagi kislorod, uglerod, oltingugurt, azot, kalsiy, fosfor, magniy,
natriy, kaliy, xlor, temir singari elementlami jonsiz tabiatda ham uchratamiz.
Organizmlarni tashkil etuvchi oqsil tarkibida ham shunday elementlar bor. Jonli
tabiat bilan jonsiz tabiat o'rtasida umumiy tomonlardan tashqari ulaming har
biriga xos bo'lgan farqli tomonlari ham mavjud. Jonli organizmlaming asosiy
xususiyati shuki, ular tashqi muhit bilan modda almashinadi. Bu esa,
materiyaning murakkab va yuqori shakllariga tegishli bo'lgan xususiyatdir.
Inson tabiat farzandi sifatida paydo bo'lgan bo'lsada, lekin insonga xos deb
e’tirof etilgan xususiyatlaming hammasiga u jamiyatda bevosita aralashish,
ta’lim-tarbiya olish, mehnat qilish orqali erishdi. Mehnatning roli va ahamiyati,
ayniqsa, ikki narsada kuchliroq seziladi. Birinchidan, inson ajdodlari organizmi
mehnat ta’sirida biologikmavjudotga xos bo'lgan belgilardan ijtimoiy mazmunga
xos tomonga o'zgara boshladi, Ikkinchidan, mehnat gapirish, aloqa o'matish,
ijtimoiy tajriba orttirish, inson ongi, til va tafakkurining paydo bo'lishi va
rivojlanishi uchun,ham asos bo'ldi. Odamning ongi ham o'zi kabi ijtimoiy
taraqqiyot mahsulidir. Insonga xos boigan ong faqat mehnat jarayonida
rivojlanadi. San’at, fan, madaniyat va texnika taraqqiyoti tarixi bizning barcha
fikrlarimiz, g'oyalarimiz mehnat jarayonida tug'ilganligini va rivojlanib
borganligini

ko'rsatib turibdi. Inson o'zining aql-idroki, fan va texnika yordamida

oziqovqatning, qurilish materiallarining, kiyim-kechak uchun ishlatiladigan
matolarning, sun’iy tolalarining tabiat yaratmagan yangidan-yangi turlarini
ixtiro qildi va qilmoqda. Insonning tabiatga ta’siri ijtimoiy taraqqiyot
mobaynida hozirgi davrdagidek boigan emas.[4] Hozirgi paytda insonning
yashash maskanining tabiiy muhiti o'zgarmoqda. Bu muhit inson
sivilizatsiyasining bir qismiga aylandi. Boshqacha aytganda, «ikkinchi tabiat» -


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

8

insoniyat madaniy dunyosi vujudga keltirildi, ya’ni shunday narsalar va
jarayonlar vujudga keltirildiki, ulaming tabiatda tayyor holda iriavjud boiishi u
yoqda tursin, hatto ular tabiatning o'z kuchlari ta’siri ostida ham paydo bo'la
olmaydi. Bundan endiliqda tabiat o'z mavjudligining obyektiv xususiyatini
yo'qotdi, degan ma’no kelib chiqmaydi, albatta. Tabiat ilgarilari obyektiv va
birlamchi boiganidek, hozir va bundan keyin ham shundayligicha qolaveradi.
Kishilik jamiyati moddiy olamning, tabiatning ko'p ming yilli tadriji
taraqqiyotining qonuniy mahsuiidir. U taraqqiyotining ma’lum bir bosqichida,
insonlar jamoasi kelib chiqqan davrda yuzaga kelgan. Demak, jamiyat tarixi va
uning taraqqiyoti inson ma’lum jamoaga birlashib mehnat qilgan, ishlab
chiqarish qurollarini yaratgan, maium ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar
shakllangan davrdan boshlandi. Kishilaming moddiy ne’matlar ishlab chiqarishi
uchun muayyan tabiiy sharoitlar talab qilinadi. Tabiatning jamiyat bilan
yaqindan aloqa bogiaydigan, uning taraqqiyotiga maium darajada ta’sir
ko‘rsatadigan qismi tabiiy muhit deb ataladi. Yer va yer osti boyliklari, daryolar,
iqlim va boshqa shu kabilar tabiiy muhitni tashkil etadi. Turli tarixiy
sharoitlarda tabiiy sharoitlaming jamiyat taraqqiyotiga ta’siri aynan bir xil
boigan emas. Ibtidoiy jamoa tuzumida odamlar o'zlarini qurshab olgan tabiatga
butunlay qaram boiganlar. Ular tabiatni emas, balki tabiat ulami o‘ziga butunlay
bo'ysundirgan. Chunki hali bu davrda fan, texnika o‘smagan, madaniyat
rivojlanmagan, mehnat qurollari oddiy boigan. Shuning uchun ham odamlaming
hayoti tabiiy sharoitlar qulayligiga ko'p jihatdan bogiiq edi. Boshlangich davrda
odamlar shuning uchun ham daryo bo‘ylarida, tog‘ yonboshlarida, tuprogi
serhosil joylarda, o'rmonlari va hayvonot dunyosi serob bo'lgan joylarda
yashashga harakat qilganlar. Odam paydo boigan davrdan boshlab hozirga qadar
tabiatga ta’sir qilib, uni batamom o'zgartirib yubordi. Keyingi ming yilliklar
davomida inson faoliyati natijasida Yer shari yuzasi, iqlimi, o‘simligi, hayvonot
dunyosining tanib boimas darajada o‘zgartirib ketganligi bunga misol bo’la
oladi. E’tirof etish kerakki, insonning o‘z istiqbolini o‘ylamay qilgan hatti-
harakatlari, ko‘r-ko‘rona qilmishlari tufayli tabiat behad ozor chekdi, ko'p
narsalardan abadiy judo boidi. Kosmik changlar, issiqlik elektr stansiyalari,
avtomobillar sonining tez o‘sib borishi, radiaktiv moddalar va boshqalar ta’siri
ostida barcha jonli mavjudotning hayot manbai boigan havo toqat qilib
boimaydigan darajada ifloslanmoqda. Inson kamolotida did – fahm – farosat
uyg‘unligi Odatda, farosat tushunchasi estetik baxo bilan belgilanadi. u ranjish,
nomunosib xolat, ko‘ngilga xush yoqmagan ishlar qilganda munosabat
bildiramiz. Shuning uchun bo‘lsa kerak, kamdan kam xollarda “farosatli kishi,


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

9

farosati bor, farosatli” degan so‘zlarni ishlatamiz. Biroq. did, fahm, farosat kabi
tushunchalar aynan estetika ilmiga tegishli bo‘lib, fahm - haqiqatga, farosat –
ezgulikka, did – go‘zallikka munosabat orqali namoyon bo‘ladi. Har uchchala
hodisaning asosida ham qobiliyat yotadi. [5]

Xulosa.

Inson falsafasi, insonning mohiyati, erkinligi, baxti va axloqiy

qadriyatlarini o‘rganish orqali, uning hayotdagi o‘rni va maqsadini aniqlashga
intiladi. Ushbu yo‘nalish turli falsafiy maktablar va oqimlar tomonidan
shakllangan bo‘lib, har biri insonning ichki dunyosini, axloqiy masalalarini va
jamiyat bilan aloqasini turlicha talqin qiladi. Inson falsafasi nafaqat nazariy
g‘oyalar bilan cheklanmay, balki amaliy hayotda insonning o‘zini anglashida va
jamiyatda erkin va mas’uliyatli yashashda muhim ahamiyat kasb etadi. Shunday
qilib, inson falsafasi nafaqat falsafiy bilimlarni, balki hayotiy qadriyatlarni ham
shakllantiradi.

Foyadalanilgan adabiyotlar:

1.O’zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti Islom Abdug’aniyevich
Karimovning “ Yuksak ma’naviyat-Yengilmas kuch” kitobi. Toshkent-2010. 112-
bet.
2.J.Tulenov, G Tulenova, K Tulenova ,,Falsafa”
3.Sh .O.Madaeva ,,Falsafa” O’quv qo’llanma Toshkent -2019
4.Z.Davronov, N Shermuhamedova ,D Fayzixo’jayeva,M Nurmatova , B Husaino,
M. Qahharova, A Sultanova ,, Falsafa” Toshkent -2019.
5. Obid Haydarov, Jamoliddin Ostanov, Ozoda Sultanova ,,Falsafa” O’quv uslubiy
qo’llanma. Samarqand-2022
6. M.A.Axmedova ,,Falsafa” Toshkent – 2018
7. Aralovna, Ochilova Guzal, et al. "Ecological globalization and its social place in
the globalization system of processes." Journal of Survey in Fisheries Sciences
10.1S (2023): 5000-5006.
8. Ayonovna A. S. IN THE CONTEXT OF ENVIRONMENTAL GLOBALIZATION, THE
NEED FOR ENVIRONMENTAL EDUCATION BECOMES A PRIORITY //American
Journal Of Social Sciences And Humanity Research. – 2024. – Т. 4. – №. 07. – С.
30-35.
9.Omonov, Bakhodir Nurillaevich, Go‘zal Aralovna Ochilova, and Sitora
Ayonovna Azamova."SPECIFIC CHARACTERISTICS OF THE ECOLOGICAL
ENVIRONMENT IN UZBEKISTAN." World of Scientific news in Science.
10.Ayonovna, Azamova Sitora. "The Need for the Formation of Environmental
Education and Upbringing in Young People in the Conditions of Environmental
Globalization." Global Scientific Review.


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

10

11.Ayanovna Azamova Sitora, and Pirimov Lerik Xudoyberdi o’g’li. "EKOLOGIK
MADANIYATNI SHAKLLANTIRISHDA EKOLOGIK OMIL TUSHUNCHASI
TADQIQOTLAR. UZ 40.4 (2024): 135-139..
12.Azamova S. EKOLOGIK TA’LIM VA TARBIYANING RIVOJLANISH
BOSQICHLARI //Talqin va tadqiqotlar. – 2024. – Т. 1. – №. 1.
13. Shakhrisabz A. S. A. THE USE OF THE SCIENTIFIC HERITAGE OF ORIENTAL
SCIENTISTS IN THE FORMATION OF ECOLOGICAL CULTURE AMONG
SCHOOLCHILDREN IN THE CONTEXT OF ECOLOGICAL GLOBALIZATION
//International Scientific and Current Research Conferences. – 2024. – С. 94-97.

Библиографические ссылки

O’zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti Islom Abdug’aniyevich Karimovning “ Yuksak ma’naviyat-Yengilmas kuch” kitobi. Toshkent-2010. 112-bet.

J.Tulenov, G Tulenova, K Tulenova ,,Falsafa”

Sh .O.Madaeva ,,Falsafa” O’quv qo’llanma Toshkent -2019

Z.Davronov, N Shermuhamedova ,D Fayzixo’jayeva,M Nurmatova , B Husaino, M. Qahharova, A Sultanova ,, Falsafa” Toshkent -2019.

Obid Haydarov, Jamoliddin Ostanov, Ozoda Sultanova ,,Falsafa” O’quv uslubiy qo’llanma. Samarqand-2022

M.A.Axmedova ,,Falsafa” Toshkent – 2018

Aralovna, Ochilova Guzal, et al. "Ecological globalization and its social place in the globalization system of processes." Journal of Survey in Fisheries Sciences 10.1S (2023): 5000-5006.

Ayonovna A. S. IN THE CONTEXT OF ENVIRONMENTAL GLOBALIZATION, THE NEED FOR ENVIRONMENTAL EDUCATION BECOMES A PRIORITY //American Journal Of Social Sciences And Humanity Research. – 2024. – Т. 4. – №. 07. – С. 30-35.

Omonov, Bakhodir Nurillaevich, Go‘zal Aralovna Ochilova, and Sitora Ayonovna Azamova."SPECIFIC CHARACTERISTICS OF THE ECOLOGICAL ENVIRONMENT IN UZBEKISTAN." World of Scientific news in Science.

Ayonovna, Azamova Sitora. "The Need for the Formation of Environmental Education and Upbringing in Young People in the Conditions of Environmental Globalization." Global Scientific Review.

Ayanovna Azamova Sitora, and Pirimov Lerik Xudoyberdi o’g’li. "EKOLOGIK MADANIYATNI SHAKLLANTIRISHDA EKOLOGIK OMIL TUSHUNCHASI TADQIQOTLAR. UZ 40.4 (2024): 135-139..

Azamova S. EKOLOGIK TA’LIM VA TARBIYANING RIVOJLANISH BOSQICHLARI //Talqin va tadqiqotlar. – 2024. – Т. 1. – №. 1.

Shakhrisabz A. S. A. THE USE OF THE SCIENTIFIC HERITAGE OF ORIENTAL SCIENTISTS IN THE FORMATION OF ECOLOGICAL CULTURE AMONG SCHOOLCHILDREN IN THE CONTEXT OF ECOLOGICAL GLOBALIZATION //International Scientific and Current Research Conferences. – 2024. – С. 94-97.