MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
22
UGLEVODORODLAR PIROLIZI IKKILAMCHI MAHSULOTLARINI
QAYTA ISHLASH VA ULAR ASOSIDA PIROKONDENSATLAR OLISH.
Jo’rayeva L.R.
BDTU,, dotsent
Norqulov Suyun Sirojiddin o’g’li
talaba
Rahmonov Abdurahmon Niyoz o’g’li
talaba
https://doi.org/10.5281/zenodo.15447905
Dunyo bo‘yicha uglevodorodlarni pirolizi natijasida asosiy mahsulot sifatida
quyi olefinlar ishlab chiqarish nazarda tutiladi, bunda eng ko‘p etilen va propilen
ishlab chiqariladi, shu bilan birga butenlar ham ajratib olinadi. Quyi olefinlar
birlamchi mahsulot sifatida qaralsa, piroliz jarayonida ikkilamchi mahsulotlar
ham hosil bo‘ladi va ular asosan pirokondensat deb yuritiladi. Pirokondensat
asosan qaynash harorati 30
0
Сdan boshlanadigan uglevodorodlar aralashmasi
bo‘lib, turli ishlab chiqaruvchilar texnologiyada inobatga olingan qurulmalarga
qarab har xil fraksiyalar ko‘rinishida ikkilamchi mahsulot sifatida ishlab
chiqariladi. Pirolizga asoslangan O‘rta Osiyo mamlakatlari ichida yirik polietilen
va polipropilen ishlab chiqarishga mo‘ljallangan korxonalardan biri Ustyurt gaz
kimyo majmuasiga qarashli “Uz-Kor Gas Chemical” MCHJ QKsidir. Ushbu
korxonada yiliga 387 ming tonna polietilen, 83 ming tonna polipropilen, 100
ming tonnadan ortiq piroliz distillyati, 8 ming tonna atrofida piroliz moyi va 10
ming tonnadan ortiq tar-mahsulot ishlab chiqariladi. Qo‘shma korxonada piroliz
jarayoni ikkilamchi mahsulotlari pirokondensat uch qismga ajratilib ishlab
chiqariladi. Piroliz distillyati 30
0
C dan – 160
0
С gacha bo‘lgan fraksiya, piroliz
moyi 160
0
С dan – 270
0
С gacha bo‘lgan fraksiya, tar-mahsulot 270
0
С dan yuqori
bo‘lgan fraksiya. adabiyotda piroliz jarayonida sodir bo‘ladigan ikkilamchi
reaksiyalar natijasida hosil bo‘ladigan mahsulotlar pirokondensat kimyoviy
tarkibi, fizik-kimyoviy xususiyatlari o‘rganilgan. Shu izlanuvchilar tomonidan
piroliz jarayoni mahsulotlari tarkibi va pirokondensat miqdorining o‘zgarishiga
ta’sir qiluvchi omillar o‘rganilgan, piroliz jarayonining suyuq mahsulotlarini
qayta ishlashning asosiy yo‘nalishlari va ishlatilish sohalari keltirilgan, shu bilan
birga pirokondensat kimyoviy tarkibi va miqdoriy o‘zgarishlariga ta’sir qiluvchi
omillar ham tadqiq qilingan.
Yana bir guruh olimlar ilmiy ishlari natijalarida “Uz-Kor Gas Chemical”
MChJ QKsi piroliz jarayoni ikkilamchi mahsulotlari kimyoviy tarkibi sifat va
miqdor jihatdan xromatomass spektrometrik va IQ spektroskopik usullarda
solishtirma o‘rganilgan. Piroliz distillyati yoqimsiz hidli, tarkibida 65%dan
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
23
ko‘proq mono yadroli aromatik birikmalar, 23% atrofida olefinlar, 5% dan
ko‘proq dien uglevodorodlari, alkanlar, sikloalkanlar saqlagan sariq rangli,
yengil suyuqlik. Piroliz moyi to‘q jigar rangdan to‘q yashil ranggacha bo‘lgan
o‘ziga xos hidli moysimon suyuqlik,
tarkibida asosan inden, naftalin va ularning
gomologlari uchraydi.
Ayrim izlanuvchilar guruhi piroliz jarayoni suyuq mahsulotlarni ikki
bosqichli qayta ishlash usulini taklif qilishgan. Dastlab C
5
fraksiyani malein
angidrid bilan qayta ishlab dien uglevodorodlaridan tozalashgan. Ikkinchi
bosqichda olingan olefinlar benzolni alkillash uchun qo‘llanilgan. Dien
uglevodorodlar reaksion aktiv bo‘lganligi uchun epoksid smolalar, murakkab
efirlar asosidagi plastifikatorlar kabi mahsulotlar olishda qo‘llanilgan. Alkillash
jarayoni mahsulotlari yuqori oktanli benzin sifatida qo‘llashga tavsiya berilgan
va jarayonda AlCl
3
katalizatori ishlatish tavsiya qilingan. Qolgan
uglevodorodlarni piroliz jarayoniga qaytarish tavsiya qilingan .
Bir guruh izlanuvchilar piroliz kondensatini kimyoviy tarkibini aniqlash
usullarini o‘z ishlarida keltirib o‘tishgan. Piroliz kondensati tarkibidagi
induvidual moddalar xromatomass spektroskopik va
13
C YaMR spektroskopiya
metodlari bilan amalga oshirilgan. Izlanishlar natijalarida keltirilgan analiz
usullari yordamida ishlab chiqaruvchilar korxonada chiqindilar tarkibini
nazorat qilishlariga imkon beradi. Piroliz kondensati fraksiyalarini analizi
natijasida 30 dan ortiq komponentlarni, shu bilan birga miqdori 1% dan kam
bo‘lgan moddalarni ham aniqlash imkonini beradi. Izlanishlar natijalari asosida
piroliz mahsuloti tarkibida 14,2-15,7% ko‘p halqali aromatik birikmalar va
ularning gomologlari borligi aniqlandi.
Tar mahsulot tarkibidan og‘ir aromatik birikmalar ajratib olingandan keyin
qoldiq birikma asosida bitumga qo‘shish orqali bitumning ekspluatatsion
xossalari o‘zgarishi o‘rganilgan. Past molekulyar og‘irlikdagi polietilen va tar
mahsulot qoldiqlari bitumning yumshash haroratini oshirishi aniqlangan.
Qo‘shimchalar qo‘shilishi natijasida bitumning penetratsiyasi, duktilnosti,
mo‘rtlashish haroratining pasayishi, adgeziyasining yaxshilanishi, eskirish
qarshiligining ortishi, yuqori haroratga chidamliligining ortishi kabi
xususiyatlari o‘zgarishi aniqlangan. Bunday ekspluatatsion xossalarni
boshqarish imkoniyati yo‘l qurilish bitumlarini ishlab chiqarishda oldindan
kerakli xossadagi bitum olish imkoniyatini beradi
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Каримова З. М. и др. УГЛЕВОДОРОДЛАРНИНГ ПИРОЛИЗ ЖАРАЁНЛАРИ
/ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ. – 2023. – Т. 19.
– №. 6. – С. 6-10.
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
24
2 Orifjon K., Zilola K. INVESTIGATION OF THE PROCESS OF OBTAINING
ADDITIVE FOR GYPSUMBOARD BASED ON POLYMETHYLENENAPHTHALINE
CARBOXYLIC ACIDS //Universum: технические науки. – 2023. – №. 4-7 (109).
– С. 55-59.
3.Мухамадиева К. Б., Каримова З. М. Математический аппарат процессов
криообработки растительных материалов //Universum: технические
науки. – 2020. – №. 6-2 (75). – С. 73-75.
4. Sharipov J. et al. Increasing the resistance of the cutting tool during heat
treatment and coating //AIP Conference Proceedings. – AIP Publishing LLC,
2022. – Т. 2432. – №. 1. – С. 050042.
5.Makhmudovna K. Z. Investigation of the Influence of the Nature of the Solvent
on the Properties of Solutions of Grafted Triacetate Copolymers //Texas Journal
of Multidisciplinary Studies. – 2022. – Т. 6. – С. 86-89.
6.Makhmudovna K. Z., Anvarovich O. A. Mathematical apparatus for the
cryoprocessing of plant materials epra International Journal of Multidisciplinary
Research (IJMR)-Peer Reviewed. – 2021. – Т. 7. – №. 4.
7 Каримова З. М. СТРОЕНИЕ КОМПЛЕКСОВ ПЕРЕХОДНЫХ МЕТАЛЛОВ С
АЦИЛ-ТИО-АЦИЛГИДРАЗОНАМИ И ТИОСЕМИКАРБАЗОНАМИ ДИАЦЕТИЛА
//Интернаука. – 2017. – №. 7-2. – С. 5-8.
8.Каримова З. М. СТРОЕНИЕ КОМПЛЕКСОВ НИКЕЛЯ (II) И МЕДИ (II) С
ТИОБЕНЗОИЛ-ГИДРАЗОНАМИ β-ДИКЕТОНОВ //Интернаука. – 2018. – №.
14-2. – С. 37-39.9
9. Zilola K. STUDY OF BY-PRODUCTS COMPOSITION AND SYNTHESIS OF
CARBON ACIDS //Universum: технические науки. – 2024. – Т. 10. – №. 12
(129). – С. 13-16.
10. Makhmudovna K. Z. EFFECTS OF LOCAL ADSORBENTS FOR THE
PURIFICATION OF COTTON OIL AND ITS PROCESSING PRODUCTS //Ethiopian
International Journal of Multidisciplinary Research. – 2024. – Т. 11. – №. 02. – С.
321-324.
11. Juraeva L. R., Qurbonova S. S. Separation Of Mononuclear Arenes in The Deg+
Dmso System //Czech Journal of Multidisciplinary Innovations. – 2022. – Т. 11. –
С. 53-57.
12. Джураева Л. Р., Кодиров О. Ш. ИССЛЕДОВАНИЕ ХИМИЧЕСКОГО СОСТАВА
ПИРОЛИЗНОГО МАСЛА ВТОРИЧНОГО ПРОДУКТА ПРОИЗВОДСТВА СП ООО"
UZ-KOR GAS CHEMICAL" //Universum: технические науки. – 2022. – №. 4-8
(97). – С. 44-48.
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
25
13. Джураева Л. Р. Химическая безопасность пищевых продуктов
//Universum: технические науки. – 2021. – №. 12-4 (93). – С. 13-15.
14. Жўраева Л. Р. Роль сети интернета в преподавании химии //Universum:
психология и образование. – 2021. – №. 6 (84). – С. 4-6.