41
Выпадение волос встречалось в 30 (49,2%) случаев. Оно возникало в среднем через
семь-восемь недель, а иногда через 12 недель после выздоровления.
Анализируя, распределение по половому признаку следует отметить, что чаще
выпадение волос встречалась у 22 (73,3%) женщин так как, они более внимательны к
своей внешности и обращают внимание на выпадение волос, по сравнению с мужчинами
12 (40,0%).
-
В преобладающем большинстве случаев наблюдалось гнездная алопеция 15
(50,0%)), за которой следовала диффузная 15 (50,0%). Кроме того, имелись различия в
степени и локализации в зависимости от пола.
Так у женщин наблюдались очаги облысения в затылочной и височной области, в
то время как у мужчин теменной и височной областях.
Заключение: в организме у всех больных после перенесенного SARS-CoV-2
наблюдается уменьшение количества таких иммуномодулирующих эссенциальных МЭ,
как цинк в 1,08 раз, селен в 2,14 раза и повышение таких токсичных для иммунитета
элементов как хлор в 1,36 раза, бром в 1,34 раз, по сравнению с контрольными
значениями. Дерматологические проявления сопровождались изменениями со стороны
кроветворной системы в виде анемии, выраженного лейкоцитоза, а также повышения
СОЭ, встречающиеся особенно при ангиитах (80%) и очаговой алопеции (85%), что
указывает о необходимости в проведении коррекционной терапии.
Список использованной литературы
1.Курбанов Б.Ж., Анварова Л.У. Анализ эпидемиологической ситуации по новой
коронавирусной инфекции (COVID-19) в Республике Узбекистан // Новости
дерматовенерологии и репродуктивного здоровья. - 2021. - № 1-2(93-94). - С. 93-94.
2.Курбанов Б.Ж., Анварова Л.У., Тагаев Ш.Б. Происхождение COVID-19 и его течение
при соматических заболеваниях // Новости дерматовенерологии и репродуктивного
здоровья. - 2021. - №1-2 (93-94). С. 31-33.
3.Муминов Д. К. Ранняя реабилитация больных после COVID-19 инфекции (клиник-
патогенетические и терапевтические аспекты): дисс..д-ра мед.наук. – Ташкент, 2021. – 213
с.
4. Никифоров В.В., Суранова Т.Г., Чернобровкина Т.Я., Янковская Я.Д., Бурова С.В.
Новая коронавирусная инфекция (COVID-19): клинико-эпидемиологические аспекты //
Архив внутренней медицины. – 2020. - №10 (2). С. 87-93.
5.Орипов О. И. Тромбоз кавернозного синуса связанный с COVID-19: особенности
офтальмологических признаков, лечение и профилактика.: дисс..канд.мед.наук. – 2022. –
106 с.
“ISSIQ VA SOVUQ SUVNING MUZLASH TEZLIGINI SOLISHTIRISH VA
TA’SIR ETUVCHI OMILLARNI ANIQLASH” MAVZUSIDA OʻQUV-TADQIQOT
ISHLARINI TASHKIL ETISH
PhD. Kuchkarov Mexriddin Asamovich
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, Oʻzbekiston
Annotatsiya:
Mazkur maqolada kimyo fanini oʻqitishda oʻquv tadqiqotlaridan samarali
foydalanishning oʻrni borasida fikr yuritilgan. Unda hammaga qiziqarli boʻlgan issiq va sovuq
suvning muzlash tezligini solishtirishga asoslangan tadqiqot tahliliga urgʻu berilgan. Bunday
yondshuv ta’lim oluvchilarning tabiiy-ilmiy savodxonligini oshirishga hamda ijodiy
qobiliaytlarini rivojlantirishga yordam berishi asoslangan.
42
Kalit soʻzlar:
oʻquv tadqiqoti, tabiiy-ilmiy savodxonlik, kriativ fikrlash, ijodiy fikrlash,
Mpemba effekti, vodorod bog’lar, kristall panjara, energiya zahiralash, optimal gipoteza, faoliyat
modeli.
Oʻquv-tadqiqotlarida ishtirok etish orqali oʻquvchilar kimyoviy bilim, koʻnikma, faoliyatni
oʻrganadi, chunki ular bu faoliyatni bevosita oʻzlari amalga oshiradi. Oʻquv-tadqiqotlari
oʻquvchilarning faol aqliy faoliyati uchun oʻziga xos platforma yaratadi. Bunda nafaqat
oʻquvchilarning mehnati, balki ularni oʻzlashtirish yoʻllari ham muhim ahamiyatga ega. Kimyo
fanini o`qitish metodi sifatida o`quv tadqiqotlari nafaqat o`quvchilar tafakkurini shakllantiradi va
rivojlantiradi, balki tafakkurning yuqori turi - ijodiy fikrlashni shakllantirishga yordam beradi,
ularsiz ijodiy faoliyatni tasavvur qilib bo`lmaydi [9, 10].
Oʻquvchilarning oʻquv va ilmiy-tadqiqot faoliyati deganda, asosan, ilmiy bilish usullarini
mustaqil qoʻllagan holda amaliy va nazariy bilimlarni egallashga qaratilgan oʻquv faoliyati
tushuniladi, bu oʻquvchilarda ijodiy tadqiqot koʻnikmalarini rivojlantirish sharti va vositasidir.
Oʻquv-tadqiqot faoliyatining tarkibi quyidagi tarkibiy qismlar bilan belgilanadi: oʻquv-tadqiqot
vazifasi, oʻquv-tadqiqot faoliyati hamda operatsiyalari, nazorat va baholash harakatlari. Oʻquv-
tadqiqot faoliyatining mazmuni - bu amaliy va nazariy muammolarni hal qilishga qaratilgan
tadqiqot faoliyatini amalga oshirishdan iborat [2, 4, 5].
Maktab oʻquvchilarini oʻquv-tadqiqotlariga jalb qilish ikki yoʻnalishda - mazmunan va
tashkiliy jihatdan amalga oshirilishi mumkin. Mazmunli mustaqillik shundan dalolat beradiki,
oʻquvchi tashqaridan yordamisiz oʻz oldiga oʻquv vazifasini qoʻya oladi va uni hal qilish
jarayonini tasavvur qila oladi. Tashkiliy mustaqillik oʻquvchining oʻz ishini tashkil etish
qobiliyatida namoyon boʻladi. Shunday qilib, oʻqituvchi oldida oʻquvchilarning ta'lim
faoliyatining samarali shakllari va usullarini topish muammosi turibdi, bu ularni nafaqat tadqiqot
ishlariga jalb qilish, balki ushbu faoliyatni oʻzlashtirishga ham hissa qoʻshishi mumkin [6, 8].
Maktab oʻquvchilarining bilish faoliyatini shunday tashkil etish kerakki, ular oʻquv-tadqiqot
faoliyati tartibini, fanga doir mos mavzu mazmuni bilan birga oʻzlashtirishlari lozim.
1.1. Muammoni shakllantirish uchun ma’lumotlar
:
1963 yil Tanzaniyalik maktab oʻquvchisi Erasto Mpemba doʻstlaridan tezroq muzqaymoq
tayyorlash uchun qaynab turgan sutdan foydalanib uni muzxonaga qoʻyib, haqiqatdan ham
sovitib qoʻyganlardan tezroq muzlatishga muvaffaq boʻldi. U issiq suvni sovuq suvga nisbatan
tez muzlashini sezib qoldi, lekin buning sababi haqida hech kimdan javob ololmadi. Bu hodisa
hozirgacha Mpemba effekti deb ataladi. Buyuk Britaniyaning Qirollik kimyo jamiyati 2012 yilda
Mpemba effekti sirini hal qilish uchun tanlov oʻtkazdi. Tanlovga 22 mingdan ortiq ariza
topshirildi, ammo bu tanlovda hodisaga asosli izoh berilmadi [1]. Bu hodisani boshqacha
koʻrinishda ham kuzatish mumkin. Agar havo sovuq boʻlgan paytda biror idishdagi sovuq suvni
sepib yuborilsa, suv mayda tomchilar shaklida sochilib yerga tushadi. Agarda, shunday havoda
qaynoq suv sepilsa, suv qor zarrachalariga aylanadi. Suv bugʻining tez muzlashi natijasida doʻl
parchalarining hosil boʻlishida, ayniqsa, sovuq boʻlmagan vaqtlarda, yoki koʻp miqdorda issiqlik
ajratadigan chaqmoq chaqqan paytlarda doʻl yogʻishida, sovuq kunda metallga til tekkizilganda,
sovuq metall va issiq til orasida muz hosil boʻlishi natijasida tilning yopishib qolishida ham
mazkur effektning ta’siri bor deb hisoblanadi.
43
Sovuq havoda qaynoq suvning sepilishi Issiq suvni muzlashi
Doʻl hosil boʻlishi Sovuqda tilni metallga yopishib qolishi
1-rasm. Mpemba effekti oqibatlari
1.1. Muammoni shakllantirish.
Muzxonaga bir xil vaqtda sovuq va issiq suv solingan bir
xil idishlar qoʻyilsa issiq suv tezroq muz holatiga oʻtganligini kuzatish mumkin (sovuq havoda
qaynoq suv sepilganda ham). Issiq suvni tezroq muzlashi sabablarini aniqlash. Bu hodisani
oʻrganish suvning sanoat, maishiy xizmat, ilm-fan, tabiat muvozanatini saqlash, turli inson
ehtiyojlari yoʻnalishlarida foydalanilishi bilan bogʻliq holatda katta ahamiyat kasb etadi.
1.2. Tadqiqot obyekti
issiq suvni sovuq suvga nisbatan tezroq muzlashi va uning
sabablarini tadqiq etish jarayoni.
1.3. Tadqiqot predmetini
issiq suvni sovuq suvga nisbatan tezroq muzlashi va uning
sabablarini tadqiq etish mazmuni, shakl, metod va vositalari tashkil etadi.
1.4. Vazifalarni belgilab olish.
Tadqiqot vazifalar:
issiq va sovuq suvning muzlash tezligini nazariy va eksperimental yoʻl
bilan aniqlash;
suv isitilganda sodir boʻladigan jarayonlar haqida ma’lumotlar toʻplash va tahlil qilish;
suv muzlaganda sodir boʻladigan jarayonlar haqida ma’lumotlar toʻplash va tahlil qilish;
ma’lumotlarni umumlashtirish va qiyosiy tahlil qilish. Gipotezalar ishlab chiqish;
optimal gipotezani tanlab olish, rejalashtirish, modellashtirish;
issiq suvning sovuq suvga nisbatan tez muzlashi sabablariga doir hisobot tayyorlash.
1.5. Metod, vositalarni tanlash.
Axborotlarni tahlil qilish, taqqoslash, umumlashtirish,
ma’lumotlarni tizimlashtirish, modellashtirish, eksperimental.
2.1. Muammo yechimiga doir gipotezalar ishlab chiqish uchun ma’lumotlar
44
Suv isitilganda sodir boʻladigan jarayonlar. Sovuq suvda kislorod va vodorod atomlari
orasidagi kovalent bogʻlanishlardan tashqari, suv molekulalari orasida mavjud boʻlgan kuchsiz
vodorod bogʻlari ham muhim oʻrin tutadi. Isitilganda suv molekulalarining harakati tezlashadi,
ba’zi vodorod bogʻlari uziladi (bugʻlanadi), qolganlari esa molekulalarning itarilishi hisobiga
choʻzilib oʻzida ortiqcha energiya zaxiralaydi.
2-rasm.
Suv molekulalari orasidagi vodorod bogʻlar
Suv muzlaganda sodir boʻladigan jarayonlar. Suv muzlash haroratigacha sovitilganda
vodorod bogʻlari oʻriniga, muzning olti burchakli kristall panjarasi hosil boʻladi. Shu sababli suv
muzlaganida zichligi kamayib, hajmi ortadi (taxminan 10% ga ortadi).
3-rasm.
Muz kristall panjarasining tuzilishi
2.2. Muammo yechimiga doir gipotezalar.
1) Suv issiq holatda tez bugʻlanib turadi, natijada sovuq suvga nisbatan hajmi kamayib tez
muzlaydi.
2) Jism bilan muhit orasidagi (bu yerda suv bilan havo) harorat farqi qanchalik katta boʻlsa
issiqlik tarqatilishi shunchalik tez boʻladi.
3) Suv tarkibidagi erigan gazlarning isitilganda chiqib ketishi tufayli muzlash harorati
koʻtarilib, tez muzlaydi.
4) Suv muz holatiga
oʻtishi uchun, avval vodorod bogʻlari uzilib, keyin muzning kristall
panjarasi hosil boʻladi. Issiq suvda vodorod bogʻlari kuchsizlangan va uzilgan holatda
boʻlganligi sababli muzlash osonlashadi.
5) Suv isitilganda molekulalar harakati tezlashadi, ular bir-biridan itarilishi natijasida,
vodorod bogʻlari choʻziladi va oʻzida koʻproq energiya zaxiralaydi (uzilmay qolgan vodorod
bogʻlari koʻproq energiya saqlagan ya’ni mustahkamlangan holatga oʻtadi). Sovitilganda esa
molekulalar harakati sekinlashadi, vodorod bogʻlari oʻz joyiga qaytib, zaxiralangan energiya
ajralib chiqadi. Energiya ajralishi (sovish) natijasida muzlash jarayoni tezlashadi [3].
3.1. Optimal gipotezani tanlab olish va asoslash.
1) Birinchi gipoteza boʻyicha tekshirilganda, issiq suvning bugʻlanishi
hisobiga hajmi oʻzgarishi deyarli sezilmaydi, bu omilning muzlash jarayonini tezligiga ta’siri
ham sezilarli darajada emas.
45
2) Bu gipotezaga koʻra harorat farqi katta boʻlsa issiqlik tarqatilishi ham tez boʻlishi
ta’kidlanadi, issiq suv muzlashi uchun avval sovigan holatga keladi, bu paytda muzlash jarayoni
yana sekinlashib ketishi, farq sezilarli boʻlmasligi kerak edi.
3) Bir qancha tadqiqotchilar harorati bir xil boʻlgan oddiy va gazsizlantirilgan suv
oʻrtasidagi tadqiqotlarda muzlash tezligining oʻzgarishi sezilmasligini isbotlashgan.
4) Suv isitilganda ham sovitilganda ham vodorod bogʻlari saqlanib qoladi, aks holda bugʻ
holatiga oʻtishi kerak edi.
5)
Mazkur, gipoteza suv isitilganda vodorod bogʻlarining oʻzida ortiqcha energiyaning
zaxiralash xususiyati, hodisani izohlashi mumkin.
Suvning zichligi -4 va +4 C° harorat
oraligʻida eng yuqori ya’ni 1 g/ml ga teng boʻlishi, isitilganida ham, sovitilganida ham
zichlikning kamayishi (hajmining ortishi) ham, bu izohga mos keladi (Sovitilganda muzlab olti
burchakli kristall panjara hosil qilish hisobiga hajm kengaysa, isitilganda vodorod bogʻlari
choʻzilishi (energiya zaxiralashi) hisobiga hajm ortadi).
4-rasm. Suvning muzlash jarayonidagi oʻzgarishlar
3.2. Rejalashtirish va modellashtirish
5-rasm. Issiqva sovuq suvni muzlash tezligini oʻrganish faoliyati modeli
Faoliyat rejasi:
46
1.Muammoni aniq belgilab olish.
2. Adabiyotlar, axborot resurslar tahlili.
3. Eksperiment oʻtkazish
4. Gipotezalar kiritish va tahlil qilish.
5. Optimal variantni asoslash (qolgan gipotezalarni asossiz ekanligini isbotlash).
6. Umumlashtirish va xulosalash.
7. Tadqiqot ishini rasmiylashtirish, hisobotga tayyorlash.
3.3. Nazariy va eksperimental tekshirish.
2017 yil AQSh va Xitoy olimlari ushbu fenomenni vodorod bogʻlari oʻzgarishiga bogʻliq
ekanligini tushuntirib berdi. Suv isitilganda mustahkamligi ortgan molekulalararo bogʻlar
klasteri vujudga keladi (vodorod bogʻlar koʻproq energiya saqlaydi) [7]. Tez sovitilganda esa,
bogʻlar avvalgi holatiga qaytishi hisobiga sovish jarayoni yanada tezlashadi.
Tajribada bir xil manbadan olingan suvlar, biri 19 C° va ikkinchisi 43 C° haroratda bir xil
vaqtda muzxonaga qoʻyilganda, oradan 70 minut oʻtganida harorat tenglashgani (5 C° da), 209
minutda issiq suv muzlagani, 278 minut oʻtganda esa sovuq suv muzlagani kuzatildi. Issiq suv
oldinroq muzlagani tasdiqlandi.
6-rasm. Sovuq va issiq suvning muzlashi
7-rasm. 19 C° va 43C° haroratdagi suvlarni muzxonaga qoʻyish orqali muzlash tezligini
taqqoslash grafigi
4.1. Xulosa
Issiq suvni sovuq suvga nisbatan tezroq muzlashiga bir qancha omillar sabab boʻlishi
mumkin. Masalan, issiq holatida suvni tez bugʻlanib, kamayib qolishi, issiq suv tarkibida
muzlash haroratini pasaytiruvchi erigan gazlarning boʻlmasligi, issiq holatda ham oʻta sovuq
holatda ham suv hajmining kengayishi natijasida biridan ikkinchisiga oʻtishning osonlashishi.
Lekin bu omillarning ta’siri amalda sezilmaydi. Issiq suvning tezroq muzlashiga asosiy sabab,
47
issiq suvda mustahkamligi ortgan molekulalararo bogʻlar klasteri vujudga keladi (vodorod
bogʻlar koʻproq energiya saqlaydi). Tez sovitilganda esa, bogʻlar avvalgi holatiga qaytishi
hisobiga sovish jarayoni yanada tezlashadi.
Hozirgi vaqtda oʻquv-tadqiqotchilik faoliyati oʻquv jarayonini tashkil etishning yangi
yondashuvlarini, innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish uchun asos boʻlib, umumiy ta'lim
dasturining turli fanlariga fanlararo integratsiya orqali kognitiv qiziqishni kengaytirishga yordam
beradi. Oʻquv-tadqiqot faoliyati mobaynida tafakkurning tadqiqot turi rivojlanadi, oʻquvchilarda
turli faoliyat turlariga ijodiy yondashish, kognitiv qiziqish, dalillar, ma'lumotlar, hodisalarni
mustaqil tahlil qilish va umumlashtirish, oʻz gʻoyalarini himoya qilish hamda oʻz takliflarini
berish qobiliyati rivojlanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati
1.
Burridge Henry C., Linden Paul F. Questioning the Mpemba effect: hot water does not cool
more quickly than cold (англ.) // Scientific Reports. - 2016. - 24 November (vol. 6, no. 1). P.
37665-1-37665-11. - ISSN 2045-2322. - doi:10.1038/srep37665. -
Bibcode: 2016NatSR...637665B.
2.
Ergashovich, S. I. (2023). ORGANIZATION OF THE EDUCATIONAL PROCESS BASED
ON THE COMPETENCE APPROACH. SCIENTIFIC APPROACH TO THE MODERN
EDUCATION SYSTEM, 2(13), 24-29.
3.
https://pubs.acs.org/doi/abs/10.1021/acs.jctc.6b00735
Статья // Journal of Chemical Theory
and Computation. Ученые нашли новое объяснение «парадоксу Мпембы». naked-science.ru
(9 января 2016). Дата обращения: 24 января 2017.
4.
Isakovna, M. N., Ibodullayevna, I. M., Ibragimovna, K. N., & Asamovich, K. M. (2023). Case
Method and Its Use in Chemistry.
Journal of Advanced Zoology
,
44
(S5), 1502-1506.
5.
Kuchkarov,
M.
(2023).
KIMYODAN
NAZARIY
BILIMLAR
VA
AMALIY
KOʻNIKMALARNI SHAKLLANTIRISHDA TURLI MANTIQIY YONDASHUVLARDAN
FOYDALANISH.
Theoretical and experimental chemistry and modern problems of chemical
technology
,
1
(01).
6.
Kuchkarov, M. A. (2022). POSSIBILITIES OF USING A CHEMICAL EXPERIMENT ON
THE FORMATION OF STUDENTS’CRITICAL THINKING COMPETENCIES.
European
International Journal of Multidisciplinary Research and Management Studies
,
2
(04), 108-112.
7.
Mpemba E. B., Osborne D. G. Cool? // Physics Education. — Institute of Physics, 1969. — Т.
4, № 3. — С. 172—175. — doi:10.1088/0031-9120/4/3/312. — Bibcode: 1969PhyEd...4..172M.
8.
Yuldashevich, I. A., Asamovich, K. M., & Ergashovich, S. I. (2023). EKSPERIMENTAL
TAJRIBALAR YORDAMIDA OʻQUVCHILARDA TADQIQOTCHILIK, AMALIY VA
TABIIY-ILMIY SAVODXONLIGINI SHAKLLANTIRISH.
Innovation: The journal of Social
Sciences and Researches
,
1
(5), 59-67.
9.
Кучкаров М. А. ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ЕСТЕСТВЕННой ПРОДУКЦИИ В
ХИМИЧЕСКОМ ЭКСПЕРИМЕНТЕ //Педагогические науки. – 2010. – №. 4. – С. 27-28.
10.
Кучкаров, М. А. (2022, December). КИМЁВИЙ ЭКСПЕРИМЕНТ-
ЎҚУВЧИЛАРНИНГ ТАНҚИДИЙ-ИЖОДИЙ ФИКРЛАШ ҚОБИЛИЯТИНИ
ШАКЛЛАНТИРУВЧИ ВОСИТА СИФАТИДА. In
Proceedings of International Educators
Conference
(Vol. 1, No. 3, pp. 313-317).
MAKSIMIN MASALASINI PARAMETRGA BOGʻLIQ CHIZIQLI
TENGSIZLIKLAR SISTEMASI YECHIMLARI
MAVJUDLIGINI ANIQLASHGA TATBIQI
f.-m.f.n., KIX Mamatov Akmal Ravshanovich
magistrant Omanturdiyeva Charos Sidiq qizi
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, O‘zbekiston