430
- yoshlar ijtimoiy va siyosiy faolligi, ma’naviy va huquqiy mas’uliyatining ijtimoiy hayot
bilan bog‘liq omillar hisoblanadi;
- yoshlar ijtimoiy faolligini oshirishda ijtimoiy-siyosiy institutlarning roli va ahamiyati
katta hisoblanadi;
- jamiyatning ijtimoiy barqarorligini ta’minlash, modernizatsiya jarayonlarini amalga
oshirishda yoshlar ijtimoiy faolligining o‘rni muhim hisoblanadi;
- jamiyatning turli sohalarida yoshlar ma’suliyatini shakllantirish muammolarini nazariy
va amaliy jihatlarini tadqiq etib borish va bu borada sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazish muhim
jarayondir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Мирзиёев Ш. Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисига мурожаатнома. 29 декабрь,
2020 й. www.uza.uz
2.
Саитова Л., Файзуллаева С. К вопросу о взаимосвязи культуры труда и духовного роста
человека. //Общественные науки в Узбекистане, 1997. -№1-2. -С. 37.
3.
Саиткасимов А. Жамият барқарорлиги ва шахс масъулияти. -Тошкент, Тафаккур, 2013.
–Б. 3.
4.
Маматюсупов Б. Ҳуқуқий маданият эндоген хусусиятларининг шахс ижтимоий
фаоллигига таъсири. Фалсафа фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD) диссертацияси
автореферати. Тошкент, 2018. 13-14 бетлар.
ZAMONAVIY SHAXSNI TARBIYALSH
АHLOQIY FАZILАTLАRNI
YUKSАLTIRISH TAMOYILLARI
Ortiqov O.X.
O‘zMU Jizzax filiali katta o‘qituvchisi
olimortiqov@jbnuu.uz
N.Alimov
O‘zMU Jizzax filiali dotsenti
Mamatqulov Z.
O‘z MU Jizzax filiali talabasi
Annotatsiya.
Zamonaviy shaxs, etuk barkamol shaxsni tarbiyalashning muhim
vositalaridan ta‟lim –tarbiya, tarbiya mohiyati, fuqarolikpozitsiyasi, vatanparvarlik tuygʼularini,
ularda mafkuraviy-maʼnaviy immunitetni shakllantirishning dolzarbligi ifodalangan.
Kalit so‘zlar:
Milliylik, taʼrbiya, huquq normalari, innovatsiya,individualizm, sogʼlom
avlod,ilm-maʼrifat, ma’naviy tahdid.
Bugungi kundagi turli zararli ta’sirlardan saqlanish, har qanday sharoitda ham xalqimizga
azaldan xos bo’lgan milliy qiyofa, betakror fazilatlar egasi bo’lib qolishimizda qadimiy an’ana
va qadriyatlarimizni asrab-avaylab, ularga amal qilib yashash o’ta muhim ahamiyat kasb
etadi.Yer yuzidagi har bir millat faqat uning o’ziga xos bo’lgan an’ana va qadriyatlari bilan
alohida ajralib turadi, tabiiyki, har qaysi xalqning bebaho boyligi bo’lgan bunday qadriyat va
an’analar bir-ikki kunda paydo bo’lib qolmagan. Insoniyatning necha ming yillik tarixiy tajribasi
shuni ko’rsatadiki, biror-bir narsaning an’anaga, ayniqsa, qadriyatga aylanishi uzoq davrni talab
qiladi. Yillar, asrlar davomida muayyan qarash, odat, tushuncha, tajribalar zamonlar, avlodlar
sinovidan o’tadi, sayqal topib boradi. Agar ular keyingi avlodlar tomonidan ham qabul qilinsa,
davom ettirilib, urf-odatga aylansa, demakki, endi ularni milliy an’ana va qadriyat deb atash
mumkin bo’ladi.
Bugungi davr jahon xalqlati hayoti tez suratlarlarda o'zgarib borayotgan, shu kungacha
boshidan kechirgan jamiyat bosqichlaridan tubdan farq qiladigan o'ta tezkor, shiddatli va butun
murakkabliklarni to'la namoyon qilayotgan tarixiy davrda yashamoqda. Keyingi yillarda
431
"globallashayotgan dunyo", "global jamiyat", "global integrasiya", global taraqqiyot" kabi
so'zlar, tushunchalar tildan tushmay qoldi. Insoniyat yangi bir voqelikka - global o'zgarishlar
davriga duch kelib, uni anglashga, undagi ijobiy jihatlardan unumli foydalanib taraqqiyotini
ta'minlashga intilmoqda. Ammo global o'zgarishlarni faqat ijobiy voqelik sifatida qarashga hali
erta, u ziddiyatlarga to'la, goho esa milliy taraqqiyotga, milliy madaniyatga, milliy g'oyaga salbiy
ta'sir etuvchi belgilarga ega.
Jamiyat taraqqiyotining barcha davrlarida tarbiyaning mazmunli va yo’nalishi
umuminsoniy qadriyatlarning uyg’unligi asosida belgilangan. Aqlan yetuk, axloqan pok,
jismonan baquvvat,milliy ma’sulyat tuyg’usini anglaydigan o’quvchilarni tarbiyalab voyaga
yetkazish mamlakatni mustaqil va barqaror rivojlanishiga zamin yaratadi. Milliy tarbiya
umuminsoniy qadriyatlardan ajralgan holda rivojlana olmaydi.Ta’lim tarbiya uslubiyoti
maktablari tarkib topib rivojlanib bormoqda.
Azaliy qoida mavjudki yoshlar tarbiyasi, ularni ilmli va har tomonlama etuk qilib
voyaga etkazish barcha zamonlarda muhim vazifa hisoblangan. Mutafakkirlarimiz tomonidan
yozib qoldirilgan bunday nodir asarlaro'sib kelayotgan yosh avlodni salbiy illatlardan
asrab, axloqan pok, haqiqiy inson bo'lib etishishlariga undagan.Bugun maʼnaviyat va
yoshlarningahloqiy tarbiyasi haqida soʼz borar ekan, bu xaqdagi bilimlarimizni
takomillashtirish, dunyoqarashimizni kengaytirish hamda yoshlarni ana shu yoʼlda
birlashtirish, kamol toptirishda milliy gʼoya xususida toʼxtalish muhimdir. Chunki taraqqiyot va
texnika asri deb atalmish XXI asr yoshlari qalbida maʼnaviy boylik, komil inson darajasiga
erishish, yurt-u xalqqa sadoqat hamda muxabbat tuygʼularini shakllantrishdek ezgu maqsad
yotadi. Faxrlanarli tomoni shundaki, bunday muqaddas tushunchalar yurtimizda
amalga oshirilayotgan yangilanish va bunyodkorlik ishlari bilan uygʼunlashib bormoqda.
Adabiyotshunos olim Abdurauf Fitrat “Xalqning harakat qilishi, davlatmand bo'lishi, baxtli
bo'lib izzat-hurmat topishi, jahongir bo'lishi, zaif bo'lib xorlikka tushishi, faqirlik jomasini kiyib,
baxtsizlik yukini tortib e'tibordan qolishi, o'zgalarga tobe va qul, asir bo'lishi bolalikdan o'z
ota-onalaridan olgan tarbiyalariga bog'liq. Bolalar axloqiy tarbiyani muhitdan oladilar,
boshqacha qilib aytganda, bolalar suvga o'xshaydi, suv idishning shaklini olganidek,
bolalar ham muhitning odob-axloqini qabul qiladilar”, deydi.Inson ahloqiy fazilatlari
samarasi borasidagi bildirilgan fikrlardan shuni anglash mumkinki, tashqi olamning
goʼzalligi inson ichki olamining goʼzalligi samarasidir-tashqi olamning vayronligi inson ichki
olamining xunkligidir. Bu boradagi insonning ezgi fazilatlarini roʼyobga chiqarish
borasidagi yosh avlodning taʼlim -tarbiya jarayonlari uzluksizligi amalda keng yoʼlga
qoʼyilganligini ijobiy ishlardan deb baholash mumkin. Аyni paytda yana va yana global
koʼlamlarda aynan yoshlar tarbiyasida yechimini kutayotgan muammolar mavjudligini tan
olishimiz, eʼtirof etishimiz kerak. Oʼzi va oʼzgalarning taqdiriga, kelajagiga befarqlik,
shafqatsizlik, ishyoqmaslik, halol mehnatdan boʼyin toblash, axloqsizlik, yengil-yelpi va
boshqalar hisobiga kun kechirish, giyohvandlik, oʼgʼirlik, jinoyatchi guruhlar, ekstremistlar
vaterroristlar faoliyatida ishtirok etish ham jamiyatning aynan navqiron yoshdagi aʼzolarini
oʼz domiga tortayotgani sir emas. Ilm oʼrganish, maʼlumot olish uchun sharoit yaratib
berayotgan axborot texnologiyalari, jumladan, Internet ham muammolar manbaiga aylanib
borayotganini taʼkidlash zarur. Navoiy xazratlari oʼz misralarida: Ilmni kim vositai joh etar,
oʼziniyu xalqni gumroh etar deya ilmni noinsoniy yoʼlda ishlatuvchi kimsalar nafaqat oʼzini,
balki xalqni –boshqalarni ham sarson qilishidan bizni ogoh etadi. Аna shu maʼnoda bugungi
mafkura poligonlaridagi muxoliflarimizning insoniy jihatlari, maʼrifati va maʼnaviyati borasida
har qancha bahslashishimiz mumkin-u, biroq ularni yoppasiga “oʼqimagan, ilmsiz va omi” deb
oʼylasak, qattiq yanglishamiz. Mafkura sohasida boʼshliq degan narsaning oʼzi hech qachon
boʼlmaydi. Chunki insonning qalbi, miyasi, ongu tafakkuri hech qachon axborot olishdan,
fikrlashdan, taʼsirlanishdan toʼxtamaydi.Demak, unga doimo maʼnaviy oziq kerak. Аgar shu
oziqni oʼzi yashayotgan muhitdan olmasa yoki bu muhit uni qoniqtirmasa, nima boʼlishi
ayonki, bunday oziqni u asta-sekin boshqa yoqdan izlaydi. Shunga yoʼl bermasligimiz lozim
hisoblanadi. Mustaqil yurtimizda yuritilayotgan, ertangi kun egalarini har jihatdan kamolga
432
yetkazish siyosati zamirida ham aynan mana shu hayot haqiqati –bugungi dunyoning dolzarb
talablari turibdi. Zero, mustaqil hayotga kirib kelayotgan, kuch-gʼayratga toʼla va orzulari
bepoyon yoshlarga ayni pallalarda amaliy yordam, toʼgʼri yoʼl-yoʼriq koʼrsatish –oʼzining
ertangi kuniga, farzandlari taqdiriga befarq boʼlmagan xalqning eng muhim vazifasi, buyuk
kelajak uchun bunyod etadigan mustahkam poydevori hisoblanadi.
Sh.M.Mirziyoyev ta'kidlaganlaridek: "Biz yoshlarga doir davlat siyosatini hech
og'ishmasdan, qat'iyat bilan davom ettiramiz. Nafaqat davom ettiramiz, balki bu siyosatning
ustuvor vazifamiz sifatida bugun zamon talab qilayotgan yuksak darajaga ko'taramiz.
Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma'naviy salohiyatga ega bo'lib,
dunyo miqyosida o'z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo'sh kelmaydigan insonlar bo'lib kamol
topishi, baxtli bo'lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar
etamiz" [8] zarur bo'lsa, biz mamlakatimiz suvereniteti va mustaqilligiga, xalqimizning tinch va
osuda hayotiga tahdid soladigan har qanday urinishlarga qarshi keskin zarba berishga qodirmiz"
[9] deb fikr bildirganlar. Demoqchimizki, xalqimiz o’zi tug’ilib o’sgan yer-zaminga qattiq
bog’langan, uni e’zozlashni bolaligidan o’rganib, his qilib o’sadigan millat sanaladi. Demak,
xalqimizning o’z yurtiga cheksiz sadoqati, ehtiromi bilan bog’liq milliy an’ana va qadriyatlari
uning boy tarixi bilan izohlanadi. Xuddi shuningdek, xalqimizning kattalarga hurmat, kichiklarga
izzat ko’rsatish, mehmondo’stlik, yordamga muhtojlarga shafqatli bo’lish, hayo, ibo va mehr-
oqibat, ahli ayolini — oilasini asrash, maishiy turmushda poklikni yuksak qadrlash singari
an’ana va qadriyatlari ham hayotning uzoq sinovlaridan o’tgan o’lmas ma’naviy merosimiz
sanaladi..
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo
etamiz. -T., O'zbekiston: NMIU, 2016. B-14.
2. Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo
etamiz. -T., O'zbekiston: NMIU, 2016. B-11.
3.Ortikov O. K. et al. Views of eastern thinkers on the development of intellectual abilities
in the scientific heritage //ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY
RESEARCH JOURNAL. –2021. –Т. 11. –No. 1. –С. 211-214.
4.Boltaeva M. J., Kh O. Ortikov. Features of the scientific heritage of eastern
thinkers about the attitude of parents to the child //Society and innovations. Special. –2021. –No.
2. –С. 469-474.
4.Ortiqov O., Begzod K. YOSHLARDA FAOL FUQAROLIK POZITSIYASINI
SHAKLLANTIRISHDA HUQUQIY TARBIYANING O ‘RNI //International Journal of
Contemporary Scientific and Technical Research. – 2023. – С. 551-554
ANIQ FANLARNI O‘QITISHDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNI
QO‘LLAGAN HOLDA DARS JARAYONLARINI TASHKIL ETISH
O‘ktamov Madadjon - SHDPI
“Informatika va uni o‘qitish metodikasi”
Toshpo‘lotova Jasmina - Shahrisabz davlat pedagogika
instituti talabasi
jasminatoshpolotova06@gmail.com
Musurmanova Yayra-Shahrisabz davlat pedagogika
instituti talabasi
Annotatsiya
. Bu maqola aniq fanlar, tabiiy muhit, hayvonlar va o‘simliklar olamiga oid
ilmiy tadqiqotlar, ekologik jarayonlar, ekosistemalar kabilarni o‘z ichiga olgan.
Kalit so‘zlar
. Aniq fanlar, tabiiy fanlar, ilmiy tadqiqotlar, ekosistemalar, tabiat hodisalari.