Agrar sohada suv resurslaridan foydalanishning ahamiyati va uni soliqqa tortish xususiyatlari

CC BY f
652-654
1
Поделиться
Отаназарова, Х., & Шукуров, И. (2024). Agrar sohada suv resurslaridan foydalanishning ahamiyati va uni soliqqa tortish xususiyatlari . Новый Узбекистан: наука, образование и инновации, 1(1), 652–654. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/new-uzbekistan/article/view/32424
Хосила Отаназарова, Филиал Ташкентского Государственного Экономического Университета
студент
Илхом Шукуров, Филиал Ташкентского Государственного Экономического Университета
учитель
0
Цитаты
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Maqola agrar sohada suv resurslaridan foydalanish ahamiyati va uni soliqqa tortish masalalariga bag‘ishlangan bo‘lib, unda bugungi suv resiurslarining tanqisligi, suvdan foydalanishni tartibga solish, ayrim rivojlangan mamlakatlarda suvdan foydalanish va uni soliqqa tortish, shuningdek sohani rivjlantirish bo‘yicha tavsiyalar keltirilgan.


background image

652

Psixologik bilim yuridik soha vakillari uchun ham asosiy jinoiy-huquqiy toifalarning

(ayb, motiv, maqsad, jinoyatchining shaxsi va boshqalar) mohiyatini chuqur tushunish uchun
ham, ayrim huquqiy masalalarni hal qilish uchun ham - sud ekspertizasini tayinlash uchun
zarurdir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1. Аминов И. И., Давыдов Н. А. Психология профессиональной деятельности юриста.
Учебник. — М.: Проспект. 2020. 280 с.
2.

Васильев В. Л. Юридическая психология (для бакалавров). Учебник. — М.: Юстиция.

2018. 608 с.
3.

Otamuratov R., Toshbekov H. PSIXOLOGIK XIZMAT SOHASIDAGI MAUMMOLAR VA

YECHIMLAR //Журнал Педагогики и психологии в современном образовании. – 2024. – Т.
4. – №. 2. – С. 16-22.
4.

Otamuratov R., Muhammadiyev A. YATROGENIYA KELIB CHIQISH TARIXI VA ILK

QARASHLAR //Журнал Педагогики и психологии в современном образовании. – 2024. –
Т. 4. – №. 2. – С. 3-9.
5.

Отамуратов R. Уникальность концепции эмоционального интеллекта в семейных

отношениях / Р. Отамуратов, С. Отамуратова, Д. Розикулова. – Информатика и
инженерные технологии. – 2023. – № 1. – С. 423-8.
6.

Отамуратова, С., & Отамуратов, Р. (2023). Nizoli vaziyatlardagi xulq-atvor

strategiyalarining psixologik tahlili . Информатика и инженерные технологии, 1(2), 323–328.
извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/computer-engineering/article/view/25284
7.

Отамуратов, Р. У. Психологические особенности эмоционального интеллекта человека

в интернет-среде (на примере молодёжь) / Р. У. Отамуратов, П. Н. Устин // Мир науки.
Педагогика и психология. — 2023. — Т. 11. — No 5. — URL: https://mir-
nauki.com/PDF/15PSMN523.pdf

8.

Otamuratov Rustam Uskanovich, Otamuratova Sarvinoz Abdurazakovna, Ochilova

Muxlisa.,

BuxDU “Psixologiya”

№ 2, 2023 “PSIXOLOGIYA” ILMIY JURNALi., 61-bet.

9.

Uskanovich O. R. et al. OILADA AYOLNING PSIXOLOGIK SAVODXONLIGINING

PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI //Journal of new century innovations. – 2023. – Т. 25. – №.
4. – С. 72-77.

AGRAR SOHADA SUV RESURSLARIDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI VA

UNI SOLIQQA TORTISH XUSUSIYATLARI

Otanazarova Xosila Jasurbek qizi

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali talabasi, Oʻzbekiston

Shukurov Ilhom Safarboyevich

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali kata o‘qituvchi, Oʻzbekiston

Annotatsiya

. Maqola agrar sohada suv resurslaridan foydalanish ahamiyati va uni soliqqa

tortish masalalariga bag‘ishlangan bo‘lib, unda bugungi suv resiurslarining tanqisligi, suvdan
foydalanishni tartibga solish, ayrim rivojlangan mamlakatlarda suvdan foydalanish va uni
soliqqa tortish, shuningdek sohani rivjlantirish bo‘yicha tavsiyalar keltirilgan.

Kalit so‘zlar

: suv, suv resurslari, soliq, agrar soha, qishloq xo‘jaligi.

Global isish iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini, shu jumladan qishloq xo‘jaligi ishlab

chiqarish tizimlarini suv bilan ta’minlashga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Yerning ko‘plab
mintaqalarida yog‘ingarchilik miqdori va muntazamligi o‘zgargan. Suv resurslarining
yetishmasligi tobora keskinlashmoqda va iqtisodiyotning ushbu sohasida qattiq raqobat
kuchaymoqda. 2019- yilda 153 mamlakatdan o‘n mingdan ortiq olimlar “Bioscience” jurnalida
jamoaviy bayonotni e’lon qilishdi [1], unda ular iqlim favfqulodda holatini e’lon qilishdi va
jahon kuchlari rahbarlarini shoshilinch choralar ko‘rishga chaqirishdi.


background image

653

O‘zbekiston – 2030 strategiyasida agrar sohani rivojlantirish va suv resusrlaridan oqilona

foydalanish borasida qator maqsad va vazifalar belgilangan [2]. Bugungi global iqlim o‘zgarishi
sharoitida agrar tarmoqda Strategiyada belgilanganidek, faqatgina irrigatsiya tizimi va suv
tejovchi texnologiyalarni qo‘llash, soha boshqaruviga xususiy sektor va davlat-xususiy sheriklik
mexanizmlarini keng joriy qilish orqaligina ijobiy natijalarga erishish mumkin.

Suv resurslaridan samarali foydalanish yo‘li barqaror agrar oziq-ovqat tizimlarini yaratish

orqali amalga oshiriladi, chunki dunyodagi chuchuk suvning 72 foizi qishloq xo‘jaligida, 16 foizi
sanoat ishlab chiqarishida, 12 foizi maishiy xizmat ko‘rsatish sohasida ishlatiladi. Dunyo
aholisining, taxminan, uchdan bir qismi (taxminan, 2,3 mlrd kishi) suv yetishmaydigan
mamlakatlarda yashaydi.

Chet el tajribasini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, cheklangan tabiiy resurslarni iste’mol

qilishni tartibga solishning eng keng tarqalgan iqtisodiy vositasi soliqlar va suv uchun
to‘lovlardir. Shunday qilib, suvdan foydalanish tushumlari o‘rmondan foydalanish, ov qilish va
baliq ovlash, foydali qazilmalarni qazib olish, tuproq ishlariga soliqlar (masalan, qum va
shag‘aldan foydalanish) uchun soliqlar va yig‘imlar bilan bir qatorda daromadlarning umumiy
toifasiga kiradi.

Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqlar va majburiy to‘lovlar hamma joyda

mavjud. Ular soliqlar, yig‘imlar, foydalanganlik uchun to‘lovlar, shuningdek suv manbalarining
ifloslanishi uchun to‘lovlar, suv qonunchiligini buzganlik uchun jarimalar, sug‘urta mukofotlari
(ekologik javobgarlikni sug‘urtalashda) va boshqa to‘lovlar shaklida taqdim etilishi mumkin.
Shu bilan birga, soliqlar va maxsus to‘lovlar o‘rtasidagi farq birinchisi shartsiz majburiy to‘lov
ekanligiga asoslanadi, ikkinchisi, qoida tariqasida, xizmat ko‘rsatish yoki zararni qoplash uchun
to‘lov shaklida harakat qiladi.

Mamlakatdagi daromad darajasiga qarab, maqsad nuqtai-nazaridan suvdan foydalanish

dinamikasi ma’lum ko‘rinishlarda aks ettirildi. Shunday qilib, kam daromadli mamlakatlarda
tahlil qilingan davrda o‘rtacha qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun suvdan foydalanish umumiy
suv olishning 68% dan ortig‘ini, o‘rtacha daromadli mamlakatlarda – taxminan 52% va yuqori
daromadli mamlakatlarda – taxminan 31% ni tashkil qiladi.

Suv iste’moliga eng katta soliq yuki Daniyada sodir bo‘ladi. Ushbu mamlakatning soliq

sohasida ikkita soliq mavjud – iste’mol uchun (kub metr suv uchun 0,83 yevro) va suv
resurslarini muhofaza qilishga ko‘maklashish uchun (kub metr uchun 0,03 yevro). Bundan
tashqari, barcha subyektlar suv iste’moli uchun 0,85 yevro miqdorida haq to‘laydilar.

Daniya bilan bir qatorda, Isroilda suv qazib olish uchun yuqori soliqlar qo‘llaniladi, bu

yerda stavkalar yilning vaqtiga va iste’mol darajasiga qarab belgilanadi. Ushbu mamlakatda soliq
yuki qishda boshqa fasllarga qaraganda yuqori (taxminan 0,7 yevro) va yilning qolgan qismida
ular iste’mol hajmiga bog‘liq. Belgilangan iste’mol me’yoridan oshib ketganda, soliq 5 baravar
ko‘payadi (0,09 dan 0,49 yevrogacha). Qurg‘oqchilik davrida me’yordan ortiq suv iste’mol qilish
uchun har bir kubometr uchun taxminan 4,70 yevro miqdorida soliq olinadi.

Estoniyada korxonalar tomonidan suv iste’moli hajmi (1 kub metr uchun 0,41–2,2 yevro),

aholiga (0,41–2,2 yevro) soliqqa tortish uchun asos hisoblanadi. Bundan tashqari, artezian suvini
qazib olish uchun to‘lov olinadi, bu yerda stavka suv havzasi turiga qarab farqlanadi va yer usti
manbalaridan suv olish maqsad va foydalanish yo‘nalishiga qarab soliqqa tortiladi. Artezian suvi
uchun to‘lov stavkalari kub metr uchun 0,16 yevrodan 0,016 yevrogacha o‘zgarishi mumkin.

Finlyandiyada suv iste’molchilari suv iste’moli uchun ikki darajali soliq to‘laydilar:

belgilangan miqdor va suv iste’molidan tashqari hajmga bog‘liq bo‘lgan miqdor (o‘rtacha -
taxminan 1,15 yevro). Shunga o‘xshash tizim Italiyada ham amal qiladi, bu yerda suv uchun
to‘lov foydalanish hajmiga bog‘liq va uning o‘sishini hisobga olgan holda asta-sekin o‘sib
boradi.

Germaniyada suv solig‘i manbaga (yer osti yoki yer usti) va suvdan foydalanish

maqsadiga bog‘liq. Stavkalar mahalliy munitsipalitet tomonidan federal Shtatlar darajasida
belgilanadi va tartiblanadi (kub metr uchun 0,31 dan 0,0003 yevrogacha). Shuni ham ta‘kidlash


background image

654

kerakki, ma’lum hududlar uchun tijorat yoki qishloq xo‘jaligi maqsadlarida yer usti suvlarini
iste’mol qilish uchun belgilangan to‘lov mavjud.

Polshada suv olish solig‘ini hisoblashning eng murakkab tizimlaridan biri hisoblanadi, bu

yerda to‘lovlar ko‘plab parametrlarga, ya’ni manbaga, suv sifatiga, hududlarga, iste’mol
maqsadiga qarab belgilanadi va farqlanadi.

Rossiyada suv solig‘i o‘rnatilgan. Soliq solish obyekti suv havzalaridan suv olishdir.

Stavkalarni farqlash manbaga (yer osti, yer usti) va daryo havzasiga, ko‘lga qarab belgilanadi.

Suv resurslaridan foydalanishda nafaqat bugungi, balki kelajak avlod haqida ham

qayg‘urishimiz zarur. 80 foizdan ortiq suv resurslari qo‘shni davlatlardan kirib keladi. Shundan
kelib chiqib, qo‘shni davlatlar bilan suv resurslarini integrallashgan holda boshqarish,
transchegaraviy suv resurslari va davlatlararo suv xo‘jaligi ob’ektlaridan birgalikda foydalanish
masalalarida faol ikki taraflama manfaatli hamkorlikni davom ettirish zarur.

Suv resurslaridan foydalanishda nafaqat bugungi, balki kelajak avlod haqida ham

qayg‘urishimiz zarur. 80 foizdan ortiq suv resurslari qo‘shni davlatlardan kirib keladi. Shundan
kelib chiqib, qo‘shni davlatlar bilan suv resurslarini integrallashgan holda boshqarish,
transchegaraviy suv resurslari va davlatlararo suv xo‘jaligi ob’ektlaridan birgalikda foydalanish
masalalarida faol ikki taraflama manfaatli hamkorlikni davom ettirish zarur.

Shuningdek, suv xo‘jaligi sohasiga oid barcha normativ-huquqiy hujjatlarni ham qayta

ko‘rib chiqishimiz, kerak bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasining Suv kodeksini qabul qilishimiz
dolzarb vazifalarimizdan biri hisoblanadi. Chunki suv tanqisligi muammolari global darajaga
chiqayotgan bir paytda avvalo, undan samarali foydalanishda barcha huquqiy asoslar yaratilishi
maqsadga muvofiqdir.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati

1. https://ores.su/ru/journals/bioscience/
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston – 2030 strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-
158-son Farmoni. 2023 yil 11 sentabr. https://lex.uz/ru/docs/6600413

OILADA MULOQOTNING SHAKLLANISHI

Qarshiboyev Sardor Alisher o‘g‘li

O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali

Xolmatova Sevara Inomjon qizi

O‘zbekiston Milliy Universiteti Jizzax filiali

taa@jbnuu.uz

Annotatsiya;

maqolada bolaning ijtimoiy rivojlanishi, ma’naviy tarbiyasi, shuningdek,

tarbiya jarayonida ota-onalarning о‘z farzandlariga nisbatan qо‘llayotgan tarbiya usullari, bolalar
axloqini shakllantirishdagi ular bilan aloqalarning xususiyatlariga tо‘xtalgan.

Kalit so’zlar;

bola, ma’naviy tarbiya, ota-ona, kattalar, fe’l-atvor chiziqlari, munosabat

O’zbekiston Prezidenti SH. M. Mirziyoevning “Oliy Majlisga qilgan murojaatnoma”sida

mamlakatni rivojlangan mamlakatga aylantirish uchun nafaqat jadal islohotlar, ilm-ma’rifat va
innovatsiya, balki, tashabbuskor islohotchi bo’lib maydonga chiqadigan, strategik fikr
yuritadigan, bilimli va malakali yangi avlod kadrlarini tarbiyalash talab etiladi. Buning uchun
ham bog’chadan boshlab oliy o’quv yurtigacha — ta’limning barcha bo’g’inlarini isloh qilish,
butun jamiyatimiz a’zolarining bilimi, saviyasini oshirish uchun avvalo ilm-ma’rifat, yuksak
ma’naviyat kerakligini, ilm yo’q joyda qoloqlik, jaholat va albatta, to’g’ri yo’ldan adashish
bo’lishini misollar orqali bayon etdi. Shuningdek, Prezidentimiz sharq donishmandlarining
quyidagi fikrlarini izohlab o’tdilar, “Eng katta boylik — bu aql-zakovat va ilm, eng katta meros
— bu yaxshi tarbiya, eng katta qashshoqlik — bu bilimsizlikdir!”

Shu sababli hammamiz uchun zamonaviy bilimlarni o’zlashtirish, chinakam ma’rifat va

yuksak madaniyat egasi bo’lish uzluksiz hayotiy ehtiyojga aylanishi kerakligini ta’kidlab
o’tdilar. Bunday shaxslar esa albatta oilada voyaga yetadilar. Tarbiya jarayonining markaziy
figurasi bola va uning shaxsi hisoblanadi. Maktabgacha yoshdagi bola umuminsoniy ma’naviy

Библиографические ссылки

https://ores.su/ru/journals/bioscience/

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston – 2030 strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-158-son Farmoni. 2023 yil 11 sentabr. https://lex.uz/ru/docs/6600413