Ustrushonada misolida qovunchi madaniyatiga umumiy tavsif hamda o’rganilish masalasi | Новый Узбекистан: наука, образование и инновации

Ustrushonada misolida qovunchi madaniyatiga umumiy tavsif hamda o’rganilish masalasi

CC BY f
376-379
2
Поделиться
Лапасова, М. (2024). Ustrushonada misolida qovunchi madaniyatiga umumiy tavsif hamda o’rganilish masalasi . Новый Узбекистан: наука, образование и инновации, 1(1), 376–379. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/new-uzbekistan/article/view/32653
Мафтуна Лапасова, Гулистанский государственный университет
Базовый докторант
0
Цитаты
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Maqolada “Qovunchi madaniyati”ning shakllanishi hamda uning shakllanishidagi jarayonalar Ustrushona va boshqa turdosh hududlarga yoyilishi, Toshkent vohasi Qovunchi madaniyati shakllanishining asosiy markazi bo'lganligi hamda qovunchiliklarning mashg’ulotlari va hunarmanchilik a boshqa sohalarda ko’rinishi haqida ma’lumotlar berilgan.


background image

376

"Be wary of who you trust, Harry. Not everyone is as they seem," Sirius cautioned, his

expression serious and grave.

The advice was expressed implicitly as modal verbs like “should” or “ought to” were not

used. Sirius` mentor advice towards Harry encouraged him to be careful while making decisions
and persuaded the importance of learning from those who have more knowledge and experience.
Sirius showed his guidance to Harry by saying these words which signifies the value of
following the advice of experienced people.

Another implicit advice was given to Harry Potter by Hermione Granger in the form of

imperative:

"Remember, balance is key in times of chaos. Stay focused and prioritize wisely,"

Hermione reminded, her voice calm and steady.

This advice serves as a conflict resolution. Whenever he came across any difficulties

during tournament, Harry tried to follow Hermoine`s advice by compromising, reconciliation
and offering an effective communication. The sociocultural importance of this advice is that it
enabled Harry to promote social cohesion with his contestants and fellows.

Conclusion

In English literature, directives are often used to provide instructions, commands, or

advice to characters, readers, or society as a whole. It reflects the cultural values and norms of
the period in the work by conveying moral lessons or social norms to the readers. Directives can
be expressed both explicitly or implicitly.

References

1.

Searle, Jhon R. (1979). Expression and Meaning Studies in the Theory of Speech Acts. In
Cambridge University (Vol. 1999, Issue December).

2.

Searle, John R, & Vanderveken, D. (1985a). Foundation of Illocutionary Logic. In
Syndicate of the University of Cambridge (Issue I)

3.

Yule, G. (2010). The Study of Language, Fourth Edition (4th ed.). Cambridge University
Press..

4.

Putri, I.A.P.A.D.P, Ramendra, D.P. and Swandana, I W.(2019). An Analysis Of Speech
Act Used in Harry Potter and the Goblet of Fire Movie. International Journal of language
and literature, 3.

USTRUSHONADA MISOLIDA QOVUNCHI MADANIYATIGA UMUMIY TAVSIF

HAMDA O’RGANILISH MASALASI

Lapasova Maftuna Sanaqul qizi

, GulDU tayanch doktoranti

e-mail:

maftuna.lapasova1991@inbox.uz

Annotasiya:

Maqolada “Qovunchi madaniyati”ning shakllanishi hamda uning

shakllanishidagi jarayonalar Ustrushona va boshqa turdosh hududlarga yoyilishi, Toshkent
vohasi

Qovunchi

madaniyati

shakllanishining

asosiy

markazi

boʻlganligi

hamda

qovunchiliklarning mashg’ulotlari va hunarmanchilik a boshqa sohalarda ko’rinishi haqida
ma’lumotlar berilgan.

Tayanch so’zlar:

“Qovunchi madaniyati, Qovunchi II, Qovunchi II, Qovunchi III,

Jetiasar madaniyati, Burg’uluk madaniyati, Qovunchitepa.


O‘zbekiston hududidagi qadimgi davrga oid yodgorliklarda o‘rganilgan moddiy

ashyolarda qadimgi davrda kirib kelgan yuechji, xun, usun va sarmat qabilalari hamda ilk o‘rta
asrlarda kirib kelgan, xioniy, kidariy, eftalit va turk xoqonligi davri moddiy va ma’naviy
madaniyatiga mansub xususiyatlar kuzatiladi. Ilk o‘rta asrlarda O‘rta Osiyo xalqlarining
ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy hayotida muhim, keskin o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Tarixiy
taraqqiyot oqibatida yuzaga kelgan o‘ta murakkab ijtimoiy va siyosiy vaziyat taqozosi bilan bu
davrdagi mavjud dexqonchilik vohalarida avval qator mulkdorlar tasarrufidagi mahalliy, mayda
hokimliklar (amlok) tashkil topdi. So‘ngra esa ilk o‘rta asrlarning yirik davlatlari tarkibiga


background image

377

nominal tarzda kirgan ushbu xokimliklarning taraqqiyoti, asosan siyosiy barqarorlik sharoitida
yanada ravnaq topdi.

Taniqli olim, akademik A.R.Muhammadjonovning e’tiroflariga ko‘ra, bu davrda, -

“shahar aholisi gavjumlashib ular, asosan, hunarmandchilik va savdo – sotiq bilan mashg‘ul edi.
Kulollik, to‘qimachilik, sarrojlik, misgarlik, chilangarlik, temirchilik va zargarlik bu davrda
ancha muncha rivoj topgan. Shaharlarda hunarmandchilikning ayrim turlariga turklar katta
ta’sir ko‘rsatardilar... Ular sarrojlik, metall qazib olish va undan, ayniqsa, qurol – yarog‘
yasashga juda mohir edilar. Bu paytda O‘rta Sirdaryo bo‘yi mintaqasi jumladan Ustrushonada
ham mahalliy an’analar asosida tayyorlangan ashyoviy manbalarda sifat o‘zgarishlari kuzatilib,
ko‘chmanchilarga xos xususiyatlar, ba’zan esa to‘liq ko‘chmanchilarga ta’lluqli buyumlar uchray
boshlaydi. Buni o‘lka xalqlari uy ro‘zg‘or buyumlaridan tortib, dafn udumlarigacha bo‘lgan
barcha sohalarda kuzatish mumkin. Bu holat, Qovunchi madaniyatining Ustrushona xalqlari
moddiy va ma’naviy madaniyatidan keng o‘rin egallaganligini ko‘rsatadi.

Qovunchi madaniyati - mil. av II-asr — milodiy VI-asrga oid arxeologik madaniyat.

oʻrganilgan joy dastlab qovunchitepa xarobasi boʻlgani uchun nomi shundan olingan. Qovunchi
madaniyati Toshkent vohasi, Sirdaryoning oʻrta oqimi va Fargʻonaning shimoliy-gʻarbiy qismida
tarqalgan. arxeolog G.V.Grigoryev 1934—37 yillarda Qovunchi madaniyati majmualarida
qazish ishlari olib borgan. Shoshtepani oʻrganish natijasida 1-marta madaniy qatlamlarning aniq
stratigrafiyasi belgilandi. Bu esa Qovunchi madaniyatining aniq davrini (Qovunchi I miloddan
avvalgi II—I-asrlar: Qovunchi II 2 bosqichga boʻlinib, uning 1-bosqichi milodiy I-IV-asrlarlar,
2-bosqichi V-VI-asrlar) belgilashga asos boʻlgan.

Qovunchiliklar dehqonchilik va yaylov chorvachiligi bilan shugʻullanishgan. Ular

dehqonchilik maʼbudalari, olov va ajdodlarga sig’inishgan. Milodning dastlabki asrlarida
Qovunchi madaniyati janubga tomon tarqalib, Sug’d, Qashqadaryo hududidagi mahalliy
madaniy majmualarga taʼsir eta boshlagan. VI-asrga kelib, O’rta Osiyoning markazidagi vohalar
bilan iqtisodiy va savdo aloqalarining kuchayishi hamda umumsugʻd madaniyati taʼsirida
Toshkent vohasida Qovunchi madaniyati oʻziga xos alomatlarini yoʻqotgan, sekin-asta butun
Movarounnahrga xos yagona madaniyat vujudga kela boshlagan.[A. Muhammadjonov]

Ustrushona yodgorliklarida o‘rganilgan kulolchilik buyumlarining asosiy qismini o‘troq

aholi va ko‘chmanchilar dashtlarida uchraydigan, qo‘lda yasalgan sopol idishlar tashkil etadi.
Sopol idishlar kulolchilik charxida, toza mayin tuproq loyidan yasalgan va sirtiga sarg‘ish-qizil
angob berilgan. Qolganlari tarkibida ko‘plab aralashmalar mavjud bo‘lib, bo‘z tuproq loyidan
qo‘lda yasalgan. Deyarli barcha sopol idishlar sirti jigarrang, oq, oq sarg‘ish, sariq va qizil
rangdagi suyuq angob bilan bo‘yalgan[ Toshboyev F.E.].

L.M. Levina xunn qabilalar ittifoqining parchalanishi munosabati bilan Sirdaryoning

oʻrta va quyi xavzalarida milodiy eraning boshlaridan etnik jixatdan bir-birlariga yaqin uchta
yirik tarixiy-madaniy xo’jalik markazlari va ularga xos arxeologik madaniyatlar
shakllanganligini eʼtirof etadi. Boʻlar Jetiasar, Oʻtror-Qoratov va Qovunchi madaniyatlari boʻlib,
ayniqsa ularning soʻnggi ikkitasi xar jixatdan bir-birlariga juda yaqindir. Qovunchi
madaniyatining birinchi bosqichida oʻrta Sirdaryo xavzasi qabilalarining (Qovunchi va Oʻtror-
Qoratov) quyi Sirdaryo (Jetiasar) qabilalariga madaniy-xo’jalik taʼsiri koʻzga tashlanadi.
Qovunchi madaniyatining Qovunchi II bosqichida uning aksi yuz beradi, yaʼni Toshkent
voxasida Jetiasar elementlarining faollashganligini kuzatish mumkin. Qovunchi madaniyatining
uchinchi bosqichida (Qovunchi III) bu arxeologik madaniyatlarning birinchidan, o’z xududlari
doirasida etnomadaniy lokalizasiyasi kuzatilsa, ikkinchidan, Oʻtror va Toshkent voxasi
madaniyatlari orasida etnomadaniy genetik birlik kuchli ekanligi koʻzga tashlanadi. Darxaqiqat,
ilk oʻrta asrlardan eʼtiboran, Oʻtror Choch malikligi tarkibida, uning shimoliy chegara hududi
hisoblangan. Sirdaryo oʻrta xavzasining shimoliy hududlari Turkistondan to Yangikentgacha
Qovunchi va Jetiasar madaniyatlarining kontakt zonasi rolini o’ynagan. Bu xaqda Maslaxatgepa,
Shuryuktepa, Suyaktepa, Turkiston Okgepasi, Sodikat va Oʻrdakettepa materiallari guvoxlik
beradi. Taʼkidlash joizki, qadimgi Toshkent voxasida turkiy etnik qatlam aynan Qovunchi
madaniyatidan boshlab jonlana boshlaydi, uning aks sadosi sifatida turkiy etnosning sezilarli


background image

378

izlari Qovunchi madaniyati yodgorliklarida yaqqol koʻzga tashlanadi. Buning boisi, birinchidan,
axolisi ikki xil til soxiblari boʻlgan Qang davlatining markazi, yadrosi Sirdaryoning oʻrta xavzasi
boʻlsa, ikkinchidan, bu mintaka qadimdan sug’diy va turkiy tilli qabilalarning muntazam aloqa
xududi boʻlib kelgan; uchinchidan, yunon mualliflari eʼtirof etganlaridek, Sirdaryoning quyi
xavzalari ikki til soxiblarinnng chegara rayoni edi. Bularning barchasi Kangkiya davlati tarkib
topgach, o’z mevasini bera boshladi, yaʼni turkiy etnosning tobora ortib borishiga olib keldi.
Yangi etnik guruxlarning maxalliy axoli bilan aralashib ketishi natijasida Sirdaryoning oʻrta va
quyi xavzasi xududlarida turkiy tilning jonli xalq tiliga aylanib borishi kuzatiladi. Elshunos
K.Shoniyozov taʼbiri bilan aytganda, Kangkiya davlati doirasida sug’diy va turkiy tilli etnik
birliklar asosida yangi etnos-qang’ar elati tarkib topadi [A.Asqarov].

M.I. Filanovichning taʼkidlashicha, Shoshtepani Burg’uluk madaniyati soxiblari tashlab

ketgach, uning xarobalarida chorvadorlarga xos oʻzga etnik guruhlarning qabrlari paydo boʻladi.
Qabr komplekslari sarmatlarning Proxorov madaniyatiga tegishli boʻlib, bu madaniyatning
tarixiy ildizlari Quyi Sirdaryoning Chirikrabot, Jetiasar va sarmat qabilalari madaniyatiga borib
taqaladi. Mil. avv. III asrdan boshlab ularning bir qismi Sirdaryoning quyi xavzalaridan uning
yuqori oqimi tomon, Aris va Toshkent voxasi ichki xududlarigacha kirib keladilar. Shoshtepa
qabrlarining stratigrafiyasiga ko’ra, Shoshtepa xarobalari Burguluk bosqichidan soʻng, kamida
50-60 yil oʻzga etnik guruxlarning qabristoni boʻlgan. O’zga etnik guruxlar Chochning maxalliy
axolisi bilan iqtisodiy va etnomadaniy aloqada Qovunchi madaniyatini shakllanishida faol
ishtirok etganlar. M.I.Filanovichning taʼkidlashicha, Shoshtepa markazida xoch shaklidagi
monumental binoning qad kutarishi aynan Quyi Sirdaryo xavzalaridan kirib kelgan sarmat va
jetiasar qabilalari meʼmorchiligi bilan bog’liq boʻlib, bu Qovunchi madaniyatini boshlanishidan
dalolat berar edi [A.Asqarov].

Qovunchi madaniyati kulolchiligida turli xil xayvonlarning, birinchi navbatda, mayda

shoxli xayvon suratlarini krujkalar, bug’zi tor kuza va xurmachalarning dastalarida aks etishida
xam ramziy maʼno yotadi, yaʼni krujka va xurmachalar mazkur madaniyat axolisi tarkibida
turkiy etnik qatlamning jamiyatda nufuzli mavqeiga ega ekanligiga ishora qiladi. Chunki,
kulolchilikda, chilangarlikda, ayniqsa xarbiy qurol-aslahalarni yasashda, ularga chizilgan xayvon
suratlarini keng qo’llanishi qadim-qadim zamonlardan prototurkiy etnik jamoalar sanʼatida
xayvoniy uslubda sanʼat asarlari yaratish, ayniqsa ilk temir davrida o’zining yuksak cho’qqisiga
ko’tarilgan. Xayvon kultini ishlab chiqarishning kulolchilik va metallurgiya xunarmandchiligida
keng ko’lamda qo’llash anʼanasi Qovunchi madaniyatining ilk bosqichlariga (Qovunchi I,
Qovunchi II) xos boʻlib, keyingi bosqichlarda qo’chqor kulti kulolchilikda deyarli uchramaydi.
Chunki, antik davrning soʻnggi bosqichlari va ilk oʻrta asrlarga kelganda, Qovunchi madaniyati
axolisining tarkibidagi uning ilk bosqichlariga xos xo’jalik xarakteri tubdan oʻzgarib, ikki til va
ikki xil xo’jalik soxiblarining o’zaro qorishuvi asosida tarkib topgan qang’ar elati vujudga
keladi. Unga xos yagona xududiy, iqtisodiy xujalik, etnomadaniy, xatto antropologik tip
shakllanadi. Aslida, Qovunchi madaniyatiga xos belgilar Burg’uluk madaniyatining soʻnggi
bosqichi arxeologik komplekslarida namoyon boʻla boshlaydi. Masalan, Qovunchitepa,
Quloqchintepa, Shoshtepadagi Burguluk komplekslari keramikasi standartlashadi, ularni
variantlarga ajratish imkoniyati tug’iladi, sopol idishlarga gul solish keskin qisqaradi, yassi tubli
miskalar, tovalar paydo boʻladi, yarimsferik kosalar trubasimon shaklni oladi, idishlar sirtiga
berilgan angob och qizillashib, ular yuzasida oqizma rang taramlari paydo boʻladi. Bularning
barchasi Qovunchi madaniyatiga xos jixatlar boʻlib, ular Burg’uluk madaniyatining yakunlovchi
bosqichi bag’rida nish ura boshlagan edi [A.Asqarov].

Bugungi kunda Toshkent voxasida Qovunchi madaniyatiga tegishli 100 dan ortiq

yodgorliklar o’rganilgan. Ular Yu.F. Buryakovning “Toshkent voxasida shaxar madaniyatining
rivojlanish bosqichlari va genezisi” nomli monografiyasida o’zining arxeologik tavsifini, tizimli
analizini, xronologik ketma-ketlikda davriy klassifikasiyasi va chuqur ilmiy taxlilini topgan.
Ko’za va xurmachalar orasida qator nov shaklli chizgilar bilan bezatilgan Jetiasar madaniyatiga
xos idishlar, xayvon dastali, jumrakli ko’zalar uchraydiYuqorida keltarilgan fikr muloxazalardan
kelib chiqib, taʼkidlash joizki, Qovunchi-I keramikasini shakllanishida bir tomondan, Proxorov


background image

379

madaniyati sarmatlarining taʼsiri boʻlsa, ikkinchi tomondan, Sirdaryo quyi xavzalarining Jetiasar
madaniyati taʼsiri katta boʻlgan. Bu tarixiy xaqiqat Oʻtror-Qoratov madaniyatining Oktepa-21 va
Shoshtepa-42 komplekslarida yaxshi kuzatiladi. Shu bois, Qovunchi-I davrining quyi chegarasini
mil. avv. II asr, yuqori chegarasini esa milodiy II asr boshlari bilan belgilash maqsadga
muvofiqdir. Qovunchi-II davrida qorni keng, quloqdi sopol qozonlar, Jetiasar madaniyatining
milodiy III—IV asrlarga xarakterli keramika kompleksi keng yoyiladi. Shularni xisobga olib,
Qovunchi-II bosqichini milodiy II—IV asrlar bilan belgilash mumkin. Qovunchi madaniyati
yodgorliklarining Qovunchi-III gorizonta uning yakunlovchi bosqichi boʻlib, uning davriy
sanasini milodiy IV—VI asrning birinchi yarmi bilan belgilash mumkin. Qovunchi-II va
Qovunchi-III yodgorliklari Qovunchi-I davriga nisbatan juda keng tarqalgan. Ilk oʻrta asrlarga
kelganda Sirdaryoning oʻrta xavzalaridagi axoli maskanlari turkiy tilning mavqei yuqori boʻlgan.
[A.Asqarov]. Bu paytda Ustrushona hukmdorlarning ikonagrafik obrazlarini, aks ettiruvchi
tangalar ham zarb qilingan. Ushbu tangalardagi ramziy tasvirlarda dastlabki taniqli afshin
hukmdorlaridan biri Chirdmish xuddi boshqa afshin hukmdorlari kabi qanotli toj kiygan shaklda
aks ettirilgan. Uning tangasini o‘ziga xos jihati boshining buddaviy ikonografikasiga xos
burilganroq shaklda aks ettirilganligidir. Satachari III tangalarida esa hukmdor boshi o‘rniga fil
rasmi va ―Janob Satachari yozuvi aks ettirilgan. Umuman olganda bu davrda zarb qilingan
Ustrushona tangalari o‘zida uchta din–zardo‘shtiylik, buddizm, xristianlik dinlari ramzlarini aks
ettiradi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Muhammadjonov A. Qovunchi madaniyati.

https://uz.info-about.net/627212/1/qovunchi-madaniyati.html

2. Литвинский Б.А. Кангюйско-сарматский фарн.. –С. 3.Григогорьев Г. В. Келесская степь
в археологическом отношении (К истории культуры древних саков) // Известия АН
КазССР. -Алма-Ата, 1984, № 1. -С. 51; Ўшамуаллиф. Каунчитепа. Ташкент, 1940.
3. Toshboyev F.E. Ustrushona chorvadorlarining antic davrdagi madaniyati. Toshkent, 2014. Б.
89.
4. S. Axmedov. Qadimgi Ustrushona tarixi va madaniyati. tarix o‘qitish metodikasi ta’lim
yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr darajasini olish uchun bajarilgan bitiruv malakaviy ishi. Jizzax.
2020. 65 bet. 3, 31, 37, 38 betlar.
5. A. Asqarov. O’zbek xalqining etnogezi va etnik tarixi. T.: “Unversitet”.2007.
6. A. Asqarov. O’zbek xalqining kelib chiqish tarixi. T.: “O’zbekiston”.2015.



DAVLAT BOSHQARUV TIZIMINING VUJUDGA KELISHI HAMDA DAVLAT VA

UNING MOXIYATI.

Mahkamov Shohruh Sarvar o’g’li

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti Jizzax filiali, O‘zbekiston,

mahkamov@jbnuu.uz

Annotatsiya:

Davlat bоshqaruv tizimining vujudga tarixi va davlat va uning mohiyati,

davlatni tushunishdagi hilma-xillik, davlatga oid qarashlarni shakllantirgan davr bilan bog‘liqdir,
boshqacha qilib aytganda, jamiyat taraqqiyoti, uning onggi va tafakkuri darajasi bilan bog‘liq
bo’lgan ma’lumotlar berilgan.

Ka’lit so’zlari:

Boshqaruv, Siyosiy hokimiyat, texnologiya, Davlat bоshqaruvi,

innоvatsiоn sikl, ishlab chiqarish.


Kishilik jamiyati tarixida davlat paydo bo‘lishi bilan ushbu fenomen haqida munozaralar

Библиографические ссылки

Muhammadjonov A. Qovunchi madaniyati.

https://uz.info-about.net/627212/1/qovunchi-madani yati.html

Литвинский Б.А. Кангюйско-сарматский фарн.. -С. З.Григогорьев Г. В. Келесская степь в археологическом отношении (К истории культуры древних саков) // Известия АН КазССР. -Алма-Ата, 1984, № 1. -С. 51; Ушамуаллиф. Каунчитепа. Ташкент, 1940.

Toshboyev F.E. Ustrushona chorvadorlarining antic davrdagi madaniyati. Toshkent, 2014. Б. 89.

S. Axmedov. Qadimgi Ustrushona tarixi va madaniyati. tarix o'qitish metodikasi ta’lim yo'nalishi bo’yicha bakalavr darajasini olish uchun bajarilgan bitiruv malakaviy ishi. Jizzax. 2020. 65 bet. 3, 31, 37, 38 betlar.

A. Asqarov. O’zbek xalqining etnogezi va etnik tarixi. T.: “Unversitet”.2007.

A. Asqarov. O’zbek xalqining kelib chiqish tarixi. T.: “O’zbekiston”.2015.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов