Oliy talim muassasalarida ta’lim sifatiga ta’sir etuvchi omillar | Новый Узбекистан: наука, образование и инновации

Oliy talim muassasalarida ta’lim sifatiga ta’sir etuvchi omillar

  • Национальный исследовательский университет "Ташкентский институт инженеров ирригации и механизации сельского хозяйства"
  • Национальный исследовательский университет "Ташкентский институт инженеров ирригации и механизации сельского хозяйства"
CC BY f
382-384
11
Поделиться
Маматов, Н., & Иброхимов, С. (2024). Oliy talim muassasalarida ta’lim sifatiga ta’sir etuvchi omillar . Новый Узбекистан: наука, образование и инновации, 1(1), 382–384. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/new-uzbekistan/article/view/32655
0
Цитаты
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Hozirgi kunda xususiy va davlat oliy ta’lim muassasalari (OTM)da shaffoflik va mas’uliyat talablari kuchaymoqda. Bu OTMni ichki va tashqi manfaatdor tomonidan ta’minlanayotgan ta’lim sifatini mahalliy, mintaqaviy va ichki standartlarga javob berishiga ishonch hosil qilish uchun tekshirish bilan bog'liq. Mazkur maqola OTM ta’lim sifatini nazorat qilishdagi ta’sir ko’rsatuvchi omillar ya’ni, talabani boshlang'ich salohiyati, boshqaruv tizimlari, o'quv xonalaridagi sharoitlar, muhit, moddiy manbalami yetishmasligi, muassasalami ma’suliyatsizligi va o'qitish usullariga bag’ishlangan bo'lib, unda mazkur muammolarni bartaraf etish yo'llari o’rganilgan.


background image

382

rivojlantirish yo‘lida – Toshkent: O‘zbekiston, 2008.

3.

Махкамов S. Теоретические основы базы данных (мб) и системы управления

базами данных (мббт) / Ш. Махкамов. – Информатика и инженерные технологии. – 2023.
– № 1. – С. 90-94.

4.

Mahkamov Sh. Davlat bоshqaruv tizimida innоvatsiоn texnоlоgiyalarni qо‘llash

bоsqichlari / Mahkamov Shohruh Sarvar o’g’li - International scientific-practical conference -
2023. № 1, - 275-277 b.

OLIY TALIM MUASSASALARIDA TA’LIM SIFATIGA TA’SIR ETUVCHI

OMILLAR

Mamatov Narzullo Solidjonovich,

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini

mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot

universiteti.t.f.d., prof

m_narzullo@mail.ru

Ibroximov Sanjar Rustam o‘g‘li

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini

mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot

universiteti,

ib.sanjar93@gmail.com

Annotatsiya:

Hozirgi kunda xususiy va davlat oliy ta’lim muassasalari (OTM)da

shaffoflik va mas’uliyat talablari kuchaymoqda. Bu OTMni ichki va tashqi manfaatdor
tomonidan ta’minlanayotgan ta’lim sifatini mahalliy, mintaqaviy va ichki standartlarga javob
berishiga ishonch hosil qilish uchun tekshirish bilan bog‘liq. Mazkur maqola OTM ta’lim sifatini
nazorat qilishdagi ta’sir ko‘rsatuvchi omillar ya’ni, talabani boshlang‘ich salohiyati, boshqaruv
tizimlari, o‘quv xonalaridagi sharoitlar, muhit, moddiy manbalarni yetishmasligi, muassasalarni
ma’suliyatsizligi va o‘qitish usullariga bag‘ishlangan bo‘lib, unda mazkur muammolarni bartaraf
etish yo‘llari o‘rganilgan.

Kalit so‘zlar:

ta’lim sifati, oliy ta’lim, moddiy manba, o‘quv dasturlar, barqaror

rivojlanish maqsadlari.

Kirish

Dunyo olimlari va yetakchi mutaxassislar tomonidan 2015-yil sentyabrda 17 ta barqaror

rivojlanish maqsadlari (BRM) qabul qilingan bo‘lib, ulardan biri faqat sifatli ta’limga qaratilgan.
Bunda barcha uchun inklyuziv va sifatli ta’limni ta’minlash hamda umrbod ta’limni rivojlantirish
4-maqsadda belgilab o‘tilgan. Ushbu maqsadga muvofiq, sifatli ta’lim - bu jinsi, irqi, etnik kelib
chiqishi, ijtimoiy-iqtisodiy holati va geografik joylashuvidan qat’iy nazar, har bir talabani
ijtimoiy, hissiy, aqliy, jismoniy va kognitiv rivojlanishiga yo‘naltirilgandir. Ta’lim rivojlanishini
ta’minlash uchun o‘ziga xos va samarali ta’lim vositalaridan foydalanish, qo‘llab-quvvatlovchi
ta’lim muhiti va sifatli ta’lim shaxslar, jamoalar va jamiyatlarni gullab-yashnashi uchun zarur
bo‘lgan natijalarni beradi [1].

Raqamli texnologiyalar va bugungi sharoitlar insoniyatga ta’lim olishni qulay va

soddalashtirishiga qaramay, ko‘plab OTMdagi ta’lim sifati natijalari buni aksini ko‘rsatmoqda.
Mazkur ishda ta’lim sifatiga ta’sir etuvchi hal etilmagan asosiy muammolar o‘rganilib, ular
asosida xulosalar berilgan.

OTMda ta’lim sifatiga ta’sir etuvchi omillar.

OTMda ta’lim sifatiga ta’sir etuvchi

asosiy omillar quyidagilardan iborat:

-

Ta’lim sifatiga ta’sir etuvchi asosiy omillaridan biri talabalarni boshlangich salohiyati

bo‘lib, oliy ta’limdan oldingi ta’lim muassasalaridagi ta’lim sifati yetarli bo‘lmaganligi uchun
talabalarni boshlang‘ich bilimlari yetarli bo‘lmaydi va hozirgi o‘quv rejalaridagi fanlarni
o‘zlashtirishga qiynalishadi [2].


background image

383

-

OTM ta’lim sifatiga ta’sir etuvchi asosiy omillardan yana biri bu boshqaruvni nisbatan

samarasizligi hisoblanadi. Umuman olganda OTMdagi ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limlarida,
dekanat va boshqa sifat uchun ma’sul bo‘limlari xodimlari ishni sifatsiz olib borishi bilan
bog‘liq. Odatda bu kabi lavozimlarga ishga qabul qilishda rektor yoki prorektorlarni talabgorni
ish samaradorligi emas, balki uni ish staji ko‘proq qiziqtiradi [3]. Bundan tashqari, bo‘limlarni
asosiy vazifalarini deyarli barchasi quyi bo‘limlarga, xususan kafedralarga yuklatiladi.

-

Ayrim o‘quv xonalarini belgilangan standartlarga javob bermasligi, ayniqsa bu

kompyuter ilmlari bilan bog‘liq bo‘lgan yo‘nalishlarda yaqqol namoyon bo‘ladi. Ayrim OTMda
ma’ruza va amaliy mashg’ulotlarga auditoriyani yoki guruhni shakllantirish jarayonida yo‘l
qo‘yiladigan jiddiy xatoliklar. Masalan, manbalarni tejash maqsadida ma’ruza va amaliyotlarda
guruhlar sonini ko‘paytirish [4].

-

Talabalarga zarur bo‘lgan xizmatlarni yetarli darajada ko‘rsatish imkonini mavjud

emasligi. Bugungi kunda OTMni aksariyati talabalarga mos yo‘naltirilgan dasturlar, sog‘liqni
saqlash xizmatlari, yotoqxonalar, yo‘l-yo‘riq va maslahat xizmatlari kabilarni to‘liq va
mukammal taqdim eta olmasligi. Bu kabi holatlar talaba asosiy e’tiborini ta’limga emas, balki
boshqa ikkilamchi maqsadlarga yo‘naltirishga majbur qiladi[5].

-

Moddiy manbalarni yetarli emasligi. Hozirgi kunda OTMning aksariyatida qurilish uchun

zarur moddiy manbalar yetarli emas. Masalan, o‘yin maydonchalari, zamonaviy o‘quv xonalari,
infratuzilma, ilg‘or texnologiyalarga asoslangan jihozlarga ega bo‘lgan laboratoriya xonalari,
hattoki hojatxona va xodimlar uchun aloxida xonalarni mavjud emasligi [6].

-

Muassasalarni mas’uliyatsizligi esa oliy ta’lim sifatini jiddiy pasayishiga olib keladi.

Bunda dars jarayoni samarasiz bo‘lmasligi, samarali o‘qituvchi butun umr o‘rganuvchi bo‘lishi
va o‘z bilimini ixtiyoriy mustahkamlashi talab etiladi. Yaxshi muassasa esa professor-
o‘qituvchilari yordamida tezroq taniladi. Muassasa turli jurnallar va yaxshi kutubxona bilan
ta’minlangan bo‘lishi shart, bu esa o‘qituvchilar malakasini yanada oshirish imkonini beradi [7].

-

O‘qitish usullari. O‘quv dasturi shunday bo‘lishi kerakki, u jamiyat uchun foydali

bo‘lgan yangi bilimlarni taqdim etishi va ishga joylashish imkoniyatlarini ta’minlashi shart.
Bunda o‘qituvchilardan sifatli o‘quv materiallari, multimedia, zamonaviy ITdan foydalanishni
bilishlari talab etiladi [8].

-

Oliy ta’lim sifatiga ta’sir etuvchi boshqa omillar ham mavjudki, jumladan o‘qituvchi va

talaba motivatsiyasi, o‘quv-tarbiya jarayoni uchun qulay shart-sharoitlar, o‘quv dasturini
muvofiqligi bandlikni kamaytirishga xizmat qiladi.

Xulosa

Ta’lim sifatiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar jamiyatni saloxiyatsiz kadrlarga boyitadi va

butun bir davlatni rivojlanishiga qa’tiy to‘sqinlik ko‘rsatadi. Shuning uchun bu kabi
muammolarni o‘z vaqtida sifatli hal etish lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

The Wellspring Foundation for Education. (2022, May 21). What do we mean by Quality
Education?

-

The

Wellspring

Foundation

for

Education.

https://thewellspringfoundation.org/resources/

2.

Chaudhary, S. (2011), Problems and prospects of Indian Higher Education in the Age of
globalization, University News, vol. 49(23)

3.

Ranganathan, R. & Rao, SVL (2011): Reformation of Higher Education in India: Quality
Concerns; University News, 49 (10) March 07-13: Delhi.

4.

Singh, K.P. & Ahmad, S. (2011), Higher Education in India: Major Concerns, University
News, vol. 49(29): Delhi.

5.

UNESCO (2005): Education for All: the Quality Imperative; UNESCO Report 2005.

6.

R. Srinivas "Quality Concerns in Higher Education in India" Iconic Research And
Engineering Journals Volume 6 Issue 8 2023 Page 69-73

7.

Mamatov, N., & Ibroximov, S. (2023). Artificial intelligence in education: paving the
way for a more effective learning experience. Informatika i injenernыye texnologii, 1(2),
107-109.


background image

384

8.

Solidjonovich, M. N., O‘G‘Li, I. S. R., O’Gli, F. V. O., & O‘G‘Li, S. A. N. (2023).
SUN’IY INTELLEKT VOSITALARINI TA’LIMNI NAZORAT QILISH VA
BAHOLASHDA QO ‘LLASH. Al-Farg’oniy avlodlari, 1(4), 291-297.

GRAFIK TA’LIM JARAYONIDA DIZAYN FIKRLASHNI RIVOJLANTIRISHDA

ELEKTRON RESURSLARDAN FOYDALANISH

Mardov Sanjar Xudoykulovich

PhD, v.b., dotsent,Toshkent arxitektura-qurilish universiteti

sanjar.mardov@mail.ru

Annotatsiya:

Hozirgi kunda oliy ta’lim maskanlarida grafik ta’limga alohida e’tibor

qaratilmoqda. Grafik ta’lim sohasini ya’nada jozibali qilib ko‘rsatishda dizayn fikrlash muhim
omillardan biri ekanligi o‘z isbotini topdi.

Xususan arxitektura yo‘nalishi mutaxassislari

hisoblanmish muhandis-quruvchilar uchun dizyn fikrlash va uning nazariy jihatlarini mukammal
bilib talab etiladi. Chunki ular yaratayotgan va barpo etayotgan loyiha inshoatlari
foydalanuvchilar uchun qulay va shinam bo‘lishi talab etiladi. Shuning uchun ham dizayn
fikrlash va uning nazariy jihatlari, takibiy tuzilmasini o‘rganishlari talab etiladi.

Kalit so‘zlar:

dizayn fikrlash, grafik ta’lim, interer, grafik dastur, standart, innovatsiya,

grafika, arxitektura, muhandis, vektorli grafika, loyiha, modeling.


Ayniqsa XXI – asr axborot texnologiyalar asridan ta’limning qaysi boʻgʻinida boʻlishidan

qa’tiy nazar axborot texnologiyalaridan foydalanmasdan turib oʻqitishda sifat–samaradorlikka
erishib boʻlmaydi. Oldinlari darslarda faqat ma’ruzalar ogʻzaki, amaliyotlar doskalarda yozish
chizish orqali oʻtilar edi. Asta-sekinlik bilan koʻrgazmali materiallardan, pedagogik
texnologiyalardan foydalanishga oʻtildi. Bu holatda gumanitar fanlar, tabiiy fanlar va aniq
fanlarning ba’zilarida natija yaxshi boʻlar edi. Lekin aniq fanlar qatorida boʻlgan arxitektura
sohasidagi fanlarini oʻqitishda kutilgan natijaga va pedagog oʻz oldiga qoʻyilgan maqsadga
erisha olmasdi. Sababi arxitektura sohasidagi fanlarni oʻzlashtirishda talabalardan kuchli
intellektual salohiyat, dizayn fikrlash va fazoviy tasavvur, yuqori darajadagi xotira talab e’tadi.
Chunki mavzuni tushuntirish jarayonida talaba qanday jarayon ketayotganini toʻla anglab
yеtmasa, mavzu mohiyatini toʻla tushuna olmaydi. Keyinchalik bu fanning qolgan mavzularini
ham tushunmaydi, arxitektura sohasidagi fanlar mavzularini oʻzaro uzviy bogʻliqdur. Koʻrib
chiqilayotgan muammoning boshqa tarafiga ham toʻxtalib oʻtsak. Doskada pedagog qanchalik
moxirlik bilan chizmasin baribir chizilayotgan narsani toʻla koʻrsatib bera olmaydi. Koʻrgazmali
materiallar orqali ham yеtkazilayotgan ma’lumot toʻla yеtkazilmaydi. Talabalar dizaynga bogʻliq
boʻlgan fanlarning mavzularini mukammal oʻzlashtirish uchun dars jarayonida pedagog axborot
texnologiyalaridan oʻz oʻrnida va unumli foydalanishini ta’lab etadi. Loyihalashga bogʻliq
fanlarda ayniqsa arxitektura sohasidagi fanlarda axborot texnologiyalaridan samarali
foydalanish, pedagog oʻz oldiga qoʻygan maqsadiga erishishda muhim ahamiyat kasb etadi[1].
Chunki talabalar chizish bilan bir vaqtning oʻzida chizayotgan narsalarini umumiy koʻrinishda
koʻrib borsa mavzu mohiyatini ya’nada chuqurroq anglab yеtadilar. Arxitektura sohasidagi
fanlarda asosan qurilishdagi standartlar, materiallarning shartli tasvirlanishlari, binolarning
qirqimlari va boshqa shunga oʻxshash jihatlar talabalarga oʻrgatiladi. Keling endi arxitektura
qurilish chizmachiligi boʻlimining biror bir darsida axborot texnologiyalarning tadbigʻini koʻrib
oʻtaylik. Pedagog talabalarga biror bir xonaning intererini chizish mavzusini talabalarga
tushuntirishda albatta grafik dasturlardan foydalanishi lozim boʻladi. Hozirgi kunda grafik
dasturlar nihoyatda koʻp. Misol tariqasida quyidagilarni keltirib oʻtishimiz mumkin: ArchiCad,
3d Max, Lumion, Auto Cad, va boshqa grafik dasturlani ham sanab oʻtishimiz mumkin. Pedagog
bu dasturlar ichidan mavzu mohiyatiga mos boʻlgan grafik dasturlarni tanlashi lozim.

Interer qurushimiz uchun avvalo biz xonaning devorlari va pollarini yaratishingiz kerak.

Agar siz binolarning oʻlchamlari bilan rejangiz boʻlsa, u holda devorlarni ular boʻylab choʻzish
qiyin boʻlmaydi. Agar sizda rejangiz boʻlmasa, ishlab chiquvchilar veb-saytlaridan olingan

Библиографические ссылки

The Wellspring Foundation for Education. (2022, May 21). What do we mean by Quality Education? - The Wellspring Foundation for Education. https://thewellspringfoundation.org/resources/

Chaudhary, S. (2011), Problems and prospects of Indian Higher Education in the Age of globalization, University News, vol. 49(23)

Ranganathan, R. & Rao, SVL (2011): Reformation of Higher Education in India: Quality Concerns; University News, 49 (10) March 07-13: Delhi.

Singh, K.P. & Ahmad, S. (2011), Higher Education in India: Major Concerns, University News, vol. 49(29): Delhi.

UNESCO (2005): Education for All: the Quality Imperative; UNESCO Report 2005.

R. Srinivas "Quality Concerns in Higher Education in India" Iconic Research And Engineering Journals Volume 6 Issue 8 2023 Page 69-73

Mamatov, N., & Ibroximov, S. (2023). Artificial intelligence in education: paving the way for a more effective learning experience. Informatika i injencmbiyc tcxnologii, 1(2), 107-109.

Solidjonovich, M. N„ O‘G‘Li, I. S. R., O’Gli, F. V. 0., & O‘G‘Li, S. A. N. (2023). SUN’IY INTELLEKT VOSITALARINI TA’LIMNI NAZORAT QILISH VA BAHOLASHDA QO ‘LLASH. Al-Farg’oniy avlodlari, 1(4), 291-297.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов