Kaft tasvirini shakllantirish vositalari
Shaxsni tanib olish biometrik texnologiyalari kirish-chiqishni nazorat qilish, bank, ichki ishlar, ta’lim kabi sohalarda keng qo‘llanilmoqda. Amaliyotda esa barmoq izi, yuz tasviri, ko‘z qorachig‘i, kaft va qon tomirlariga asoslangan tanib olish tizimlari keng joriy etilgan. Ishonchli va arzon biometrik tizimlarga bo‘lgan talablar kun sayin ortib bormoqda. Biometrkani har bir yo‘nalishi qo‘llanish sohasiga ko‘ra o‘ziga xos yutuq va kamchiliklarga ega. Hozirgi kunda kaft tasviri asosida shaxsni identifikatsiyalash zamonaviy vositalar hisobiga tez rivojlanmoqda. Bunga undan foydalanish sodda va qulayligi, emotsional betarafligi, faqat kamerani talab qilishi kabilar sabab bo‘lmoqda.
Mazkur maqola kaft tasviri bo‘yicha shaxsni identifikatsiyalash vositalari tadqiqiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda kaft tasvirini onlayn olish qurilmalari, ularni yutuq va kamchiliklari, qulayliklari keltirib o‘tilgan.