499
ota-onani farzand tarbiyasi bilan bog‘liq turli qarashlarni psixologik sabablarini
o‘rganish;
ko‘p bolali oiladalarda ota-ona va farzand munosabatlarining farzandlar shaxsini
shakllanishiga ta’siri;
ko‘p bolali oiladalarda aka-ukalik va opa-singillik munosabatlarini o‘ziga xos jihatlari.
Darhaqiqat, barchamiz uchun juda yaqin va tanishdek tuyulgan oila va nikoh masalalari
bilan shug’ullanadigan olimlarga, oila psixologi yoki pedagogi bo`lib faoliyat yurituvchilarga
tashqaridan kuzatuvchilar ular ishini osonday tasavvur qilishadi. Lekin ming afsuski, unday
emas.
Ko‘p bolali oiladagi ota-onaning oilaga bo‘lgan munosabatini o'rganish, shuningdek,
koʻp
bolali oilalarda shaxslararo munosabatlarning bola psixik taraqqiyotiga taʼsiri muammosi
psixologiyaning
rivojlanishiga
hissa
qo'shadi.
Koʻp
bolali oilalarda shaxslararo
munosabatlarning bola psixik taraqqiyotiga taʼsiri empirik o‘rganish oilalar tug‘ilishning
psixologik omillarini yaxshiroq tushunishga hissa qo‘shadi va ko‘p bolali va kam bolali
oilalardagi oilalararo munosabatlarni xususiyatlari haqida tushuncha beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Karimova V.M. Oila psixologiyasi: Darslik. Pedagogika oliygohlari talabalari uchun //
T.: 2007. – 316 b.
2. Maxmudov O.A.-“Farzandnoma”, Toshkent: G‘.G‘ulom nomidagi nashriyot matbaa
ijodiy uyi,2020.- 352b.
3. O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksi. – Toshkent: Adolat, 2016
4. Джуманов Ш. Роль коммуникативных отношений в формировании отношения
студентов к образованию //Информатика и инженерные технологии. – 2023. – Т. 1. – №. 1.
– С. 292-296.
5. Djumanov S. Z., Xoliqulova S. BOLA TARBIYASIDA OILANING TUTGAN O ‘RNI
//Academic research in educational sciences. – 2023. – Т. 4. – №. TMA Conference. – С. 152-
156.
DAFN AN’ANALARINING USTRUSHONA AHOLISI MA’NAVIY DINIY
HAYOTIDAGI O‘RNI XUSUSIDA
Tugalov Boburjon Baxodir o’g’li-Jizzax Davlat Pedagogika Universiteti Tarix fakulteti
O’zbekiston tarixi kafedrasi o’qituvchisi
Annotatsiya:
Ustrushona aholisining ma’naviy hayoti – diniy e’tiqodlari, aholi diniy
tasavvurlari va mifologik qarashlari turli urf-odat va marosimlarga juda boy bo‘lib, bu udum va
marosimlarda aholining yashash tarzi bilan bog’liq an’analari haqidagi ma’lumotlar aks etgan.
Kalit so’zlar:
Ustrushona, ma’naviy diniy hayoti, Suzmoyilota, Yuqorisoy qoyatosh
rasmlari, Zaravax kitobi, Anaxita xaykalchasi, Qizilsoy qabristoni, Chayonli mozorlari.
Qabr inshootlari va dafn udumlarini o‘rganish, qadimgi davr odamlarining dunyoqarashi
va e’tiqodi rivojlanishidagi ba’zi arxaik bosqichlarni ma’lum darajada qayta tiklashga yordam
beradi. Qadimgi Ustrushona aholisi ma’naviy hayoti va diniy tasavvurlari haqida to‘xtaladigan
bo‘lsak arxeologik manbalar va tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra, O‘rta Osiyoda bronza, ilk temir,
antik va ilk o‘rta asrlardagi turli dinlar va diniy e’tiqodlardan kelib chiqqan holda dafn
marosimlari o‘tkazilgan. Shunga bog’liq holda qabr inshootlari ham qadimgi dinlar va diniy
topinchlar asosida barpo etilgan.
Ma’lumki, O‘rta Osiyo xalqlarida islom kirib kelguncha ajdodlar e’tiqodi, tabiat xodisalari
bilan bog’liq tasavvurlar bilan birga turli xil dinlar ham keng tarqalgan va ular aholi diniy
hayotiga ham o‘z ta’sirini o‘tkazib borgan. Manbalarda turkiy xalqlarning shomoniylik e’tiqodi
bilan birgalikda, quyoshga, ajdodlar ruhiga, butun xalqqa tegishli bo‘lgan ko‘k ruhi (tangri) ga
sig’inish, tog’lar, suv manbalari (daryo va ko‘llar) ga topinish va boshqa totemistik diniy
marosimlari eslatiladi. Ajdodlar ruhiga topinish O‘rta Osiyo hududida yashagan qadimgi xalqlar
500
diniy dunyoqarashida muhim bo‘lgan. Bu topinch ibtidoiy odamlar davridan mavjud bo‘lib
kelgan animizmning bir ko‘rinishidir. Vaqt o‘tgani sari mazkur topinch boshqa diniy topinchlar
bilan aralashib, turli ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi[1]. Ular orasida qadimda keng tarqalgan
diniy e’tiqodlardan biri shomoniylik (qam) dini bo‘lgan. Bu din jon va ruhlarga e’tiqod asosini
tarbiyalagan hamda koinotni yo‘qlikdan bor qilgan Ko‘k Tangriga sig’inishga asoslangan.
Turkiston (Morguzar) tog’i, O‘riklisoy darasida tabiiy toshdan o‘yib ishlangan, 5 x 3 m
o’lchamdagi turkiylarning muqaddas ilohi shomon – tosh xudo (Tangri sang) tasviri
o’rganilgan[2]. Bu aholi orasida shomoniylik e’tiqodi bilan bog’liq tasavvurlar keng
yoyilganligidan guvohlik beradi. Bunga o‘xshash qoyatosh rasmlari shu paytgacha ham
Ustrushona hududida o‘rganilgan. Ulardagi rasmlarining turlari ham xilma-xil bo‘lib, qoyalarga
asosan alohida yoki kompozitsion mazmunga ega bo’lgan antropomorf va zoomorf hamda turli
geometrik belgi tasvirlar mahorat bilan aks ettirilgan. Qoyatoshlarga ishlangan odam tasvirlarini
o‘ziga xos xususiyatlariga qarab ular bir nechta guruhlarga ajratib o‘rganilgan.
Suzmoyilota va Yuqorisoy qoyatosh rasmlarida bosh kiyimi bilan birga aks ettirilgan
odamlar tasviri aniqlangan. Ularni ba’zilarining bosh kiyimlari cho‘qqi uchli va quloqchinli
ko‘rinishda ishlangan. Bu bosh kiyimlar Markaziy Osiyo va unga tutash bo‘lgan joylarda
yashagan qadimgi sak qabila vakillari kiyadigan uchli qalpoq yoki dubulg’aga o‘xshashdir.
Bunday odam tasvirlarini yana shu tog’ tizmasidagi Sarmishsoy, Qoraqiyasoy, Toshqo‘rg’onsoy,
Chorbog’soy, Ilonbuloqsoy, Quduqchasoy va boshqa qoyatosh rasmlari yodgorliklarida ham
uchratish mumkin[3].uqorisoy (Soyibolo) qoyatosh rasmlari orasida odamlar shomon obrazida
yoki biror diniy marosim sahnasi aks ettirilgan kompozitsion manzarada mahorat bilan
tasvirlangan. Bunda shomon obrazida tasvirlangan odam qadimgi rassom tomonidan gavdasi
to‘liq ko‘rinishda tavirlangan bo‘lib, bosh kiyimda, og’ziga niqob taqqan, yelkasi keng va beliga
tomon ingichkalashib borgan bo’lib, beliga nimadir taqib olgan chap qo‘lida nimanidir ushlab
turibdi, o‘ng qo‘li usti mox va lishayniklar bilan qoplanib ketgani sababli ko’rinmay qolgan.
Uning oyoqlari uzun tizzalari biroz bukilgan bo‘lsa oyoq uchlari biroz qayrilib turibdi.
Shuningdek, shu qoyatoshning o‘ng tomon pastki burchagida bir-biriga yuzma-yuz turgan ikkita
odam tasvirlangan bo‘lib, ular ba’zi diniy amallarni bajarish mobaynida amalga oshiriladigan
raqs jarayonlari bilan uyg’unlashgan holatda mahorat bilan aks ettirilgan[4].Bu tasvirlardan shu
narsa anglanadiki, har bir qabila o‘z dini va xudosiga ega bo‘lgan paytda umumiy din birlik,
hamkorlik uchun katta ahamiyatga ega bo’lgan va shamanlik mustahkam o‘rnashgan. Oddiy xalq
esa osmon ruhiga ham, yer-suv ruhiga ham, quyoshga ham, hayvonlarga ham topinavergan.
Qabilalar uyushmasi va uyushma tarkibi turlicha bo‘lgani uchun xudo haqidagi tasavvurlar ham
har xil bo‘lgan[5].
Yozma manbalarda ta’kidlanishicha, Ustrushonada ilk o‘rta asrlarda bosh manbasi Zaravax
kitobida yoritilgan “oq e’tiqod” va qimmatbaho taqinchoqlar bilan bezatilgan, yog’och haykal –
but bo‘lgan. But va mug’lar kitobi maxfiy saqlanib, uni afshin Haydar o‘zi bilan olib yurgan.
Idollar Ustrushonaning o‘zida ham mavjud bo‘lgan. Qadimgi Ustrushona aholisining diniy
e’tiqodi va tasavvurlari haqida yozma manbalarda ma’lumot atroflicha berilgan bo‘lib, aynan
ushbu tarixiy masalalarning yechimiga doir maxsus yozma yodgorliklar mavjud emas. Shunday
bo‘lsada, Xitoy yilnomalari ilk o‘rta asrlarda Ustrushonada taomilda bo‘lgan “Desi ruhi”, “Ko‘k
tangri”si va muqaddas qadamjoyga aylantirilgan g’or, muqaddas olov, but-sanam topinchi haqida
ma’lumotlar beradi[6].
O‘rta asrlarga oid arab manbalarida Ustrushona, xususan uning tasarrufidagi Buttam
viloyati aholisining butparastligi haqida xabar beradilar. Haydar al-Afshinning Samarra
shahrining Matira dahasidagi qasri tintuv qilinganda yog’ochdan yo‘nilgan, odam qiyofasidagi
but topiladi. Demak, yozma manbalar asosida ma’lum bo‘lishicha ilk o‘rta asrlarda Ustrushonada
butparastlik dini ham muomalada bo‘lgan. Tarixiy manbalarni chuqur tahlil qilgan N.Negmatov
but, sanamlar bilan bog’liq diniy tasavvurlarni O‘rta Osiyo jumladan Ustrushona xalqlari diniy
taomilida bo‘lgan zardushtiylikning o‘ziga xos ko‘rinishi sifatida talqin qilishni taklif qiladi.
O‘rta asr manbalari ma’lumotiga qaraganda, eski Zomin shahridagi arablar tomonidan
ko‘chirilgan masjid o‘rnida istiloga qadar zardushtiylik dini ma’budlaridan biri Zamga
501
bag’ishlab qurilgan ibodatxona bo‘lgan. Yozma manbalarda ta’kidlanishicha Ustrushonada ilk
o‘rta asrlarda bosh manbasi Zaravax kitobida yoritilgan “oq e’tiqod” va qimmatbaho
taqinchoqlar bilan bezatilgan yog’och haykal – but bo’lgan. But va mug’lar kitobi maxfiy
saqlanib, uni afshin Haydar o‘zi bilan olib yurgan. Idollar Ustrushonaninng o‘zida ham mavjud
bo‘lgan[7]. Shunday qilib, diniy e’tiqod borasida Ustrushona aholisi, totemizmning har xil
ko‘rinishlari bilan birgalikda, mazdaizmning olov va butlarga sig’inuvchi maxalliy variantiga
ham e’tiqod qilgan.
Ustrushonaning ko‘plab joylarida qayd qilingan ostadon va xum ostadonlar,Eski Xovos
xududida miloddan avvalgi III-II asrlarga oid bo’lgan Anaxita xaykalchasining topilishi[8]
kabilar, Ustrushonada zardushtiylikning keng yoyilganligini, hukmdorlar saroyidagi butlar esa
mazdaizmning alohida mahalliy ko‘rinishini ifoda etgan but va sanamlarga sig’inish mavjud
bo‘lganligini ta’kidlaydi. Bu holatlar Ustrushona dasht aholisining dehqonchilk vohalari bilan
madaniy aloqalari rivojlanganligi va uning ta’sirida zardushtiylikning ham yoyilganligidan darak
beradi.
Manbalar Hindiston bilan O‘rta Osiyo xalqlarining madaniy aloqalari natijasida
Ustrushonada ham buddizm dinining mavjud bo‘lganligini ta’kidlamoqda. Bekobod yaqinidagi
antik davrga oid Munchoqtepa shahar yodgorligidan yuz metr sharqdagi qabrlarning biridan
Hind ma’budi Vajrapani tasvirlangan ostadon bo‘lagi topilgan[9]. Ustrushona yodgorliklari
(Shirinsoy)da o‘rganilgan ochiq tumshuqli va og’zida uncha katta bo‘lmagan tishlari aks etgan
yovvoyi to‘ng’iz tasvirlangan. Bunday ko‘rinish zardushtiylik ilohlaridagi (oltin shoxli buqa,
qulog’i va jilovi oltin oq ot, tuya, to‘ng’iz, burgut, yovvoyi qoy yoki bo‘ri) kabi shon-shuhrat va
shifo bag’ishlovchi hamda g’alaba keltiruvchi zafar ma’budi Veretragnani eslatadi.
Tadqiqotchilar tomonidan ko‘chmanchi turklarning diniy e’tiqodida nafaqat shamanlik
elementlarini o‘zida mujassamlashtirgan animizm, totemizm va fetishizm ko‘rinishlari balki
buddaviylik, tangrizm, moniylik, xristianlik (nestorianlik) kabi dinlarni ham tarqalgani
borasidagi ko‘plab ilmiy asarlar paydo bo‘ldi.
Mo‘g’uliston hududidan aniqlangan Bug’ut bitiktoshi qadimgi turk elitasi orasida
buddizmning birinchi marta davlat dini sifatida paydo bo‘lganiga guvohlik beradi. Taspar
xoqonning iltimosiga ko‘ra uning qarorgohida budda haykalchasi o‘rnatilgan. Bu haykalcha va
Bug’ut bitiktoshining sanskrit yozuvi bitilgan, buzilib ketgan tomoni Jinaguptaga bag’ishlangan.
U Hindistondan kelgan, xoqon qarorgohida o‘n yil yashagan buddistlar ustozi bo‘lgan. Birinchi
turk xoqonlari hokimiyat barpo bo‘lgandan boshlab katta imperiyani boshqarish va ushlab turish
uchun buddizm qudratli g’oyaviy omil bo‘ladi deb tushunishgan.
Zomin tumani, Qizilsoy qabristonidan topilgan VI-VIII asrlarga oid xum –ostadondan
odam suyaklari yonidan bir nechta buyum va bir dona tanga topilgan. Ular ichida metaldan
yasalgan bilaguzuk, baldoqlar qo‘ng’iroqcha va odamlar shakli kabi buyumlar mavjud.
Bronzadan yasalgan mo‘jaz odamlar haykalchalari orqali aslida ma’bud sanamlar tasvirlangan
bo‘lib, bunday topilmalar Markaziy Osiyoning turli mintaqalaridan topilgan.
Ustrushona qabrlarida qayd qilingan it, qoy, echki, ot, qoramol kabi hayvonlarnning
suyaklari va ular bilan bog’liq dafn udumlari bu o‘lkada yashagan xalqlarda har xil hayvonlar
bilan bog’liq totemistik qarashlar kuchli bo‘lganligidan guvohlik beradi. Qang’uylar, jumladan,
Ustrushona xalqlari zaroastrizm dinidagi xudolardan bo‘lgan Farn ilohiga sig’inishgan. Ushbu
iloha hukmdorlarning panohi va qo‘riqlovchisi, shuningdek uy, oila, sog’liqni saqlovchi xudo
hisoblangan. Bu xudo qoy ko‘rinishida deb qabul qilingan. Ular turli jonivorlarning tasviri aks
etgan – zomorf tutqichli sopol idishlardan ko‘p foydalanishgan. B.A.Litvinskiy buni Farn
ma’budiga topinch e’tiqodi bilan bog’lagan[10]. Bu xudo qoy-qo‘chqor ko‘rinishida deb qabul
qilingan. Ushbu iloha hukmdorlarning panohi va qo‘riqlovchisi, shuningdek uy, oila va sog’liqni
saqlovchi xudo sifatida ham e’zozlangan.
Akademik A.A.Asqarovning yozishicha, “Qovunchi madaniyatining muhim harakterli
xususiyatlaridan biri, urug’ jamoalar kultining kulolchilik mahsulotlarini tayyorlashda ramziy
qo‘llanilishidir. Bu holat oshxona ro‘zg’or buyumlari tarkibida sopol qozon tagkursilarni
yasashda keng qo‘llangan. Qozon tagkursisi odam oyoqlari va shoxdor qo‘chqor boshli o‘choq
502
shaklida yasalib, mazkur urug’ning kelib chiqishi (totemi) shoxdor qo‘chqor kulti bilan bog’liq
ekanligiga ramziy ishoradir”[11]. Ustrushonada o‘rganilgan Qang’ davriga oid kulolchilik
idishlaridagi zoomorf dastali sopol idishlar, ostadonlardagi qo‘y suyagi, taqinchoq va boshqa
buyumlardagi qo‘y shaklidagi tasvirlar ham vohada qo‘y kulti ancha kuchli bo‘lganligini
ko‘rsatadi.
Chayonli
mozorlarida o‘rganilgan otning boshini dafn etish yoki G’ulbo
mozorqo‘rg’onlaridagi jasadlarni otda ketayotganga o‘xshash (поза всадника) yoki yarim otliq
ko‘rinishida dafn etish, bizningcha, ularning hayotlari davridagi kasb-korlari va ot topinchi bilan
ham bog’liq[12]. Yoki G’ulbo qabristonalarida marhumning qiyshayib “yarim otliq” suvoriy
ko‘rinishida dafn etilganligi ham uning o‘z umrining katta qismini ot ustida o‘tkazganligiga
ishoradir. Toshkent viloyatining Piskent tumanida joylashgan Murotali mozorqo‘rg’onidan
aniqlangan katakomba tipidagi qabrda mayit yonida otning to‘sh qismi va yugan qismlari
aniqlangan. Ilk o‘rta asrlarda O‘rta Osiyo hududida aniqlangan ot yoki ot anjomlari bilan
ko‘mish udumi qadimgi turklar bilan kirib kelgan an’ana hisoblanadi[13]. Qadimgi turklarning
otni gapira oladigan va ucha oladigan jonzot deb tushunishgan. Kundalik hayotda muhim o‘rin
egallagan ot keyinchalik muqaddas topinchga aylangan. Turkiy xalqlar qadimdan o‘zlarini
otlarsiz tasavvur qila olmaganlar. Ularning odatiga ko‘ra jangchini suyukli ot hamrohligida dafn
qilish kerak edi. Agar qarindoshlarning bunday imkoniyati bo‘lmasa, qabrga ot anjomlari
qo‘yilgan.
Shirinsoydagi 14- qabrdagi uch oyoqli idishga it (yoki bo‘ri)ning jag’ suyagi solingan.
G’ulbo 2-mozorqo‘rg’onida g’arbdagi erkak jangchi bosh tomoniga it suyaklari qo‘yilgan. Xojai
Sarob I mozorqo‘rg’onida ham itning naysimon suyagi, pastki jag’ suyagi va ikkita tishi qayd
qilingan. Kurkat yaqinidagi qabrlarda idishga it bosh suyagini solib dafn etish kuzatiladi.
Xontepa (Sirdaryo viloyati Xovos tumanida) yodgorligi atrofidan esa ichiga itning bosh suyagi
solib ko‘milgan xum topilgan[14]. Bu kabi holatlar ustrushonaliklarning urf odatlarida it va bo‘ri
totemi bilan bog’liq udumlar antik davrdayoq keng yoyilganligini ko‘rsatadi.
O‘rta Osiyoda itni yeyish mumkin bo‘lmagan jonzot yangi tug’ilgan bolalarni, uy va
hovlini turli xil ins jinslardan ximoya qiluvchi jonivor sifatida e’zozlashadi. K.F. Smirnovning
yozishicha “it va uchqur ot o‘zining xo‘jayini chorvadorni eng ishonchli hamrohi sifatida narigi
dunyoga kuzatib borgan”[15]. Qadimdan chorvadorlarda otarni boqish, uni qo‘riqlash ishlarida
itlardan keng foydalanilgan va shuning uchun ham it muqaddaslashtirilgan. Shunga bog’liq
holda nafaqat chorvador, balki o‘troq aholi urf odatlarida ham itni ilohiylashtirish va it totemi
bilan bog’liq marosimlar antik davrdayoq keng yoyilganligi ko‘rinadi. Qabrlar va jasad yonida
qayd etilgan idishlardagi it va bo‘ri suyaklari ushbu jonivorlarning muqaddas sanalganligini yana
bir bor anglatadi.
Turkiy xalqlarda it bilan birgalikda bo‘ri totemi ham eng ko‘p tarqalgani diniy
tasavvurlardan biridir. Ma’lumki juda ko‘p turkiy urug’ va qabilalar bo‘rini o‘z totemi — ilk
ajdodi, urug’ining boshlanishi deb hisoblaganlar. Jumladan, qadimiy afsonalarda bo‘ri turkiy
qabilalardan bir qismining buyuk ajdodi sifatida ulug’langan va shu boisdan u turkiy xalqlarda
muqaddas hayvon sanalgan[16]. Bo‘riga ilohiy homiy sifatida ishonishni Turkiston tog’ tizmasi
shimolida istiqomat qiluvchi aholi orasida ham uchratish mumkin. Bu yerda bo‘ri chillasi davri
e’tiqodiy qarashlari udumi keng saqlanib qolgan, har xil balo qazo va ins jinslardan ximoya
qiluvchi qo‘riqchilari bo‘lgan.
Arxeologlar tomonidan Ustrushona qabristonlarida o‘rganilgan oshiq, kamon o‘qlari,
urchuq kabi ashyolar ularda Umay ona to‘g’risidagi qarashlar ham keng tarqalganligini
ko‘rsatadi. Ma’lumki, qadimgi davrida din tabiatga sig’inish yo‘li bilan rivojlangan va tabiatdagi
ba’zi bir jarayon va narsalar qizlar, ayollar sifatida tushinilgan. Kishilar tasavvuridagi ins jinslar
– ruhlarning ko‘pchiligi (momolar, parilar) ayrim ruhlar ayollar nomi bilan atalgan. Bu an’analar
juda qadimiy ildizga ega bo‘lib chorvador va o‘troq aholi orasida keng yoyilgan avloddan
avlodga o‘tib kelavergan. Umay ona ramzlariga turli xildagi ro‘zg’or buyumlari jumladan, oshiq,
kamon va o’q, jez tugma, urchuq kabi ashyolar bilan birga kindik ham taalluqli bo’lgan.
503
Aslida Umay ona qadimgi chorvador turk xalqlaridagi botir, qahramonning qo‘riqlovchi
madadkori yordam beruvchisi deb hisoblangan. Maxmud Qoshg’ariy “Umay” so’zining
mazmuniga to‘xtab, uni “yo’ldosh” degan leksik manoda keltiradi. Umayni yosh, tuqqan ayollar
qornidan chiquvchi narsa deb bolani qornidagi yo‘ldoshi ekanligini bayon qiladi. Qadimgi turk
xalqlarida “Umayga sig’insa o‘g’il bo‘lur” degan maqolning keng tarqalgani, kimda-kim (ayol
kishidan) Umay ruhiga sidqidildan xizmat qilsa u o‘g’il tug’adi degan irim o‘rin olganligini
yozadi[17].
Chorvadorlar Umayni xali esi kirmagan bolaning joniga yo‘ldosh uni asrab saqlovchi ruh
taqlidida tushungan. Tug’ilgandan uch yoshga chiqqangacha o‘zi yura oladigan va so‘zlay
boshlagan davrgacha Umay chaqaloq bilan birga bo‘ladi deb o‘ylagan. Umay ruhi bolaning
kindigida yashaydi degan fikr bilan chaqolaqning kindigi tushgandan keyin teri yoki chit xal-taga
solib beshigining yuqorisiga ildirib qo‘ygan. Shu orqali Umayning beshik yoshida xamma vaqt
chaqaloq bilan bo‘lishiga ishonch paydo etgan. Agar bola uxlayotgan paytda kulsa yoki
mag’rurlanib uxlasa buni Umay bolaga xabarlashib turibdi deb o‘ylashgan. Agar bola uxlayotib
yig’lasa Umay bolani oz vaqtga tashlab ketgan deb tushunishgan. Bola kasallanib qolgan vaqtda
Umay uning yonidan vaqtincha ketgan mahallar deb hisoblashgan va Umayning tez qaytib qilishi
xoxlab shamanlik dasturlarga amal qilgan. Bundan ko‘rinadiki qadimga turk xalqlarida Umay-
Ona bir tarafdan botir-qahramonlarning urushda o‘z onasiga talpinganday sig’inish manbayi deb
tushunilsa, ikkinchi tomondan esa keng ko‘lamda yosh bolalarning tarbiyalanib chiqishidagi
g’amxo‘ri, bolaning ona qornidagi va bola tug’ilgandan keyingi davrdagi uni turli yomon
ruhlardan saqlab yuruvchi yo‘ldoshi deb hisoblangan.
Shunday qilib qadimgi Ustrushona aholisining ma’naviy hayoti – diniy e’tiqodlari, aholi
diniy tasavvurlari va mifologik qarashlari turli urf-odat va marosimlarga juda boy bo‘lib, bu
udum va marosimlarda aholining yashash tarzi bilan bog’liq an’analari aks etgan. Davrlar osha
sayqallanib kelgan diniy tasavvurlarida umuminsoniy qadriyatlar aks etib bunda milliy ruhiyati,
ma’naviy ongi va fe’l atvorining shakllari ham namoyon bo‘lgan. Tadqiqotlar natijasida
aniqangan qadimgi aholining sanab o‘tilgan diniy ma’naviy hayoti bilan bog’liq tasavurlariga
ko‘chmanchi cho‘l madaniyatini Ustrushonaga keng tarqalishini o‘zaro aloqalar moddiy-
madaniy almashuvlar natijasi ham deb atash mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1.Муродалиев Р.Х. Турк хоқонлиги даври Чоч воҳаси кўчманчи чорвадорлари маданияти.
Тарих фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD) дисс. – Тошкент, 2023. Б. 121.
2.Toshboyev F.E. Morguzar tog‘idagi etnologik tadqiqotlar hususida // “Mirzacho‘l
etnografiyasining dolzarb masalalari” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman materiallari. – Guliston,
2022. B. 166-168.
3.Холматов А.Н., Хўжаназаров М. Жиззах воҳаси янги қоятош расмлари // “Жиззах воҳаси
– Марказий Осиё цивилизацияси тизимида (қадимги даврдан ҳозиргача)” мавзуидаги
Республика илмий-амалий конференция материаллари. –Жиззах, 2020. Б.16.
4. Холматов А.Н., Хўжаназаров М. Жиззах воҳаси янги қоятош расмлари... Б.16.
5.Раҳмон Н. Турк хоқонлиги. – Тошкент: Абдулла Қодирий номидаги халқ мероси
нашриёти. 1993. – Б. 83.
6.Пардаев М.Ҳ., Ғофуров Ж.И. Уструшонанинг илк ўрта аср қишлоқ маконлари (ёзма ва
археологик манбалар асосида). Тошкент, 2016. Б. 246-247.
7. Средняя Азия и Дальний Восток в эпоху средневековья (Средняя Азия в раннем
средневековье). Глава VI. Культы и погребальные памятники; – М.: 1999. –С. 122.
8.Грицина А.А. Анахиты согдийская и уструшанская / Самаркандский вестник. 22 июля
2015 г. № 61.
9.Гайдукевич. В.Ф. Работы Фарходской Археологической экспедиции в Узбекистане в
1943-1944. КСИИМК вып.XIV. М.,1947.
10.Литвинский Б.А. Кангюйско-сарматский фарн. – Душанбе, 1968. С. 28.
11.Асқаров А.А. Ўзбек халқининг келиб чиқиш тарихи... –Б. 309.
504
12.Тошбоев Ф.Э. Отлар билан боғлиқ удумлар ўзбек халқининг қадимий қадрияти
сифатида // Самарқанд Давлат университети илмий тадқиқотлар ахборотномаси. –
Самарқанд: 2008. –№ 6 (52), –Б. 23-26.
13.Матбобоев Б.Х., Иванов Г.П. Находки погребений с трупосожжением и конем в
Фергане // ОНУ, № 5, 1997. – С. 72-75; Муродалиев Р., Мирсоатова С. Сўнгак мозор-
қўрғони топилмаси ва узангининг тарихдаги аҳамияти // Ўтмишга назар, 4-жилд. № 9.
2021. – Б. 34-43.
14.Пардаев М.Ҳ. Отчёт об археологическом изучении памятников истории материальной
культуры в зоне орошения и освоения земель Кизилинского массива за 1985-1987гг... –
Л.27.
15.Смирнов К.Ф. Совраматы. Ранная история и культура сарматов. – М.: 1964. –С. 102.
16.Пардаев М.Ҳ. Қўй ва бўри руҳига сиғинишнинг ўзаро боғлиқлиги ҳақида // ЎИФ
(ОНУ). – Тошкент: Фан, 1995.–№ 1-2- 3. –Б. 43.
17.Жумабеков А., Алиқулов Р. Қадимги турк халқларида умай она тушунчаси. -
Самарқанд, 1999. 147 Б.
KONFLIKT – BADIIY ASAR SHAKLI KOMPONENTI SIFATIDA
Tugalov I.X- O’zbekiston Milliy universitetning Jizzax filiali katta o‘qituvchisi
tugalov.ismat@gmail.com
Hotamova Jasmina Bobir qizi Milliy universitetning Jizzax filiali 403-22 guruh talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqola adabiyotdagi konflikt tushunchasini o'rganib, uning jozibali
hikoya yaratishdagi muhim rolini ta'kidlaydi. U konflikt hikoyani qanday harakatga keltirishi,
personajlarni rivojlantirishi va o'quvchilarni jalb qilishiga urg'u beradi.
Kalit so‘zlar:
adabiyotdagi konflikt, mojaro, hikoyani boshqaradigan qarama-qarshi
kuchlar o'rtasidagi kurash yoki to'qnashuv, tanglik va taranglik.
Adabiyotda konflikt bitta narsa emas, balki syujetni oldinga olib boradigan umumiy
kurashdir. Bu keskinlikni keltirib chiqaradigan va o'quvchini qiziqtiradigan kuchlar o'rtasidagi
kelishmovchilik, to'qnashuv yoki qarama-qarshilikdir . Bu kurash ichki (belgi ichida) yoki tashqi
(belgi va boshqa narsa o'rtasida) bo'lishi mumkin. Konflikt adabiyotning asosiy elementi bo‘lib,
voqeani oldinga siljituvchi vosita vazifasini o‘taydi. Bu mohiyatan qahramon yoki personajlar
duch keladigan kurash, bu keskinlikni keltirib chiqaradi va bizni hikoya bilan shug'ullanadi.
Funktsiya: Konflikt hikoyaning dvigatelidir. Bu keskinlikni keltirib chiqaradi, qahramonlarning
shaxsiyati va motivlarini ochib beradi va qahramon ularning yo'lidagi to'siqlarni engib o'tishga
harakat qilganda syujetni rivojlantiradi.
Tanglikni keltirib chiqaradi va bizni bog‘lab qo‘yadi:
Mojaro bosh qahramonga (bosh
qahramon) to‘siqlar tashlab, bizni ular muvaffaqiyatga erisha oladimi, degan savol tug‘diradi. Bu
noaniqlik bizni sahifalarni aylantirishga yoki keyin nima bo'lishini ko'rish uchun qichishishga
majbur qiladi.
Xarakterning xususiyatlarini ochib beradi:
Qahramonlar mojarolar bilan
kurashayotganda, ularning kuchli, zaif tomonlari, motivlari va qadriyatlari oshkor bo'ladi. Biz
ular bosim ostida qanday munosabatda bo'lishlarini va qanday tanlov qilishlarini ko'ramiz.
Syujetni boshqaradi:
ziddiyat hikoyani oldinga siljitadi. Qahramonning konfliktga javoban
xatti-harakatlari va qarorlari syujetni yechimga olib boradi.
Adabiyotda turli xil konfliktlar mavjud bo'lib, ularning har biri hikoyaga turli
murakkabliklarni qo'shadi. Eng keng tarqalganlardan ba'zilari: Xarakter vs. Xarakter: Bu
qarama-qarshi istaklar yoki maqsadlarga ega bo'lgan ikki belgi o'rtasidagi to'qnashuv.
Qahramonlar va yovuz odamlar o'rtasidagi epik janglarni o'ylab ko'ring. Xarakter vs. O'z-o'zini:
Bu Gamletning qat'iyatsizligi yoki giyohvandning vasvasaga qarshi kurashi kabi xarakterdagi
ichki kurash. Xarakter vs. Jamiyat: Bu mojaro o'z jamiyatining me'yorlari, qoidalari yoki
umidlariga zid xarakterga ega. Distopik romanni tasavvur qiling, unda bosh qahramon nazorat
