215
(uniflok, K-9 preparati, burg‘ulash reaktivi), qurilish sanoati (kalsiylangan soda, natriy nitrati),
oziq-ovqat sanoati (uksus kislotasi, soda va oziq-ovqat tuzi) va boshqalar kiradi. Shunday ekan,
sohada yaratilgan poydevor yaqin yillarda kimyo sanoati salohiyatining barqaror o‘sish
dinamikasini ta’minlashga qodir. Shu bilan birga, kimyo sanoatining barcha sohalarini uzoq
muddatli izchil rivojlantirish uchun mustahkam baza yaratilayotgani eng ilg‘or xorijiy tajribani
hisobga olgan holda sohani o‘zgartirishni jadallashtirish zaruratini keltirib chiqarmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1.
Babaniyazovich, A. A. (2023). MILLIY IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHDA
TARKIBIY OʻZGARISHLARNING AHAMIYATI VA OʻRNI.
PEDAGOG
,
6
(3), 178-
182.
2.
Nazarova, L. T. Q. N. (2022). Kimyo sanoati korxonalarida tashkiliy-iqtisodiy
boshqaruvning ayrim xususiyatlari.
Nazariy va amaliy tadqiqotlar xalqaro jurnali
,
2
(3),
42-51.
3.
Mamayusupovich, Y. U. B. (2024). SANOAT RIVOJLANISHI VA IQTISODIY
O'SISH: SANOATNING RIVOJLANISHINISHA XORIJIY USULLAR HAMDA
INVESTITSIYANING O’RNI.
INTERNATIONAL
JOURNAL
OF
RECENTLY
SCIENTIFIC RESEARCHER'S THEORY
,
2
(1), 261-266.
4.
https://review.uz/uz/post/ximicheskaya-promshlennost-uzbekistana
MAMLAKAT TUMANLARINING TRANSPORT-GEOGRAFIK
IMKONIYATLARINI BAHOLASH MASALALARI
Niyazov Adxam Abduganiyevich
Chirchiq davlat pedagogika universiteti Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya yo’nalishi
doktoranti
Annotatsiya:
Mazkur maqolada mamlakatdagi tumanlarning transport-geografik
imkoniyatlarini baholashdagi yondashuvlar, ularning o’ziga xosliklari hamda e’tibor qaratish
lozim bo’lgan jihatlariga to’xtalib o’tilgan. Hududlardan o’tgan transport va temir yo’llarning
o’rganilayotgan hudud maydoniga nisbatini tahlil qilish yo’llari taklif etilgan.
Kalit so’zlar :
Transport geografiyasi, Xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yo’li, Respublika
ahamiyatidagi avtomobil yo’li, mahalliy ahamiyatdagi avtomobil yo’li, hududlarning transport-
geografik imkoniyatlari, transport o’tkazuvchanlik darajasi, transport zichligi.
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning muhim yo’nalishlaridan biri bo’lgan transport
geografiyasi bugungi bozor iqtisodiyoti sharoitida transport aloqalarining yanada faollashuvi,
hududlar orasida yo’lovchi va yuk tashish hajmining keskin ortishi, bozor munosabatlari
ishtirokchilarining transport xarajatlarini va vaqt sarfini imkon qadar kamaytirishning muqobil
variantlarini topishga intilishlari, ichki va tashqi turizm xizmatining o’sib borishi kabi omillar
tufayli dolzarblik kasb etib bormoqda. Bu esa mazkur sohada chuqur va keng ilmiy tadqiqotlarni
olib borish, mamlakat hududlarining transport-geografik imkoniyatlarini turli usullar orqali tahlil
qilish, baholash va amaliyotga tatbiq etish masalasini kun tartibiga qo’ymoqda.
Transport
geografiyasi
fani
turli
mamlakat
yoki
rayonlarda
transport
tarmoqlari
rivojlanishining
asosiy
omillari
va
xususiyatlari,
shuningdek
hududiy
transport
tizimlari
yoki
markazlarining
shakllanish
qonuniyatlarini
o‘rganadi.
Unda
rayonlar
transportining
o‘ziga
xos
xususiyatlari,
ma’lum
qonuniyat
va
eng
avvalo,
hududiy
tafovutlari
aniqlanadi,
transport
turlarini
maqsadga
muvofiq
joylashtirish
va
rivojlantirish,
ular
o‘rtasidagi
aloqadorlikni
hisobga
olish
talab
etiladi.
Shu
bilan
birga,
o‘rganilayotgan
mintaqaning
ishlab
chiqarish
kuchlarini
joylanishi
va
rivojlanishiga
transportning
216
ta’sirini
o‘rganish
iqtisodiy
geografiya
fani
tarmoqlari
o‘rtasidagi
yangi
qonuniyatlarni ochish imkonini beradi.
[1]
Transport geografiyasi yo’nalishidagi adabiyotlarning aksariyatida ko’proq iqtisodiy
ko’rsatkichlar bilan bog’liq bo’lgan ma’lum bir hudud(viloyat, tuman)dagi avtotransport
vositalari soni, hududlar aholisi soniga shaxsiy avtotransport vositalari sonining nisbati,
yo’lovchi va yuk tashish hajmi bilan bog’liq statistik ko’rsatkichlar, tashilayotgan yuklar
tarkibiga oid ma’lumotlar, transport yo’llarining uzunligi kabi ma’lumotlarning takrorlanishi
fanning ahamiyati bo’yicha mulohazalar tug’diradi.
Bizningcha transport geografiyasi ko’proq ma’lum bir hudud bilan bog’liq holda,
hududning o’ziga xosliklaridan kelib chiqib tarkib topganligi, transportning o’rganilayotgan
hudud iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishiga, aholining joylashuviga, sanoat nuqtalarining vujudga
kelishiga yoki mazkur omillarning transport tizimlarining vujudga kelishiga ta’siri o’rtasidagi
bog’liqlikni ilmiy jihatdan asoslab berish hamda har bir hududning transport-geografik
imkoniyatlarini, uning bu borada mamlakatdagi o’rnini ko’rsatib berish dolzarblik kasb etadi.
Mazkur yo’nalishda olib borilayotgan tadqiqotlarning har birini o’ziga xosliklari,
afzalliklari mavjudligi bilan birga ularning ayrim jihatlarini muhokama qilish zarurati yuzaga
keladi.
Hududning transport imkoniyatlarini baholovchi asosiy mezonlardan bo’lgan hududning
o’tkazuvchanlik holatini baholashda uning hududidan chiqayotgan avtomobil yoki temir yo’llar
sonining o’zi yakuniy xulosa qilish imkonini bermaydi. Bunda hududning chegaralari primetrini
uni boshqa hududlar bilan bog’laydigan avtomobil va temir yo’l chiziqlari soniga bo’lish orqali
aniqlash o’rinli bo’ladi.
Transport geografiyasining yetakchi olimlaridan bo’lgan S.A.Tarxovning yondoshuviga
ko’ra transport geografiyasidagi muhim metodlaridan biri o’rganilayotgan hududning transport
o’tkazuvchanligini baholashdir.
Transport o’tkazuvchanligi mamlakat (rayon)ning qo’shnilari bilan transport aloqasini,
tashqi ochiqlik yoki yopiqlik darajasini va tashqi aloqalarni rivojlantirish imkoniyatlarini
tavsiflaydi. Hududning transport o’tkazuvchanlik darajasi hududning ochiqlik ko’rsatkichi bilan
tavsiflanadi va quyidagi formula bo’yicha hisoblanadi:
K = P / n,
bu erda P - mamlakat (rayon) konturiga chizilgan ko’pburchakning primetri, ya’ni uning
chegaralarining umumiy uzunligi; n - mamlakat (rayon) chegaralarining avtomobil, temir yo’l va
suv transporti o’tish joylari soni. Mamlakat (rayon) chegarasining primetri kartometrik tarzda
ko‘pburchak tomonlari uzunliklarining yig‘indisi sifatida hisoblanadi, ularning uchlari xaritadagi
mamlakat(rayon) konturining xarakterli nuqtalari: yo‘llar chegarani kesib o‘tadigan nuqtalar,
qo’shni davlat (rayon)lar chegaralari tutashadigan nuqtalardir.
K ko’rsatkichi esa bu yerda transport yo’nalishlari bo’yicha qo’shni chegara otish joylari
orasidagi o’rtacha masofani anglatadi. U qanchalik katta bo’lsa, mamlakat (rayon) tashqariga
shunchalik yopiq va qo’shnilari bilan kamroq bog’langan; qanchalik kichik bo’lsa, mamlakat
(rayon) tashqariga shunchalik ochiq va qo’shni hududlar bilan chambarchas bog’liq sanaladi.
[4]
Misol uchun Uchquduq tumani(maydoni 46 63 ming kv.km)ni boshqa hududlar bilan 6 ta
avtomobil va temir yo’llar, 20 ta tuproqli hamda 8 ta dala yo’llari bog’lab tursada Farg’ona
viloyatining So’x tumani (maydoni 220,7 kv.km)ni boshqa hududlar bilan bog’laydigan 3 ta
avtomobil yo’li bilan Uchquduq tumaniga nisbatan ochiq hudud bo’lishi mumkin.
[11, 13]
Hududning transport-geografik imkoniyatlarini baholashda uning hududidan o’tgan
yo’llarning ahamiyatini tahlil qilish ham ko’p qollaniladigan usullardan sanaladi. Agar hududdan
o’tgan har bir Xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yo’li vat emir yo’l uchun shartli ravishda 5 ball,
Respublika ahamiyatidagi avtomobil yo’li uchun 4 ball, mahalliy ahamiyatdagi avtomobil yo’li
uchun 3 ball, tuproqli yo’llar uchun 2 ball va dala yo’llari uchun 1 balldan berishni ilgari sursak
bu yo’nalishda ham ba’zi jihatlarga alohida e’tibor qaratish lozim. Bunda hududdan o’tgan
avtomobil yo’llarning soni emas, balki yo’llarning hudud maydoniga nisbatini hisobga olish
o’rinli bo’ladi. Misol uchun garchi Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumani(maydoni 1,44
217
ming kv.km)dan M-39 va A-376 Xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yo’llari o’tsada, Andijon
viloyatidagi Bo’z tumani hududi(maydoni 0,20 ming kv.km)dan o’tgan A-373 Xalqaro
ahamiyatdagi avtomobil yo’li tumanning transport-geografik imkoniyatlarini oshirishi mumkin.
Bunday holat esa barcha darajadagi avtomobil va temir yo’llarning uzunligini barcha hududlar
maydonlari bilan nisbatda tahlil qilib chiqish zaruratini ko’rsatadi.
[12]
Shuningdek, o’rganilayotgan hududni viloyatlar kesimida tahlil qilganimizda Navoiy
viloyatidagi foydalanishdagi temir yo’llarning uzunligi 469,3 km bo’lgan holda, zichligi har
10 000 kv. km maydonga 50 km dan bo’lgani holda, Sirdaryo viloyatida mazkur ko’rsatkich
tegishli ravishda 160,1 km va 250 km dam ortiqni tashkil qiladi.
[5]
Hududning transport-geografik imkoniyatlarini baholashda hududdagi avtomobil va temir
yo’llarning o’zaro tutashuvlaridan hosil bo’lgan o’ziga xos “xalqa”lar soni va ularning katta-
kichikli, “xalqalar zanjiri” ham ahamiyat kasb etadi.
Barcha transport tarmoqlari tarmoqlarda yo’nalishlar va “xalqa”lar mavjudligi va
uyg’unligidan kelib chiqib uch turga bo’linadi: “daraxtsimon”, “tarmoqli xalqa”lar va “uyali
xalqa”lar. (1-rasm).
[4]
1-rasm. S.A.Tarxovning transport tarmoqlari turlari ko’rinishi.
Transport yo’llarining xalqalari – bu avtomobil yohud temir yo’llarining o’zaro
kesishmalari bo’lib, ular harakatlanayotgan quruqlik transport vositasini dastlabki manzilga ortga
qaytmasdan kelish imkonini beradi. Bunda Xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yo’llarning
tutashuvlaridan (Sirdaryo va Jizzax viloyatlari hududidagi A-376, M-39 va M-34), temir
yo’llarning o’zaro tutashuvlaridan (Farg’ona, Namangan va Andijon viloyatlarini bog’lovchi
“bodomsimon”,
Samarqand,
Qashqadaryo
va
Buxoro
viloyatlarini
tutashtiruvchi
“uchburchaksimon”), deyarli barcha viloyatlar markazlari atrofida ko’zga tashlanadigan Xalqaro
ahamiyatdagi avtomobil yo’llari va temir yo’llarning tutashuvlaridan hosil bo’lgan “xalqa”lar
ajralib turadi.
[5]
Shu bilan birga ma’lum bir hududni qoshni hudud bilan bog’layotgan avtomobil va temir
yo’llarni baholashda transport yo’llari orqali tutashayotgan qo’shni hududni ma’muriy darajasini
ham nazardan qochirmaslik kerak. Biz tomonimizdan mazkur masalada qo’shni Respublikalarga
olib boruvchi har bir chiqish nuqtasiga 3 balldan, qo’shni viloyatlarga bilan bog’lovchi har bir
chiqiqsh nuqtasiga 2 balldan hamda viloyat ichidagi tumanlarni bog’lash imkonini beruvchi
chiqish nuqtasiga 1 balldan hisoblab tahlil qilish ilgari suriladi. Shu o’rinda qo’shni
hudud(Respublika, viloyat yoki tuman) bilan bog’layotgan yo’lning ahamiyati ham quyida
keltirilgan jadval asosida hisoblangan holda hududning transport-geografik o’rni va
imkoniyatlariga baho berish lozim:
Qo’shni
Respublika
bilan bog’lasa
Qo’shni viloyat
bilan bog’lasa
Qo’shni tuman bilan
bog’asa
Xalqaro
ahamiyatdagi
avtomobil yo’li
8 ball
7 ball
6 ball
Temir yo’l
8 ball
7 ball
6 ball
Respublika ahamiyatidagi
avtomobil yo’li
7 ball
6 ball
5 ball
Mahalliy
ahamiyatdagi
avtomobil yo’li
6 ball
5 ball
4 ball
218
Tuproq qoplamali yo’l
5 ball
4 ball
3 ball
Dala yo’li
4
3
2
Izoh:
Mazkur jadval muallif tomonidan tuzilgan. Bunda yo’llar ahamiyatining shartli
ballariga bog’lanayotgan hududlar ahamiyatining shartli ballari qo’shilgan.
Xulosa qilib aytganda, transport geografiyasida o’rganilayotgan hududning transport-
geografik imkoniyatlarini baholashda, uning mamlakat transport geografiyasidagi o’rnini
aniqlashda hududning aholi zichligi, aholi punktlari joylashuvi, sanoati, qishloq xojaligi, relyefi,
ma’muriy ahamiyati bilan birga uning transport o’tkazuvchanligi, transport tizimlarining zichligi,
transport yo’llarinini tutashuv nuqtalarining soni va kata-kichikligi kabi jihatlarni ham e’tiborga
olish zarur bo’ladi. Barcha tadqiqot natijalari o’zaro qiyoslanib, olingan matematik-statistik
ma’lumotlar chuqur tahlil qilinib, tog’ri saralash amalga oshirirlganidan so’nggina o’rganish
obyektining transport-geografik manzarasi yuzaga keladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Isayev А.А. “Transport geografiyasi” Toshkent. «MUMTOZ SO‘Z» 2019. 10 bet.
2. Ниязов, А. А. (2021). Транспорт тизими – географик тадқиқотлар объекти
сифатида. Academic Research in Educational Sciences, 2(1), 837-844.;
3. Niyazov A. History of transport geography and researches on the field
https://www.iupr.ru/_files/ugd/b06fdc_63e99d1f22e34d52ad53fc064e1c5dc6.pdf?index=true
4. Тархов С.А. Эволюционная морфология транспортных сетей. – Смоленск – М.:
Универсум, 2005. –C.50.;
5. Транспорт Республики Узбекистан. T.: “Kartografiya”, 2010 yil.
6.Siyosiy-ma’muriy ma’lumotnoma. Sirdaryo viloyati xaritasi.T.: “Kartografiya”, 2016
yil.
7.Siyosiy-ma’muriy ma’lumotnoma. Andijon viloyati xaritasi.T.: “Kartografiya”, 2017
yil.
8.Siyosiy-ma’muriy ma’lumotnoma. Surxondaryo viloyati xaritasi.T.: “Kartografiya”,
2016 yil.
9.Siyosiy-ma’muriy ma’lumotnoma. Jizzax viloyati xaritasi.T.: “Kartografiya”, 2016 yil.
10.Siyosiy-ma’muriy ma’lumotnoma. Navoiy viloyati xaritasi.T.: “Kartografiya”, 2016
yil.
https://uz.wikipedia.org/wiki/Uchquduq_tumani
https://uz.wikipedia.org/wiki/Sharof_Rashidov_tumani
https://uz.wikipedia.org/wiki/So%CA%BBx_tumani
TO’QIMACHILIK KORXONALARI FAOLIYATIDA INTERNET MARKETINGDAN
FOYDALANISHNING AHAMIYATI VA ZARURATI
Niyozova I.N.
Buxoro davlat universiteti Iqtisodiyot kafedrasi o’qituvchisi.
Annotatsiya:
ushbu
maqolada
to’qimachilik
korxonalari
faoliyatida
internet
marketingning mazmun mohiyati nazariy ma’lumotlar asosida ochib berilgan hamda uning
turlari Nazari va amaliy jihatdan yoritib berilgan.
Kalit so’zlar:
internet marketing, internet marketing turlari, SEO, SEM, SMM, PPC,
kontent marketing, e-mail marketing, raqamli platforma
Bugungi raqamli iqtisodiyot sharoitida mamlakatimizda to’qimachilik korxonalari o’z
xizmatlari, mahsulotlari, ishlarini sotish va xarid qilish uchun internetdan foydalanmoqda. Bu
shundan dalolatki, maqsadli iste’molchiga erishmoqchi bo'lgan va raqobatbardosh bo'lishni
xohlaydigan korxona kuchli internet-marketing tizimiga ega bo'lishlari kerak.
Shuni aytish joizki, keyingi yillarda barcha tarmoq va sohalarda raqamli iqtisodiyotni
rivojlantirish va takomillashtirishga oid bir qancha me’yoriy-huquqiy hujjatlar ishlab chiqilib,
