Особенности острых субдуральных гематом у пациентов разного возраста

CC BY f
23-27
0
Поделиться
Арзикулов , Д., Мусаев , С., & Алиходжаева , Г. (2023). Особенности острых субдуральных гематом у пациентов разного возраста. Профилактическая медицина и здоровье, 2(6), 23–27. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/preventive-medicine/article/view/85127
0
Цитаты
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Смертность при черепно-мозговых травмах увеличивается среди пациентов пожилого возраста, но это не связано с экстрацеребральными заболеваниями. Единственным видом черепно-мозговой травмы, частота встречаемости которой несколько увеличивается у пациентов пожилого возраста, является субдуральная гематома. КТ головного мозга была выполнена у 110 пациентов с ЧМТ в возрасте от 18 до 97 лет. Установлено, что место (локализация), форма и структура субдуральной гематомы на компьютерной томографии различались в зависимости от возраста пациентов. Эти различия тесно связаны с возрастом пациентов. Неоднородная структура острой субдуральной гематомы сама по себе может иметь прогностическое значение при неблагоприятном исходе ЧМТ.


background image

Profilaktik tibbiyot va salomatlik

Профилактическая

медицина

и

здоровье

Preventive Medicine

and Health

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/preventive-medicine

Age-dependent characteristics of subdural hematomas

Jakhongir ARZIKULOV

1

, Sardor MUSAEV

2

, Gulnora ALIKHODJAEVA

3


Multidisciplinary Clinical Center of the Center for the Development of Professional Qualifications of

Medical Workers, Tashkent Medical Academy

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received October 2023
Received in revised form

10 November 2023

Accepted 25 November 2023

Available online

15 December 2023

The death rate in case of traumatic brain injuries increases

among aged patients but it doesn’t have any connection with

extracerebral diseases. A subdural hematoma is the only type of
traumatic brain injury that slightly increases among aged

patients. Brain CT was performed on 110 TBI patients from 18 to

97 years old. It was found, that place (localization), form, and

structure of subdural hematoma on CT scans were varying
according to the age of patients. These differences are strongly

related to the age of patients. The inhomogeneous structure of

acute subdural hematoma can be itself a prognostic value in

unfavorable results of TBI.

2181-3663

2023 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-3663-vol2-iss6-pp2

3-27

This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (

https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru

)

Keywords:

traumatic brain injuries,
acute subdural

hematoma,

aged patients,

computed tomography

Turli yoshdagi bemorlarda o‘tkir subdural gematomalar
kechishining o‘ziga xosligi

ANNOTATSIYA

Kalit so

zlar:

travmatik miya
shikastlanishi,

subdural gematoma,
komputer tomografiyasi

Ushbu maqolada bosh miyaning travmatik shikastlanishlarida

o‘lim ko‘rsatkichi, ekstraserebral patologiyalar bilan bog‘liq
bo‘lmagan holda, yosh katta bo‘lishi bilan ortishi, subdural

gematomalar katta yoshdagi odamlarda tez-tez uchrashi haqida

ma’lumotlar

berilgan. Shuningdek, 18 yoshdan 97 yoshgacha

bo‘lgan o‘tkir miya shikastlanishi bilan og‘rigan 53 nafar bemorning

bosh miya komputer tomografiyasi natijalariga ko‘ra, turli yosh

guruhlarida subdural gematomalarning lokalizatsiyasi, shakli va

tuzilishida

sezilarli farqlar aniqlangan bo‘lib, o‘tkir subdural

gematomaning

geterogen

tuzilishi

travmatik

miya

1

Assistant, Department of Traumatology, Orthopedics, Neurosurgery and XDJ.

2

Multidisciplinary Clinical Center of the Center for the Development of Professional Qualifications of Medical Workers.

3

Professor, Doctor of Medical Sciences, Tashkent Medical Academy.


background image

Profilaktik tibbiyot va salomatlik

Профилактическая медицина и здоровье

Preventive Medicine and Health

Issue

2

6 (2023) / ISSN 2181-3663

24

shikastlanishining oqibatlari uchun manfiy prognostik omil bo‘lishi

to‘g‘risida fikrlar ilgari surilgan.

Особенности

острых

субдуральных

гематом

у

пациентов разного возраста

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

черепно

-

мозговая травма,

острая субдуральная

гематома,

пациенты пожилого
возраста,

компьютерная
томография

Смертность при черепно

-

мозговых травмах увеличивается

среди пациентов пожилого возраста, но это не связано с

экстрацеребральными заболеваниями. Единственным видом
черепно

-

мозговой травмы, частота встречаемости которой

несколько увеличивается у пациентов пожилого возраста,
является субдуральная гематома. КТ головного мозга была

выполнена у 110 пациентов с ЧМТ в возрасте от 18 до 97 лет.

Установлено, что место (локализация), форма и структура

субдуральной гематомы на компьютерной томографии
различались в зависимости от возраста пациентов. Эти

различия

тесно

связаны

с

возрастом

пациентов.

Неоднородная структура острой субдуральной гематомы сама

по себе может иметь прогностическое значение при
неблагоприятном исходе ЧМТ.

Kirish.

Miya travmatik shikastlanishi natijalarini jabrlanuvchining yoshiga bog

liqligi

ko

plab tadqiqotchilar tomonidan aniqlangan [1, 3, 4, 7, 8], ularning aksariyati

ekstraserebral patologiya bilan bog

liqlik yo

qligini ko

rsatgan holda, faqat bemorning

yoshi ulg

ayishi bilan davolanish natijalari yomonlashishini ta

kidladilar. [1, 8]. 60 yoshdan

oshgan bemorlar o‘limi va nogironligining ko‘payishi sabablari hali aniq ko‘rsatilmagan.
Shu bilan birga, so‘nggi yillarda aholining umumiy tarkibida miya shikastlanishi bilan
og‘riga

n bemorlarda qari yoshdagi bemorlar ulushi ham ortib bormoqda, bu bizni ushbu

yosh guruhidagi miya shikastlanishining xususiyatlarini aniqlashga undaydi. Bosh
miyaning birlamchi zararlanishlarining boshqa turlari (epidural gematomalar,
subaraxnoidal qon quyilishi, miya lat yeyishi, diffuz aksonal zararlanishi) katta yoshlilar

guruhida sezilarli o‘zgarmaydi, faqatgina subdural gematomalar uchrash darajasi 60
yoshdan oshgan bemorlarda o‘sib borishga moyildir. Shu sababli subdural gematomalarni
o‘rganishga qar

or qilindi.

Izlanishning maqsadi komputer tomografiyasi natijalariga ko‘ra o‘tkir subdural

gematomalarning turli yoshdagi bemorlardagi o‘ziga xosligini o‘rganish.

Material va metodlar.

Biz 18 yoshdan 97 yoshgacha bo‘lgan 110 nafar bemorlarni bosh

miya

jarohatlanishining o‘tkir davrida tekshirdik. Barcha bemorlarga komputer tomografiya
o‘tkazilgan, klinik ko‘rsatmalarga asoslangan holda 94 bemorda KT qayta amalga

oshirilgan.

Tadqiqotning birinchi qismida bemorlar ikki guruhga bo‘lingan: asosiy guruh 46

kishidan iborat 60 va undan katta yoshdagi bemorlar, taqqoslash guruhi 18 yoshdan 59

yoshgacha bo‘lgan 64 bemorni o‘z ichiga oldi.


background image

Profilaktik tibbiyot va salomatlik

Профилактическая медицина и здоровье

Preventive Medicine and Health

Issue

2

6 (2023) / ISSN 2181-3663

25

O‘lim ko‘rsatkichi asosiy guruhda birlamchi miya shikastlanishining asosiy

turlarining uchrashi 17,11% ga yetdi, nazorat guruhida esa 10,01% (p<0,001)ni tashkil

etdi. Dastlabki o‘rganish natijasida ushbu ikki guruhdagi o‘tkir subdural gematomaning KT

skanl

aridagi farqlar aniqlangandan so‘ng, biz barcha bemorlarni yoshi bo‘yicha 8 guruhga

bo‘lib, 3 yillik intervalni asos qilib oldik va olingan ma’lumotlarni statistik qayta ishladik.

Natijalar va muhokama.

Har ikki yosh guruhida subdural gematomalar shakllangan: katta yoshdagi guruhda

29 ta subdural gematoma (63%) aniqlangan, taqqoslash guruhida esa 38 (57,3%). Bu farq
statistik ahamiyatga ega emas edi, lekin keksa bemorlarda subdural gematomalarning

ko‘payi

shi tendensiyasini aks ettirdi. Subdural gematomalar shakllanishining turli

chastotasiga qo‘shimcha ravishda, har ikkala yosh guruhida ham boshqa farqlar aniqlandi.

60 yoshdan oshgan bemorlarda subdural gematomalar nafaqat yosh bemorlarning

ko‘pchiligida bo‘lgani kabi, miya yarim sharlarining konveksital yuzasida ham, balki

parasagittal zonada (35,5%), miya yarim sharlarining medial yuzasida (10,8%), peshona
sohasining old qismidan yuqorida (6,5%), falks-tentorial burchakda (5,4%) joylashgan.

Taqqoslash guruhida ham subdural gematomalarning o‘xshash atipik lokalizatsiyasi

kuzatilgan, ammo bir muncha kamroq (jami 10% dan kam) (p <0,001) va bu bemorlarning
barchasi 50 yoshdan oshgan yoki bosh miyada chandiqli-

atrofik o‘zgarishlari bo‘lgan,

avval travmatik miya jarohatlarini olgan bemorlarda aniqlangan. Yoshlarda ustun bo‘lgan
subdural gematomalarning tipik konveksital lokalizatsiyasi subdural bo‘shliqdagi qon

miyaning e

ng mos keladigan qismida to‘planganligi bilan izohlanadi, ya’ni miyaning eng

chuqur egatlari bo‘lgan: lateral (Silvian) va markaziy (Roland). Biz katta yoshdagi
guruhdagi subdural gematomalarning atipik lokalizatsiyasining ko‘rinishini shikastlanish

vaqtid

a miyadagi atrofik o‘zgarishlar tufayli miyaning parasagittal, qutb, medial yoki bazal

qismlari bo‘ylab zaxira bo‘shliqlari kengayganligi bilan izohladik. Shuning uchun subdural
gematomalar miyaning atrofiyalangan joylari bo‘ylab joylashgan. Natijada, katt

a yoshdagi

guruhdagi tipik konveksital subdural gematomalarning ulushi 41,8% gacha kamaydi va
atipik lokalizatsiya ustunlik qila boshladi (barcha subdural gematomalarning 58,2%).

Katta yoshdagi o‘tkir subdural gematomalarning shakli xilma

-

xil edi: u ko‘pch

ilik yosh

bemorlardagi kabi o‘roqsimon (38,7%) bo‘lishi mumkin, ammo qalinligi deyarli bir xil
bo‘lgan lentaga o‘xshash (30,1%) subdural gematomalar ham mavjud edi; medial
chegarasi tekis bo‘lgan, aylana segmenti shaklida (16,1%)gematomalar ham aniqlandi.
Bundan tashqari, ba’zi subdural gematomalarda medial konturning kichik maydoni botiq
bo‘lishi mumkin (11,8%), bu miya yuzasida egatchaga to‘g‘ri keladi.

Katta yoshdagi guruhda subdural gematomalar shaklining o‘xshash xususiyatlari

miyaning premorbid atrofiyasi bilan ham bog‘liq bo‘lishi mumkin. Katta yoshdagi guruhda
o‘tkir subdural gematomalarning tuzilishi faqat 10% bemorlarda bir xil giperdens bo‘lgan.
Qolgan barcha tekshiruvlarda gematomalar zichligi geterogen bo‘lib, turli xil zichlikdagi
qatlamlar almashinishi kuzatilgan: yorqin giperdens qatlam qon laxtalariga to‘g‘ri keldi va

kamroq intensiv, shaffof zonalar zichlikda orqa miya suyuqligiga yaqinlashdi. Qatlamlar
orasidagi chegaralar yarim sharning yuzasiga gorizontal yoki parallel ravishda joylashgan.

Deyarli vertikal chegaralar og‘irroq qon laxtalarining cho‘kishini aks ettira olmadi. Bundan
tashqari, geterogen tuzilma jarohatdan bir necha kun o‘tga

ch emas, balki darhol paydo

bo‘lgan. Shuning uchun 60 yoshdan oshgan bemorlarda o‘tkir subdural gematomalarning

qatlamli tuzilishi uning evolyutsiyasini emas, balki gematoma shakllanishining
xususiyatlarini aks ettirdi.


background image

Profilaktik tibbiyot va salomatlik

Профилактическая медицина и здоровье

Preventive Medicine and Health

Issue

2

6 (2023) / ISSN 2181-3663

26

Keksa odamlarda subdural gematomalarning yuqori chastotasi ularning sinuslarga

quyiluvchi (ko‘prik) venalariga zarar yetkazish ehtimoli ko‘proq ekanligini ko‘rsatdi va bu
jarohatlanish vaqtida bosh suyagi ichidagi miyaning ko‘proq amplitudasi bilan bog‘liq

bo‘lishi mumkin, biz buni bosh suyagining sig‘imiga nisbatan miya hajmining pasayishi
bilan izohladik. Katta yoshdagi odamlarda miya va bosh suyagi o‘rtasidagi
munosabatlarning yosh bemorlarga nisbatan o‘zgarishi jarohatlanish paytida miyaning

bosh suyagi

ichidagi siljishi (ko‘prik) venalari va araxnoid membranani juda kuchli

cho‘zishiga olib keldi. Paxion granulyatsiyalari va ularning zararlanishiga sabab bo‘ldi.
Yorilgan o‘tish venalaridan subdural bo‘shliqqa qon quyiladi. Araxnoidal pardaning

yorilishi

subaraxnoid likvorning subdural bo‘shliqqa chiqishi uchun eshikni yaratdi,

shuning uchun ham qon va likvor bir vaqtning o‘zida yig‘iladi. Qon va likvor oqishining bir

nechta manbalari 60 yoshdan oshgan bemorlarning 89,2 foizida subdural
gematomalarning geterogen tuzilishini yaratdi. Subdural gematomalarning bunday
qatlamli tuzilishi birinchi marta yapon tadqiqotchilari tomonidan 2006 yilda

ta’riflangan[5], bunday tuzilish 29 ta subdural gematomadan 21 tasida aniqlangan. Bu
tadqiqot o‘rtacha yoshi 67,1 yosh bo‘lgan 29 bemorda o‘tkazilgan. Biroq, nashr etilgan

maqolada tasvirlangan gematomalarning geterogenligi sabablari haqida hech qanday izoh

yo‘q edi.

Keksa yoshdagi bemorlarda subdural gematomalarning atipik lokalizatsiyasini

yuqori ulushi (58,2%) va bu gematomalar shaklining o‘ziga xos xususiyatlari miyaning
premorbid atrofiyasi bilan bog‘liq. Shunga o‘xshash talqin subtentorial subdural

gematomalar bilan taqqoslangan holda ham tasdiqlangan. Ikkala yosh guruhidagi kalla
suyagi orqa chuqurchasining subdural gematomalari bir xil chastotada (taxminan 5%)

aniqlangan. Ma’lumki, miyacha va miya ustuni atrofik o‘zgarishlar miya yarim

sharlaridagiga qaraganda kamdan-kam kuzatiladi. Miyaning premorbid atrofiyasi katta
yoshdagi guruhda surunkali subdural gematomalarning ulushi 15% gacha oshishini

ta’minladi. Miyaning premorbid atrofiyasi va uning 60 yoshdan oshgan bemorlarda bosh

miya jarohatlanishi rivojlanishida

gi rolining qo‘shimcha dalili 26 bemorda (26,4%) qayd

etilgan travmatik subdural gidromalarining yuqori chastotasi bo‘lgan. Subdural
gematomani jarrohlik yo‘li bilan olib tashlagandan so‘ng, operatsiya qilingan katta

yoshdagi bemorlarning yarmida bosilgan

miya yarim sharining o‘rniga qaytishi

kuzatilmagan. Bu bemorlardan 2 tasida hosil bo‘lgan gidroma bo‘shlig‘iga qayta qon

quyilishi kuzatildi.

Biz katta yoshdagi guruhdagi subdural gematomalarda aniqlangan barcha farqlarni

miyaning premorbid atrofiyasi bilan bog‘ladik, agar biz ilgari surgan gipoteza to‘g‘ri bo‘lsa
subdural gematomalarning farqli belgilari yosh o‘tgani sari oshib borishi kerak ed

i. Buni

aniqlash uchun 3 yil intervalda bemorlarni 8 ta guruhga bo‘ldik. O‘tkazilgan statistik

tadqiqot natijasida kichik yosh guruhlarini subdural gematomalarning chastotasi

jabrlanuvchining yoshi oshgani sayin o‘sish tendensiyasiga ega ekanligi ma’lum bo‘ldi
(p<0,07). Ishonchlilik chegarasi bemorlarni uch guruhga bo‘lish orqali yengib o‘tildi: 30
yoshgacha, 30 dan 69 yoshgacha va 70 yoshdan oshgan. Ushbu bo‘linish bilan subdural
gematomalarning chastotasining ortishi va bemorning yoshi ortishi bilan o‘tki

r osti va

surunkali subdural gematomalar ulushining ortishi sezilarli bo‘ldi(p<0,05).

Bemorning yoshi katta bo‘lgani sayin ortib borayotgan chastota bilan o‘tkir subdural

gematomalarning atipik shakli (o‘roqsimon, lentasimon, ikkala yarim sharlari) aniqlandi.
Shu bilan birga, tipik yarim oy shakliga ega bo‘lgan subdural gematomalarning ulus

hi


background image

Profilaktik tibbiyot va salomatlik

Профилактическая медицина и здоровье

Preventive Medicine and Health

Issue

2

6 (2023) / ISSN 2181-3663

27

sezilarli darajada kamaydi. Ushbu qonuniyat nafaqat barcha bemorlarni kichik yosh

guruhlariga bo‘lishda tasdiqlangan, balki juda yuqori ishonchlilik bilan hamroh bo‘lgan
(p<0,001). O‘tkir subdural gematomaning geterogen tuzilishining chastotasi, qon va lik

vor

suyuqligining subdural bo‘shliqqa bir vaqtning o‘zida tushishi natijasida bemorning yoshi
bilan aniq ortib boradi. Og‘ir miya jarohatlanishi natijasida vafot etgan va tirik qolganlarda
o‘tkir subdural gematoma tarkibida “qatlamli” simptomni aniqlash ch

astotasini

solishtirganda, bu belgi o‘lim xavfini sezilarli darajada oshirganligi ma’lum bo‘ldi.

Xulosa.

Tadqiqotda o‘limning bemor yoshiga bog‘liqligi, bemorning yoshining miya

jarohatlanishidan o‘lim xavfiga ta’sirini isbotladi. Shunday qilib, subdural

gematomalarning aniqlangan xususiyatlarini bemorning yoshi bilan, miyaning premorbid
atrofiyasi va uning d

ekompressiyasidan keyin miyaning doimiy deformatsiyasi og‘ir bosh

miya jarohatlanishidan keyin yanada yomonlashgani bilan izohlash mumkin. Keksa
bemorlarda subdural gematomalar qon va miya likvor suyuqligi aralashmasini, atipik
joylashuvni va turli xil shakllarni aks ettiruvchi qatlamli geterogen tuzilish bilan
tavsiflanadi. Keksa odamlarda subdural gematomalarning lokalizatsiyasi, shakli va

tuzilishidagi farqlar miyaning premorbid atrofiyasiga bog‘liq. O‘tkir subdural

gematomaning qatlamli tuzilishi bemorn

ing o‘lim xavfini oshiradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO

YXATI:

1. Потапов А. А., Лихтерман

Л. Б., Гаврилов А. Г. Рекомендации при черепно

-

мозговой травме с позиций доказательной

медицины // Доказательная

нейротравматология / Под ред. А. А.

Потапова, Л. Б. Лихтермана. –

М., 2003. –

С. 33–

61.

2. Biagas K. V., Grundl P. D., Kochanek P. M. et al. Posttraumatic hyperemia in

immature, mature, and aged rats: autoradiographic determination of cerebral blood fl ow
// J Neurotrauma.

1996.

Apr.,

№ 13 (4). –

P. 189

200.

3. Dunham C. M., Coates S., Cooper C. Compelling evidence for discretionary brain

computed tomographic imaging in those patients with mild cognitive impairment after
blunt trauma // J Trauma.

1996.

Oct., № 41 (4). –

P. 679

86.

4. Ferrell R. B., Tanev K. S. Traumatic brain injury in older adults //Curr Psychiatry

Rep.

2002.

Oct, № 4 (5). –

P. 354

362.

5. Fujisawa H., Nomura S., Kajiwara K. et al. Various magnetic resonance imaging

patterns of chronic subdural hematomas: indicators of pathogenesis? // Neurol Med Chir
(Tokyo).

2006.

V. 46.

P. 333

339.

6. Rodda R. A., Hume Adams J., Graham D. I. et al. Fatal non-missile head injury: a

cohort study of patients with and without an intracranial hematoma // Clin Neuropathol.

1987.

Jul-

Aug., № 6 (4). –

P. 179

184.

7. Sawauchi S., Taya K., Hashimoto T. et al. [Progressive brain injury] [Article in

Japanese] // No Shinkei Geka.

2003.

Jul., № 31 (7). –

P. 749

755.

8. Spektor S., Agus S., Merkin V. et al. Low-dose aspirin prophylaxis and risk of

intracranial hemorrhage in patients older than 60 years of age with mild or moderate head
injury: a prospective study //J Neurosurg.

2003.

Oct., № 99 (4). –

P. 661

665.

Библиографические ссылки

Потапов А. А., Лихтерман Л. Б., Гаврилов А. Г. Рекомендации при черепно-мозговой травме с позиций доказательной медицины // Доказательная нейротравматология / Под ред. А. А. Потапова, Л. Б. Лихтермана. – М., 2003. – С. 33–61.

Biagas K. V., Grundl P. D., Kochanek P. M. et al. Posttraumatic hyperemia in immature, mature, and aged rats: autoradiographic determination of cerebral blood fl ow // J Neurotrauma. – 1996. – Apr.,№ 13 (4). – P. 189–200.

Dunham C. M., Coates S., Cooper C. Compelling evidence for discretionary brain computed tomographic imaging in those patients with mild cognitive impairment after blunt trauma // J Trauma. – 1996. – Oct., № 41 (4). – P. 679–86.

Ferrell R. B., Tanev K. S. Traumatic brain injury in older adults //Curr Psychiatry Rep. – 2002. – Oct, № 4 (5). – P. 354–362.

Fujisawa H., Nomura S., Kajiwara K. et al. Various magnetic resonance imaging patterns of chronic subdural hematomas: indicators of pathogenesis? // Neurol Med Chir (Tokyo). – 2006. – V. 46. – P. 333–339.

Rodda R. A., Hume Adams J., Graham D. I. et al. Fatal non-missile head injury: a cohort study of patients with and without an intracranial hematoma // Clin Neuropathol. – 1987. – Jul-Aug., № 6 (4). – P. 179–184.

Sawauchi S., Taya K., Hashimoto T. et al. [Progressive brain injury] [Article in Japanese] // No Shinkei Geka. – 2003. – Jul., № 31 (7). – P. 749–755.

Spektor S., Agus S., Merkin V. et al. Low-dose aspirin prophylaxis and risk of intracranial hemorrhage in patients older than 60 years of age with mild or moderate head injury: a prospective study //J Neurosurg. – 2003. – Oct., № 99 (4). – P. 661–665.