Endokoronkalarni qo’llashga ko’rsatmalar va qoplamalardan ko’ra afzalliklari
Restovrativ stomatologiyaning muhim muammolaridan biri bu tishlarni endodontik davolashdan keyin toj nuqsonlarini tiklash. Tish toj qismining o'z vaqtida tiklanmasligi,tish qattiq to’qimalari nuqsonning shakllanishiga,tish qatoridava antogonist tishlarda yirik nuqsonlarpaydo bo’lishiga olib keladi. Hammaaga ma’lumki, tish toj qismining milk ustida joylashishi tish toj qismini parodontni zararlamasdan qayta tiklash imkonini beradi. Shu nuqtai nazardan kelib chiqib, bu kabi klinik vaziyatlarda (depulpatsiya qilingan chaynov tishlarda)endokoronkalar to’liq qoplamalarni o’rnini bosuvchi ayni konstruksiya hisoblanadi.Ayniqsa, tish klinik toj qismi kalta bo’lganda yoki antogonist tishalveolyar o’siq o’sib protezlashga joy kam qolganda.