“Yog‘och muzey” - juma masjidini saqlash va ta’mirlash davr talabidir

Annotasiya

Ushbu maqolada YUNESKOning merosiy shaharlar ro‘yxatiga kiritilgan Xiva shahridagi “Ichan
Qal’a” muzey qo‘riqxonasida joylashgan Juma Masjidi me’moriy yodgorligining texnik holatini aniqlash bo‘yicha olib
borilgan monitoring kuzatuv natijalari yoritilgan.

Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2023
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
CC BY f
159-161
75

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Durdiyeva, G., Zargarov, A., & Xudayberganov, B. (2023). “Yog‘och muzey” - juma masjidini saqlash va ta’mirlash davr talabidir. Shaharlarni Rivojlanish Tendensiyalari Va Istiqbollari, 1(1), 159–161. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/prospects-urban-development/article/view/27294
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu maqolada YUNESKOning merosiy shaharlar ro‘yxatiga kiritilgan Xiva shahridagi “Ichan
Qal’a” muzey qo‘riqxonasida joylashgan Juma Masjidi me’moriy yodgorligining texnik holatini aniqlash bo‘yicha olib
borilgan monitoring kuzatuv natijalari yoritilgan.


background image

“YOG‘OCH MUZEY” - JUMA MASJIDINI SAQLASH VA TA’MIRLASH DAVR

TALABIDIR.

DURDIYEVA GAVXAR SALEVNA., Zargarov Adilbek Kamilovich., Xudayberganov Bekzod Allaberganovich.

Xorazm Ma’mun akademiyasi

Annotatsiya:

Ushbu maqolada YUNESKOning merosiy shaharlar ro‘yxatiga kiritilgan Xiva shahridagi “Ichan

Qal’a” muzey qo‘riqxonasida joylashgan Juma Masjidi me’moriy yodgorligining texnik holatini aniqlash bo‘yicha olib
borilgan monitoring kuzatuv natijalari yoritilgan.

Kalit so‘zlar:

Me’moriy yodgorlik, minora, masjid, tomyopma, yog‘och ustunlar, texnik holati, loysuvoq,

termit,

ta’mirlash, monitoring.

Аннотация:

В данной статье рассмотрены результаты наблюдательного мониторинга по

определению современного состояния памятника архитектуры Джума-мечети, расположенного в музее-
заповеднике «Ичан-Кала» в Хиве, который включен в Список всемирного наследия ЮНЕСКО.

Ключевые слова:

Памятник архитектуры, минарет, мечеть, крыши, деревянные колонны,

современное состояние, глиняная штукатурка, термит, ремонт, мониторинг.

Annotation:

This article discuses the results of observation monitoring to determine the current condition of the

architectural monument of the Juma Mosque, located in the museum reserve "Ichan Qala" in Khiva, which is included in
the UNESCO World Heritage List.

Keywords:

Architectural monument, tower, mosque, roof-slab, wooden columns, current state, mud-plaster,

termite, repair, monitoring.

Xiva shahridagi “Ichon-qal’a” 1990 yil dekabr oyida YUNESKO tasarrufiga - jahon tabiiy

madaniyati va merosi ruyxatiga kiritildi va shaharga “Xiva - ochiq osmon ostidagi muzey shahar”
degan oliy maqom berildi. X-XX asrlar arxitektura yodgorliklarining O‘rta Osiyoda yagona
majmuasi, davlat arxitektura muzey - qo‘riqxonasi Ichan-Qal’ada 54 ta tarixiy me’moriy obida
mavjuddir.

Mamlakatimizni jadal rivojlantirishga qaratilgan Harakatlar strategiyasida shaharsozlik va

me’morchilikni yanada takomillashtirish, me’moriy yodgorliklarni saqlash va ulardan oqilona
foydalanish borasidagi muammolarni hal etish chora-tadbirlari belgilangan. Muhtaram YUrtboshimiz
aytganidek, - “Madaniy meros ob’ektlari xalqning bebaho boyligi, ularni asrash va avlodlarga bezavol
etkazish barchamizning burchimizdir. YUrtimizdagi tarixiy obidalarni saqlash va ta’mirlash, buyuk
ajdodlarimizning qadamjolarini obod etish bo‘yicha oldimizda hali qanchadan-qancha vazifalar
turibdi”.

Shu xususda, “Ichon-qal’a” muzey-qo‘riqxonasi hududida joylashgan - 213 ta yogoch ustun

ko‘tarib turgan Juma masjid me’moriy yodgorligining turli salbiy ta’sirlardan saqlash va umrini
uzaytirishga oid amaliy ishlar bajarish juda ham zarur. Chunki, sobiq ittifoq davrida (1940-50 yy)
Juma masjid obidasi tumanning paxta va donini saqlash uchun omborxona vazifasini o‘tagan.
Natijada obidadan noto‘g‘ri foydalanilgan. Hozirda, noyob yog‘och ustunlar, tomyopma qismlarining
ko‘pchiligi biologik ta’sir hisoblangan termitdan zararlangan. Shuningdek, er osti suvlarining
ko‘tarilishi natijasida sho’rlanish va atmosfera suvlari ta’sirida tomyopma qismi namlangan darajasi
oshib bormoqda bu esa o’z navbatida biyologik zararli faktorlarni oshib borishga sabab bo’ladi.
YUqoridagilarni inobatga olgan holda

“Xiva shahridagi ming yillik tarixga ega “YOg‘och muzey”

- Juma Masjidini saqlash va ta’mirlashda innovatsion yondashuv”

mavzuida grant loyihasi

asosida O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda Germaniya Ta’lim va


background image

tadqiqotlar federal vazirligi (BMBF) hamkorlikdagi xalqaro qo’shma ilmiy loyihalar tanlovida g‘olib
deb topildi. Loyihaning asosiy maqsadi – Markaziy Osiyodagi yagona “Yog‘och muzey” Juma masjid
me’moriy yodgorligining kelgusi avlodlarga asl holida etkazish maqsadida katta tajribaga ega bo‘lgan

YUNESKOning Germaniyadagi “Deutsches Fachwerkzentrum Quedlinburg e.V”

ta’mirlash

markazi bilan hamkorlikda yog‘och ustunlarni va tomyopma qismini innovatsion texnologik usullar
qo‘llagan holda an’anaviyligini saqlab qolish asosida ta’mirlash ishlarini bajarishdan iborat.

Loyihalash bosqichida O’zbekiston va germaniyalik mutaxasislar seminar trening

tashkilashtirib guruhlarga bo’linib ishlaar taqsimlandi.

1-guruh Taxeometr yordamida binoning o’lchamlari, balandligi , ustunlarning joylashgan

o’rinlari va har bir ustunning individual parametrlari aniqlandi.

2. Ustun va ikkinchi darajali(qosh) to’sinlarning hususiy balandligi, kengligi, darzlar o’lchami

xolati va darzlarni paydo bo’lishga sababchi bo’lgan faktorlar ishlab chiqldi.

3.Konsturuktorlar tom qismi qalinligi zo’nt orqali qatlamlari aniqlandi hamda tomonidan

tushayotgan yuklar va ta’sirlarni ustunlarga tasiri aniqlandi(Dulibar pr,Lira,pr).

4.Ustunlarning namlik va termitlar ta’sirida govaklangan qisimlari aniqlandi.
Loyiha doirasida O’zbekiston va Germaniya tomonlari Oliy ta’limdan muvasasasi ta’labalarni

jalb qilgan holda Urganch davlat Universiteti texnika fakulteti “Arxitektura” talabalarini ham
bevosita restavratsiya jarayonida ishtirokini ta’minlashdi. Talabalar O’zbekistonlik mutaxasislar va
Germaniyalk mutaxasislardan ko’plagan savollariga ijobiy javob olib mashg’ulotlar maroqli
o’tkazildi.

Taxeometr yordamida syomkalash jarayonidan lavhalar.

Yuklar va ta’sirlarni baxolash jarayonidan lavhalar.


background image

Ustunlarning namlik va termitlar ta’sirida govaklangan qisimlarini aniqlash jarayonidan

lavhalar.

Loyiha doirasida Xorazm Ma’mun akademiyasi olimlari bilan hamkorlikda Claudia Christina

Hennrich rahbarligidagi 8 kishidan iborat ilmiy guruh Juma masjid me’moriy obidasining yog‘och
ustunlari bo‘yicha innovatsion yondoshuv asosida ustunlarni texnik holatini aniqlash, ularning ichki
strukturasini o‘rganish bo‘yicha tadqiqot ishlari olib borishmoqda. Loyiha natijalaridan Respublika
Madaniyat va sport vazirligi Madaniy meros departamenti bo‘limlarida ham qadimiy masjidlarni
saqlash va ta’mirlashda foydalanish imkoniyatini yaratadi hamda ilmiy innovatsion tavsiyalardan oliy
ta’lim muassalarida arxitektura va shaharsozlik sohasidagi fanlarni hamda kasb-hunar kollejlarining
arxitektura, qurilish, tarix va turizm yo‘nalishlari bo‘yicha fanlarni o‘qitishda qo‘llaniladi.

Shuningdek, natijalardan mamlakatimizdagi va qo‘shni davlatlardagi qadimiy yog‘och ustunli

masjidlarni saqlash va ta’mirlash samaradorligini oshirishda eski metodlardan voz kechish, yangi
zamonaviy talablarga mos keladigan takomillashtirilgan metodologiyalardan foydalanish
imkoniyatini yaratadi. Asosiysi, mamlakatimizning noyob “Yog‘och muzeyi” xisoblangan Juma
Masjid me’moriy obidasi jiddiy talofatlardan saqlanadi va uning umrboqiyligi ta’minlanadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. Аҳмедов Б. Тарихдан сабоқлар. Т.-1994. 331 б.
2. Отчёт о научно-исследовательской работе - «Разработка научных основ методов защиты памятников

архитектуры Хорезма от физических и биологических воздействий». Государственная научно-техническая
программа Республики Узбекистан, грант П-8.24. Хива – 2005.

Bibliografik manbalar

Аҳмедов Б. Тарихдан сабоқлар. Т.-1994. 331 б.

Отчёт о научно-исследовательской работе - «Разработка научных основ методов защиты памятников архитектуры Хорезма от физических и биологических воздействий». Государственная научно-техническая программа Республики Узбекистан, грант П-8.24. Хива – 2005.