O‘zbekistonning janubiy shaxarlari markazlarini meʼmoriy-landshaft tashkil etishni takomillashtirish

X Kamilova, S Jahonova

Mazkur maqolada O‘zbekistonning janubiy shaharlari markazlarini meʼmoriy-landshaft tashkil etishni takomillashtirish, hududlarni yanada ko‘kalamzorlashtirish orqali ekologik muhitni yaxshilash dolzarb muammolardan biri ekanligi haqida so‘z borgan. Ma‘lumki, janubiy shaharlar iqlimi keskin kontinental bo‘lganligi sabab qishning qahratonini ham, yozning jaziramasini ham ushbu hududda kuzatish mumkin. Shu sababdan meʼmoriy-landshaftini tashkil etishda innovatsion loyihalar asosida barpo qilish maqsadga muvofiqligi hamda shahar me‘morchiligi, landshaft arxitekturasi va dizaynini o‘zaro uyg‘unlashtirish orqali hududlarni samarali landshaft tashkillashtirish yo‘llarini ko‘rsatib berish dolzarb ahamiyat kasb etishi to‘g‘risida ma‘lumot berilgan.

49

Koʻrishlar

14

Yuklashlar

hh-index

0

Iqtibos