“Психология ва педагогика: муаммо ва ечимлар”
Республика илмий-амалий конференция материаллари (Тошкент, 8 сентябрь 2021 й.)
6
References
1.
DOFF, Adrian. Teaching English. Cambridge: Cambridge University Press
1989, 286p., ISBN: 0-521-348641
2.
Freeman, D. (Ed.). (2000). Techniques and principles in language teaching
(2
nd
ed.). Oxford: Oxford University Press
.
3.
Richards, J. C & Rodgers, T. S. (Ed.). (2001). Approaches and Methods in
Language Teaching (2
nd
ed.). Cambridge: Cambridge University Press.
4.
Richards, J. C. (2006).
Communicative Language Teaching Today
.
Cambridge University Press. 32 Avenue of the Americas, New York, NY 10013-2473,
USA
5.
Shumin, K. (1997). Factors to consider: Developing adult EFL students’
speaking abilities. English Teaching Forum. 35 (3), 8.
6.
Widdowson. H. (1987). Aspects of syllabus design. In M. Tickoo (ed).
Language Syllabuses: State of the Art. Singapore: Regional Language Centre.
CHAQIRIQQACHA HARBIY TAʼLIM OʻQITUVCHILARDA
KASBIY KOMPETENTLIGINI SHAKLLANTIRISHNING
NAZARIY-METODIK ASOSLARI
Nazarov Jamshid Xoliyorovich,
Surxondaryo viloyati, Muzrabot tumani
kasb-hunar maktabi,
yoshlar bilan ishlash bo‘yicha
direktor o‘rinbosari
Annotatsiya:
Hozirgi kunda o‘quvchi-yoshlar harbiy ta’lim sirlari hamda
ajdodlar tomonidan to‘plangan saboqlar, urf-odat, milliy-ma’naviy qadriyatlar va
hayotiy tajriba asosida jamiyatda o‘zining munosib o‘rnini egallashi, bilim salohiyati
va dunyoqarashining shakllanishida chaqiriqqacha harbiy ta’lim o‘qituvchisi, uning
kasbiy
kompetentligini shakllantirish
muhim ahamiyat kasb etadi.
Tayanch tushuncha va iboralar:
chaqiriqqacha harbiy taʼlim oʻqituvchilarda
kompenentlilik, kompetensiya, metodik, kompetentlik turlari, kasbiy tarbiyalanganlik,
pedagog kadr, ta’lim jarayoni, kasbiy faoliyat.
Pedagogikada “kompetentlik” – bu talabaningshaxsiy va ijtimoiy ahamiyatga ega
kasbiy faoliyatni amalga oshirilishi uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va
malakalaming egallanishi hamda ularning kasbiy faoliyatda qo‘llay olishi bilan
ifodalanadi. Pedagogika oliy ta’lim muassasalarida ta’limning har bir bosqichi uchun
ta’lim bloklari va o‘quv fanlari darajasida tayanch kompetentlik aniqlanadi [1-3].
Tayanch kompetentlik tartibini belgilashda kasbiy pedagogik ta’limning asosiy
maqsadlariga muvofiq ijtimoiy hamda shaxsiy tajribaning mohiyati,ijtimoiy jamiyatda
kasbiy faoliyatni tashkil etish jarayonida hayotiy kasb etadi. Ushbu nuqtai nazardan
Секция №2. Педагогика фанлари/ Pedagogical sciences /Педагогические науки
“Психология ва педагогика: муаммо ва ечимлар”
Республика илмий-амалий конференция материаллари (Тошкент, 8 сентябрь 2021 й.)
7
tayanch kompetentlik: yaxlit – mazmunli, ijtimoiy-madaniy, o‘quv-bilish, axborot
olish, kommunikativ, ijtimoiy faoliyatli, shaxsning o‘z-o‘zini takomillashtirish
turlariga bo‘linadi [2-4].
Ushbu nuqtai nazardan tayanch kompetentlik: yaxlit - mazmunli, ijtimoiy-
madaniy, o‘quv-bilish, axborot olish, kommunikativ, ijtimoiy faoliyatli, shaxsning o‘z-
o‘zini takomillashtirish turlariga bo‘linadi. Chaqiriqqacha harbiy taʼlim
o‘qituvchisining kasbiy shakllanishi quyidagi tarzda namoyon bo‘ladi: pedagogik
tizim, jarayon va natija [2-3].
Ijtimoiy qoidalar kasbiy shakllanish darajasini baholashda muhim asoslar sifatida
aks etadi va ular, o‘z navbatida, Davlat ta’lim standart mazmunida qayd etiladi. Ta’lim
tizimi faoliyatini baholashda uning samaradorligi hamda pedagogik tizim rivoji bilan
bog‘liq asosiy ko‘rsatkichlarini ajratib ko‘rsatish mumkin. Aynan ana shu
ko‘rsatkichlar chaqiriqqacha harbiy taʼlim o‘qituvchining kasbiy shakllanish darajasini
baholash mantig‘ini asoslab beradi. Jamiyatda ta’lim tizimini rivojlantirishning
strategik yo‘nalishi – bu insonning turli sohalarida maqsadli mustaqil faoliyati asosida
uning intellekt va ahloqiy rivojlanishidir [1-5]. Jahonning rivojlangan davlatlari qatori
mamlakatimizda
ham
ta’limdagi
islohotlar
jarayonida
mustaqil
ta’limni
rag‘batlantirish muhim yo‘nalish sifatida kelmoqda. Bo‘lajak chaqiriqqacha harbiy
taʼlim o‘qituvchisining metodik kompetentligini shakllantirish pedagoglami
tayyorlashdagi murakkab muammolar qatorida o‘ziga xos o‘rin tutadi. Ayniqsa
ta’limni modernizatsiyalash bilanbog‘liqislohotlaming joriy bosqichida kasbiy
pedagogik faoliyatga moslashish muammosi yanada yaqqol namoyon bo‘lmoqda.
Bo‘lajak chaqiriqqacha harbiy taʼlim o‘qituvchilarini amaliy, psixologik, metodik,
tadqiqotchilik turlari bilan bir qatorda chaqiriqqacha harbiy tayyorgarlik o‘qituvchisini
metodik kompetentligini shakllantirish bilan boyib bormoqda. Metodik kompetentlik
tashxisi
kasbiy
shakllanishning
mohiyatli
xarakteristikalariga
diagnostik,
kommunikativlik, boshqaruv va proyektiv o ‘quvlar guruhlarini kiritish lozim [3-5].
Hozirgi kunda butun dunyo pedagogik jamoatchiligi tomonidan e’tirof
etilayotgan
taraqqiyot
ta’lim
modeli-bu
kompetensiyalarni
shakllantirishga
yo‘naltirilgan ta’limdir. Chaqiriqqacha bo‘lgan o‘quvchi-yoshlar harbiy ta’lim sirlari
bilan birga ajdodlar tomonidan to‘plangan bilim, odob, urf-odat, milliy-ma’naviy
qadriyatlar va hayotiy tajriba asosida jamiyatda o‘zining munosib o‘rnini egallashi,
bilim salohiyati va dunyoqarashining shakllanishida chaqiriqqacha harbiy ta’lim
o‘qituvchisi, uning kasbiy tayyorgarligi muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga,
chaqiriqqacha bo‘lgan o‘quvchi-yoshlarda milliy armiyamiz talabidan kelib chiqqan
holda yuqori darajadagi professional bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish harbiy
pedagogik faoliyat sohasining ustuvor vazifasi hisoblanadi. Buning uchun avvalo
chaqiriqqacha harbiy ta’lim o‘qituvchilarining o‘zida yangicha bilim berish, o‘zining
pedagogik va harbiy-professional malakasini doimo oshirib, xorijiy armiyalarning
ilg‘or tajribalarini o‘zlashtirib borishi va ijodiy faoliyat bilan shug‘ullana olish
ko‘nikmalari tarkib topgan bo‘lishi lozim. Bu muammoning qanchalik murakkabligi,
xayotda zarurligini, muhim ahamiyat kasb etadi. Bo‘lajak harbiy ta’lim
o‘qituvchilarining kasbiy tayorgarligi dastur doirasi bilangina cheklanib qolmasligi
zarur, uning bilimi, mahorati ancha keng va chuqur bo„lmog„i lozim. Jumladan,
hozirgi paytda ta’lim tizimi taraqqiyoti insonni bilimning turli sohalaridagi xilmaxil,
Секция №2. Педагогика фанлари/ Pedagogical sciences /Педагогические науки
“Психология ва педагогика: муаммо ва ечимлар”
Республика илмий-амалий конференция материаллари (Тошкент, 8 сентябрь 2021 й.)
8
mustaqil, maqsadga yo„naltirilgan faoliyat turlariga jalb qilish asosida intelektual va
axloqiy kamolotini ta’minlashga qaratiladi. Bo‘lajak harbiy ta’lim o‘qituvchilarini
kasbiy tayyorlash jarayonida o‘qituvchi kompetentligiga ham e’tibor qaratish lozim.
Bo‘lajak harbiy ta’lim o‘qituvchilarining metodologik kompetentligi esa doimo
izlanuvchan bo‘lishida, kasbiy va ijodiy kompetentlikni rivojlantirib borishda,
loyhalash madaniyati va ularni innovatsion faoliyatda qo‘llay olishida ko‘rinadi.
O‘zbekistonning kelajak ravnaqi bugungi yosh avlod tarbiyasining qanday bo‘lishi va
to‘laqonli shakllanishiga bog‘liq. Mustaqil jamiyat e’tiqoddi, dili pok, ruhi komil
insonlar tomonidan quriladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.M.Mirziyoyevning “ta’lim va ilm-fan davlatning yoshlarga doir siyosatini amalga
oshirish ta’limning yangi zamonaviy usullarini jumladan axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini joriy etish” – deb ta’kidlashi ta’lim muassasalarida bir qator
vazifalarni hal etish zarurligini ko‘rsatadi, hech shubhasiz, asosiy vazifaning qanday
bajarilishi, talabalarimizga dastur miqyosidagi ta’limtarbiyaning singdirilishi yoki
singdirilmasligi o‘qituvchilarga bog‘liq [2]. Demak, bo‘lajak chaqiriqqacha harbiy
ta’lim o‘qituvchilarining bilim saviyasi, kasb mahorati, muomala madaniyati yuksak
bo‘lishi hayotiy ehtiyoj, haqiqiy harbiy rahbar-yuksak madaniyat sohibi, chuqur bilim
va puxta malakaga ega bo‘lishi lozim. Bo‘lajak chaqiriqqacha harbiy ta’lim
o‘qituvchilarining nazariy va ilmiy saviyasi, metodik mahorati ham talab darajasida
bo‘lishi lozim. Pedagogik-psixologik tayyorgarlik, mashg‘ulotlarni tashkil qilish va
o‘tkazish mahorati Pedagog ta’lim-tarbiya jarayonida qo‘llaniladigan o‘qitish
shakllarining pedagogik psixologik asoslari; psixodiagnostika usullaridan foydalanish;
o‘qitish shakllarida o‘qitish metodlari va vositalaridan o‘rinli foydalana olish; ta’lim
mazmuni, metodlari, vositalari va shakllarining uyg‘unligi, uzviyligini ta’minlay olish;
pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llashning nazariy va
amaliy asoslarini egallagan bo‘lishi lozim. Tarbiyalashning usul va vositalarini
egallaganlik Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etishda pedagog ilmiy-nazariy,
ma’naviy-ma’rifiy, madaniy qadriyatlardan samarali foydalanish malakasiga ega
bo‘lish, o‘qitish jarayonida yoshlar ongiga milliy g‘oyani singdirishning mazmuni,
vositalari, metodlari va shakllarini Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan
foydalanish Pedagoglar informatika va axborot texnologiyalari asoslari, axborotlarni
saqlash, qayta ishlash, tarqatish va namoyish qilishni bilishi, Microsoft Office
dasturlari, jumladan Windows operatsion tizimida ishlay olishi, Microsoft Excel
dasturiy muhitida jadvalli ma’lumotlarni qayta ishlash texnologiyasi, Internetning
asosiy imkoniyatlari, Internetda axborot maydonlarini saralovchi Web saytlari haqida
ma’lumotlar, Internetdan ma’lumot olish va ma’lumotlar kiritish texnologiyalarini
bilishi, elektron pochta va undan foydalanish texnologiyalarini, dasturiy ta’minotning
asosiy turlarini bilishi va foydalana olishi, fanlardan maxsus taqdimotlar va elektron
resurslar tayyorlashi va qo‘llay olishi, ta’lim jarayonida amaliy masalalarni echishda
axborot texnologiyalarini qo‘llash; masofaviy ta’lim elektron o‘quv-metodik bazasini
yaratish va undan foydalana olishi lozim [3]. Xorijiy tillarni o‘zlashtirish Xorijiy tilda
turli janrdagi (teleko‘rsatuv, radio eshittirish, e’lonlar, yangiliklar va h.) audio va video
matnlarni eshitib, asosiy ma’nosini tushunib muhokama qila olish; har qanday og‘zaki
nutqni tinglab tushunish; xorijiy tilda, tele suhbatlarni tushuna olish; kasbiy va shaxsiy
qiziqishiga doir ma’ruzalar, prezentatsiyalar, nutqlarni tushuna olish. Respublikamizda
Секция №2. Педагогика фанлари/ Pedagogical sciences /Педагогические науки
“Психология ва педагогика: муаммо ва ечимлар”
Республика илмий-амалий конференция материаллари (Тошкент, 8 сентябрь 2021 й.)
9
pedagog kadrlar tayyorlash borasida etakchi oliy ta’lim muassasasi hisoblangan
universitetimizda ta’lim va tarbiya mazmuni, innovatsion o‘quv-metodik majmualar va
elektron ta’lim resurslari, o‘quv-moddiy baza yuksak ma’naviyatli, etuk pedagog
shaxsini shakllantirishga qaratilmoqda.
Bo‘lajak chaqiriqqacha harbiy taʼlim o‘qituvchida metodik kompetentlikni
shakllantirishning maqsadi kasbiy va shaxsiy rivojlanish jarayonida talabaning o‘z-
o‘zini anglash, baholash va boshqarish kabi tarkibiy qismlami rivojlantirish va turli
ta’lim muassasalarida ishlashga tayyorlash sanalsada, umumkasbiy va ixtisoslik fanlari
asoslarini o‘rganish vazifalari quyidagilardan iborat bo‘lib, aniq pedagogik hamda
ishlab chiqarish muammoli vaziyatlarda masalani ajratib olish va ularni hal qilish usuli
sifatida pedagogik va texnik-texnologik tafakkurni rivojlantirish orqali amalga
oshiriladi.
Adabiyotlar
1.
https://www.norma.uz/oz/qonunchilikda_yangi/chaqiriqqacha_harbiy_talim
_yunalishi_buyicha_qabul_qilishda_kasbiy_imtihon_qanday_utkaziladi
2.
Расулметов, М. (2020). Глобаллашув жараёнида олий ҳарбий таълим
муассасаларида
бўлажак
офицерларнинг
касбий
компетентлилигини
такомиллаштириш.
Общество и инновации
,
1
(1/s), 451-458.
3.
ўғли Ахмаджонов, Д. Б. Бўлажак ўқитувчилар касбий компетенция-
ларини такомиллаштириш шакл ва усуллари.
4.
Ахмаджонов, Д. Б. Ў. (2021). Бўлажак ўқитувчилар касбий
компетенцияларини такомиллаштириш шакл ва усуллари.
Academic research in
educational sciences
,
2
(4), 815-825.
5.
Ramazonovich, T. S. (2021, January). Ways to improve the professional
competence of military education teachers. in
euro-asia conferences
(vol. 1, no. 1, pp.
564-567).
Секция №2. Педагогика фанлари/ Pedagogical sciences /Педагогические науки