Авторы

  • З Норкобилова
    Ташкентский педиатрический медицинский институт
  • Ж Рустамова
    Ташкентский педиатрический медицинский институт

Биографии авторов

  • З Норкобилова, Ташкентский педиатрический медицинский институт
    Факультет педиатрии и медицинской биологии II, специальность - деятельность в области педиатрии, 503 группа.
  • Ж Рустамова, Ташкентский педиатрический медицинский институт
    Научный руководитель: к.м.н., доцент, кафедра психиатрии, наркологии и детской психиатрии, медицинская психология, кафедра психотерапии

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.research-in-eyes-youth.32516

Ключевые слова:

пандемия covid-19 психическое здоровье психоэмоциональное бремя психические расстройства психоневрологические нарушения суицид депрессия тревога домашнее насилие инфодемия

Аннотация

COVID-19 pandemiyasining shiddat bilan tarqalishi butun dunyo aholisini ruhiyatiga salbiy ta’sirini ko’rsatdi. Epidemiyaga qarshi olib borilgan tadbirlar va ular bilan bog’lik o’zgarishlar, ya’ni birinchi o’rinda karantin odamlar o’rtasida depressiya, alkogolga va narkotik moddalarga rujo’ qo’yish va turli suitsidal holatlarni ko’payishiga olib keldi. Rossiya ruhshunoslari ma’lumotlariga ko’ra, pandemiya boshlanishi davrida vahimali buzilishli bemorlar soni, ikkinchi to’lqin davrida esa depressiv buzilishlar soni ko’payib ketgan. C0V1D-19 hanuzgacha avj olib borayotgan bir davrda, infektsiyaning bemorlar ruhiyatiga salbiy ta’sirini o’rganish juda muhim.

background image

33

COVID-19 ANIQLANGAN BEMORLARDA PSIXOEMOTSIONAL

BUZILISHLAR

Norqobilova Z.T., II Pediatriya va tibbiy- biologic fakul’teti,

yo’nalishi pediatriya ishi, 503 gurux

Ilmiy rahbar: t.f.n., dotsent Rustamova J.T. ToshPTI, Psixiatriya, narkologiya va

bolalar psixiatriyasi, tibbiy psixologiya, psixoterapiya kafedrasi

Dolzarbligi

: COVID-19 pandemiyasining shiddat bilan tarqalishi butun dunyo aholisini

ruhiyatiga salbiy ta’sirini ko’rsatdi. Epidemiyaga qarshi olib borilgan tadbirlar va ular bilan bog’lik
o’zgarishlar, ya’ni birinchi o’rinda karantin odamlar o’rtasida depressiya, alkogolga va narkotik
moddalarga rujo’ qo’yish va turli suitsidal holatlarni ko’payishiga olib keldi. Rossiya ruhshunoslari
ma’lumotlariga ko’ra, pandemiya boshlanishi davrida vahimali buzilishli bemorlar soni, ikkinchi to’lqin
davrida esa depressiv buzilishlar soni ko’payib ketgan. COVID-19 hanuzgacha avj olib borayotgan bir
davrda, infektsiyaning bemorlar ruhiyatiga salbiy ta’sirini o’rganish juda muhim.

Maksad

: COVID-19 o’tkazgan bemorlarda ruhiy buzilishlar spektrini o’rganish. Material va

tekshirish usullari: Tekshirish maqsadida COVID-19 bilan kasallangan yoshi 18 dan 55 yoshgacha
bulgan 40 ta bemor olindi. Ularni kliniko-anamnestik va kliniko- psixopatologik tekshiruv o’tkazish
orqali tekshirildi. Xotirani tekshirish uchun 10 ta so’z usuli ishlatildi.

Natijalar

: O’tkazilgan tekshirishlar shuni ko’rsatdiki, koronovirus o’tkazgan 1,5-2 oydan so’ng

bemorlarda kayfiyat tushishi, panika xurujlari, bosh aylanishi, uyqusizlik, qo’zg’aluvchanlik aniqlandi.
Bemorlar anamnezini tekshirganimizda bu bemorlar ilgari hech qachon ruhiy yordam bo’yicha maxsus
shifoxonalarga murojaat qilishmagan va bu murojaat hayotlaridagi birinchi marta bo’lishidir. Ruhiy
buzilishlarning psixopatologik tuzilishini o’rganilganda 18,4% bemorlarda depressiv buzilishlar, 19,6%
bemorlarda xavotirli buzilishlar, 28,5% bemorlarda aralash xavotirli depressiv buzilishlar borligi, 34,5%
bemorlarda esa, postravmatik stressli buzilishlar borligi aniqlandi. Deyarli barcha bemorlar koronavirus
infektsiyasi bilan qayta kasallanganlar va ularda somatonevrologik belgilardan tortib psixopatologik
belgilargacha turli asoratlar paydo bo’lgan. COVID-19 kasalligi davrida ular o’zlarining og’ir
holatlaridan juda hayajonga tushishgan. Bularning barchasi uyquning buzilishi, ya’ni uyquga ketishning
qiyinlashishi va tungi bezovtaliklarga olib kelgan. 10 ta so’zni takrorlash usuli yordamida xotira
tekshirilganda, 16,7% bemorlarda qisqa muddatli va uzoq muddatli xotira pasayishi kuzatildi.
Topshiriqni bajarish vaqtida bemorlarda diqqatining kontsentratsiyasini sinab ko’rish diqqati tezda
pasayganligi uchun qiyin kechdi.

Xulosa

: COVID-19 pandemiyasi davrida bemorlardagi ruhiy buzilishlarini o’rganish uzoq

muddatli tekshiruvlar va izlanishlarni talab qiladi. Kasallangan bemorlardagi ruhiy buzilishlarini va
ularga olib keluvchi omillarni o’rganish bemorlarga o’z vaqtida birlamchi tibbiy-profilaktik yordam
berishda katta ahamiyat kasb etadi. Bu esa ruhiy kasalliklarning insonlar orasida kamayishiga xizmat
qiladi. Yuqorida aytib o’tilgan tekshiruvlarda cheklangan sondagi bemorlar olingan. Pandemiya davrida
depressiyalar, bezovtalik, charchash, stress- xavotirli buzilishlar genezini, mexanizmini oxirigacha
o’rganilmagan va izlanishlar davom etmoqda.

Аdabiyotlar ro'yxati:

1.

Мирзаева, У. З., С. И. Исмаилов, and Х. К. Насырова. "НАРУШЕНИЕ УГЛЕВОДНОГО
ОБМЕНА У ПАЦИЕНТОВ COVID-19." BARQARORLIK VA YETAKCHI TADQIQOTLAR
ONLAYN ILMIY JURNALI 2.9 (2022): 117-122.

Библиографические ссылки

Мирзаева, У. 3., С. И. Исмаилов, and X. К. Насырова. "НАРУШЕНИЕ УГЛЕВОДНОГО ОБМЕНА У ПАЦИЕНТОВ COVID-19." BARQARORL1K VA YETAKCHI TADQ1QOTLAR ONLAYN ILM1Y JURNAL1 2.9 (2022): 117-122.

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)