40
IBN SINONING TO’G’RI OVQATLANISH HAQIDAGI FIKRLARI
Sadriddinova D.B., I-pediatriya va xalq tabobati fakulteti, xalq tabobati yo’nalishi,
202 guruh
Ilmiy rahbar: t.f.d., dotsent Rasulova X.A.
ToshPTI, Ichki kasalliklar, nefrologiya va gemodializ kafedrasi
Mavzuning dolzarbligi:
So’nggi yillardagi eng dolzarb masalalardan biri noto’g’ri
ovqatlanish bo’lib kelmoqda. Tez tayyor bo’ladigan ovqatlar iste’molini ko’payganligi bir
qancha kasalliklarning asosiy sababchisi hisoblanadi.
Maqsad va vazifalar:
Abu Ali ibn Sinoning to’g’ri ovqatlanish haqidagi fikrlarini
o’rganish va kasalliklarni bartaraf qilish.
Materiallar va uslublar:
Abu Ali ibn Sinoning tibbiyotga oid kitoblari va “Tib
qonunlari” kitobi bilan tanishib chiqish. Ibn Sino sog’liqni saqlash, turmush gigiyenasi va to’g’ri
ovqatlanish masalalariga katta ahamiyat bergan. Uning tibbiyot va tabobatdagi maslahatlarining
ahamiyati hozirgi kunda ham yo’qolmasdan qolgan. Sog’ligini saqlovchi kishi o’z ovqatining
asosiy qismini sabzavot, mevalar va boshqa vitaminga boy taomlar bilan boyitishi kerak. Qishda
issiq, yozda esa sovuq yoki iliq yeguliklarni iste’mol qilish ham to’g’ri ovqatlanish talablariga
javob beradi. Ovqatni to’yib va to’lib iste’mol qilish noto’g’ri ovqatlanish hisoblanadi.
Organizmdagi eng zararli narsa bu oshqozonida ovqat yetilmasdan va hazm bo’lmasdan turib
yana ovqat yeyishdir. Och qoring uxlash ham kishi quvvatini pasaytiruvchi omillardan biri
hisoblanadi. Ovqat bilan choy ichish ham noto’g’ri ovqatlanish sirasiga kiradi. Ovqatlanish
ratsioniga sabzavotlardan lavlagi va karam kiritilsa ayni muddao hisoblanadi.Lavlagi pektin
moddalarining asosiy manbasi hisoblansa, karam kletchatkaga boydir.
Tekshirish natijalari:
Natijalar shuni ko’rsatadiki, ovqatlanish ratsionalini yaxshilash,
turli xil kasalliklarini bartaraf etishdan iborat. Umri davomida to’g’ri ovqatlanish qoidalariga
rioya qilgan kishilar boshqa tengdoshlariga nisbatan ko’rkam va birmuncha sog’lom bo’ladi.
Xulosa:
Ibn Sinoning to’g’ri ovqatlanish haqidagi tavfsiya etgan fikrlari odamlarning
yashash tamoyillarining asosiysi hisoblanadi. Ular hozirgi zamon tibbiyotida ham o’z
ahamiyatini yo’qotgan emas.
Аdabiyotlar ro'yxati:
1.
Юлдашева, Сурая Зарифовна, and Мунаввар Холмухамедовна Тиллашайхова. "Интеграция
пищеварительно-всасывательной и иммунной функции в слизистой оболочке тонкой кишки и
регуляция гомеостаза." European journal of biomedical and life sciences 2 (2017): 3-7.
2.
Юлдашев, А. Ю., et al. "Морфологические особености формирования слизистой оболочки
фундального отдела желудка крыс в постнатальном онтогенезе." Мир медицины и биологии 10.4-
2 (47) (2014): 214-219.
3.
Yuldasheva, S., and Yu Rasul-Zade. "THE EFFECT OF FRAME-BY-FRAME
MONITORING OF EMBRYOS ON OBSTETRIC AND PERINATAL OUTCOMES IN
SINGLETON
PREGNANCY
IN
ASSISTED
REPRODUCTIVE
TECHNOLOGY
PROGRAMS." Science and innovation 2.D11 (2023): 273-281.
