59
BIRIKTIRUVCHI TO’QIMA DIFFERENSIALLASHMAGAN
DISPLAZIYASI FONIDA RIVOJLANMAGAN HOMILADORLIK
MAVJUD AYOLLARDA TROFOBLASTNING GORMONAL
FUNKSIYASINI O’RGANISH
Bektemirova B.B.,Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Akusherlik va ginekologiya
kafedrasi 2-kurs magistranti
Ilmiy rahbar: Saidjalilova D.D., prof., t.f.d., Toshkent Tibbiyot akademiyasi
Mavzuning dolzarbligi:
ko’plab mualliflarning fikriga ko’ra biriktiruvchi to’qima
differensiallashmagan displaziyasi reproduktiv yoshdagi ayollarning 40-80%ida uchraydi va u
homiladorlik, tug’ruq va chilla davri kechishiga, perinatal natijalarga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Rivojlanmagan homila ham keng tarqalgan asoratlardan biri bo’lib, bu biriktiruvchi to’qima
differensiallashmagan displaziyasi fonida trofoblastning gormonal funksiyasi o’zgarishini o’rganish
muhimligini ko’rsatadi. Ayniqsa, xorionik gonadotropin va trofoblastik glikoprotein gormonlarini
o’rganish asoratlarni kamaytirish va perinatal natijalarni yaxshilashda muhimdir.
Tadqiqot maqsadi:
rivojlanmagan homiladorlikda differensiallashmagan biriktiruvchi to’qima
displaziyasi mavjud ayollarda xorionik gonadotropin va trofoblastik glikoprotein miqdorini
baholash.
Tadqiqot material va usullari:
Toshkent shahar 9-tug’ruq kompleksida 18 dan 43 yoshgacha
bo’lgan rivojlanmagan homiladorlik mavjud 134 ta ayollar o’rganildi. Asosiy guruhga biriktiruvchi
to’qima differensiallashmagan displaziyasi fonida rivojlanmagan homila bilan 77 ta ayol (57.5%),
nazorat guruhiga esa rivojlanmagan homiladorlik mavjud 57 ta ayol (42.5%) kiritildi. Qon plazmasida
xorionik gonadotropin va trofoblastik glikoprotein miqdorini aniqlash uchun tekshirilayotgan guruhlar 2
tadan guruhchalarga bo’lindi. 1-guruhchaga homila pufagi rivojlanishdan to’xtashi 2 haftagacha bo’lgan,
2-guruhchaga esa 2 haftadan ko’p bo’lgan ayollar kiritildi.
Tadqiqot natijalari:
qon plazmasidagi xorionik gonadotropin miqdori asosiy guruhning ikkala
guruhchasida ham nazorat guruhiga nisbatan sezilarli darajada kam bo’ldi. Bu esa asosiy guruhda
rivojlanmagan homila anembrioniya tipida ko’proq uchraganligi bilan asoslanadi - 70.1 (5.2) %. Nazorat
guruhida esa anembrioniya kamroq kuzatilgan - 52.7 (6.6) % (p<0.05). Asosiy guruhdagi homila pufagi
rivojlanishdan ortda qolishi 2 haftagacha bo’lgan ayollar qon plazmasidagi xorionik gonadotropin
miqdori 6914.2 mXB/ml ni, homila rivojlanishdan to’xt ashi 2 haftadan ko’p ayollarda esa 2898.9
mXB/ml ni tashkil qildi. Nazorat guruhida esa bu ko’rsatkichlar mos ravishda 8804.2 mXB/ml va 3985.8
mXB/ml ni tashkil qildi. Tadqiqotda qon plazmasidagi trofoblastik glikoprotein miqdorining nobud
bo’lgan homila pufagi bachadon bo’shlig’ida bo’lish muddatiga bog’liqligi aniqlandi. Bu muddat qancha
uzoq bo’lsa, trofoblastik glikoprotein miqdori ham shuncha pastroq bo’lgan. Asosiy guruhning 1-
guruhchasida uning miqdori 9370.6 (1123.6) ng/ml, 2-guruhchada esa 4640.3 (401.2) ng/ml ekanligi
aniqlandi. Nazorat guruhida esa bu ko’rsatkich mos ravishda 10250.3 (1217.1) ng/ml va 5240.2 (441.2)
ng/ml ekanligi aniqlandi (p<0.05).
Xulosa:
shunday qilib, asosiy guruhda ham, nazorat guruhida ham xorionik gonadotropin va
trofoblastik glikoprotein miqdorining kamligi aniqlandi va bu homilaning rivojlanishdan to’xtashi
trofoblast rivojlanishi buzilishi bilan bog’liqligini ko’rsatadi. Ularning miqdori biriktiruvchi to’qima
differensiallashmagan displaziyasi mavjud ayollarda nazorat guruhiga nisbatan sezilarli darajada kamligi
esa bu patologiyaning rivojlanmagan homiladorlikda ahamiyati mavjudligi va buni yanada chuqurroq
o’rganish lozimligini anglatadi.
Аdabiyotlar ro'yxati:
1.
Шурыгина, О. В., Юлдашева, С. З., Тугушев, М. Т., Минаева, Т. В., Петрова, А. А., Беляева,
Л. А., ... & Кутихин, Д. Ю. (2022). Оценка эффективности применения преимплантационного
генетического тестирования в программах вспомогательных репродуктивных технологий:
ретроспективное исследование. Репродуктивная медицина, (4 (53)), 32-39.
2.
ЮЛДАШЕВА, СЗ, and ДА КУЧКАРОВА. "СОВРЕМЕННЫЕ ПРЕДСТАВЛЕНИЯ О
60
ЛЕЧЕНИИ БЕСПЛОДИЯ МЕТОДАМИ ВСПОМОГАТЕЛЬНЫХ РЕПРОДУКТИВНЫХ
ТЕХНОЛОГИЙ." В научный сборник вошли научные работы, посвященные широкому кругу
современных проблем науки и образования, вопросов образовательных технологий 2020.-436
с. (2020): 136.
3.
Шуригина, О. В., А. М. Щелочков, and С. З. Юлдашева. "ОДАМ ЭМБРИОНЛАРИНИ
КУЛЬТИВАЦИЯЛАШ
ВА
МОЛЕКУЛЯР
ДИАГНОСТИКАСИДАГИ
ЯНГИ
МЕТОДОЛОГИК
ЁНДОШУВЛАР." МИНИСТЕРСТВО
ЗДРАВООХРАНЕНИЯ
РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАНА ТАШКЕНТСКИЙ ПЕДИАТРИЧЕСКИЙ МЕДИЦИНСКИЙ
ИНСТИТУТ (2002): 149.
