69
LOTIN TILINING TIBBIY TERMINOLOGIYADAGI AHAMIYATI
Isaqova M.A., I Pediatriya va xalq tabobati fakulteti,
Pediatriya yo‘nalishi 112 guruh
Ilmiy rahbar: katta o‘qituvchi, f.f.f.d.(PhD) Akbarxodjayeva F.A.
ToshPTI, O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi
Mavzuning dolzarbligi:
Dunyodagi har bir kasbni mukammal egallash uchun
kasb tilini aks ettiruvchi so‘zlar va terminlarni o‘rganishdan boshlanadi. Tibbiyot sohasi
terminlari lotin va yunon tilidan olingan bo‘lib, bir necha asrlik tarixga egadirlar. Shuning uchun,
yer yuzidagi barcha tibbiyot oliygohlarining talabalari tibbiyotga qadam qo‘yishi bilan lotin tili,
lotin alifbosi, uning grammatikasi, fonetikasi hamda lotin tilidagi anatomik-gistologik va klinik
terminlar bilan tanishadilar.
Ishning maqsadi
: Lotin tili qadimda latin qabilasining tili bo‘lgan. Ular hozirgi Italiya
hududidagi Appenin yarim orolida joylashgan Latsiya viloyatida istiqomat qilishgan. Bu qabila
bosqinchilik urushlari vaqtida butun Yevropa, Afrikaning shimoliy qismi va O‘rta yer dengizida
yashovchi qabilalarga o‘z hukmdorligini o‘tkazgan. Bosib olingan yerlarda o‘z tilini, ya'ni lotin
tilini davlat tili deb qabul qilishga majbur qilgan. Shunday qilib, lotin tilining ta'siri o‘sha
xalqlarning madaniyati va ilm-fanida o‘z aksini topgan. Yevropa mamlakatlarida XVIII asrgacha
lotin tili fanda va ma’muriy ishlarda ishlatilib kelingan. Lekin milliy davlatlarning shakllanishi
bilan lotin tili fan va madaniyat sohasidagi ahamiyatini butunlay yo‘qotdi. Shunga qaramasdan,
tibbiyot sohasidagi tibbiy terminlarning nomlari, jumladan dorilar nomi, klinik terminlar,
anatomik terminlarning aksariyati lotin va yunon tilda ifodalanadi;
Anatomik terminlar: aorta, arteria, alveolus, nervus, appendix, bronchiolus, vena, capsula,
canalis, dentis va h.k.
Gistalogik terminlar: vita, organella, acidus, elementum, vacuus va h.k.
Klinik terminlar: abstractio; vibratio; angina, botulismus, albinismus, pigmentation va
h.k.
Farmatsevtik terminlar: capsula, tabuletta, linimentum, gelum, ampula va h.k.
Har bir tibbiy terminning o‘zbek tilidagi tarjimasiga yuzlanib, uning nimani anglatishini
bilib olish qiyin emas. Shunday ekan, lotin va yunon tilidagi tibbiy terminlarni ko‘rib chiqsak:
electrocardiogramma
- yurak muskullarining faoliyati natijasida hosil bo‘luvchi toklarni yozuv
ko‘rinishida tekshiruvchi usuldir;
arthroma
- bo‘g‘imdagi o‘sma (shish) kasalligi;
nephrolithiasis
- buyrakda uzoq vaqt davom etadigan yallig‘lanmagan tosh kasalligi;
angitis
-
qon tomirlarida yallig‘lanish kasalligi;
analgia
- og‘riq yo‘qligini bildiradi.
Tibbiy terminlardagi o‘zak, old qo‘shimchasi, so‘z yasovchi qo‘shimchalari o‘zining
ma’nosiga egadirlar. Masalan,
parametritis
termini
“
bachadon atrofi yallig’lanishi” deb tarjima
qilinadi. Bunda, old qo‘shimchasi
para -
atrofda, yonida harakatlanish, o‘zagi
metr -
bachadon,
so‘z yasovchi qo’shimchasi
-itis -
yallig‘lanish ma’nolarini bildiradi. Demak, tibbiy
terminlarning ma’nosini to‘g‘ri anglab olishimiz uchun o‘zak, old hamda so‘z yasovchi
qo‘shimchalariga tegishli ma’nolarini yoddan bilishimiz maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Lotin tili farmakologiyada alohida o‘rin tutadi. Inson tanasining barcha a'zolari va
qismlari lotin yoki lotinlashtirilgan nomlarga ega. Xuddi shu narsa dorilar nomlariga ham
tegishli; ushbu sohada birlashish, ayniqsa, muhimdir, chunki ularsiz dori-darmonning ulkan
dengizida sayohat qilib bo‘lmaydi. Bir mamlakatda yozilgan retsept dunyoning boshqa
mamlakatlarida oson tushunilishi uchun retseptlar lotin tilida va ma'lum qoidalarga muvofiq
yozilgan va yozilmoqda.
Xulosa:
Lotin tilisiz zamonaviy dunyoning ko‘plab sohalarini tasavvur etib bo ‘lmaydi.
Lotin tili xalqaro tibbiyot tili deb tan olingan. Yevropa davlatlarining tibbiyot sohasi boshqa
mamlakatlarning tibbiy olamidan ancha oldinda ekanligi sir emas. Tibbiyot sohasidagi barcha
70
ilmiy adabiyotlar lotin tilida talqin etilgan va shu kungacha bu til o‘z mavqeini yo‘qotmagan. In
via est in medicina via sine Lingua Latina - Lotin tilisiz tibbiyotga yo‘l yo‘q.
Аdabiyotlar ro'yxati:
1.
Шурыгина, О. В., Юлдашева, С. З., Тугушев, М. Т., Минаева, Т. В., Петрова, А. А.,
Беляева, Л. А., ... & Кутихин, Д. Ю. (2022). Оценка эффективности применения
преимплантационного генетического тестирования в программах вспомогательных
репродуктивных
технологий:
ретроспективное
исследование. Репродуктивная
медицина, (4 (53)), 32-39.
2.
ЮЛДАШЕВА, СЗ, and ДА КУЧКАРОВА. "СОВРЕМЕННЫЕ ПРЕДСТАВЛЕНИЯ О
ЛЕЧЕНИИ
БЕСПЛОДИЯ
МЕТОДАМИ
ВСПОМОГАТЕЛЬНЫХ
РЕПРОДУКТИВНЫХ ТЕХНОЛОГИЙ." В научный сборник вошли научные работы,
посвященные широкому кругу современных проблем науки и образования, вопросов
образовательных технологий 2020.-436 с. (2020): 136.
3.
Шуригина, О. В., А. М. Щелочков, and С. З. Юлдашева. "ОДАМ ЭМБРИОНЛАРИНИ
КУЛЬТИВАЦИЯЛАШ ВА МОЛЕКУЛЯР ДИАГНОСТИКАСИДАГИ ЯНГИ
МЕТОДОЛОГИК
ЁНДОШУВЛАР." МИНИСТЕРСТВО
ЗДРАВООХРАНЕНИЯ
РЕСПУБЛИКИ
УЗБЕКИСТАНА
ТАШКЕНТСКИЙ
ПЕДИАТРИЧЕСКИЙ
МЕДИЦИНСКИЙ ИНСТИТУТ (2002): 149.
