87
KO’P HOMILALI HOMILADOR AYOLLARDA PLATSENTAR
KOMPLEKS PATOMORFOLOGIYASI
Qurbonova N-А Oilaviy tibbiyotda akusherlik va ginekologiya kafedrasi
magistranti
Ilmiy rahbar: tibbiyot fanlari nomzodi Shodiyeva X.T Toshkent Tibbiyot
akademiyasi oilaviy tibbiyotda akusherlik va ginekologiya kafedrasi
Ona va homila o’rtasida mutanosiblikni ta’minlovchi ahamiyatga molik organ platsenta
hisoblanadi. Perinatal patologiyaning ko’p uchraydigan muammolardan biri platsentar
yetishmovchilik bo’lib, akusherlik faoliyatida aktual muammoga aylandi. Ayol organizmi
evolutsion nuqtai nazardan, bitta homilani rivojlanishi uchun mos hisoblanadi, ko’p homilalik
esa platsentar yetishmovchilikni klassik misoli hisoblanadi. Platsentar yetishmovchilik
dissotsiyalangan homila rivojlanishi, homila gipoksiyasi, tug’ruq vaqtida homila shikastlanishi
bilan asoratlanadi. Platsentada kelib chiquvchi morfologik o’zgarishlar “domino effekti’”
holatida o’z navbatida bachadon-platsenta va homila-platsenta qon aylanishi buzilishi
mexanizmlarini boshlab beradi. Platsentar yetishmovchilik tashxisi qo’yilgan ko’p homilali
homilador ayollar platsentasida gistologik tekshiruvlar o’tkazib ko’rilganda bu biosintez
jarayonlari faollashishi bilan bog’liqligi aniqlandi. Platsentar yetishmovchilik negizida biologik
aminlar, geparin metabolizmining buzilishi, platsenta mikrosirkulyatsiyasidagi o’zgarishlar va
platsenta morfologik buzilishlari yotadi. Hozirgi vaqtda platsenta yetishmovchiligi sindrom
sifatida qaralib, ona va homila o’rtasida adekvat almashinuvni quvvatlovchi platsentadagi
morfofunksional o’zgarishlar natijasida yuzaga keladi deb tushuniladi.
Maqsad:
Tadqiqotimizda ko’p homilalikga ega ayollar platsenta tuzilmalari va kindik
tizimchasini gistologik o’rganish orqali platsentatsiyalanish tipi va kindik tizimchasining
platsentaga birikish holatiga qarab yuzaga chiqadigan perinatal asoratlarni tahlil qilish va
baholash.
Tadqiqot usullari.
Homiladorlikning birinchi trimestrida homiladorlik davri ultratovush
yordamida aniqlanadi. Homila tuxumi va amnionlarning sonini tekshirilib, xorion va amniallik
turi o’rganildi. Tug’ruqdan so'ng, platsenta xorion turini, amniallikni tasdiqlash hamda platsenta
va kindik tizimchasidagi patologiyani aniqlash uchun tekshirildi. Shuningdek, har bir
platsentaning vizual makroskopik tekshiruvi bilan kindik tizimchasi birikish joyi, ular orasidagi
masofa, platsentaning angioarxitektonikasi vizual ko’rib chiqildi. P latsenta, kindik tizimchasi
xona haroratida 10% li formalinda fiksatsiya qilinib, gistologik tekshirish uchun Respublika
patologiya markaziga yuborildi.
Natijalar va xulosa
. Bixorial biamniotik egizaklarning va monoxorial biamniotik
egizaklarning platsentalari tahlil qilindi. Makroskopik ko’rilganda, bixorial biamniotik va
monoxorial biamniotik egizaklarning platsentalarida kalsifikatsiya, infarkt o’choqlari, fibrinoid
to’qimalarning borligi, shuningdek vaskulyarizatsiya mavjudligini kuzatdik. Kindik tizimchasi
kelib chiqish joyi va kindik tizimchalari orasidagi masofa o’rganildi. Qirg’oq birikishi (46,8%),
tanaga birikishi (14%) aniqlandi. Kindik tizimchasining anormal birikishi monoxorial tipda C
bixorial tipli homiladorlik bilan solishtirganda sezilarli darajada yuqori chiqdi. Kindik
tizimchasining qirg’oq birikishi monoxorial biamniotik tipli homilador ayollarning 41,2% va
bixorial biamniotik tipning 38,1% da qayd etilgan. Kindik tizimchasining platsenta tanasiga
birikishi mos ravishda 20,6% va 10,2% da kuzatilgan. Shunday qilib, egizak homiladorlik
platsentaning patologiyalarini keltirib chiqaradi, bu o'ziga xos bo'lishi mumkin. Xoriallik,
amniallik va platsenta anomaliyalarini aniqlash ko'p homiladorlikni yetarli darajada boshqarish
uchun asosiy masalalaridir. Tug’ruqdan keyin platsentaning patologik tekshiruvi platsenta va
kindik tizimchasidagi anomaliyalar mavjudligini baholashga yordam beradi, shuningdek, xorion
haqida ma'lumot beradi va egizak homiladorlikka ta'sir qiluvchi kasallikning potensial
88
mexanizmlarini tushunishga yordam beradi.
Аdabiyotlar ro'yxati:
1.
Шуригина, О. В., А. М. Щелочков, and С. З. Юлдашева. "ОДАМ ЭМБРИОНЛАРИНИ
КУЛЬТИВАЦИЯЛАШ ВА МОЛЕКУЛЯР ДИАГНОСТИКАСИДАГИ ЯНГИ
МЕТОДОЛОГИК
ЁНДОШУВЛАР." МИНИСТЕРСТВО
ЗДРАВООХРАНЕНИЯ
РЕСПУБЛИКИ
УЗБЕКИСТАНА
ТАШКЕНТСКИЙ
ПЕДИАТРИЧЕСКИЙ
МЕДИЦИНСКИЙ ИНСТИТУТ 149 (2002).
