102
UGLEVOD DISFUNKSIYASI NATIJASIDA YUZAGA KELADIGAN
PATOLOGIK HOLATLAR
Ismatullayeva I.I., I Pediatriya va xalq tabobati fakulteti
Pediatriya yo’nalishi 111 guruh talabasi
Ilmiy rahbar: t.f.n., dotsent Ikramova Z.A.
ToshPTI, Tibbiy va biologik kimyo, tibbiy biologiya,
umumiy genetika kafedrasi
Dolzarbligi:
XXI asr kimyo texnologiyalar rivojlangan davrda tabiiy mahsulotlar
o’rini sun’iy mahsulotlar egallashi natijasida uglevod disfunksiyasi tufayli yuzaga keladigan
patologik holatlar (qandli diabet ya’ni giperglikemiya, qandsiz diabet ya’ni gipoglikemiya,
galaktozamiya, pentozuriya) soni ortmoqda. Ulardan eng ko’p tarqalgani qandli diabet bo’lib,
respublikamizning 15% aholisi bu kasallikdan aziyat chekadi. Oddiy uglevodlar polisaxridlar
parchalanishi natijasida ham hosil bo’lgani uchun iste’mol qilinadigan ko’pgina organizm uchun
zarur bo’lgan oziq-ovqatlarga cheklov qo’yiladi.
Maqsadi:
Qandli diabet yuzaga kelishiga ko’ra ikki guruhga ajratiladi: birinchisiga
insulinga javob beradigan beta hujayralarning hujumga uchrashi tufayli qonda qand miqdorining
izdan chiqishi holatlari; ikkinchisiga noto’g’ri turmush tarzi sabab bo’ladi. Eng achinarlisi bu
kasallik bolalar orasida ham uchraydi va irsiy bo’lib ko’pincha yashirin holatdaligi tufayli
aniqlash mushkul. Bu kasallikning oldini olish choralarini rivojlantirish hozirgi kunning dolzarb
vazifalaridan biridir.
Qo’llanilgan usullar va natijalar
: Ilmiy adabiyotlar va soha mutahassislarining olib
borgan izlanishlariga ko’ra ideal tana vaznini saqlash va faol turmush tarzi 2 -toifa diabetning
boshlanishini oldini oladi yoki kechiktirishi mumkin. Agar bemor ortiqcha vaznga ega bo'lsa,
tana vaznining atigi 5 foizini yo'qotish xavfni kamaytiradi. Ba'zi preparatlar 2-toifa diabetning
boshlanishini kechiktirish yoki oldini olish uchun ham ishlatililadi. Ammo boshqarish
qiyinlashganda insulin in'ektsiyadan foydaladi, bu ko’pincha oxirgi bosqichlarda qo’llaniladi.
Insulin oziqlanish davrida mikroelementlar darajasini muvozanatlash orqali tananing energiya
ta'minotini tartibga soladi. Insulin hujayra ichidagi glyukozani, jigar, mushak va yog’ to'qimalari
kabi insulinga bog'liq hujayralar, to'qimalarga tashish uchun juda muhimdir. Kimyoviy jihatdan
insulin 51 ta aminokislotadan iborat polipeptid zangiriga ega. Unda A va B zanjirchalar mavjud.
Amerika Diabet Assotsiatsiyasi (ADA) insulinni qanchalik tez ishlashi bilan tavsiflaydi, bu
preparat taxminan 15 minutda qon glyukozasiga ta'sir qila boshlaydi. Taxminan bir soat ichida
faoliyati eng yuqori darajaga etadi. Ayni paytda 1-toifa diabetning oldini olish mumkin emas.
Ammo 1-toifa diabet ba'zi yuqori xavfli holatdagi bemorlarda kechikishi mumkinligini
ko'rsatadigan istiqbolli tadqiqotlar mavjud. Quyida ba'zi o'simliklarning asosiy kimyoviy
tarkibiga asoslangan holda, ular asosida qandli diabet kasalligini fitoterapevtik davolashda
bilolgik faol oziq-ovqat qo'shilmalar tayyorlashda foydalanish mumkin. Bularga momoqaymoq
ildizi, arpa kraxmali, bexi bargi va guli kabilarni kiritish mumkin. Masalan, arpa kraxmal
45,70%; oqsillar 7,28%; 7,11%; 1,7-2,0 %; sellyuloza 3,5-7,0% ; mikro va makroelementlar
2,3% (fosfor, oltingugurt, kremniy, kaliy, natriy, magniy, kalsiy, temir, xlor) dan iborat.
Xulosa:
Qand kasalligi tibbiy manbalarga ko'ra, nasliy bo'lishi ham mumkin.
Ko’pincha o'simliklarda turli hil mikroelementlar (temir, alyuminiy marganets), organik
kislotalar, alkaloidlar bo'lib, ular qonda glyukoza miqdorini boshqaradi va me’yorlashtiradi.
Ularni insulin, qand pasaytiruvchi tabletkalar, parxez bilan birga qo'llash mumkin.
Аdabiyotlar ro'yxati:
1.
Насырова, Х. К., and М. Ц. Эндокринологии. "Диагностика и лечение эндокринного
бесплодия при аденомах гипофиза." Diss. спец 14.03 (2011).
2.
Насырова, Х. К., et al. "Сравнительная оценка цитологического исследования
103
смешанной слюны при аденомах гипофиза." Врач-аспирант 38.1 (2010): 42-46.
3.
Махманазарова, Л. А., Исмаилов, С. И., Алиева, А. В., & Насырова, Х. К. (2022).
СЕЗОННЫЕ ОСОБЕННОСТИ ОСТРЫХ ОСЛОЖНЕНИЙ САХАРНОГО ДИАБЕТА 1
ТИПА У ДЕТЕЙ И ПОДРОСТКОВ. Евразийский журнал медицинских и естественных
наук, 2(13), 80-86.
