Авторы

  • Ш Xикматов
    Ташкентский педиатрический медицинский институт
  • М Шайхова
    Ташкентский педиатрический медицинский институт image/svg+xml

Биографии авторов

  • Ш Xикматов, Ташкентский педиатрический медицинский институт
    Группа 409, факультет медицинской педагогики и лечения, лечебное отделение
  • М Шайхова, Ташкентский педиатрический медицинский институт
    Научный руководитель. Ассистент кафедры семейной медицины №1, физического воспитания, гражданской защиты

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.research-in-eyes-youth.47609

Ключевые слова:

Микроэлементы дефицит питание

Аннотация

Bolalarning sog’lom rivojlanishi uchun to’g’ri ovqatlanish eng muhim va samarali usul bo’lib hisoblanadi. Agar homiladorlik va emizish vaqtida, shuningdck hayotining dastlabki ikki yilida bola yetarlicha ovqatlanmasa, uning jismoniy va aqliy rivojlanishi ortda qolishi mumkin. Oziqlanishning yetishmovchiligi bolalarda organizmning turli kasalliklarga qarshi kurashish qobiliyatining pasayishiga olib kcladi. Bolalar orasida o’lim holatining yamiidan ko’pini oziqlanishning yetishmovchiligi tashkil qiladi.

background image

83

MIKRONUTRIYENTLAR YETISHMOVCHILIGINING BOLALAR

RIVOJLANISHIGA TA’SIRINI O’RGANISH

Hikmatov Sh.S., 409- guruh, Tibbiy pedagogika va davolash ishi fakulteti,

davolash ishi yo‘nalishi

Ilmiy rahbar: Shayxova M.I., Oilaviy shifokorlik №1, jismoniy tarbiya,

fuqarolar muhofazasi kafedrasi assistenti, ToshPTI

Dolzarbligi.

Bolalarning sog’lom rivojlanishi uchun to’g’ri ovqatlanish eng muhim va

samarali usul bo’lib hisoblanadi. Agar homiladorlik va emizish vaqtida, shuningdek hayotining
dastlabki ikki yilida bola yetarlicha ovqatlanmasa, uning jismoniy va aqliy rivojlanishi ortda
qolishi mumkin. Oziqlanishning yetishmovchiligi bolalarda organizmning turli kasalliklarga
qarshi kurashish qobiliyatining pasayishiga olib keladi. Bolalar orasida o’lim holatining
yarmidan ko’pini oziqlanishning yetishmovchiligi tashkil qiladi.

Maqsadi.

Mikronutriyentlar yetishmovchiligining bolalar rivojlanishiga ta’sirini

o’rganish.

Materiallar va qo’llanilgan usullar.

Mikronutriyentlar yetishmovchiligining bolalar

rivojlanishiga ta’sirini o’rganish bo’yicha zamonaviy adabiyotlarda keltirilgan ma’lumotlar
o’rganildi.

Natijalar.

Zamonaviy ilmiy adabiyotlarda keltirilgan ma’lumotlar bolalarda

mikronutriyentlar tanqisligi tibbiy, ijtimoiy, iqtisodiy oqibatlarga olib kelishi haqida
isbotlangan dalillarni keltiradi. O’zbekistonda 2017 yilda oziqlanish bo’yicha olib borilgan
tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, 5 yoshgacha bo’lgan bolalar orasida oziqlanishning
yetishmovchiligi o’sishdan ortda qolish bo’yicha - 8,7%, ozg’inlik - 1,9%, ortiqcha vazn - 4,6%
ni tashkil qiladi. Taxminan 15,6% bolalar kamqonlikdan aziyat chekadi. Temir tanqisligi
kamqonligi deyarli 75% ni tashkil qiladi. SHuningdek 15–19 yoshdagi o’smir qizlar
oziqlanishning to’laqonli emasligidan, ya’ni to’yib ovqatlanmaslikdan, mikroelementlar
tanqisligi va ortiqcha vazndan aziyat chekkanlar. Ortiqcha vazn/semizlik - 10,7%, kamvaznlik
esa -11,9% ni tashkil qilgan.

Bolalarning jismonan va aqlan rivojlanishi uchun temirga boy mahsulotlar juda muhim.

Homilador ayollar va bolalarda temir va folat kislotasi tanqisligi bolalar va yoshlar intellektual
va jismoniy rivojlanishining pasayishi, bolalar o’limi, umumiy kasallanishning yuqori darajada
bo’lishining sababchisi hisoblanadi. Katta yoshdagi aholi orasida mehnat qilish qobiliyatining
pasayishiga olib keladi. Gemoglobin darajasining 10% ga oshishi ishlab chiqarishni 10-20% ga
oshiradi. Homilador ayolda folat kislota tanqisligi tug’ma nuqsonlari (xondrodistrofiya,
anensefaliya, miya churrasi, orofassial buzilishlar – “quyon lab”, “bo’ri tanglay” va b.) bo’lgan
bolalarning tug’ilishiga sabab bo’ladi. Folat kislotaning og’ir tanqisligi bolalarda asab-ruhiy
buzilishlar, megaloblast kamqonlik, immunitetning, jismoniy va intellektual rivojlanishning
pasayishiga olib keladi.

Oziqlanishning miqdoriy yetishmovchiligi va sifat jihatidan to’laqonli bo’lmasligi

bolalarning jismoniy va asab-ruhiy rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.

Noto’g’ri ovqatlanish, mikronutriyentlar, xususan temir tanqisligi va temir tanqisligi

kamqonligi mamlakatga ijtimoiy-iqtisodiy zarar keltiradi va intellektual potensialini
pasaytiradi.

Xulosa.

Shunday qilib, bolalarning yoshiga mos ravishda to’g’ri tashkil etilgan

ovqatlanish ratsioni organizmning plastik va energetik materiallariga bo’lgan ehtiyojini
qoplashga imkon beradi. Erta yoshda bolalarni to’g’ri ovqatlantirish ularning o’sishi, sog’lom


background image

84

bo’lishi va rivojlanishi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Saplementatsiya, ozuqalarni
boyitish, ovqat ratsionining turli-tumanligi mikronutriyentlar yetishmovchiligining ommaviy
profilaktikasining usuli bo’lib hisoblanadi.

Аdabiyotlar ro'yxati:

1.

Хамроева, Юлдуз, and Б. Т. Бузруков. "Cравнительная оценка передне-задней оси глаз
у детей с односторонней врожденной катарактой, врожденной глаукомой и нормой в
возрастном аспекте." in Library 4.4 (2014): 4-6.

2.

Каримова, Д. Б., et al. "Клинико-хирургические особенности миопического глаза у детей
при врожденных катарактах." Российская детская офтальмология 2 (2020): 16-19.

3.

Makhmudova, D. T., et al. "Improvement of surgical treatment of Duane syndrome in
children." Vestnik Oftalmologii 137.6 (2021): 33-37.

4.

Khamraeva, L. S., L. Yu Bobokha, and N. Sh Akhmedova. "Dynamics of tonographic
parameters of the eye in children under the influence of combined anesthesia during
ophthalmosurgical interventions." Russian National Ophthalmological Forum. Vol. 1. 2017.

5.

Ташпулатова, А. З., Б. Т. Бузруков, and Д. А. Закирходжаева. "Вторичная глаукома при
синдроме Марфана." РМЖ. Клиническая офтальмология 13.4 (2012): 126-127.

6.

Тошпулатова, Арофат Зиёвутдиновна, and Дилором Асраловна Закирходжаева.
"Особенности офтальмологических проявлений при синдроме Марфана." Re-health
journal 2 (10) (2021): 109-112.

Библиографические ссылки

Хамроева, Юлдуз, and Б. Т. Бузруков. "Сравнительная оценка передне-задней оси глаз у детей с односторонней врожденной катарактой, врожденной глаукомой и нормой в возрастном аспекте." in Library 4.4 (2014): 4-6.

Каримова, Д. Б., et al. "Клинико-хирургические особенности миопического глаза у детей при врожденных катарактах." Российская детская офтальмология 2 (2020): 16-19.

Makhmudova, D. Т., et al. "Improvement of surgical treatment of Duane syndrome in children." Vestnik Oftalmologii 137.6 (2021): 33-37.

Khamraeva, L. S., L. Yu Bobokha, and N. Sh Akhmedova. "Dynamics of tonographic parameters of the eye in children under the influence of combined anesthesia during ophthalmosurgical interventions." Russian National Ophthalmological Forum. Vol. 1.2017.

Ташпулатова, A. 3., Б. T. Бузруков, and Д. А. Закирходжаева. "Вторичная глаукома при синдроме Марфана." РМЖ. Клиническая офтальмология 13.4 (2012): 126-127.

Тошпулатова, Арофат Зиёвутдиновна, and Дилором Асраловна Закирходжаева. "Особенности офтальмологических проявлений при синдроме Марфана." Re-health journal 2 (10) (2021): 109-112.