93
KOʻKRAK BEZI SARATONIDA KIMYO VA NUR RERAPIYASIDAN
KEYINGI OʻZGARISHLAR.
Boratova M.A. Inomova Z.B
Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot institute
Dolzarbligi.
Koʻkrak bezi saratoni oʻpka saratonidan keyingi ikkinchi oʻrinda turadi,
ayollar orasida birinchi oʻrinda.JSSTning maʼlumotlariga koʻra har yili 1.5 million ayolga
koʻkrak bezi saratoni tashxisi qoʻyiladi. Va achinarlisi esa 13 yoshli qizda ham ushbu
kasallikning mavjudligi. 13 yoshdan 90 yoshgacha boʻlgan ayollar orasida kasallik uchrash
chastotasi 10% ni tashkil qiladi. Oʻlim koʻrsatkichi esa tahminan 50%ni koʻrsatadi. Koʻkrak bezi
saratoni - sut bezlari toʻqimalarida paydo boʻladigan oʻsimta. Saraton oʻsmalari xavfsiz
oʻsmalarga qaraganda tez oʻsadi, boshqa organlarga juda tez tarqaladi. Hattoki limfa tugunlariga
ham taʼsir qiladi.
Kasallikni keltirib chiqaruvchi sabablarga semizlik, jismoniy faollikning kamligi, alkogalizm,
birinchi hayz koʻrishning erta boshlanishi yoki aksincha kech boshlanishi yo umuman
boʻlmasligi, naslida ushbu kasallik bilan ogʻriganlarning boʻlishi sabab boʻladi.
Tadqiqot maqsadi.
Fargʻona viloyatida saraton kasalliklaridan koʻkrak bezi saratoni
misolida kimyo va nur terapiyadan keyingi teridagi oʻzgarishlarni aniqlash.
Material va metodlar.
Koʻkrak bezi koʻp hollarda sut yoʻllarining shilliq qavati
hujayralarida hamda bu kanalni sut bilan taʼminlaydigan lobullarda boshlanadi. Sut yoʻllarida
rivojlanayotgan saratonlar duktal karsinomalar, lobullarda rivojlanayotgan saratonlar esa
lobulyar karsinomalar deyiladi. Sut bezlarida paydo boʻladigan oʻsmalarining koʻp qismi xavfsiz
hisoblanadi, shu sababli ular sekin oʻsadi. Bu oʻsma hujayralari organizmdagi sogʻlom
hujayradan sezilarli farq qilmaydi hamda organizmning boshqa aʼzo va toʻqimalariga
tarqalmaydi.
Kasallikning belgilari: sut bezlarining ranglari, shakli va tashqi koʻrinishida oʻrzgarishlar
kuzatiladi. Koʻkrak va uning atrofida qizarishlarning boʻlishi, hattoki sutni ham oʻzgarishi
boʻladi. Kasallik chuqurlashganda suyak ogʻrigʻi, limfa tugunlarida shishlarning boʻlishi, nafas
qoʻshilishi, koʻkrak atrofi yoki butun terining sargʻayishi kuzatiladi.
Ananaviy kimyo terapevtik vosita va omillar hujayra boʻlinishiga xalaqit beradi yaʼni
sitotoksik hisoblanadi, lekin saraton hujayralari bu vositalarga nisbatan sezgirligi jihatidan katta
farq qiladi. Baʼzi paytlarda kimyo terapiyani hujayralarga zarar yetkazish va stress qilish usuli
deb qarash mumkin, bu apoptoz boshlanganda hujayraning nobud boʻlishiga sabab boʻladi.
Ushbu terapiyaning nojoʻya taʼsirlari tez boʻlinadigan va antimitotik dori vositalariga sezgir
boʻlgan oddiy hujayralarga ham zarar yetkazadi, bu esa suyak iligi, ovqat hazm qilish tizimi,
soch follikulalari hujayralari va qon hujayralari ishlab chiqarilishining pasayishiga ham oʻz
taʼsirini koʻrsatadi.Nur bilan davolash ionlovchi nurlarning biologik taʼsir koʻrsatishiga bogʻliq.
Chunki avval nurlar toʻqimalar bilan taʼsirlashadi va murakkab fizik-biokimyoviy jarayonlarni
hosil qiladi, natijada nurlantirilgan hujayralarning hayot faoliyatini izdan chiqaradi. Ionlovchi
nurlar asosan sogʻ toʻqimalarga nisbatan xavfli toʻqimalarga kuchli taʼsir koʻrsatadi. Davolash
birinchi uning shu xususiyati nazarga olinadi. Agar nur hujayraga yuqori sezgirlik paytida taʼsir
qilinsa, hujayra qattiq shikastlanadi, sezgirligi past holatida esa faoliyati oʻzgarmaydi.
Xulosa.
Ionlashtiruvchi nurlar taʼsirida terida ham shikastlanishlar paydo boʻlishi
mumkin. Masalan, bazal keratinotsitlar va soch follikulalarining zararlanishi kabi holatlar ham
roʻy beradi.
Barcha davolash chora- tadbirlari organizmning maʼlum bir qismiga ijobiy taʼsir koʻrsatsa, baʼzi
bir qismiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin. Shunday ekan kimyo va nur terapiyasi ham xavfli
94
hujayralarga taʼsir koʻrsatish bilan birga normal sogʻlom hujayralarga ham salbiy taʼsir
reaksiyasini koʻrsatmay qolmaydi.
Аdabiyotlar ro'yxati:
1.
Хакимова, Г. Г., Трякин, А. А., & Хакимов, Г. А. (2020). Применение ниволумаба при
раке толстой кишки с синдромом Линча. Клиническое наблюдение. Злокачественные
опухоли, 10(1), 41-48.
2.
Мирюсупова, Г. Ф., Г. А. Хакимов, and Н. Р. Шаюсупов. "Клинические характеристики
HeR2-позитивного рака молочной железы." Вопросы онкологии 63.4 (2017): 657-659.
3.
Мирюсупова, Г. Ф., Г. А. Хакимов, and Н. Р. Шаюсупов. "Возрастные особенности
молекулярнобиологических подтипов рака молочной железы в республике Узбекистан."
Вопросы онкологии 64.2 (2018): 196-199.
4.
Хакимов, Г. А., et al. "Клинический случай гигантской экстрагастроинтестинальной
опухоли забрюшинного пространства и обзор литературы." Медицинский алфавит 17
(2024): 38-42.
5.
Bazarov, N. I., Kobilov, J. A., Mazhabov, J. M., Khakimov, G. A., Saydahmadov, S. B.,
Yulchiev, R. I., & Shukurov, F. I. (2023). Some aspects of the clinic, diagnostics and
effectiveness of the treatment of solitary and primary multiple tumors of the nose skin and
nosolabial folding (SPMTNSNF). Health care of Tajikistan, (1), 5-12.
6.
Хакимова, Г. Г., et al. "Казуистический случай лечения диссеминированного
мелкоклеточного рака легких." Фарматека 8 (2017): 19-20.
7.
Khakimova, G. G., et al. "The Role of the Intestinal Microbiome in the Immunotherapy of Colon
Cancer." Malignant tumours 9.2 (2019): 5-11.
8.
Хакимов, Г. А., Ж. Б. Садуллаев, and Г. Г. Хакимова. "Трудности диагностики первичной
легочной лимфомы Ходжкина. Случай из практики." Фарматека 27.7 (2020): 124-127.
9.
Талипов, Орифжон Абсаматиллаевич, et al. "Метилирование генов супрессорных
микроРНК при раке молочной железы." Онкогинекология 2 (2020): 14-22.
10.
Рябчиков, Д. А., Чулкова, С. В., Талипов, О. А., Воротников, И. К., Казаков, А. М.,
Осипова, А. А., & Бердова, Ф. К. (2020). Результаты анализа метилирования генов
микроРНК в различных подтипах рака молочной железы. Онкогинекология, (3), 4-14.
11.
Рузметов, Хурсанд Равшанбекович, and Хасанбек Илхомбаевич Жуманиёзов.
"Фразеологик бирликларнинг иккиланган маъновий даражаланиши." Молодой ученый
24 (2019): 539-541.
12.
Хакимов, Г., Жуманиёзов, Х., Кадыров, Ш., Зияев, Ш., Мустафоев, Т., & Дьякина, Д.
(2017). Случай гигантской гиперплазии лимфатических узлов (болезнь кастельмана).
Журнал вестник врача, 1(2), 57-61.
