117
OPIOID ANALGETIKLARNING O’SMA KASALLIKLARIDA
QO’LLANILISHI VA ULARNING NARKOTIK TA’SIRI
Vaxobova X. K., 207-guruh talabasi, Tibbiy pedagogika
va davolash fakulteti.
Ilmiy rahbar: Kaldibayeva A.O., Farmakologiya
va fiziologiya kafedrasi. ToshPTI
Dolzarbligi:
Og’riqlar saraton kasalligiga chalingan to’rt bemordan uchtasiga tasir
qiladi. Og’riqning uchinchi darajasida bemorlar davolanishdan ko’proq qoniqish hosil qilish
maqsadida opioid analgetiklardan foydalaniladi. Opioid analgetiklarni uzoq muddatli qo’llash
esa tolerantlikni keltirib chiqarishi mumkin.
Madsadi:
Xalqaro adabiyotlardan o’rganish va ularni nazariy tahlil qilish.
Olingan natijalar:
Saraton kasalligida o’rtacha va kuchli og’riqlar tez-tez uchraydi va
kasallik rivojlangan bemorlarning 70-80% ga tasir qiladi. Ko’pchilik bemorlar uchun saraton
kasalligida og’riqni yengillashtiradigan vositalar va bilimlarga egamiz, ammo so’rovlar va
kuzatuvlar shuni ko’rsatadiki ko’plab bemorlarda kuchli og’riq bor va ular yetarli darajada
yengillik olmaydilar. Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti saraton kasalligini davolash bo’yicha
ko’rsatmalari birinchi darajali terapiya sifatida noopioid analgetiklarni tafsiya qiladi, ikkinchi
darajali terapiya sifatida noopioidlar bilan birga zaif opiod analgetiklar, uchinchi darajali
terapiyada esa kuchli opiod analgetiklar qo’llaniladi. Tajribada bemorlar guruhlarga bo’linadi
va ularga yon daftarchalar beriladi (0=og’riq yo’q, 10=chidab bo’lmas darajada kuchli og’riq)
shkala bo’yicha holati belgilanadi. Tajriba so’ngida og’riq intsensivligi, umumiy holati,
bemorning qoniqarli deb tariflagan haftalar soni va terapevtik o’zgarishlar soni aniqlanadi. JSST
ko’rsatmalariga ko’ra davolangan A va B bemorlari solishtirilganda terapevtik o’zgarishlarning
aksariyati preparatning o’zgarishiga emas balki do’zaning o’zgarishiga bog’liq. Shifokor
do’zani oshirilishini kasallik rivojlanishi bilan bog’lashi mumkin. Opioid analgetiklarni qabul
qilishni boshlagan bemorlar davolanishdan ko’proq qoniqish hosil qildilar. Yevropa Polliativ
yordam asotsatsiyasi (EAPC) tadqiqot tarmog’i saraton og’rig’iga morfin va muqobil
opioidlarni qo’llash bo’llash bo’yicha birinchi ko’rsatmalarini 1996-yilda elon qildi va 2001-yil
yangilash kiritdi. Retsept bo’yicha kuchli og’riqni qoldiradigan dorilar bo’lib, ularga morfin,
oksikodon, gidrokodon, kodein, gidromorfin, bupnermorfin va hk kiradi. Eng invaziv yuborish
usuli og’iz orqali , interrektal yuborish usuli faqat og’iz orqali yoki parenteral yuborish
samarasiz bo’lsa qo’llaniladi. Bunday hollarda umurtqa opioidlar mahalliy anesteziklar bilan
birlashtiriladi. Saraton og’rig’i uchun opiodlarning ma’lum samaradorligiga qaramasdan bu
dorilarni cheklangan holda foydalaniladi. Bu cheklovlar bemorni opiopidlarga qaramlikni oldini
olish maqsadida. Bundan tashqari ushbu analgetiklar aksariyat mamlakatlarda ham kuchli tartib
va nazorat ostida faqat retsept bo’yicha bemorlarga beriladi. Har yili dunyo bo’ylab 69 ming
kishi opioid do’zasini oshirib yuborishdan vafot etsa 15 million odam opioidlarga qaram bo’lib
qoladi.
Xulosa:
Saraton kasalligiga chalingan odamlarning hayot sifatini optimalllashtirishning
asosiy strategiyasi ularning og’rig’ini samarali va xavfsiz boshqarishdir. Opioidlar muntazam
foydalanish esa tolerantlik, qaramlik yoki giyohvandlikning rivojlanishi bilan bog’liq bo’lishi
mumkin. Muhim to’siqlarga qaramay, og’riq kuchli bo’lganda ham oipoidlarni qo’llamaslik
hayot sifatini sezilarli darajada kamaytirishi mumkin.
118
Аdabiyotlar ro'yxati:
1.
Хакимов, Г. А., Н. Р. Шаюсупов, and Гуля Мирюсупова. "Опыт лечения больных местно-
распространенным раком молочной железы." Опухоли женской репродуктивной системы
1-2 (2009): 27-29.
2.
Исамухамедова, М. А., Утемуратов, Я. Ю., Хакимов, Г. А., & Кенжаев, Б. (2010). Оценка
эффективности консервативного лечения больных раком молочной железы пожилого и
старческого возраста. Российский онкологический журнал, (6), 36-38.
3.
Хакимов, Г. А., Н. Р. Шаюсупов, and Г. Ф. Мирюсупова. "Молекулярно-биологические
подтипы рака молочной железы в Республике Узбекистан." Вопросы онкологии 61.6
(2015): 1018-1020.
4.
Хакимов, Г. А., Н. Э. Атаханова, and Д. М. Алмурадова. "АНАЛИЗ РЕЗУЛЬТАТОВ
ЛЕЧЕНИЕ БОЛЬНЫХ РАКОМ ЯИЧНИКОВ III СТАДИИ." Экономика и социум 5-2 (120)
(2024): 1447-1458.
5.
Хакимова, Г. Г., et al. "Анализ системного иммунитета и воспаления в прогнозе
аденокарциномы желудка." Успехи молекулярной онкологии 7.1 (2020): 38-46.
6.
Zikiryakhodzhaev, A. D., Khakimova, S. G., Rasskazova, E. A., Saribekyan, E. K., Omarova, D.
F., Surkova, V. S., & Khakimova, G. G. (2021). Breast implant capsule-associated squamous cell
carcinoma: case report. Malignant tumours, 10(4), 30-37.
7.
Хакимов, Г. А., А. А. Трякин, and Г. Г. Хакимова. "Применение ниволумаба при
колоректальном раке, ассоциированном с синдромом Линча." Современная онкология 22.3
(2020): 114-119.
8.
Хакимов, Г. А., Ж. Б. Садуллаев, and Г. Г. Хакимова. "Трудности диагностики первичной
легочной лимфомы Ходжкина. Случай из практики." Фарматека 27.7 (2020): 124-127.
9.
Талипов, Орифжон Абсаматиллаевич, et al. "Метилирование генов супрессорных
микроРНК при раке молочной железы." Онкогинекология 2 (2020): 14-22.
10.
Талипов, Орифжон Абсаматиллаевич, et al. "Анализ метилирования генов микроРНК при
раке молочной железы." Белые ночи 2020. 2020.
11.
Жуманиёзов, Хасанбек Илхомбаевич, and Хурсанд Равшанбекович Рузметов.
"Услублараро еки нейтрал фразеологизмлар." Молодой ученый 24 (2019): 537-539.
12.
Казанцев, А. П., Жуманиёзов, Х. И., Керимов, П. А., Рубанская, М. В., Рубанский, М.
А., Капкова, О. А., ... & Хакимов, Г. А. (2019). Результаты лечения рабдомиосаркомы
мочеполовой системы у детей. Собственный 15-летний опыт. Онкоурология, (2), 107-
117.
