“Raqamli iqtisodiyot va sun’iy intellekt texnologiyalarining jamiyat rivojlanishidagi ahamiyati”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya 2024-yil 22-noyabr, Tоshkеnt, O‘zbekiston
69
O‘ZBEKISTONDA RAQAMLI HUKUMAT VA SUN’IY INTELLEKT
TEXNOLOGIYALARINING RAQAMLI IQTISODIYOTDAGI O‘RNI: MUAMMOLAR
VA RIVOJLANISH
YO‘L
LARI
Mirzanazarov Muhammadqodir Ulug’bek o’g’li
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya
vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining
Bojxona instituti kursanti
mirzanazarovm16@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.14195224
Annotatsiya: Mazkur maqola O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyotning rivojlanishida
raqamli hukumat va sun’iy intellekt texnologiyalarining ahamiyatini tahlil qiladi.
Tadqiqotda elektron hukumatning rivojlanishi, davlat boshqaruviga zamonaviy
texnologiyalarni joriy etish orqali shaffoflikni oshirish, korrupsiyani kamaytirish, xizmatlar
sifatini yaxshilash va fuqarolar bilan samarali muloqotni ta’minlash masalalari yoritilgan.
Shu bilan birga, raqamli transformatsiya jarayonida yuzaga keladigan texnik infratuzilma,
axborot xavfsizligi va qonuniy masalalar kabi muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari
ko‘rib chiqilgan. Sun’iy intellekt texnologiyalarining davlat xizmatlarida qo‘llanilishi va
raqamli iqtisodiy samaradorlikni oshirishdagi roli ham batafsil tahlil qilingan.
Kalit so‘zlar: Raqamli hukumat, Sun’iy intellekt, Elektron hukumat, Raqamli
iqtisodiyot, Davlat boshqaruvi, Innovatsion texnologiyalar, O‘zbekiston iqtisodiyoti,
Axborot xavfsizligi, Raqamli transformatsiya, IT-Park, Raqamli xizmatlar.
Kirish
Raqamli iqtisodiyot, bugungi kunda global iqtisodiy rivojlanishning asosiy
harakatlantiruvchi kuchiga aylangan bo‘lib, sun’iy intellekt texnologiyalari ushbu
jarayonning ajralmas qismi sifatida ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish va
xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga xizmat qilmoqda. Axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari zamonaviy iqtisodiyotda davlat boshqaruvi, bank sektori, sanoat, tibbiyot,
xavfsizlik kabi sohalarda keng qo‘llanilmoqda. Mamlakatimizda esa ilg‘or texnologiyalarni
hayotga tatbiq etish borasida muhim chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Axborot
texnologiyalari, deyarli barcha biznes va boshqaruv jarayonlarining ajralmas qismiga
aylangan bo‘lib, davlat boshqaruvida texnik modernizatsiyaning zarur yo‘nalishi sifatida
raqamli platformalar orqali muloqot o‘rnatishga imkon yaratadi. Raqamli hukumat va
elektron hukumatning zamonaviy yondashuvi fuqarolar, bizneslar, davlat xodimlari va
boshqa manfaatdor tomonlar o‘rtasida samarali aloqalarni ta’minlashga qaratilgan. Bunday
texnologiyalar davlat boshqaruvini yaxshilash, korrupsiyani kamaytirish, xizmatlarning
sifatini oshirish, shaffoflikni ta’minlash kabi foydalarni keltirsa-da, axloqiy muammolarni
ham yuzaga keltirishi mumkin.
“Raqamli iqtisodiyot va sun’iy intellekt texnologiyalarining jamiyat rivojlanishidagi ahamiyati”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya 2024-yil 22-noyabr, Tоshkеnt, O‘zbekiston
70
O‘zbekiston Respublikasini 2017-2021 yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor
yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish doirasida, “Fan, ma’rifat va
raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” Davlat dasturiga muvofiq bir qator vazifalar
belgilangan edi. Shu asosda, 2020-yil 28-apreldagi qarorning eng muhim qismi,
O‘zbekistonni raqamli iqtisodiyotga o‘tkazish va elektron hukumatni keng joriy etish
bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilashdir. Qaror davlat boshqaruvi va xizmatlarni
raqamlashtirishni tezlashtirish, axborot texnologiyalarini samarali qo‘llash va fuqarolarga
yuqori sifatli xizmatlar taqdim etishni maqsad qilgan. Buning natijasida, davlatning barcha
sohalarida raqamli transformatsiya jarayonlari amalga oshirilishi, elektron xizmatlar va
raqamli platformalar orqali samarali va shaffof boshqaruvni ta’minlash ko‘zda tutilgan. [1]
Raqamlashtirish yo‘nalishida e’tiborga molik tashabbuslardan biri IT-Parkning
tashkil etilishidir. Ushbu texnoparkning yaratilishi 2019-yil 10-yanvarda Vazirlar
Mahkamasining “Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari uchun texnologik parkni
tashkil etish choratadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida amalga oshirildi. Bu markaz
axborot texnologiyalari sohasida innovatsiyalarni rivojlantirishga xizmat qiladi.[2]
Hozirgi kunda barcha davlat idoralari va xususiy sektordagi tashkilotlar o‘z
faoliyatini modernizatsiya qilish maqsadida IT sohasiga sarmoya kiritishga majbur
bo‘lyapti. Shuning uchun kadrlarning IT bilimlarini yanada oshirish dolzarb masalaga
aylangan. IT-Park esa axborotkommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi iqtidorli va faol
mutaxassislar uchun noyob imkoniyatlar yaratadi. Bu yerda buxgalteriya, huquqiy,
marketing va ta’lim sohalarida qo‘llabquvvatlash orqali innovatsion g‘oyalar haqiqiy biznes
loyihalariga aylantirilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-sonli
Farmoni doirasida, 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan "Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot
strategiyasi"ning 10-maqsadida davlat xizmatini raqamlashtirishni nazarda tutuvchi
“Raqamli davlat xizmati” loyihasi amalga oshirilishi belgilangan. Ushbu loyiha davlat
xizmatiga kirish, kadrlarni tanlov asosida ishga qabul qilish, kadrlar zaxirasini shakllantirish
va xodimlarning faoliyatini baholash jarayonlarini raqamlashtirishni ko‘zda tutadi. [3]
Shuningdek, "Milliy reyting" tizimi joriy etilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bu tizim
orqali davlat xizmatchilarining faoliyati eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari
(KPI)
asosida baholanadi. Bu ham davlat xizmatining samaradorligini oshirishga va xodimlarning
faoliyatini aniqroq, shaffof baholashga imkon beradi. Raqamlashtirish jarayonlari orqali
davlat xizmati tizimini zamonaviy va samarali qilish, korrupsiya omillarini bartaraf etish va
kasbiy tayyorgarlikni yaxshilashga erishish maqsad qilingan.
Mazkur tadqiqotning asosiy maqsadi – O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyotda sun’iy
intellekt texnologiyalarining o‘rnini tahlil qilish, ularning iqtisodiy natijalarga ta’sirini
o‘rganish va davlat boshqaruvi tizimlarining raqamlashtirilishi jarayonida yuzaga
kelayotgan asosiy muammolarni aniqlashdir. Shu bilan birga, tadqiqotda raqamli
texnologiyalarni to‘g‘ri va axloqiy asosda qo‘llash aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini
oshirish, davlat boshqaruvining shaffofligini ta’minlash va fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash
yo‘llari o‘rganiladi.
“Raqamli iqtisodiyot va sun’iy intellekt texnologiyalarining jamiyat rivojlanishidagi ahamiyati”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya 2024-yil 22-noyabr, Tоshkеnt, O‘zbekiston
71
Davlat hukumatining raqamlashtirilishi: O'zbekistonning hozirgi holati
O‘zbekistonda raqamli transformatsiya jarayoni katta tezlik bilan amalga
oshirilmoqda, bu esa mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy sohalarini rivojlantirishda muhim
omilga aylangan. Raqamli hukumat davlat boshqaruvini yanada samarali qilish va fuqarolar
bilan davlat o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni yaxshilash maqsadida amalga oshirilmoqda.
Ayniqsa, e-hukumat va elektron xizmatlar, soliq va bojxona tizimlarida joriy etilgan raqamli
platformalar bu sohalarda yanada o‘zgarishlarni ta’minlashga xizmat qilmoqda. Masalan,
e-hukumat platformalari orqali fuqarolar va biznes subyektlari davlat xizmatlariga onlayn
tarzda murojaat qilib, zarur hujjatlarni olish imkoniyatiga ega bo‘lishmoqda. Shuningdek,
davlat xodimlari o‘rtasida axborot almashinuvi va muloqotning samaradorligi oshmoqda,
bu esa boshqaruv jarayonlarining tezkorligi va shaffofligini ta’minlaydi.
2023-yil 24-maydagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
PF-76
-son
Farmonining 5ilovasida raqamlashtirish sohasidagi islohotlarni chuqurlashtirish va tizim
faoliyatini transformatsiya qilish bo‘yicha "Yo‘l Xaritası" tasdiqlangan.[4] Ushbu hujjat
raqamli transformatsiyani rivojlantirish va raqamli texnologiyalarni davlat boshqaruvi,
iqtisodiyot va boshqa sohalarda kengaytirishga qaratilgan maqsadlar va chora-tadbirlarni
belgilaydi. Yo‘l xaritasida davlat organlarini raqamlashtirish, axborot tizimlarini
optimallashtirish, innovatsion texnologiyalarni joriy etish, fuqarolar bilan samarali elektron
xizmatlar orqali aloqani yaxshilash, korrupsiya va byurokratiyaga qarshi kurashish,
shaffoflikni ta'minlash kabi asosiy yo‘nalishlar ko‘zda tutilgan. Shuningdek, barcha davlat
idoralari va xususiy sektorning hamkorligi, kadrlar tayyorlash va raqamli infrastrukturani
kuchaytirishga qaratilgan aniq chora-tadbirlar belgilangan.
O‘zbekistonning bojxona va soliq tizimlarida raqamli transformatsiya jarayoni katta
samaralar bermoqda. Bojxona deklaratsiyalari va soliq to‘lovlarini onlayn amalga oshirish
tizimlari joriy qilinishi orqali davlat tizimlarining samaradorligi sezilarli darajada
oshmoqda. Raqamli tizimlar bojxona jarayonlarini avtomatlashtirish va soliq to‘lovlarini
tezkor va shaffof tarzda amalga oshirish imkonini yaratmoqda. Bu esa, o‘z navbatida,
bojxona va soliq tizimlarida korrupsiyaga qarshi kurashni kuchaytiradi va davlat byudjetiga
tushadigan tushumlarni yaxshilaydi. Onlayn tizimlar orqali fuqarolar va korxonalar soliq
to‘lovlarini o‘z vaqtida amalga oshirishi, bojxona deklaratsiyalarini aniq va tezda topshirish
imkoniyatiga ega bo‘lishmoqda. Bu esa, davlat xizmatlarini tezlashtirish va samarali
boshqaruvni ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi.
Bojxona sohasining raqamli transformatsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2020-yil 5-iyundagi “Bojxona ma’muriyatchiligini isloh etish va
O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini takomillashtirish
to‘g‘risida”gi
PF-6005
-son Farmoniga asoslangan holda amalga oshirilmoqda. [5] Ushbu
Farmon, bojxona tizimini takomillashtirish, uning samaradorligini oshirish va “qog‘ozsiz
va elektron bojxona”ni yanada rivojlantirish orqali “raqamli bojxona”ni yaratishni maqsad
qilgan. Shuningdek, xalqaro bojxona standartlarini milliy qonunchilikka joriy etishni
tezlashtirish ham belgilangan asosiy yo‘nalishlardan biridir.
Bugungi kunda O‘zbekistonning raqamli transformatsiyasi davlat boshqaruvining
samaradorligini oshirish va aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilashning
muhim vositasi hisoblanadi. Soliq va bojxona tizimlarida joriy etilgan raqamli platformalar
“Raqamli iqtisodiyot va sun’iy intellekt texnologiyalarining jamiyat rivojlanishidagi ahamiyati”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya 2024-yil 22-noyabr, Tоshkеnt, O‘zbekiston
72
ma’muriy jarayonlarni tezlashtirishda va davlat boshqaruvi ishini soddalashtirishda katta
rol o‘ynamoqda. Shu bilan birga, raqamli iqtisodiyotning imkoniyatlaridan yetarlicha
foydalanilmasligi iqtisodiy samaradorlikning pasayishiga olib kelmoqda. Xususan, ko‘plab
korxonalar raqamli texnologiyalarni to‘liq o‘zlashtirmaganligi sababli, mamlakat iqtisodiy
o‘sishiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
O‘zbekistonning raqamli transformatsiya jarayonida quyidagi muammolar
aniqlangan:
Texnik Infratuzilmaning Yetishmasligi
Ko‘plab hududlarda internet va raqamli infratuzilma yetarlicha rivojlanmagan. Bu
ayniqsa qishloq joylarida raqamli xizmatlardan foydalanishda qiyinchiliklar keltirib
chiqarmoqda.
Oʻzbekistonda internet va raqamli infratuzilmani rivojlantirish uchun quyidagi
choratadbirlarni amalga oshirish zarur:
Internet tezligi va sifatini oshirish: 2023-yilning yanvar-dekabr holatiga koʻra, 10
yosh va undan katta aholining soʻnggi uch oy davomida internetdan muntazam foydalangan
ulushi
89%
ni tashkil etdi. Shu bilan birga, internet tezligi va sifatini yaxshilash orqali
foydalanuvchilar tajribasini oshirish lozim. [6]
Quyida O‘zbekistonning shaxsiy ma'lumotlarning xavfsizligini ta’minlash
bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar, dolzarb muammolar va statistik
ma'lumotlar
Xususiyatlar
Faktlar
Statistika va Tahlil
Manbalar
Shaxsiy
Ma'lumotlar
Xavfsizligi
2023-yilda O‘zbekiston
internet
foydalanuvchilarining
89% so‘nggi uch oy
davomida muntazam
internetdan foydalangan.
O‘zbekistonning
raqamli
platformalarida
2022yilda 1.2 milliard
so‘mlik zarar
yetkazgan
kiberhujumlar.
Shaxsiy
Ma'lumotlarni
Himoya Qilish
Shaxsiy ma'lumotlar
o‘g‘irlanishining oldini
olish uchun zamonaviy
xavfsizlik choralarini joriy
etish zarur.
2022-yilda dunyo
bo‘yicha 2.9 milliard
foydalanuvchining
ma'lumotlari
o‘g‘irlangan.
Kiberxavfsizlikni
Kuchaytirish
O‘zbekiston hukumati
2020-yilda
"Kiberxavfsizlik"
qonunini qabul qilgan.
Shaxsiy ma'lumotlar
va kiberhujumlarga
qarshi choralar
sifatida xavfsizlik
protokollari
yangilanmoqda.
“Raqamli iqtisodiyot va sun’iy intellekt texnologiyalarining jamiyat rivojlanishidagi ahamiyati”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya 2024-yil 22-noyabr, Tоshkеnt, O‘zbekiston
73
Xavfsizlik
Protokollari
2024-yilga kelib, shaxsiy
ma'lumotlarni himoya
qilish uchun shifrlash
texnologiyalari joriy
etiladi.
2024-yilga kelib,
ma’lumotlarni himoya
qilish bo‘yicha yangi
texnologiyalar
qo‘llaniladi.
Ma’lumotlar Xavfsizligi va Maxfiylik
Shaxsiy ma’lumotlarning xavfsizligini ta’minlash dolzarb muammo bo‘lib
qolmoqda. Ma’lumotlarning noqonuniy tarqalishini oldini olish uchun zamonaviy
xavfsizlik choralarini ko‘rish zarur.
O‘zbekistonda raqamli texnologiyalarni rivojlantirish uchun yuqori malakali
mutaxassislarga ehtiyoj ortib bormoqda. Hozirgi kunda davlat sektori bu borada yetarli
raqamli ko‘nikmaga ega kadrlar bilan to‘liq ta’minlanmagan. Shu bilan birga,
mamlakatdagi internet foydalanuvchilari sonining
22,6
millionga yetgani va yoshlar orasida
internetdan faol foydalanish IT sohasiga katta imkoniyatlar yaratmoqda. Mobil internetning
kengayishi va raqamli infratuzilmaning rivojlanishi ushbu jarayonni qo‘llab-quvvatlayapti.
Yosh avlodning texnik va xorijiy tillarni o‘rganish borasidagi yuksak ko‘nikmalari
IT bozorining rivoji uchun mustahkam poydevor bo‘lmoqda. Xususan, 5 milliondan ortiq
yoshlarning
ingliz
tilini
bilishi
ularning
xalqaro
texnologik
bozor
uchun
moslashuvchanligini ta’minlamoqda. Yoshlarning texnik va raqamli ko‘nikmalarga egaligi
mamlakat iqtisodiyotining raqamli transformatsiyasini tezlashtirishda muhim omil
hisoblanadi.
IT ta’limiga e’tibor kuchayib, O‘zbekistonda
60
dan ortiq oliy ta’lim muassasasi va
400
dan ziyod IT-kurslar faoliyat yuritmoqda. Yiliga 29 mingdan ziyod oliy ma’lumotli
mutaxassislar va 15 mingdan ortiq IT kurslarini tamomlagan yoshlar sohani rivojlantirishda
ishtirok etmoqda. Shunga qaramay, global texnologik talablarni qondira oladigan malakali
kadrlar yetishmovchiligi saqlanib qolmoqda, bu esa sohaga oid qo‘shimcha chora-
tadbirlarni amalga oshirishni talab qiladi.
[9]
Eski Tizimlar Bilan Integratsiya
Davlat boshqaruvidagi eski tizimlarni zamonaviy raqamli platformalar bilan
uyg‘unlashtirishda qiyinchiliklar yuzaga kelmoqda. Bu integratsiya jarayonini
murakkablashtiradi va samaradorlikni pasaytiradi.
Eski tizimlar bilan raqamli platformalar o'rtasidagi integratsiya qiyinchiliklari:
O'zbekistonda eski tizimlar va zamonaviy raqamli platformalar o'rtasidagi integratsiya
jarayonida bir qancha texnik va institutsional muammolar mavjud. Eski tizimlar zamonaviy
texnologiyalar bilan moslashmagan bo'lib, bu jarayonni sekinlashtiradi. 2022 yil oxirida
davlat xizmatlarining 60% raqamlashtirilgan bo'lsa-da, eski tizimlar bilan integratsiya
qilishda qiyinchiliklar mavjud. Yagona davlat xizmatlari platformasi 2022 yilda ishga
tushirilgan bo'lsa-da, texnik nosozliklar va eski tizimlardan yangi platformalarga o'tishdagi
qiyinchiliklar samarali aloqa o'rnatishni kechiktirmoqda
Kadrlar va malaka masalalari: Raqamli transformatsiya jarayonida malakali kadrlar
yetishmasligi muhim muammo bo'lib qolmoqda. 2022 yilga kelib, yangi mutaxassislarni
“Raqamli iqtisodiyot va sun’iy intellekt texnologiyalarining jamiyat rivojlanishidagi ahamiyati”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya 2024-yil 22-noyabr, Tоshkеnt, O‘zbekiston
74
tayyorlash maqsadida
10,000
nafar yangi mutaxassis tayyorlash rejalashtirilgan edi, ammo
2023 yilda bu mutaxassislarning faqat
25%
raqamli transformatsiya jarayonlariga to'liq
moslashdi. Shuningdek,
205
ta raqamli texnologiyalar o'quv markazida
128
mingdan ortiq
tinglovchilar malaka oshirgan, lekin bu jarayonni yanada tezlashtirish zarur. [10] Shu bilan
birga, eski tizimlar bilan ishlashda yangi mutaxassislarni tayyorlash va kadrlarni zamonaviy
texnologiyalar bilan tanishtirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Natijalar
Davlat boshqaruvida raqamli texnologiyalarni qo‘llash darajasini baholash uchun
xalqaro miqyosda bir nechta maxsus indekslar ishlab chiqilgan. Ushbu indekslar
davlatlarning elektron hukumatni rivojlantirish, raqamli texnologiyalarni joriy qilish va
innovatsiyalarni tatbiq etish borasidagi yutuqlarini tahlil qilishga xizmat qiladi. O‘zbekiston
so‘nggi yillarda ushbu indekslarda yuqori natijalarga erishib, raqamli transformatsiya
jarayonida sezilarli muvaffaqiyatlar qayd etdi. Quyida mazkur indekslarning asosiy
mazmuni va O‘zbekistonning ulardagi o‘rni batafsil yoritiladi.
Davlat boshqaruvida raqamli texnologiyalarni qo‘llashni baholovchi indekslar
ichida Elektron Hukumatni Rivojlantirish Indeksi (
EGDI
) muhim o‘rin tutadi. BMT
tomonidan e’lon qilinadigan ushbu indeks davlatning onlayn xizmatlar sifati,
telekommunikatsiya infratuzilmasi va raqamli savodxonlik darajasiga asoslanadi. 2024-
yilda O‘zbekiston ushbu indeksda 63-o‘rinni egallab,
0,79
ball to‘pladi. Bu ko‘rsatkich
mamlakatning elektron hukumatni rivojlantirish yo‘lidagi ijobiy o‘zgarishlarni va xalqaro
maydonda
yuksalayotganini
tasdiqlaydi.
Elektron
xizmatlar
infratuzilmasining
yaxshilanishi davlat boshqaruvining shaffofligini ta’minlashga xizmat qilmoqda. [11]
GovTech
Tayyorlik
Indeksi
(
GTMI
)
davlat
boshqaruvida
raqamli
texnologiyalarning joriy etilishi darajasini baholash uchun Jahon Banki tomonidan ishlab
chiqilgan. 2022-yilda O‘zbekiston 43-o‘ringa ko‘tarilib,
"A"
guruhiga kirdi. Bu natija
mamlakatning davlat xizmatlarini raqamlashtirishda zamonaviy talablar va global
standartlarga mos rivojlanayotganini ko‘rsatadi. Innovatsion yechimlar va raqamli
infratuzilmaning keng joriy qilinishi fuqarolar va bizneslar uchun davlat xizmatlaridan
foydalanishni sezilarli darajada yengillashtirdi. [12]
Hukumatning Sun’iy Intellektga Tayyorlik Indeksi davlatning sun’iy intellekt
texnologiyalarini tatbiq etish imkoniyatlarini baholaydi. O‘zbekiston 2022-yilda ushbu
indeksda
14
pog‘ona yuqorilab, raqamli transformatsiya sohasida barqaror rivojlanayotganini
namoyon etdi. Ushbu yutuq mamlakatda texnologik infratuzilma, kadrlar salohiyati va
qonunchilik sohasida olib borilayotgan islohotlarning natijasi sifatida qayd etildi. Sun’iy
intellekt sohasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar O‘zbekistonning raqamli
iqtisodiyotda yetakchi davlatlar qatoriga kirishiga zamin yaratmoqda. [13]
1. Raqamli Hukumat va Sun’iy Intellektning O‘zbekistondagi O‘rni
O‘zbekistonning davlat boshqaruvida raqamli transformatsiyaning amalga
oshirilishi, axborot texnologiyalarining qo‘llanilishi, masalan, soliq va bojxona
tizimlarining raqamlashtirilishi davlat tizimlarining samaradorligini oshiradi. Shu bilan
birga, bu tizimlarning xavfsizligini ta’minlash, axborot maxfiyligini saqlash, va
xizmatlarning sifatini oshirishda bir qator axloqiy muammolarni keltirib chiqaradi.
“Raqamli iqtisodiyot va sun’iy intellekt texnologiyalarining jamiyat rivojlanishidagi ahamiyati”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya 2024-yil 22-noyabr, Tоshkеnt, O‘zbekiston
75
Xavfni boshqarish tizimi (XBT) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
PF-
5582-
son Farmoni asosida joriy etilgan bo‘lib, bu tizim bojxona jarayonlarida xavflarni
aniqlash, ularni boshqarish va qonunbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan. Farmonga
ko‘ra, XBT ikki bosqichda tatbiq etildi: 2018-yil 1-dekabrdan
“sariq”
va
“qizil”
yo‘laklar
joriy etilib, ular mos ravishda hujjatlarni nazorat qilish va yuklarni jismoniy tekshirishga
mo‘ljallangan bo‘lsa, 2019-yil 1martdan
“yashil”
va
“ko‘k”
yo‘laklar kiritildi. Bu
yo‘laklarda xavfsiz tovarlar tezkor rasmiylashtirilishi ta’minlandi, nazorat esa keyinchalik
amalga oshirildi.
XBTning joriy etilishi bojxona operatsiyalarini soddalashtirib, samaradorlikni
sezilarli oshirdi. Masalan, eksportda deklaratsiyalarni soddalashtirilgan tartibda
rasmiylashtirish ko‘rsatkichi
91%
ga, importda esa
82%
ga yetdi. Shuningdek, eksport
jarayonlariga sarflanadigan vaqt
3,2
marta, importda esa
2,1
marta qisqardi. Ushbu tizim
bojxona xizmatlarida shaffoflikni kuchaytirib, korrupsiya xavfini kamaytirish va xalqaro
standartlarga mos faoliyatni ta'minlashda muhim ahamiyat kasb etdi. Natijada, bojxona
tizimi samaradorligi va tashqi savdo jarayonlarini boshqarish darajasi yangi bosqichga
ko‘tarildi. [14]
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (
my.gov.uz
) – bu O‘zbekistonda davlat
xizmatlarini raqamlashtirish orqali aholiga qulay, tezkor va shaffof xizmatlar ko‘rsatishni
maqsad qilgan onlayn platforma bo‘lib,
678
xil xizmatni taqdim etadi va 2024-yil
yakunigacha ulardan
75
foizdan ortig‘i mobil ilova orqali ko‘rsatilishi rejalashtirilgan.
Portal orqali fuqarolar hujjatlarni rasmiylashtirish, elektron to‘lovlarni amalga oshirish,
yashil hududlar va jamoat transporti kabi dolzarb ma’lumotlarni olish imkoniyatiga ega
bo‘lishadi. Shuningdek, IT-ta’lim va yoshlarni qo‘llab-quvvatlash dasturlari, “112” yagona
dispetcherlik xizmati kabi innovatsion loyihalar orqali davlat xizmatlarining sifati
oshirilmoqda. [15] Portalning asosiy maqsadi – davlat xizmatlarini qulay va zamonaviy
texnologiyalar yordamida aholiga yetkazishdir.
Xulosa va Takliflar
Raqamli boshqaruvning asosiy foydasi - davlatning shaffofligini oshirishdir.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, raqamli boshqaruvni rivojlantirish darajasi yuqori bo‘lgan
davlatlarda korrupsiya darajasi sezilarli darajada kamaygan. Raqamli texnologiyalarni
qo‘llash orqali administrativ xizmatlar tezkor va sifatli taqdim etiladi. Bu esa fuqarolar va
bizneslarning davlat organlari bilan aloqalarini yengillashtiradi.
Sun’iy intellekt texnologiyalari raqamli iqtisodiyotda iqtisodiy samaradorlikni
oshirishga katta hissa qo‘shmoqda va ularning kengroq qo‘llanilishi raqamli
transformatsiyani tezlashtirishi hamda iqtisodiy rivojlanishga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi
kutilmoqda. Shu bilan birga, davlat boshqaruvi sohasida axborot texnologiyalarini joriy
etishda bir qator tavsiyalar berilgan: zamonaviy texnologiyalarni tadqiq qilish, elektron
boshqaruv tizimini yaratish, samara keltiruvchi onlayn muloqot tizimlarini tashkil etish va
real vaqt rejimida nazorat qilish tizimlarini joriy etish kabi. Bu jarayonlar, davlat
boshqaruvini samarali va shaffof qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbekistonda
raqamli innovatsiyalarni davlat boshqaruvida tatbiq etish, shaffoflik va samaradorlikni
ta’minlashga yordam beradi.
Foydalanilga adabiyotlar ro‘yxati
“Raqamli iqtisodiyot va sun’iy intellekt texnologiyalarining jamiyat rivojlanishidagi ahamiyati”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya 2024-yil 22-noyabr, Tоshkеnt, O‘zbekiston
76
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 28.04.2020 yildagi PQ-4699-sonli
2.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 15.07.2019 yildagi 589-
sonli
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-sonli Farmoni
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-maydagi PF-76-son Farmoni
5.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-iyundagi “Bojxona
ma’muriyatchiligini isloh etish va O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati
organlari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-6005-son Farmoniga
6.
Тураев, Шавкат. "Совершенствование методики расчета налоговой
нагрузки." Научные исследования и инновации в индустрии 4.0. 1.1 (2022): 55-62.
7. Бекмуродов, А., Тураев, Ш., Хасанов, Т., & Бозоров, Р. (2022). Социально-
экономическое значение бедности и пути ее снижения: передовой зарубежный опыт
и национальная практика. in Library, 22(2), 3-13.
8. Тўраев, Шавкат Шухратович. "БЮДЖЕТ-СОЛИҚ СИЁСАТИНИНГ АСОСИЙ
ЙЎНАЛИШЛАРИ." INTERNATIONAL CONFERENCES. Vol. 1. No. 2. 2023.
10. World Economic Forum (WEF)
11. O'zbekiston Respublikasi Kiberxavfsizlik Agentligi
13. O‘zbekiston Respublikasi Hukumat portali
https://www.worldbank.org/en/topic/digitaldevelopment
https://www.un.org/development/desa/dpad/publication/e
16. Bojxona Qo’mitasidan olingan ma’lumotlar asosida
