«Наука, инновации и образование: ключевые
векторы общественного прогресса»
152
KICHIK BIZNESNI RIVOJLANTIRISH ORQALI AHOLINING
KAMBAGʻALLIKDAN CHIQARISH YO‘NALISHLARI
Dedamirzayev Ravshanbek Abdumalik o‘g‘li
Chortoq tumani hokimligi, Bag‘rikenglik hokim yordamchisi
Annotatsiya.
Maqolada kichik biznesni rivojlantirish orqali aholining
kambag‘allikdan chiqarish yo‘nalishlari, yangi ish o‘rinlarini yaratish hisobiga
bandlikni ta’minlash, insonlarning turmush farovonligini yuks
alishiga xizmat
qiluvchi omillar bilan bog‘liq masalalar ko‘rilgan.
Kalit so‘zlar:
biznes, tadbirkorlik, kredit, bank, investitsiya, tadbirkorlik
faoliyati, bandlik, subsidiya.
Аннотация
.
В статье рассматриваются вопросы, связанные с
развитием малого бизнеса для вывода населения из бедности, обеспечения
занятости за счет создания новых рабочих мест, а также факторы,
способствующие повышению благосостояния людей.
Ключевые слова
:
бизнес, предпринимательство, кредит, банковское
дело, инвестиции, предпринимательская деятельность, занятость,
субсидия
.
Abstract.
The article examines issues related to the development of small
businesses to lift the population out of poverty, provide employment by creating new
jobs, as well as factors that contribute to improving people's well-being.
Keywords:
business, entrepreneurship, credit, banking, investment,
entrepreneurial activity, employment, subsidy.
Mamlakatimizni rivojlanishida kichik biznes faoliyati bilan shug‘ullanayotgan
tadbirkorlarning o‘rni beqiyosdir. Shu bois ularga turli xil imtiyozlar berilmokda va
ular faoliyatini rivojlanishida barcha sharoitlar xam yaratib kelinmokda. Mamlakatimiz
Prezidentining qarorida xam kichik va o‘rta biznesni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash,
jumladan, aholida tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish, ularning biznes
tashabbuslarini moliyalashtirish va loyihalarini amalga oshirishga ko‘maklashish
bo‘yicha yaxlit tizim joriy etish ustivor maqsad belgilandi. Ya’ni, aholini kichik va
o‘rta biznesga keng jalb qilishda aholi va tadbirkorlik sub’yektlarini o‘qitish orqali
ularning biznes tashabbuslarini moliyaviy va konsultativ qo‘llab-quvvatlash tizimini
yo‘lga qo‘yish va “oilaviy tadbirkor – mikrobiznes – kichik biznes –o‘rta biznes”
zanjiri asosida ularning faoliyatini kengaytirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish,
davlat dasturlari doirasida kichik va o‘rta biznes loyihalarini “Biznesni rivojlantirish
banki” ATB, “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ va boshqa hamkor tijorat
banklaridan iborat yaxlit moliyaviy tizim asosida qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlikka
«Наука, инновации и образование: ключевые
векторы общественного прогресса»
153
o‘qitish, kichik va o‘rta biznes loyihalarini moliyalashtirish hamda biznes
jarayonlarining barcha bosqichlarida doimiy hamrohlik qilishni “Kichik biznesga
ko‘maklashish markazi” MCHJlar va “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi”
AJda, shuningdek, vakolatli organlar va tijorat banklarining tadbirkorlik yo‘nalishidagi
elektron platformalarida amalga oshirish bo‘yicha qaror qabul qilindi [1].
Kambag‘allikning iqtisodiy oqibatlari kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatiga
o‘z salbiy ta’sirini ko‘rsatadi. Bunday oqibatlar aholining xarid qobiliyati pasayishi,
talab tarkibining past narx segmentiga qarab o‘zgarishi va umuman, kichik biznes va
turli tadbirkorlik korxonalarining iqtisodiyotdagi ishbilarmonlik muhitiga salbiy ta’sir
ko‘rsatishida namoyon bo‘ladi. Kambag‘allik shaxs yoki ijtimoiy guruh iqtisodiy
holatining o‘ziga xos xususiyati bo‘lib, insonning hayot kechirishi, mehnat qobiliyatini
saqlab qolish va nasl berishda zarur bo‘lgan minimal ehtiyojlarning ma’lum bir
doirasini qondira olmaslikni anglatadi. Shuning uchun kambag‘allik jamiyat va
iqtisodiyotda bir qator salbiy jarayonlarni yuzaga keltiradi. Kambag‘allik bir qator
ob’yektiv va sub’yektiv sabablar tufayli tug‘ilishning ko‘payishiga sabab bo‘ladi.
Shu bois kam ta’minlanganlik ulushini o‘rganilishi bevosita uning oqibatida
yuzaga keladigan kambag‘allikni oldini olish va hech bo‘lmaganda qisqartirishdan
iborat bo‘lgan maqsadga erishishdir. Izlanishlar natijalariga ko‘ra, mamlakatimizda
kam ta’minlangan oilada a’zolar soni 7 kishidan iborat bo‘lib, oila boshlig‘ining
o‘rtacha yoshi 50 yoshdan yuqori va u oliy ma’lumotga ega emas. Jumladan, 11% kam
ta’minlangan oilaning boshlig‘i ishsiz, 93% holatlarda esa oliy ma’lumotga ega emas
va faqat 24% o‘rta maxsus ma’lumotga ega. Kam ta’minlangan uy xo‘jaliklarining
43% doimiy ish joyiga ega emas. 93% markaziy isitish tizimiga, 96% markaziy
kanalizatsiya tizimiga va 66% markaziy suv ta’minotiga ulanmaganligi aniqlangan
bo‘lib, bunday tadqiqotlar O‘zbekistondagi kambag‘allikning yanada aniq tasvirini
hamda unga qarshi kurash bo‘yicha asosiy choratadbirlar va tavsiyalar ishlab chiqish
imkoniyatini beradi [6].
Hozirgi davrda jahon mamlakatlarining muayyan aholi qatlamini qamrab olgan.
Aniqroq aytsak, kambag‘allik turli davlatlarda turlicha darajalarda namoyon bo‘lib,
bugungi kunda ham keng tarqalgan. Iqtisodiy ta’limotlar tarixida kambag‘allik bir
qator iqtisodchi olimlarning e’tiborini tortdi. Osiyo, antik va feodal jamiyatlarida boy
va qambag‘allarga bo‘linish insonning shaxsiy qobiliyatiga unchalik bog‘liq
bo‘lmagan: ehtiyojlar darajasi va ularni qondirishlik shaxsning sinfiy va huquqiy
holatiga bog‘liq edi. Chunki u davrlarda turli ijtimoiy guruhlar turli xil turmush tarziga
ega edi. Shuning uchun quyi tabaqalarning yuqori qatlamlarning obro‘li turmush
tarziga rioya etishlari mumkin emasligi odatiy hayot me’yorlari sifatida qabul qilingan.
Shuningdek,
u
faqat
mehnat
unumdorligining
doimiy
oshishigina
kambag‘allikni yengish uchun haqiqiy istiqbollarni ochadi, deb hisoblagan. Xususan,
Ch.But va S.Rauntri asarlari kambag‘allik haqidagi bilimlar bo‘yicha akademik
tadqiqotlar uchun asos yaratdi va ko‘plab mamlakatlar siyosatiga bevosita ta’sir
ko‘rsatdi. Kambag‘allikning asosini shaxsning ijtimoiy hayotga munosabati, ya’ni
kiyim-kechak, oziqovqat, uy-joy kabi eng asosiy ehtiyojlarini qondirish edi. Ch.But
«Наука, инновации и образование: ключевые
векторы общественного прогресса»
154
kambag‘allarni oila uchun haftasiga muntazam daromadga ega bo‘lgan va yetarli deb
hisoblangan odamlar deb atagan. Kimning haftalik daromadi belgilanganidan kam
bo‘lsa, Ch.Butning so‘zlariga ko‘ra, bu toifadagi kishilar juda kambag‘allarga tegishli
edi. Ch.But nuqtai nazaridan, «kambag‘allar – bu ma’lum bir mamlakatda odatiy hayot
standartlariga muvofiq ehtiyojlari qondirilmaganlar»dir [4].
Fikrimizcha, kichik biznesni rivojlantirish orqali kambag‘allikni qisqartirishga
erishib kelinmoqda. Shu bois kambag‘allik – inson yoki oilaning zarur va muhim
ehtiyojlarini qondirishga imkon bermaydigan muhtojlik alomati bo‘lib, hayotiy shart-
sharoitlar, vositalar yetishmasligini anglatadi. Kambag‘allik zamonaviy jamiyatning
eng keskin ijtimoiy muammolaridan biri hisoblanadi. Aslida mamlakatdagi «iqtisodiy
maqsadlar iqtisodiy o‘sishni quvvatlash, makroiqtisodiy muvozanatga erishish,
investisiya jarayonlari barqaror rivojlantirish bo‘lsa, ijtimoiy maqsadlar birinchi
o‘rinda aholi bandligi, aholi daromadlari oshirilishi va kambag‘allik qisqartirilishidir».
Kuzatuv metodi orqali tadbirkorlik holati baholangan va abstrakt-mantiqiy fikrlash
orqali tegishli xulosalar shakllantirilgan. Jahon hamjamiyatining ushbu muammoni hal
etish yo‘llarini topishga qaratilgan sa’yharakatlari juda aniq, chunki davlatlarning
barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, xalqlarning birlashishi va farovonligi
sharoitida yuz bermoqda [5].
Buning o‘ziga xos xususiyatlari, uning turlari bilan bir qatorda, aholi
daromadlarini oshirish bo‘yicha davlat siyosatini amalga oshirish tarafdorlari, eng zaif
qatlamlarni ijtimoiy himoya qilish choralari bo‘yicha takliflar kiritadilar. Bu
tadqiqotlar, kambag‘allikni asosiy ehtiyojlar asosida o‘rganish, kambag‘allikni
yashash uchun zarur resurslar yetishmasligi sifatida talqin etish, kambag‘allik
chegarasini aniqlash va boshqa bir qator asosiy tushunchalar tizimini shakllantirdi.
Xulosa qilib shuni aytish joizki, kambag‘allik imkoniyatsizlik, u insonning
qiyinchiliklarini anglatuvchi tushuncha bo‘lib, hatto mavjudlik uchun minimal
talablarni qondirishga imkon bermaydi. Kambag‘allik nafaqat daromad
yetishmasligini anglatadi, balki jur’atsizlik, kuchsizlik va yuqori iqtisodiy
ishonchsizlikni ham boshdan kechirishni anglatadi. Jamiyatni tashkil etuvchi shaxslar
yoki oilalarga tegishli turli resurslarning o‘rtacha hajmdan ancha past bo‘lib, haqiqatda
bunday jamiyat oddiy munosabatlar, hayotiy an’analar va faoliyatdan chetlatilgan
taqdirda kambag‘allik yuzaga keladi.
Yuqoridagi tavsiyalarimizga asosan aholi moliyaviy holati barqarorligining
mazkur darajalar kesimida tahlil qilsak va vaqtida tegishli chora-tadbirlarga asosan
aholi bandligini ta’minlasak, mamlakat iqtisodiyotga katta naf keltirgan bo‘lamiz.
Shunday qilib, tadbirkorlik sub’yektlari sonini ko‘paytirish va aholining ish bilan
bandligini doimo monitoringdan o‘tkazib turish kelajakda mamlakat iqtisodiyotini
yuksaltirishga xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Aripov O.A. O‘zbekistonda kichik biznesni davlat tomonidan tartibga
solish va ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish.
–
T.: «Lesson Press» nashriyoti.
2021. 116-117- betlar.
«Наука, инновации и образование: ключевые
векторы общественного прогресса»
155
2. Beglova Ye.I. Bednost ka sosialno-ekonomicheskoye yavleniye. Avtoref.
diss. na soiskan. uchenoy stepeni dokt. ekon. nauk, 2014. S. 11.
3. Boot Ch. Life and London of the people in London [Electronic resource] /
Ch. Boot.
–
URL: https://archive.org/details/lifelabourofpeop07bootiala.
4. Gegel. Politicheskiye proizvedeniya.
–
M.: Nauka, 1987.
–
530 s.
5.
Mustafaqulov Sh.I., Murodullayev N., Xamidov R. O‘zbekistonda
kambag‘allikni aniqlash va qisqartirish davlat siyosati darajasida. // Iqtisodiyot
va innovatsion texnologiyalar. 1-son, yanvar-fevral, 2020-yil.
6.
stat.uz sayt ma’lumotlari.
