Ayollarda jinoyatga moyillikning psixologik sabablari
Ayollar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar ko'pincha ijtimoiy tizimning turli qatlamlari, shuningdek, psixologik va iqtisodiy omillar ta'sirida yuzaga keladi. Jinoyatchilikning sabablari ko'plab sohalarda, xususan, psixologiya, ijtimoiy psixologiya va jinoyatshunoslikda o'rganilgan. Ayollarning jinoyatga moyilligi, shuningdek, oila ichidagi nohaqliklar, er-xotinlar munosabatlari, moddiy qiyinchiliklar va jinsiy tengsizliklar kabi omillar bilan chambarchas bog'liqdir. Ushbu tezisda ayollar jinoiy harakatlarning psixologik sabablari va ular jamiyatda qanday ta'sir ko'rsatishi haqida ilmiy tahlil olib boriladi. "Ayollar jinoyatchiligi erkaklarnikidan orqada qolib kelayotganligini asoslovchi bir nechta nazariya mavjud. A.Ketle bu hodisani nafaqat ayollarning jismonan zaifligi, balki jamoatdan uzoqdaligi, oilaviy majburiyatlar doirasidan kam chetga chiqishi bilan tushuntirgan. Biroq ayollar jamoat hayoti va professional faoliyatga tobora faolroq qo'shilishiga qarab, shuningdek jinoyatchilikda o'sish yuz bergan davrlarda umumiy jinoyatchilik tarkibida ayollar jinoyatchiligining ulushi doimo oz bo'lib qolgan. U erkaklar jinoyatchiligi ulushidan bir necha baravar kam bo'lgan".