JISMONIY TARBIYA – PEDAGOGIKA

Annotasiya

Mazkur tezisda jismoniy tarbiya – pedagogika va uning tamoillari haqida sóz etilgan.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Sidikov, S. (2025). JISMONIY TARBIYA – PEDAGOGIKA. Zamonaviy Fan Va Tadqiqotlar, 4(11), 24–26. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/138872
0
Iqtibos
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Mazkur tezisda jismoniy tarbiya – pedagogika va uning tamoillari haqida sóz etilgan.


background image

2025

NOVEMBER

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 11

24

JISMONIY TARBIYA – PEDAGOGIKA

Sidikov Sanjarbek Davronbekovich

Qaraqalpaqstan Respublikasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.17526602

Anotatsiya:

Mazkur tezisda

jismoniy tarbiya – pedagogika va uning tamoillari haqida sóz

etilgan.

Kalit sózlar:

Jismoniy tarbiya, pedagogika, organizm, harakat.


Jismoniy tarbiya – pedagogik jarayon bo’lib, inson organizmini morfologik va funkstional

jihatdan takomillashtirishga, uning hayoti uchun muhim bo’lgan asosiy harakat malakasini,
mahoratini, ular bilan bog’liq bo’lgan bilimlarni shakllantirish va yaxshilashga qaratilgan. Mana
shu ta’rifda jismoniy tarbiyaning insonni tarbiyalashning mustaqil turi sifatidagi o’ziga xosligi
ta’kidlab o’tilgan. Jismoniy tarbiyaga oid bo’lgan o’ziga xoslikning tarkibida ikkita alohida
maonoga ega bo’lgan “jismoniy bilim (o’rgatish, tushuntirish, ko’rsatish, takrorlash,
mustahkamlash)” va “jismoniy sifatlarni rivojlantirish (kuch, tezkorlik, chidamlilik, egiluvchanlik,
chaqqonlik)” deb atalgan tushuncha yotadi. «Jismoniy bilim» termini yangi davrdagi jismoniy
tarbiyaning eng avvalgi tizimlarida uchraydi. Masalan, Fit “o’z vujudini tarbiya” qilish maqsadida
jismoniy mashqlar zarurligi haqida gapirgan edi. Jismoniy bilim jismoniy mashqlarni bajarishga
oid maxsus nazariy tushunchalar va ularni lozim bo’lganda turmushda qo’llash mahorati va
ko’nikmalarini o’z ichiga oladi. Pestalostii bolalarning «vujudini tarbiyalash»ni astoydil yoqlab
chiqqan P.F. Lesgaft jismoniy bilim berishni, jismoniy tarbiyaning kengaytirilgan maonosi deb
tushuntirgan.

Lekin Lesgaftning jismoniy tarbiya haqidagi taolimotning asosiy g’oyasi tom maonodagi

jismoniy ta’lim g’oyasi edi. P.F. Lesgaft jismoniy tarbiya jarayonida bolalar «ayrim harakatlarni
ajratib olishlari va ularni o’zaro taqqoslashni, ularni ongli ravishda boshqarishni, to’siqlarga
moslashtirishni, bu to’siqlarni iloji boricha chaqqonlik va qat’iyat bilan o’tishni (engishni),
boshqacha qilib aytganda, iloji boricha kamroq vaqt mobaynida oz mehnat sarflangan holda, ongli
ravishda eng ko’p jismoniy ish qilishni, yohud ko’rkam va g’ayrat bilan harakat qilishni
o’rganishlari kerak, deb hisoblardi. Bu erda gap, bir tomondan, to’g’ri harakat ko’nikmalarini
hosil qilish haqida, ikkinchi tomondan, harakatlarni bajarishga ongli munosabatda,
ko’nikmalardan hayotiy vaziyatning tasavvur hamda mahoratni qaror toptirish haqida bormoqda.

Jismoniy sifatlarni tarbiyalash jismoniy tarbiya jarayonida amalga oshiriladi. Bu tushuncha

kuch, tezkorlik chidamlilik, egiluvchanlik va chaqqonlik sifatlarini rivojlantirishni o’z ichiga
oladi. Bir butun jarayonning shu tomonlari bir-biri bilan mustahkam bog’langan. Masalan, agarda
o’quvchilar yugurish mashqlarini ko’p marotaba bajarib uning bajarilish texnikasini o’zlashtirish
maqsadida takrorlayversalar, shu vaqtning o’zida ham kuch, ham chidamlilik va ayrim hollarda
tezkorlik ham tarbiyalanadi. Boshqa tomondan, o’sha yugurish mashqlarini katta tezlik bilan
takrorlansa (tezkorlikni tarbiyalash uchun), u holda mashq texnikasi mustahkamlanadi va
takomillashadi, shu vaqtning o’zida esa ta’lim, bilim berish vazifalari ham hal qilinadi.

Jismoniy mashqlarni bajarish jarayonida, hattoki shug’ullanuvchilarning ruhiy holatiga,

ularning emostiyasiga (his tuyg’usiga), irodasiga, axloqining namoyon bo’lishiga ham ta’sir
ko’rsatadi. Ana shular hisobiga tarbiyaviy vazifalarning hal qilinishi uchun kerak bo’lgan sharoit


background image

2025

NOVEMBER

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 11

25

yuzaga keldi. Jismoniy tarbiya jarayonida tarbiyaviy, ta’limiy vazifalarning mavjudligi uni bir
butun pedagogik jarayon deb qarashga olib keladi. Qo’yilgan vazifaga qarab, har biri alohida
ko’rinishda namoyon bo’ladi. Jismoniy tarbiyada jismoniy rivojlanish qonunlari, jismoniy
tarbiyaning ijtimoiy qonunlari ham aks etadi. Jismoniy tarbiyaning ijtimoiy qonunlaridan
foydalanishi, xarakteri va usuli aslida jamiyatning iqtisodiy va siyosiy tuzumidan kelib chiqadi.
Jismoniy tarbiyaning ijtimoiy hodisa sifatida o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, bu asosan
jamiyatda inson jismoniy qobiliyatlarini rivojlantiruvchi vosita sifatida xizmat qila olishligi va
ayni paytda uning ma’naviy kamolotiga ham kuchli ta’sir ko’rsata olishligidadir. Jismoniy
tayyorgarlik – erishilgan va birlashgan ishchanlikni, amaliy harakatdagi ko’nikma va malakalarni
maqsadli faoliyatning samaradorligiga ta’sir ko’rsatish bo’yicha tashkil topgan jismoniy
tayyorgarlik natijasidir. Jismoniy tarbiyada uchta asosiy yo’nalish mavjud bo’lib, inson jismoniy
tarbiyasi ana shu yo’nalish asosida amalga oshiriladi. Ular umumiy jismoniy tayyorgarlik, kasb-
hunar jismoniy tayyorgarligi, sport tayyor-garligidir.

Umumiy jismoniy tayyorgarlik sog’liqni mustahkamlashga, keng doirada harakat

malakalari va ko’nikmalariga ega bo’lishiga, o’zidan keyingi maxsus tayyorgarlikka zamin
bo’lishi uchun xizmat qiladigan asosiyharakat sifatlarini rivojlantirishga yo’naltirilgan. Umumiy
jismoniy tayyorgarlik maqsadida jismoniy tarbiyaning barcha turdagi vositalaridan, xilma-xil
jismoniy mashqlardan, tabiatning sog’lomlashtiruvchi kuchlari va gigienik omillardan
foydalaniladi. Umumiy jismoniy tayyorgarlik jismoniy tarbiyaning barcha bosqichlarida ko’proq
maktab jismoniy tarbiya tizimida, ommaviy sog’lomlashtirish ishlarida va jismoniy mashqlar bilan
individual shug’ullanish shakllari orqali amalga oshiriladi.

Kasb-hunar jismoniy tayyorgarligi – bu jismoniy tarbiyaning mutaxassislashtirilgan, aniq

mehnat turi va mudofaa faoliyatiga tayyorlashga yo’naltirilgan jarayondir. Bunda asosan, jismoniy
mashqlarning hunar yoki kasbga yaqin bo’lgan turlaridan foydalaniladi. Kasbga yo’naltirilgan
jismoniy tayyorgarlik vositalarining qo’llanishi mehnat harakat malakalarining shakllanishini
egallash jarayonini tezlashtiradi, mehnat unumdorligini oshiradi, organizmning, tashqi muhit
ta’sirining zararli omillariga qarshilik ko’rsatishni yaxshilaydi. Umumiy va kasb jismoniy
tayyorgarligi deb ajratish ma’lum darajada shartli bo’lib, ikkala yo’nalishi ham bir-birini
to’ldiradi. Sport tayyorgarligi jismoniy tarbiyada maxsus yo’nalishni ifoda etadi. Buning vazifasi
insonni tanlab olingan biror sport turida yuqori natijalarga erishishni ta’minlashdir. Jismoniy
tarbiyada sport tayyorgarligi, organizmning funkstional imkoniyatlarini takomillashtirish bilan
bog’liq bo’lgan, yuqori sport natijasi kishilarning jismoniy tayyorgarligini baholash kriteriyasiga
aylanadi. Jismoniy tarbiyaga mo’ljal sifatida juda keng qo’lamda qo’llaniladi. Jismoniy madaniyat
– jamiyat a’zolari jismoniy kamolotga erishishini maqsadga muvofiq ravishda amalga oshirish
uchun maxsus vositalar, uslublar va sharoitlarni yaratish hamda ulardan rastional foydalanish
bo’yicha erishilgan yutuqlarning majmuasidir. Jismoniy madaniyat umumiy madaniyatning bir
qismi bo’lib, muayyan tarixiy sharoitlar mahsulidir. Jismoniy tarbiya nazariyasining asosiy
tushunchalari ichida jismoniy madaniyat keng, jamlovchi tushuncha bo’lib, jismoniy tarbiya
tushunchasining tarkibiy qismi sifatida uch xil yo’nalishga ega bo’lgan jarayonni o’z ichiga oladi
(B.A. Ashmarin 1979): - Maktab fizkulturasi; - Moddiy boyliklar; - Ma’naviy boyliklar. Jismoniy
madaniyat harakati – ijtimoiy yo’nalish bo’lib, buning oqimida kishilarni birgalikda, jismoniy
madaniyat boyliklarini ishlatish va ko’paytirishga qaratilgan faoliyatdir. Jismoniy kamolot – bu


background image

2025

NOVEMBER

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 11

26

har tomonlama jismoniy tayyorgarlik va garmonik jismoniy rivojlangan, mehnat va boshqa
sohalardagi talablarga javob bera oladgan individual talantining yuqori darajada rivojlanganligini
ko’rsatadi, shaxsni har tomonlama rivojlanish va uzoq yillar sog’ligini mustahkamlash qonuni
bilan murosada bo’ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Абдуллаев А. Хонкелдиев Ш.Х. “Жисммоний тарбия назарияси ва услубияти”, Олий

ўқув юртлари учун дарслик. ЎзДЖТИ нашрият манбаъа бўлими 2005 йил.

2.

Саломов Р.С. “Спорт машғулотларининг назарий асослари” Тош. 2007 й. Ўқув

қўлланма. 3. Матвеев Л.П. “Теория и методика физической культурў” ФиС. 1995г.

3.

Саломов Р.С. “Спорт машғулотларининг назарий асослари” Тош. 2007й. Ўқув

қўлланма.

4.

Верхошанский Ю.В. Спортчининг махсус жисмоний тайёргарлигини асослари. М. :

Жисмоний тарбия ва спорт, 1988.331 б., (Фан спортга)

5.

Иванков Ч.Т. Теоретические основы методики физического воспитания. – М.:

«Инсан», 2000. 353с.

Bibliografik manbalar

Абдуллаев А. Хонкелдиев Ш.Х. “Жисммоний тарбия назарияси ва услубияти”, Олий ўқув юртлари учун дарслик. ЎзДЖТИ нашрият манбаъа бўлими 2005 йил.

Саломов Р.С. “Спорт машғулотларининг назарий асослари” Тош. 2007 й. Ўқув қўлланма. 3. Матвеев Л.П. “Теория и методика физической культурў” ФиС. 1995г.

Саломов Р.С. “Спорт машғулотларининг назарий асослари” Тош. 2007й. Ўқув қўлланма.

Верхошанский Ю.В. Спортчининг махсус жисмоний тайёргарлигини асослари. М. : Жисмоний тарбия ва спорт, 1988.331 б., (Фан спортга)

Иванков Ч.Т. Теоретические основы методики физического воспитания. – М.: «Инсан», 2000. 353с.